Qarag’aysimonlar sinfi. Qarag’aykabilar sinfchasi. Araukariyanomalar qabilasi. Qarag’aynomalar qabilasi. Kiparisnomalar qabilasi. Tissanomalar qabilasi. Podakarpus nomalar qabilasi


Araukariyanomalar qabilasi. Qarag`aynomalar qabilasi


Download 242.44 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi242.44 Kb.
#1592305
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4.mavzu. qaragaysimonlar sinfi. qara

Araukariyanomalar qabilasi. Qarag`aynomalar qabilasi
Qarag’aynamolar-Pinales qabilasi
Qarag’aynamolar-Pinales qabilasiga bitta qarag’aydoshlar-Pinaceae oilasiga ega bo’lib, 10 ta turkum va 250 taga yaqin turni o’z ichiga oladi.Shimoliy Evrosiyo va Shimoliy Amerikada "tayga" deb ataladigan o’rmonlarni hosil qiladi. Qarag’aydoshlar asosan doim yashil, qisman bargini to’kuvchi daraxt, hamda ayrim yotib o’suvchi butalardan tashkil topgan. Barglari ignasimon, tangachasimon, ingichka nashtarsimon, turlicha kattalikda. Qarag’aydoshlarning barglari asosan ko’p yillik, 2-7 yilgacha to’kilmaydi. Qubbalari ayrim jinsli, bir uyli. Erkak qubbasi juda mayda bahorda o’sib chiqqan novdalar asosida boshoqchaga o’xshash cho’ziq shaklda sariq rangda to’p -to’p bo’lib joylashgan. Urg’ochi qubbalari yakka -yakka joylashgan. Erta bahorda o’sib chiqqan yon novda uchida hosil bo’ladi. Chunki shamol uchirib kelgan changlarni tutib qoladi. Erkaklik (changchi) qubbasida bitta o’q bo’lib, ularga tangacha shaklidagi mikrosporangiy (changdon) joylashgan va ularning ichida mikrospora yoki changlar rivojlanadi. Har bir mikrospora 2 qavat: tashqi (ekzina) va ichki (intina) po’st bilan o’ralgan. Tashqi po’stining 2 yon tomonida havo bilan to’lgan 2 ta pufak hosil bo’ladi. Bu moslamalar mikrosporalarni osongina olib keladi. Mikrosporalar mikrosporangiy ichida una boshlaydi. Har bir mikrospora o’z qobiqiga ega. Qobiq ichida dastlab 2 ta protallial hujayra hosil bo’ladi, lekin ular tez orada yo’qolib ketadi. Ma'lum vaqt o’tgach yana 2 ta yangi anteridial va vegetativ hujayralar vujudga keladi. Shu vaqtda mikrosporangiy devori yoriladi va mikrosporalar shamol yordamida onalik qubbalariga kelib tushadi. Onalik qubbalari bahor oyida o’sib chiqqan yosh uzun novdalarning uchlarida bitta yoki ikkitadan hosil bo’ladi. Bularda ham xuddi otalik qubbalaridek o’rtasidan o’q o’tadi. Bu o’qga tangachalar birikkan.Tangachalar ikki xil: biri kichkina yoki qoplovchi tangacha bo’lib, to’qridan -to’qri o’qda turadi. qoplovchi tangacha qo’ltiqida cheti yo’g’on tortilgan bir oz etdor ikkinchi yirik yoki urug’ beruvchi tangacha rivojlanadi. Urug’ beruvchi tangachaning ustki yuza tomonidan asosiga yaqin joyda 2 ta urug’kurtak paydo bo’lib, ular birgalikda mikrosporafillarni tashkil etadi. Urug’kurtak taxminan o’zgargan makrosporangiylardir. Urug’kurtakning chang yo’liga kelib tushgan chang, u orqali nutsellusga etib boradi. Shu yerda uning vegetativ hujayrasi cho’zilib, chang naychasiga aylanadi va nutsellus endosperm orqali arxegoniyga o’tadi. Shu vaqtda anteridial hujayradan hosil bo’lgan ikkita spermadan biri chang naychasi orqali uning uchi yorilishi bilan tuxum hujayradan murtak hosil bo’ladi. Demak, tayyor holga kelgan urug’da nutsellus endospermni o’rab turuvchi yupqa pardaga, integument esa urug’ po’stiga aylanadi. Urug’ po’stdan yupqa qanotcha vujudga keladi.
Qaraqay qubbalari ikki yilda pishib yetiladi. Changlanish iyun oyida bo’lib o’tadi va nutsellusga yopishgan chang kelgusi yilgacha qolib ketadi. Kelgusi yili yozda chang unadi keyin otalanish hodisasi ro’y berib, murtak va urug’ rivojlanadi. Shu bilan birga qubba o’sadi va kuzga kelib, urug’lar tingandan keyin yashil rangini yo’qolib qo’n’g’ir yoki jiggarang tusga kirib qoladi. Uning tangchalari bir -biridan ajralib, urug’lar sochiladi.
Qaraqaydoshlarning tabiatdagi va halq xo’jaligidagi ahamiyati beqiyos katta. Ulardan qurilish uchun xom ashyo smola, kanifal, skiprdyer, glyukozidlar va b.q olinadi.
Qarag’ay yog’ochidan 20 000 dan ortiq turli material va moddadalar olinadi.
Qarag’ayning 1m3 yog’ochidan 600 ta trikotaj kostyum yoki 200 kg qog’oz olinadi.
Kedrlarning Urug’i tarkibida 59 % moy bor. Undan oziq -ovqat sanoatida va texnik maqsadlarda foydalaniladi. Barglari S vitaminiga boy. Xo’jalikdagi ahamiyati jihatidan ochiq urug’li o’simliklar orasida 4 -o’rinda turadi. Qaraqaydoshlar vakillari manzarali daraxtlar sifatida ham muhim ahamiyatga ega.

Download 242.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling