Qandli diabet


Download 5.89 Kb.
Sana18.11.2023
Hajmi5.89 Kb.
#1784461
Bog'liq
Taqdimot (1)

Qandli diabet

Reja: 1. Qandli diabet haqida tushuncha va uning sabablari 2. Kasallik belgilari va bemor muammolari 3. Kasallikning asoratlari 4. Bemorlarni davolash va parvarishlash

Qandli diabet- moddalar almashinuvi, asoson uglevod almashinuvi buzilishiga olib keladigan insulin yetishmovchiligi bilan bog’liq kasallik. Etiologiyasi da qator omillar:

Qandli diabet

Moddalar almashinuvi, asosan, uglevod almashinuvi buzilishiga olib keladigan insulin yetishmovchiligi bilan bog’liq kasallik.

Etiologiyasi qator omillar:

  • Irsiyat
  • Semizlik
  • Haddan tashqari ko’p ovqat yeyish
  • Ruhiy va jismoniy zo'riqish
  • Oshqozonosti bezining o'smasi
  • Zahm
  • Sil va boshqalarga bog’liq.

Diabetning hamma alomatlari insulin yetishmovchiligi bilan bog’liq!

Insulin yetishmovchiligi birlamchi yoki ikkilamchi bo'lishi mumkin.

  • Pankreatit yetishmovchiligida oshqozonosti bezining hujayralarida insulin sintezi va sekretsiyasi buziladi.
  • Diabetda semirish muhim o’rin tutadi, buncha yog’ kislotalarining miqdori ortadi, ular insulin faolligini pasaytiradi.
  • Yog’ almashinuvi buzilishi, yog’ parchalanishining kuchayishi va ko’p miqdorda erkin yog’ kislotalarining hosil bo'lishi bilan tushuntiriladi, ular jigarda to'planib, yog’ga aylanadi va jigarni yog’ bosishga olib keladi.
  • Insulin tanqisligida oqsillar sintezi buziladi, shu jumladan,antitanalar ham kamayadi. Bu organizm reaktivligi pasayishiga imkon yaratadi, yaralar sekin bitadi.

Kasallik belgilari va bemor muammolari

Kasallikning dastlabki alomatlari umumiy. Shikoyatlari endokrin buzilishlar:

  • poliuriya
  • Polidipsiya
  • Tez charchash
  • Quvvatsizlik
  • Mehnat qilish qobiliyatining buzilishi
  • Ba’zan,

  • Glukozuriya
  • Giperglikemiya kuzatiladi.
  • Kasallikka xos belgilardan yana biri ozib ketish yoki semirib ketishdir.

Poliuriya. Bunda siydik miqdor me'yoriga nisbatan ko’payib, 2,5-3,0 litrdan 5-10litrgacha yetadi. Agar bemor bunga ahamiyat bermagan bo’lsa, undan necha marta hojatga borgani va har gal qancha siydik ajralgni, uning miqdori va rangi so'raladi. Polidipsiya. Kuchli chanqoq kasallikka xos belgi hisoblanadi. Dastlab bemor uni sezmaydi, kuniga 2-3 litrdan ortiq suv ichadi. Sababsiz terlaydi, qizib ketadi va hatto ishtaha kuchli bo’lsa ham ozish rivojlanaveradi. Ba’zi bemorlarda semirib ketish kuzatiladi. Semirib ketish deb vaznning me'yordan 20% ortib ketishiga aytiladi. Polifagiya. Doimiy yuqori ishtahada bo’ladi. Moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan keyingi guruh belgilar: Adinamiya(quvvatsizlik) Lanjlik Asteniya

Kasallikka xos belgilardan yana biri teridagi va to'qimalardagi ba’zi bir o'zgarishlar hisoblanadi. Uzoq vaqt tuzalmaydigan, qaytalanadigan, odatdagi muolajalar bilan davolab bo'lmaydigan chipqonlar diabet bilan birga kechishi mumkin. Oshqozon-ichak yo'llari tomonidan: Og’iz qurishi, kuchli chanqash kuzatiladi. Bemorlar og’zida shirin ta’m paydo bo’ladi. Tishlari qimirlab, tushib ketadi. Yurak-qon tomir sistemasidagi turli o'zgarishlar: Aterosklerozning xilma-xil joylashishi, yurak sanchig’i, miokard infarkti, qo'l-oyoq tomirlarining shikastlanishi(uvushishi, achishishi va oyoqning sovuqqotishi) kuzatiladi. Asab sistemasi tomonidan nevritlar, polinevritlar kelib chiqadi. Ko’rish, jinsiy a'zolar ishi buziladi. Irsiy omil 10-50% hollarda ta’sir etadi. Otasi va onasi kasal bo’lsa, kasallanish xavfli bo’ladi. Ulardan biri yoki boshqa qarindoshlari kasal bo’lsa, xavf kamroq bo’ladi.

Kasallikning klinik belgilariga qarab, qondagi glukoza miqdoriga hamda berilayotgan davoga qarab qandli diabetning yengil, o’rtacha va og’ir turlari farqlanadi: Kasallik yengil kechganda, qondagi glukoza miqdori 7.8 mmol/l (140mg%)dan oshmaydi, kasallikning asoratlari bo’lmaydi, bemorlar ish qobiliyatini saqlab qoladilar. Qandli diabet o’rtacha og’irlikda kechganda qondagi glukoza miqdori 14,0 mmol/l (250mg%) gacha ko’tariladi. Uncha og’ir asoratlar bo’lmaydi, bemorning ish qobiliyati birmuncha pasayadi. Qandli diabet og’ir kechganda qondagi glukoza miqdori ancha yuqori 14 mmol/ldan yuqoriga ko'tariladi. Bemorda qandli diabetning og’ir asoratlari mavjud bo’lib, ularning ish qobiliyati pasayadi yoki butunlay yo'qoladi.

Asoratlari:


Download 5.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling