Qaroqalpoq davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Afina demokratiyasi deganda 20 yoshdan katta, erkin tug’ilgan, to’la huquqli Afina erkaklari uchun xos bo’lgan demokratiya to’g’risida so’z borardi. Ular aholining ozchilik qismini tashkil qilar edi. Siyosiy huquqlardan, qullardan tashqari ayollar, boshqa viloyatlarda Afinaga qochib kelganlar va Afinada yashab turib, erkin bo’lsada fuqaroligi bo’lmagan meteklar mahrum edi. Meteklar 100 mingga yaqin kishini tashkil qilib ular asosan savdo hunarmandchilik bilan shug’ullanar edilar. Polisning suveren hokimi – xalq yig’inini Afina fuqarolik huquqiga ega bo’lgan soni ko’p bo’lmagan katta yoshli erkaklar tashkil qilar edilar. Mansabdor shaxslar qur’a tashlash yo’li bilan saylanar, faqat mansabga nomzodlar afinalik bo’lishi ustidan nazorat qilinar edi. Arxont yoki strateg vazifasini har qanday fuqaro bajarishi mumkin degan tushuncha mavjud edi. Chunki barcha mansabdor shaxslar yig’inda xalq irodasi va qonunlarini ifodalagan holda tadbiq qilar edilar. Ularning funksiyasiga hech qanday muhim vazifa kirmas edi. Oliy mansabdor shaxslar – arxontlar hokimiyati oila va meros huquqiga rioya qilishga g’amxo’rlik (arxont eponim) sacral vazifa (arxont basilevs) sud jarayonlariga raislik qilish (fesmofet) bilan cheklangan edi. Arxont polemarx (qo’shin qo’mondoni) faqat nomidagina qo’mondon bo’lib, amalda u chet elliklar ustidan sud ishlarini amalga oshirar edi. Qurolli kuchlarga urush va tinchlik paytida rahbarlik qilish 10 strategga tegishli edi. Ular qur’a tashlash yo’li bilan emas, balki har bir nomzodga bevosita ovoz berish yo’li bilan saylanar edilar. Mansabdor shaxslar faqat boshiga mirta gulchambardan boshqa hech qanday hokimiyat belgisiga ega emas edi. Bu uning xokimiyatini cheklanganidan guvohlik berar edi. Ammo katta bo’lmagan xokimiyatni ham suiste’mol qilish mumkin edi, shu sababli qonun bir kishini bir mansabga qayta saylashni taqiqlar edi. Boshqaruv kollegial edi. Har bir feldan 10 strateg saylanib, ko`cha va inshootlarni xolatini nazorat qilish uchun 10 astinom bozor va tovarlar to’g’risida g’amxo’rlik qilib sotuvchi va xaridor o’rtasidagi janjallarni10 agranomlar ajrim qilar 137 edilar. Ijroiya xokimiyati har bir felddan 50 kishi saylanadigan 500 lar kengashi- pritanlar qo’lida edi. Kengash xalq yig’iniga olib chiqiladigan qarorlar loyihasini tayyorlar va mansabdor shaxslar yordamida yig’in qarorlarini bajarar edi. Kengash jamoat ishlarini tashkil qilish, konfiskatsiya qilingan mulkni sotish, davlat saylagan komissiya orqali moliya ishlarini nazorat qilish, kemalar qurilishi va otliq qo’shinlar, Afina doimiy qo’shinini jangovar qobilyatini saqlash kabi ishlarni amalga oshirar edi. Besh yuzlar kengashi boshqaruv masalalarini tezkor hal qila olmas edi. Shu sababli har bir fild o’zining 50 vakili- pritanlat orqali davlatni yilni 1/10 qismida idora qilar edi. Pritanlar kun davomida majlis qurganlar, ularning ¾ qismi tunda qolgan. Kengash chet davlatlar bilan yozishmalar olib borgan, elchilarni qabul qilgan. Har kun pritanlar tarkibidan qur`a tashlash bilan kengash raisi saylanib, u davlat xazinasini kaliti va muhrini olgan. U shu kun xalq yig’ini bo’lsa unga raislik qilgan. Dastlab xalq yig’ini oyda bir marta, keinchalik oyda 4 marta shaharning g’arbiy qismidagi qoyali terrasa pniksda to’plangan. Yig’ilishlarda besh yuzlar kengashi tayyorlagan qaror loihalari muhokama qilinib, so’zga chiquvchilar faqat shu mavzudagina so’zlashlari mumkin edi. Yig’ilish va ekklesiya “ isagoriya”- so’z erkinligiga qat’iy rioya qilinar, qaysiki “isotomiya”-mansablarni egallashda tenglik va “isonomiya” –qonunlar oldida tenglik fuqarolarning siyosiy huquqlarini poydevorini tashkil qildi. Afina davlati mehnat qobiliyatini yo’qotgan fuqarolar va Vatan uchun jonini fido qilgan fuqarolarning bolalari to’g’risida g’amhurlik qilgan. Aksincha davlat uchun xavfli deb hisoblangan fuqarolarni xalq yig’ini quvg’in qilishi mumkin bo’lgan. Afina demokratiyasi ostrakizm vositasi bilan obruli, ta’sirga ega bo’lgan mashhur fuqarolarni o’z yakka hukmronligini o’rnatishdan xavfsirab, uni quvg’in qilgan. Xalq yig`ini vakolatiga Afina fuqaroligiga qabul qilish,meteklar ishi, chet davlatlarga elchilar yuborish kirgan. Urush vaqtida strateglar xalq oldida o’zlari o’tkazgan urush xarakatlari to’g’risida hisobot berganlar, harbiy mag’lubiyat uchun hatto strateglarni o’lim jazosiga hukm qilinish xavfi kuchli bo’lgan. Afinada mansabdor shaxslar katta xokimiyat va obro`ga ega bo’lmaganlar, aksincha yig’inlarda so’zga chiqishni biladigan,qonunlar loyihasini qabul qilishga xalqni ko’ndira oladigan, hech qanday mansabga ega bo’lmagan kishilar xalq ishonchiga sazovor bo’lganlar. Ular demagoglar deb atalgan. Afina davlati o’z fuqarolarining ma’naviy barkamolligiga jiddiy e’tibor bergan. Fuqarolarni teatrga kirish, bayramlarga ishtirok etish imkoniyati yaratilgan. Tomoshalarga kambag’al kishilarning kirishi uchun davlat teorikon- teatrga kirish uchun ikki obol miqdorida pul to’lovini joriy qildi. Perikl taklifi bilan joriy qilingan nafaqa oddiy fuqaroga teatrga kirish imkoniyatini berdi. Er. avv. VI-V asr boshlarida sport musobaqalari zodagonlar uchun ko’ngil ochish bo’lsa, Afina demokratiyasi uni oddiy fuqarolarni ham sport bilan shug`ullanishlariga sharoit yaratishga harakat qildi. Zallar, hammomlarga ega bo’lgan gimnasionlar, mashq qiladigan ko’p sonli palestralar har qanday Afina fuqarosi uchun ochiq edi. Lekin boy afinaliklar uchun gimnasion va palestalar alohida edi. Barcha sport inshoatlari davlat ixtiyorida edi. Sport inshootlari ishini tashkil etish va boshqarish xalq yig’ini tomonidan tayinlangan lavozim safronist qo`lida edi. Sport Afinada kishini o’z-o’zini idora boshqarishga o’rgatish, adolatli 138 o’yin qoidasiga rioya qilish, o’z ruhini ko’tarishga xizmat qilishi kerak edi. Afinaliklar boshqa yunonlar kabi ko’pgina yugurish bilan (mash`ala yoki boshqa yuk bilan uzun masofaga, to`la harbiy anjomda yugurish) shug’ullanganlar. Shu bilan birga aravalarda poyga, sakrash, nayza yoki disk uloqtirish, qo’l jangi, kurash va kamondan otish keng tarqalgan. 3. Er. avv. IV asr Yunoniston. Polis tizimini tushkunligi Yunon-fors urushlaridan keyin Yunonistonda iqtisodiyotning umumiy o’sishi kuzatildi. Polislar o’rtasidagi va xalqaro savdo rivojlandi. Bu Elladaning savdo- hunarmandchilik polislari o’rtasida raqobat kuchaydi, ayniqsa kuchli savdo- hunarmandchilik, dengiz savdosi bilan shug’ullangan. Afinaning Korinf va Megara bilan raqobati kuchaydi. Afina va Sparta boshchiligidagi ikki kuchli harbiy-siyosiy ittifoqlar o’rtasidagi muvozanat buzildi. Afina yunon polislaridagi demokratik tuzumlarni Sparta esa oligarxiya hukm surgan polislarni qo’llab-quvvatlashga harakat qildilar. Yana shuningdek Sparta va Afina o’rtasida Yunonistonda yetakchilik uchun raqobat qariyb 30 yil davom etgan Peloponnes urushlariga olib keldi. Urush er. avv. 431-yilda Sparta qo’shinlarini Attika hududiga bostirib kirishi bilan boshlandi. Afina harbiy kuchlarini boshqargan Perikl quruqlikda mudofaa taktikasini qo’llash kerak deb hisobladi. Sparta qo’shinlari Attika hududini talon- taroj qilayotgan paytda barcha aholi Afina shahriga kirib jon saqladi. Tezda shaharda oziq-ovqat tanqisligi boshlanib, turli xil yuqumli kasalliklar tarqaldi. Xalq norozi bo’ldi, er. avv. 430-yilda 15 yil davomida birinchi marta Perikl arxont etib saylanmadi. Keyingi yil u qandaydir yuqumli kasallikdan vafot etdi. Davlat boshqaruvi faol urush harakatlarini olib borish tarafdori bo’lgan Afina demokratiyasining vakillari qo’liga o’tdi. Shunday rahbarlardan biri Kleon-kelib chiqishi hunarmandlardan bo’lgan ustaxona egasi, ajoyib notiq, shijoatli siyosatchi va urushni g’alabagacha davom ettirish tarafdori edi. Uning davrida afina floti Peloponnes qirg’oqlarida faol urush harakatlarini boshladi. Afinaliklar er. avv. 425- yil Messeniyadagi muhim. Pilosni va uning qarshisidagi Sifakteriya orolchasini bosib oldilar. Spartaliklarning ahvoli og’irlashib qoldi. Ular urush harakatlarini shimolga Frakiyaga ko’chirdilar. Bu yerdagi bir qancha shaharlar Afina bilan ittifoqdan chiqdilar. Er. avv. 422-yilda Amfiopol shahri yaqinida katta jang bo’lib, har ikki tomondan ko’plab qurbonliklar berildi. Bu jangdan so’ng Afina bilan Sparta o’rtasida 50 yil muddatga tinchlik shartnomasi imzolandi. Bu shartnoma Afinaning elchisi Nikiy nomi bilan Nikiy shartnomasi deb ataldi. Ammo bu tinchlik uzoqqa bormadi. Afinada er. avv. 420-yilda Sparta bilan urushni davom ettirish tarafdorlari Periklning jiyani Alkiviad boshchiligida hokimiyatga keldilar va bir necha peloponnes polislarida Spartaga qarshi fuqarolarni chiqishini uyushtirdilar. Alkiviad Sitsiliyani bosib olish g’oyasini ilgari surdi, bundan tashqari janubiy Italiya hatto Karfagenni bosib olishni orzu qildi. Uning istilochilik rejalari Afinada keng qo’llab-quvvatlandi. Er. avv. 415-yil afinaliklar Sitsiliya oralig’idagi Sirakuza shahriga qarshi harbiy dengiz ekspeditsiyasini uyushtirdilar. Afinaliklarni Sirakuza Sparta yordami bilan tor-mor qildi. Natijada 139 7000 afinalik asirga olinib, qul qilindi. Sitsiliya halokati natijasida Afinani dengiz davlati mavqeiga putur yetdi. Afina ittifoqchilari bo’lgan bir necha yirik shahar va orollar vaziyatdan foydalanib, Afinadan ajralib ketdilar. Sparta Eronning yordami bilan Kichik Osiyodagi yunon shaharlariga o’z ta’sirini kuchaytirdi. Afinada hokimiyatni oligarxlar bosib oldilar va ular Sparta bilan tezda tinchlik o’rnatish harakatini boshladilar. Peloponnes urushining ikkinchi bosqichi (Dekeley urushi er. avv. 415-404-yillar.)deb ataldi. Spartaliklar Qora dengizga boradigan yo’llardagi bo’g’ozlarni bosib oldilar. Bu Afinani oziq-ovqat bilan ta’minlashni qiyinlashtirdi. Urushda eng katta zararni Afina ko’rdi. Afinani yunon dunyosidagi obro’-e’tibori tushib ketdi. Yunonistonda Spartaning gegemonligi o’rnatildi. Peloponnes urushlari davrida vaziyatga qarab har ikki tomonga yordam berib turgan, aslida Afina bilan Sparta munosabatlarini keskinlashtirgan Eron asta- sekin yunon polislarida o’z ta’sirini kuchaytirdi. Aslini olganda biror-bir yunon polisi bu urushdan foyda ko’rmadi, aksincha Yunoniston polislari tushkunligi boshlandi. Er. avv. V asr so’ngida yunon polislari uzoq davom etgan tushkunlik pallasiga kirdi. Fuqarolarning yopiq jamoasiga asoslangan yunon polisi endilikda yer mulkchilik munosabatlarida keskin o’zgarishlar boshlandi. Yerga ishlov berishdan keladigan daromaddan ko’ra sudxo’rlik daromadi o’sib ketdi. Yerni sotish keng tarqaldi, katta-katta yer maydonlari ayrim fuqarolarning qo’liga o’tib qoldi. Kambag’allashgan, yeridan ajralgan fuqarolar o’z fuqarolik majburiyatlarini bajarmay qo’ydilar. Ilgari iqtisodiy o’sish davlatni boyishi bilan birga borar edi, boy fuqarolar ko’pgina mablag’larini fuqarolik jamoasi ehtiyojlariga sarflashni o’z majburiyatlari deb bilar edilar. Er. avv. V asrda esa boylik ayrim xususiy kishilar qo’lida to’plandi va ular o’zlarini fuqarolik majburiyatlarini bajarishdan bo’yin tovlay boshlaydilar. Ularning ko’pchiligi o’z mablag’larini dengiz savdosiga qo’ya boshladilar. O’z polislaridan boshqa hududlarda katta-katta yer maydonlariga egalik qila boshladilar hamda ma’lum bir polis fuqarosi bo’lish ahamiyatsiz bo’lib qoldi. Bu davrda yunon polislarida davlat xo’jaligining mavjud emasligi davlat xazinasiga daromad tushmasligi bilan belgilandi. Davlat hokimiyati iqtisodiy-moliyaviy jihatdan hech qanday mablag’ga ega emas edi. Bundan tashqari polislarning moliyaviy qiyinchiliklari, uzluksiz urushlar, yollanma qo’shinlarni keng tarqalishi, harbiy ehtiyojlarga xarajatlarni muntazam ravishda o’sib borishi bilan chuqurlashdi. Demokratik polislarda lavozimlarga haq to’lash, kambag’al fuqarolarga muntazam nafaqa berish tizimi bu qiyinchiliklarni yanada chuqurlashtirdi. Agarda ilgari Afina o’z xarajatlarini ittifoqchilar hisobidan qondirgan bo’lsa er. avv. IV asrda esa mulkdan olinadigan favqulodda soliq-eysfora bilan qoplay boshladi. Tinchlik vaqtida Afina fuqarolari hech qanday soliq to’lamas edilar. Xalq yig’ini eysfora to’g’risidagi qarorlarni kambag’al fuqarolar manfaatlariga tekkani uchun istamay qabul qilar edi. Afinani boy tabaqasiga soliq solishga urinish boylarning noroziligiga olib keldi. Yer mulk munosabatlarida o’zgarishlar yuz berdi. Er. avv. V asr oxiridan boshlab yerning erkin oldi-sotdisi keng tarqaldi. Ko’pgina fuqarolar nochorlikdan o’z yerlarini sotishga majbur bo’ldilar, natijada bu yerlarni fuqaroligi bo’lmagan kishilar ham sotib ola boshladilar. Xususiy va jamoa yerini ijaraga berish va garovga qo’yish keng tarqaldi. 140 Er. avv. V asr so’ngida meteklar va chet elliklarga alohida xizmatlari uchun polis hududida yer va uylarga egalik qilish hollari tarqaldi. Iatdan kelganlarga fuqarolik huquqi kamroq sovg’a qilindi. Polisni tushkunligi yollanma askarlarni tarqalishida ham ko’rindi. Yer mulkidan ajralgan, qarzga botib kambag’allashib qolgan fuqaro qurol-yarog’ olishga mablag’ topa olmas edi, ko’pincha begonalarni manfaati uchun jang qilishni xohlamas edi. To’xtovsiz urushlar harbiy texnikaning takomillashuvi yaxshi o’rgatilgan askarlarni talab qilar edi. O’z yeridan mahrum bo’lgan, jismoniy mehnat bilan shug’ullanishni istamaganlar o’z polislaridan quvilgan kishilar yollanma askarlar safini to’ldirdilar. Yunon polisining tushkunligi quldorlik tizimini tushkunligi emas edi, chunki qulchilik yanada rivojlandi, qullar mehmatidan foydalanish hajmi o’sdi. Afinada davlat qurilishida erkin fuqarolarning mehnati kamaydi, chunki ularning mehnatiga ham metek va qullarga ham baravar haq to’lanar edi. Qullarni qishloq xo’jaligi, hunaemandchilik, uy-ro’zg’or ishlarida ishlatish, boshqa kishilarga yollanma mehnatga berish bilan birga quldor qulni hunar va savdo bilan mustaqil shug’ullanishga ruxsat berar edi. Bunday qullar mulk oilaga ega bo’lib alohida yashar edilar. Ular pul to’plab o’z ozodliklarini sotib olishlari mumkin edi. Er. avv. IV asrda ozod qo’yilgan qullarni soni o’sdi, ularni yunon polislari iqtisodiy hayotidagi roli kuchaydi. Huquqiy jihatdan ular meteklarga tenglashtirilib, ijtimoiy jihatdan hunarmand va savdogarlar ommasiga qo’shildilar. Mehnat va hayot kechirishning o’xshashligi fuqaro va fuqaroligi bo’lmagan kishilarni bir-biriga yaqinlashtirdi. Er. avv. IV asrda polislarda turli ijtimoiy tabaqalar o’rtasidagi ziddiyatlar kuchaydi. Boylar va kambag’allar o’rtasidagi qarama-qarshiliklar davlat hokimiyatini zaiflashuviga olib keldi. Yunonistondagi er. avv. IV asrning birinchi yarmida Spartaning mavqeini kuchaydi. Sparta polislarni ichki ishlariga qo’pol ravishda aralasha boshladi Bu ko’pchilik polislarni noroziligiga olib keldi. Oqibatda Yunonistonda Spartaga qarshi harbiy harakatlar boshlandi va Spartaning Yunonistondagi yetakchiligi tugatildi. Fiva shahrini yunon dunyosiga yetakchiligi ham vaqtinchalik bo’ldi, Afina ittifoqini qayta tiklashga urinish ham natijasiz tugadi. Biror-bir yunon polisi qandaydir mustahkam birlashuvni tashkil qilish va unga rahbarlik qilish qobiliyatiga ega emas edi. Yunon polislari endilikda o’zaro kelishmovchiliklarni bartaraf qila olmay, qudratli Eron davlatini vositachi sifatida taklif qila boshladilar. Tayanch iboralar Megara, Peloponnes urushlari, Kleon, Pilos, Sifakteri, er. avv. 422-yil, Anfiopol shahri, Nikiy, Nikiy shartnomasi, Alkiviad, Sirakuza shahri, Dekeley urushi, er. avv. 415-404-yillar. Tavsiya etiladigan adabiyotlar Karimov İ. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yuk. Toshkent 1998. Boynazarov F. A. Kadimgi dunё tarixi. Toshkent 2004. Andreev V. N. Razmeri zemelnıx uchastkov v Attike IV v. do n. e.- 141 Vestnik drevney istorii, 1959, № 2. Antichnaya Gretsiya. M., 1983,t.2, gl.1. Gluskina L. M Problemı sotsialno-ekonomicheskoy istorii Afin IV v. do n. e L., 1975. İstoriya drevnego mira/Pod red. İ. M. Dyakonova, V. D. Neronovoy, İ. S. Sventsitskoy. M., 1983, t. II, lektsiya 12. Kazakevich E. L. Termin i ponyatie «rab» v Afinax IV v. do n. e.- Vestnik drevney istorii, 1956, № 3. Kazakevich E. L. Rabı kak forma bogatstva v Afinax IV v. do n. e.- Vestnik drevney istorii, 1958, № 2. Marinovich L. P. Grecheskoe naemnichestvo IV v. do n. e. i krizis polisa. M., 1975. Frolov E. D. Grecheskie tiranı IV v. do n. e. L., 1972. 4-mavzu. Qadimgi yunon madaniyati Reja 1. Falsafa 2. Din 3. Tarixshunoslik 4. Adabiyot va teatr 5. Notiqlik san’ati 6. Me’morchilik, Haykaltaroshlik 7.Tibbiyot va aniq fanlar 1. Falsafa Ilk yunon falsafasi vakillari miletlik Fales, Anaksimandr, Kichik Osiyolik Anaksimon tabiatni, borliqni mohiyatini tushunishga harakat qildilar. Pifagor maktabining vakillari shuningdek Geraklit, Empedokl kabi “fiziklar” (fyuzis-tabiat demakdir) tabiatni o’rgandilar. Ular dunyoning asosini qidirdilar, tabiat mohiyatini turlicha izohladilar. Fales dunyoning asosi suv, Aniksimandr apeyron (boshlang’ich ibtido), Geraklit esa olov deb qaradilar. Demokrit (taxminan er. avv. 470-yilda tug’ilgan) borliq to’g’risida gapirib, borliq cheksiz bo’linma atomdan iborat degan fikrni aytdi. U dunyoning sababiy bog’lanishi haqida fikr yurutdi. Platon (er. avv.4 27-347-yillar) borliq, abadiy, o’zgarmas, bo’linmas, uni aql bilan bilish mumkin deb hisoblardi. Platon akademiyasida 20 yil ta’lim olgan Arestotel “g’oyalar dunyosi to’g’risida”gi ustozini fikrini tanqid qildi. Borliq Arestotel fikricha jins va tur shaklida mavjut bo’ladi. Suqrot (tax. er.avv.470-399 yillar) falsafada inson muammosiga jiddiy e’tibor berdi. U insonning o’zini, o’zligini anglashga jiddiy e’tibor beradi. U insonning falsafasining o’rganish ob’ektini tashkil etadi deb ta’kidladi. Yunon madaniyati uch avlod muhim o’rin tutadi. Ularning birinchisi er.avv.VI asr oxirida kirib keldi va Afina madaniyatini gullab-yashnashi uchun poydevor qo’ydi. 142 Esxil va Frinix Attika komidiyasiga asos soldilar. Haykaltaroshlar Kritiy va Nesiot er.avv.476 yil Afina agrosini tiranlarga qarshi kurashdilar-Garmoniy va Aristogiton haykallar bilan bezadilar. Olimpda Zevs ibodatxonasini haykallar bilan jihozladilar. Tafakkur qilish xali an’anaviy shakllarda oddiylik (an’anaviy shakllarda) qat’iy o’smirlik klassikasi shaklida hukm surar edi. Ikkinchi avlod Perikl davrida eng yaxshi yutuqlarga erishdi. Sofokl Tragediyalari, Geradot “Tarix”I , Parfinon va propileyning etuk klassik shakllari shu davrda yaratildi. Uchinchi avlod Peloponnes urushlari davriga mansub bo’lib. Afinaliklarning bu vaqtda boshqa madaniy dunyolar bilan tanishuvi natijasida ularning siyosiy va diniy qarashlari ma’lum darajada o’zgardi. 2. Din Qadimgi yunon afsonalariga ko’ra dastlab Yer (Geya) va Xaos, hayotning boshlanishi (Eros) va yer osti dunyosi (Tartar) bo’lgan. Geya yulduzli osmon Uranna tug’adi. Uran dunyoning birinchi hukmdori va Yer ma’budasi Geyani turmush o’rtog’i bo’ladi. Uran va Geyadan keyin xudolarning II avlodi titanlar boshlanadi. Uran o’z o’g’li, dehqonchilik xudosi titan Tironos tomonidan ag’dariladi. Kronosning bolalari Ait, Poseydon, Gestiya, Demetra, Zevs, Gera bo’ladi. Olimpning bosh xudosi Zevs osmon, chaqmoq hukmdori, Poseydon yer va dengizni sug’oradigan namlik xudosi, Ait (Pluton) yer osti dunyosi hukmdori bo’ldi. Zevsning rafiqasi Gera nikoh homiysi, Gestya uy o’chog’i ma’budasi, Demetra dehqonchilik homiysi deb sig’inganlar. Zevs va Geradan o’smirlik ma’budasi Geba, urush xudosi Ares, temirchi va hunarmandlar homiysi Gefest tug’iladi. Zevsning avlodlaridan tabiatning ilk uyg’onish xudosi Apollon alohida turadi. U hamda san’at homiysi davolovchi xudo. Apollonning singles Artimida ovchilik ma’budasi va yoshlarning homiysi. Germes-moddiy mo’l-ko’lchilik xudosi, keyin savdo xudosi, aldamchi va o’g’rilar xudosi, keyinchalik esa notiqlar va sportchilar homiysi. Dionis (Vakxa) tabiat kuchlari, uzumchilik va vinochilik xudosi deb sig’inganlar. Jangovar Afina donolik ma’budasi sifatida shuhrat qozondi. Yunon diniy dunyo qarashi bo’yicha xudolar odamlarga o’xshab azob chekishlari, insoniy his-tuyg’uga ega bo’lishlari mumkun edi. Yunonlarning fikri bo’yicha odamlar va xudolar dunyolari o’rtasida o’tib bo’lmaydigan chegara yo’q edi. Ularni bog’laydigan bo’g’in sifatida xudolar va yerdagi ayollarning aloqasi natijasida tug’ilgan qahramonlar (yarim xudolar) bo’lgan. Misol uchun o’z qahramonliklari uchun xudolar safiga kiritilgan Gerakl shunday dedi. Alohida polislarning homiylari hisoblangan xudolar va qahramonlarga bag’ishlab ibodatxonalar qurilgan va ko’p sonli qurbonliklar keltirilgan. Ba’zi ibodatxonalar oldida ibodat qilayotgan kohinlar xudolardan kelajak to’g’risida bashoratlarni so’rashlari mumkin edi. Ba’zi ibodatxonalar oldida bir necha yilda bir marta xudolar sharafiga gimnastik mashqlar, she’rlar o’qish, raqslar, notiqlik san’ati bo’yicha musobaqalar o’tkazilgan. Yunonistonda Zevs sharafiga har 4 yilda bir marta g’arbiy Peloponnesdagi Olimpiya Zevs ibodatxonasida o’tkaziladigan o’yinlar eng mashhur edi. Yunonlar bu 4 yillik muddatni olimpiada deb ataganlar. Er. avv. 776-yildan olimpiya o’yinlariga butun Yunoniston va koloniyalardan ishtirokchi va 143 tomoshabinlar kelganlar. Olimpiya o’yinlari o’tkazilayotgan vaqtda urushayotgan yunon polislari o’rtasidagi harbiy harakatlar to’xtatilgan. Olimpiya musobaqalari g’oliblari ibodatxona yonida o’sgan muqaddas lavr daraxti barglaridan oddiy gulchambar bilan mukofotlanganlar. G’olib sharafiga jez yoki marmar haykal qo’yilgan. Bu musobaqalar fuqarolarni jismoniy rivojlanishiga imkoniyat yaratgan va yoshlarni harbiy jihatdan chiniqtirish uchun xizmat qilgan. Yunonlar bayramlar, o’yinlarni hamkorlikda tashkil qilish va eng muqaddas ziyoratgohlarni himoya qilish uchun alohida ittifoqlar-amfiktioniyalar tashkil qildilar. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling