Qarag’aytoifa yoki ochiq urug’lilar (Pinophyta) bo’limi. Urug’li qirqquloqsimonlar sinfi. Qizilchasimonlar sinfi


Download 405.57 Kb.
bet3/3
Sana02.01.2022
Hajmi405.57 Kb.
#185876
1   2   3
Bog'liq
3.mavzu. qaragaytoifa yoki ochiq uru

1.Lignoptyerisnamolar - Lyginoptyerdales

2. Medullosnamolar - Medullosales

3.Keytoniyanamolar - Caytoniales

4.Glossoptyerisnamolar - Glossoptyeridales



9-rasm 1. Urug’li qirqquloq – Medulloza (Medullosa)1 – rekonstruksiya qilingan tashqi ko’rinishi; 2 – barg bandining ko’ndalang kesimi
Qizilchasimonlar sinfi.

Qizilchanamolar-Ephedrales qabilasi.

Qizilchanamolar-Ephedrales qabilasiga bitta qizilchadoshlar-Ephedraceae oilasi va bitta qizilcha-Ephedra turkumi kiradi. Bu turkumning Yer sharida (ayniqsa Evrosiyo, Afrika va Amerikada) 40 dan ziyod turi tarqalgan bo’lib, O’zbekistonda 10 ta turi o’sadi. Bular ko’proq qurg’oqchil joylarda, cho’l, chalacho’l, toshloq joylarda o’sadi. Qirqbo’g’imsimon efedra, kiprikli efedra kabilar keng tarqalgan. Ularga asosan buta va balandligi 6-8 metrga etadigan ayrim daraxtlar yoki lianalar kiradi.



Qizilchalar tashqi ko’rinishidan qirqbo’g’imlarga yoki Avstraliyada o’suvchi yopiq urug’lilarga oid kazuarinlarga o’xshaydi. Poyasi bo’g’imli, barglari tangachasimon, qarama-qarshi yoki halqasimon o’rnashgan, novdalari syerqirra, yashil, unda fotosintez jarayoni o’tadi. Qizilchaning strobili (qubbalari) bir jinsli, ikki uyli. Ba'zan bir uyli butalari ham uchraydi. Yashil shoxchalarining bo’g’imlaridagi barglarning qo’ltiqlarida 2-3 tadan, ba'zan 4 tadan mikrosporafillar joylashgan. Har bir mikrosporofil 8 juftgacha qarama-qarshi o’rnashgan tangachasimon qoplag’ich bargchalarga ega. Har bir urg’ochi qubbada (megostrobilda) yetilgan paytda unga shamol yordamida chang kelib tushadi va urqochi gametofitda joylashgan 2 ta arxegoniydan bittasini urug’lantiradi. Undan keyinchalik urug’ taraqqiy etadi. Urug’ pishgandan so’ng qubbani o’rab turuvchi 4 ta tangachasimon barglar o’ziga shira to’plab, qizil, sarqish, zarg’aldoq rangdagi yumshoq etli "meva" ga aylanadi. Shuning uchun u qizilcha deb ataladi (10-rasm).



10-rasm. Qirqbo’g’imsimon qizilcha-Ephedra equisetina: 1-urg’ochi o’simlik, 2-Erkak o’simlik, 3-mevali shohchasi, 4-urg’ochi qubba, 5-urug’kurtakning ko’ndalang kesimi, 6-Erkak qubbalar to’plami, 7-Erkak qubba

Qizilchalar halq xo’jaligida muhim ahamiyatga ega. Jumladan, E.equsetina, E.intyermedia nomli turlaridan tabobatda yurak kasalliklari va astmaga qarshi dorilar tayyorlanadi. Novdalari tarkibida efedrin alkaloidi bor. Tibbiyotda efedrin alkoloidi olinadi.
Download 405.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling