Qaraqalpaq tili pa’ninen. B. Qurbanbaeva
Download 317.05 Kb. Pdf ko'rish
|
qaraqalpaq tili paninen woz betinshe jumislar (1)
60-tapsi’rma. Tekstti qaraqalpaqshag’a awdari’n’.
Folklor tushunchasining o’zi xalq og’zaki ijodi degan ma’noni anglatib, uning xalqchil belgisini ko’rsatib turadi. Folklor degani xalqning badiiy so’zga, musiqaga chevar o’g’il qizlari tomonidan yaratilib, bir necha asrlardan beri mohir baxshilar tomonidan qayta ishlanib, unutilmasdan saqlanib kelayotgan asl badiiy so’z marjonlaridir. Folklor haqida ilm paydo bo’lmagan bir davrlarda qoraqalpoq xalqi o’zining xalq og’zaki ijodlarini «dostonlar», «qissalar», «ertaklar», «naql-maqollar», «topishmoqlar», «qo’shiqlar», «aytishuvlar», «rivoyatlar» va hakozo atamalar bilan yuritganlar.
62
Xalq Berdaq, Ajiniyoz asarlari bilan «Alpomish», «Qoblan», dostonlarining farqlariga e’tibor berib qaradi. «Jirov», «baxshi», «qissaxon», «ertakchi» so’zlari bilan bir davrda «shoir» so’zi ham xalq orasida yoyilgan edi. Qoraqalpoq folklori, umuman folklor namunalari yozma adabiyot bilan solishtirganda o’ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Folklorga xos xususiyatlardan eng birinchisi bu - folklor asarlarining ko’pchilik xalqlarda og’zaki yaratilib, og’zaki ijro etilishi, og’zaki tarqatilishidir. Ba’zi muallifi noma’lum folklor namunalari yozma turda yaratilib, yozma tarqalishi ham mumkin. Masalan: «G’arib oshiq», «Sayotxon-Hamro» dostonlari og’zaki turda aytilib, yozma turda ham saqlangan. Ular dastlab kitob, keyin qissa shaklida tarqalgan. Biz folklorni muallifi noma’lum, belgili bir xalq tomonidan yaratilgan ijod deymiz. Lekin muallifi, yaratuvchisi ma’lum ayrim asarlar ham folklorga kirishi mumkin. Ajiniyozning, Berdaqning, Jangaboy shoirlarning ba’zi asarlari shular jumlasidandir. Ular til uslubi jihatidan folklorga yaqin, xalq yaxshi ko’rganidan o’z mulki qilib olgan. Yozma adabiy asarlar bir variantda bo’lsa, folklor namunalari bir necha variantlarda uchraydi. Og’zaki ijodning ko’p variantliligi folklorga xos xususiyatdir. Folklorni o’rganadigan, shug’ullanadigan fanni folkloristika yoki folklorshunoslik, folklor bilan shug’ullanadigan olimlarni folklorist deymiz. Folklor xalqning ma’naviy boyligi sifatida uning madaniyati tarixida katta o’rin egallaydi. Madaniyatning rivojlanishida ahamiyatli jihatlardan biri sanaladi.
Download 317.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling