Plastmassaning polimer bog’lovchilari qanday moddalardan olinadi?
A.Neft, toshko’mir, tabiiy gazlar, o’simliklar va boshqa organik moddalardan.
B.Magmatik (vulqondan otilib chiqqan) yoki birlamchi tog’ jinslari, cho‘kindi yoki ikkilamchi tog’ jinslari hamda metamorf (ko‘rinishi, shakli o‘zgargan) tog’ jinslaridan.
C.Ohak, gips, giltuproq, dala shpati, portlandtsement va boshqa noorganik moddalardan.
D.Barcha javoblar noto’g’ri.
Plastmassaning kukunsimon to’ldiruvchilari sifatida nimalar ishlatiladi?
A.Plastmassaning kukunsimon to’ldiruvchilari sifatida kvars qumi, alyuminiy, giltuproq, ohaktosh, dolomit va boshqa minerallardan maydalab olingan materiallar ishlatiladi.
B.Plastmassaning kukunsimon to’ldiruvchilari sifatida toshko’mir, o’simliklar, gips, dala shpati, portlandtsement va boshqa noorganik moddalar ishlatiladi.
C.Plastmassaning kukunsimon to’ldiruvchilari sifatida magmatik (vulqondan otilib chiqqan) yoki birlamchi tog’ jinslari, cho‘kindi yoki ikkilamchi tog’ jinslari hamda metamorf (ko‘rinishi, shakli o‘zgargan) tog’ jinslarining maydalab tuyulgandan so’ng hosil bo’ladigan qumlari ishlatiladi.
D.Barcha javoblar to’g’ri.
Plastmassalarning tarkibi hisoblangan plastifikatorlar nimalardan iborat?
A.Dibutilftolat, kamfora, olein kislotasi, polivinil-atsetat va boshqalar.
B.Kislotalar, ishqorlar, organo-mineral komplekslar va shu kabilar.
C.Kislorod, oltingugurt, azot, fosfor va shu kabilar.
D.Epoksid, poliefirlar, poliuretan va shu kabilar.
Plastmassalarning tarkibi hisoblangan plastifikatorlar qanday vazifani bajaradi?
A.Plastifikatorlar polimer materialning elastikligini oshirish va mo‘rtlikni kamaytirish uchun xizmat qiladi.
B.Plastifikatorlar polimer materialning qattiqligini, silliqligini, zarbga chidamliligini oshirish uchun xizmat qiladi.
C.Plastifikatorlar polimer materialning umrboqiyligini, engil bo’lishini, tannarxining arzonligini ta’minlashga xizmat qiladi.
D.Barcha javoblar to’g’ri.
Do'stlaringiz bilan baham: |