Polimer materiallar tayyorlashning surkash usuli qanday amalga oshiriladi?
A.Surkash usulida polimer materiallar qorishma (massa)ni, polimer kukunni eritma holatda qog’oz, mato, noto’qima mato, jun tolalari va shu kabilar yuzasiga surkash, tekislash va bezak hosil qilish uchun ishlov berish yo’li orqali amalga oshiriladi.
B.Surkash usulida polimer materiallar polimer qorishmani matolar, qog’ozlar, tolalar suyultirilgan plastik massaga botirib olinib, so’ngra quritib olish yo’li orqali amalga oshiriladi.
C.Surkash usulida polimer materiallar plastik massa metall tasma yoki baraban yuzasiga kichik qalinlikda surkash va qotgach esa, yupqa plyonka ko’rinishida ko’chirib olish yo’li bilan amalga oshiriladi
D.Barcha javoblar noto’g’ri.
Polimer materiallar tayyorlashning purkash usuli qanday amalga oshiriladi?
A.Purkash usulida kukunsimon polimer qizdirilgan yuzaga sepish, yuzaga erib yopishgan polimer sovutilgach mustahkam polimer qoplamaci hosil bo’lishi bilan amalga oshiriladi.
B.Purkash usulida kukunsimon polimer qog’oz, mato, noto’qima mato, jun tolalari va shu kabilar yuzasiga purkash va sovutilgach bezak hosil qilish uchun ishlov berish yo’li orqali amalga oshiriladi.
C.Purkash usulida polimer materiallar polimer dispersni suyultirilgan holda metall tasma yoki baraban yuzasiga kichik qalinlikda purkash va qotgach esa, yupqa plyonka ko’rinishida ko’chirib olish yo’li bilan amalga oshiriladi
D.Barcha javoblar noto’g’ri.
Polimer materiallar tayyorlashning payvandlash usuli qanday amalga oshiriladi?
A.Payvandlash usulida zarur bo’lgan shakldagi polimer materiallar (buyumlar) yarim tayyor plastmassa qismlardan, ularni issiq havo, yuqori chastota, ultratovush, radiatsion, kontakt qizdirish orqali payvandlash yo’li bilan amalga oshiriladi.
B.Payvandlash usulida zarur bo’lgan shakldagi polimer materiallar (buyumlar) yarim tayyor polimer mahsulotlarini eritib yopishtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
C.Payvandlash usulida zarur bo’lgan shakldagi polimer materiallar (buyumlar) yarim tayyor polimer mahsulotlarini maxsus dazmollar yordamida bosim berish yo’li bilan payvandlanib, tayyorlanadi.
D.Barcha javoblar to’g’ri.
Do'stlaringiz bilan baham: |