Qaraqalpaq tilin oqitiw metodikasi


-modda. Ta`lim muassasasini boshqarish


Download 6.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/75
Sana18.09.2023
Hajmi6.64 Mb.
#1680623
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75
Bog'liq
Qaraqalpaq tilin oqitiw metodikasi

28-modda. Ta`lim muassasasini boshqarish 
Ta`lim muassasasini uning rahbari boshqaradi. 
Ta`lim muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko’rsatadigan jamoat boshqaruvi 
organlari tashkil etilishi mumkin. 
29-modda. Ta`lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari bilan nodavlat ta`lim 
muassasalari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar 
Ta`lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari nodavlat ta`lim muassasalarida ta`lim 
to’g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi. 
Nodavlat ta`lim muassasalari ta`lim to’g`risidagi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda
akkreditatsiya qilgan organlar ularning faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq to’xtatib qo’yishga 
haqli. 
Nodavlat ta`lim muassasalariga qabul davlat o’quv yurtlari uchun belgilangan tartibda va 
muddatlarda amalga oshiriladi. 
V. YaKUNLOVChI XULOSALAR 
30-modda. Ota-onalar yoki qonuniy vakillarning vazifalari 
Voyaga etmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari 
va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, 
maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi olishlari uchun 
javobgardirlar. 
31-modda. Ta`limni moliyalash 
Davlat ta`lim muassasalarini moliyalash respublika va mahalliy byudjetlar mablag`lari, 
shuningdek byudjetdan tashqari mablag`lar hisobidan amalga oshiriladi. 
32-modda. Ta`limni rivojlantirish fondlari 


Ta`limni rivojlantirish fondlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy 
shaxslarning shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari 
hisobidan tashkil etilishi mumkin. 
33-modda. Xalqaro hamkorlik 
Ta`lim muassasalari ta`lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etadilar
chet davlatlarning tegishli o’quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o’rnatish, qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda ular bilan qo’shma o’quv yurtlari tashkil etish huquqiga ega. 

Download 6.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling