Qaroqalpoq davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/28
Sana25.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1259
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28

 
  Afina demokratiyasi deganda 20 yoshdan katta, erkin tug’ilgan, to’la huquqli 
Afina erkaklari uchun xos bo’lgan demokratiya to’g’risida so’z borardi. Ular 
aholining ozchilik qismini tashkil qilar edi. Siyosiy huquqlardan, qullardan tashqari 
ayollar, boshqa viloyatlarda Afinaga qochib kelganlar va Afinada yashab turib, erkin 
bo’lsada fuqaroligi bo’lmagan meteklar mahrum edi. Meteklar 100 mingga yaqin 
kishini tashkil qilib ular asosan savdo hunarmandchilik bilan shug’ullanar edilar. 
 
Polisning suveren hokimi – xalq yig’inini Afina fuqarolik huquqiga ega 
bo’lgan soni ko’p bo’lmagan katta yoshli erkaklar tashkil qilar edilar. Mansabdor 
shaxslar qur’a tashlash yo’li bilan saylanar, faqat mansabga nomzodlar afinalik 
bo’lishi ustidan nazorat qilinar edi.  Arxont yoki strateg vazifasini har qanday fuqaro 
bajarishi mumkin degan tushuncha mavjud edi. Chunki barcha mansabdor shaxslar 
yig’inda xalq irodasi va qonunlarini ifodalagan holda tadbiq qilar edilar. Ularning 
funksiyasiga hech qanday muhim vazifa kirmas edi. Oliy mansabdor shaxslar – 
arxontlar hokimiyati oila va meros huquqiga rioya qilishga g’amxo’rlik (arxont 
eponim) sacral vazifa (arxont basilevs) sud jarayonlariga raislik qilish (fesmofet) 
bilan cheklangan edi. Arxont polemarx (qo’shin qo’mondoni) faqat nomidagina 
qo’mondon bo’lib, amalda u chet elliklar ustidan sud ishlarini amalga oshirar edi. 
Qurolli kuchlarga urush va tinchlik paytida rahbarlik qilish 10 strategga tegishli edi. 
Ular qur’a tashlash yo’li bilan emas, balki har bir nomzodga bevosita ovoz berish 
yo’li bilan saylanar edilar. Mansabdor shaxslar faqat boshiga mirta gulchambardan 
boshqa hech qanday  hokimiyat belgisiga ega emas edi. Bu uning xokimiyatini 
cheklanganidan guvohlik berar edi. Ammo katta bo’lmagan xokimiyatni ham 
suiste’mol qilish mumkin edi, shu sababli qonun bir kishini bir mansabga qayta 
saylashni taqiqlar edi. 
    
Boshqaruv kollegial edi. Har bir feldan 10 strateg saylanib,  ko`cha va 
inshootlarni xolatini nazorat qilish uchun 10 astinom  bozor va tovarlar to’g’risida 
g’amxo’rlik qilib sotuvchi va xaridor o’rtasidagi janjallarni10 agranomlar ajrim qilar 

 137
edilar. Ijroiya xokimiyati har bir felddan 50 kishi saylanadigan 500 lar kengashi- 
pritanlar qo’lida edi. Kengash xalq yig’iniga olib chiqiladigan qarorlar loyihasini 
tayyorlar va mansabdor shaxslar yordamida yig’in qarorlarini bajarar edi. Kengash 
jamoat ishlarini tashkil qilish, konfiskatsiya qilingan mulkni sotish, davlat saylagan 
komissiya orqali moliya ishlarini nazorat qilish, kemalar qurilishi va otliq qo’shinlar, 
Afina doimiy qo’shinini jangovar qobilyatini saqlash kabi ishlarni amalga oshirar edi. 
Besh yuzlar kengashi boshqaruv masalalarini tezkor hal qila olmas edi. Shu sababli 
har bir fild o’zining 50 vakili- pritanlat orqali davlatni yilni 1/10 qismida idora qilar 
edi. Pritanlar kun davomida majlis qurganlar, ularning ¾ qismi tunda qolgan. 
Kengash chet davlatlar bilan yozishmalar olib borgan, elchilarni qabul qilgan. Har 
kun pritanlar tarkibidan qur`a tashlash bilan kengash raisi saylanib, u davlat 
xazinasini kaliti va muhrini olgan. U shu kun xalq yig’ini bo’lsa unga raislik qilgan. 
    
Dastlab xalq yig’ini oyda bir marta, keinchalik oyda 4 marta shaharning 
g’arbiy qismidagi qoyali terrasa pniksda to’plangan. Yig’ilishlarda besh yuzlar 
kengashi tayyorlagan qaror loihalari  muhokama qilinib, so’zga chiquvchilar faqat  
shu mavzudagina so’zlashlari mumkin edi. Yig’ilish va ekklesiya “ isagoriya”- so’z 
erkinligiga qat’iy rioya qilinar, qaysiki “isotomiya”-mansablarni egallashda tenglik 
va “isonomiya” –qonunlar oldida tenglik fuqarolarning siyosiy huquqlarini 
poydevorini tashkil qildi. 
    
Afina davlati mehnat qobiliyatini yo’qotgan fuqarolar va Vatan uchun jonini 
fido qilgan fuqarolarning bolalari to’g’risida g’amhurlik qilgan. Aksincha davlat 
uchun xavfli deb hisoblangan fuqarolarni xalq yig’ini quvg’in qilishi mumkin 
bo’lgan. Afina demokratiyasi ostrakizm vositasi bilan obruli, ta’sirga ega bo’lgan 
mashhur fuqarolarni o’z yakka hukmronligini o’rnatishdan xavfsirab, uni quvg’in 
qilgan. Xalq  yig`ini vakolatiga Afina fuqaroligiga qabul qilish,meteklar ishi, chet 
davlatlarga elchilar yuborish kirgan. Urush vaqtida strateglar xalq oldida  o’zlari 
o’tkazgan urush xarakatlari to’g’risida hisobot berganlar, harbiy mag’lubiyat uchun 
hatto strateglarni o’lim jazosiga hukm qilinish xavfi kuchli bo’lgan. 
    
Afinada  mansabdor  shaxslar  katta xokimiyat va obro`ga ega bo’lmaganlar, 
aksincha yig’inlarda so’zga chiqishni biladigan,qonunlar  loyihasini qabul qilishga 
xalqni ko’ndira oladigan, hech qanday  mansabga ega bo’lmagan kishilar xalq 
ishonchiga sazovor bo’lganlar. Ular demagoglar deb atalgan. Afina davlati o’z 
fuqarolarining ma’naviy barkamolligiga jiddiy e’tibor bergan. Fuqarolarni teatrga 
kirish, bayramlarga ishtirok etish imkoniyati yaratilgan.  Tomoshalarga kambag’al 
kishilarning kirishi uchun davlat teorikon- teatrga kirish uchun ikki obol miqdorida 
pul to’lovini joriy qildi. Perikl taklifi bilan joriy qilingan nafaqa oddiy fuqaroga 
teatrga kirish imkoniyatini berdi. 
    
Er. avv. VI-V asr boshlarida sport musobaqalari zodagonlar uchun ko’ngil 
ochish bo’lsa, Afina demokratiyasi uni oddiy fuqarolarni ham sport bilan 
shug`ullanishlariga  sharoit yaratishga harakat qildi.  Zallar, hammomlarga ega 
bo’lgan gimnasionlar, mashq qiladigan ko’p sonli palestralar har qanday Afina 
fuqarosi uchun ochiq edi. Lekin boy afinaliklar uchun gimnasion va palestalar 
alohida edi. Barcha sport  inshoatlari  davlat  ixtiyorida edi. Sport  inshootlari ishini 
tashkil etish va boshqarish xalq yig’ini tomonidan tayinlangan lavozim safronist 
qo`lida edi.  Sport Afinada  kishini o’z-o’zini idora boshqarishga o’rgatish, adolatli 

 138
o’yin qoidasiga rioya qilish, o’z ruhini ko’tarishga xizmat qilishi kerak edi. 
Afinaliklar boshqa yunonlar kabi ko’pgina yugurish bilan (mash`ala  yoki boshqa yuk 
bilan  uzun masofaga,  to`la harbiy anjomda yugurish) shug’ullanganlar. Shu bilan 
birga aravalarda poyga, sakrash, nayza yoki disk uloqtirish, qo’l jangi, kurash va 
kamondan otish keng tarqalgan. 
 
3. Er. avv. IV asr Yunoniston. Polis tizimini tushkunligi 
 
 
Yunon-fors urushlaridan keyin Yunonistonda iqtisodiyotning umumiy o’sishi 
kuzatildi. Polislar o’rtasidagi va xalqaro savdo rivojlandi. Bu Elladaning savdo-
hunarmandchilik polislari o’rtasida raqobat kuchaydi, ayniqsa kuchli savdo-
hunarmandchilik, dengiz savdosi bilan shug’ullangan. Afinaning Korinf va Megara 
bilan raqobati kuchaydi. Afina va Sparta  boshchiligidagi ikki kuchli harbiy-siyosiy 
ittifoqlar o’rtasidagi muvozanat buzildi. Afina  yunon polislaridagi demokratik 
tuzumlarni  Sparta esa  oligarxiya hukm surgan polislarni qo’llab-quvvatlashga 
harakat qildilar. Yana shuningdek Sparta va Afina o’rtasida Yunonistonda yetakchilik  
uchun raqobat qariyb 30 yil davom etgan Peloponnes urushlariga olib  keldi. Urush 
er. avv. 431-yilda Sparta qo’shinlarini Attika hududiga bostirib kirishi bilan 
boshlandi.  Afina harbiy kuchlarini boshqargan Perikl  quruqlikda  mudofaa 
taktikasini  qo’llash kerak deb hisobladi. Sparta qo’shinlari Attika hududini talon-
taroj qilayotgan paytda barcha aholi  Afina shahriga kirib jon saqladi. Tezda  
shaharda oziq-ovqat tanqisligi boshlanib, turli xil yuqumli kasalliklar tarqaldi. Xalq 
norozi bo’ldi, er. avv. 430-yilda 15 yil davomida birinchi marta Perikl arxont etib 
saylanmadi. Keyingi yil u  qandaydir yuqumli kasallikdan vafot etdi. 
 
Davlat boshqaruvi faol urush harakatlarini  olib borish tarafdori bo’lgan Afina 
demokratiyasining vakillari qo’liga o’tdi.  Shunday rahbarlardan biri Kleon-kelib 
chiqishi hunarmandlardan bo’lgan ustaxona egasi, ajoyib notiq, shijoatli siyosatchi va 
urushni g’alabagacha davom ettirish tarafdori edi. Uning davrida afina floti 
Peloponnes qirg’oqlarida faol urush harakatlarini  boshladi. Afinaliklar er. avv. 425-
yil Messeniyadagi muhim. Pilosni  va uning qarshisidagi Sifakteriya orolchasini 
bosib oldilar. 
 
Spartaliklarning ahvoli og’irlashib qoldi. Ular  urush  harakatlarini shimolga 
Frakiyaga ko’chirdilar. Bu yerdagi  bir qancha shaharlar Afina bilan ittifoqdan 
chiqdilar. Er. avv. 422-yilda  Amfiopol shahri yaqinida katta jang bo’lib, har ikki 
tomondan  ko’plab qurbonliklar berildi.  Bu jangdan so’ng Afina bilan Sparta 
o’rtasida 50 yil muddatga tinchlik shartnomasi imzolandi. Bu shartnoma Afinaning 
elchisi  Nikiy nomi bilan Nikiy shartnomasi deb ataldi.  
 
Ammo bu tinchlik uzoqqa bormadi. Afinada   er. avv. 420-yilda  Sparta bilan 
urushni  davom ettirish tarafdorlari Periklning jiyani  Alkiviad  boshchiligida 
hokimiyatga keldilar va bir necha peloponnes polislarida Spartaga qarshi fuqarolarni 
chiqishini uyushtirdilar. Alkiviad  Sitsiliyani bosib olish g’oyasini ilgari surdi, 
bundan tashqari janubiy Italiya hatto Karfagenni bosib olishni orzu qildi. Uning 
istilochilik rejalari Afinada keng qo’llab-quvvatlandi. Er. avv. 415-yil afinaliklar 
Sitsiliya oralig’idagi  Sirakuza shahriga qarshi harbiy dengiz ekspeditsiyasini 
uyushtirdilar. Afinaliklarni Sirakuza Sparta  yordami bilan tor-mor qildi. Natijada 

 139
7000 afinalik asirga olinib, qul qilindi. Sitsiliya halokati natijasida Afinani dengiz 
davlati mavqeiga putur yetdi. Afina ittifoqchilari bo’lgan bir necha yirik shahar va 
orollar vaziyatdan foydalanib, Afinadan ajralib ketdilar. 
 
Sparta  Eronning yordami bilan Kichik Osiyodagi yunon shaharlariga o’z  
ta’sirini kuchaytirdi. Afinada hokimiyatni oligarxlar bosib oldilar va ular Sparta bilan 
tezda tinchlik o’rnatish harakatini boshladilar. Peloponnes urushining ikkinchi 
bosqichi (Dekeley urushi er. avv. 415-404-yillar.)deb ataldi.  Spartaliklar Qora 
dengizga boradigan yo’llardagi bo’g’ozlarni bosib oldilar. Bu Afinani  oziq-ovqat 
bilan ta’minlashni qiyinlashtirdi. Urushda eng katta zararni  Afina ko’rdi. Afinani 
yunon dunyosidagi obro’-e’tibori tushib ketdi. Yunonistonda Spartaning gegemonligi 
o’rnatildi. Peloponnes urushlari davrida vaziyatga qarab har ikki tomonga yordam 
berib turgan, aslida Afina bilan Sparta munosabatlarini  keskinlashtirgan Eron asta-
sekin yunon polislarida o’z ta’sirini kuchaytirdi. Aslini olganda biror-bir yunon polisi 
bu urushdan foyda ko’rmadi, aksincha Yunoniston polislari tushkunligi boshlandi.      
 
 
Er. avv. V asr so’ngida  yunon polislari  uzoq davom etgan tushkunlik pallasiga 
kirdi. Fuqarolarning  yopiq  jamoasiga asoslangan yunon polisi endilikda yer 
mulkchilik munosabatlarida keskin o’zgarishlar boshlandi. Yerga ishlov berishdan 
keladigan daromaddan ko’ra sudxo’rlik daromadi o’sib ketdi. Yerni sotish keng 
tarqaldi, katta-katta yer maydonlari ayrim fuqarolarning qo’liga o’tib qoldi. 
Kambag’allashgan, yeridan ajralgan fuqarolar o’z fuqarolik majburiyatlarini 
bajarmay qo’ydilar. Ilgari  iqtisodiy o’sish davlatni boyishi bilan birga borar edi, boy 
fuqarolar ko’pgina mablag’larini fuqarolik jamoasi ehtiyojlariga sarflashni o’z 
majburiyatlari deb bilar edilar. Er. avv. V asrda esa boylik ayrim  xususiy kishilar 
qo’lida to’plandi va ular  o’zlarini fuqarolik majburiyatlarini bajarishdan bo’yin 
tovlay boshlaydilar. Ularning ko’pchiligi  o’z mablag’larini dengiz savdosiga qo’ya 
boshladilar. O’z polislaridan boshqa hududlarda katta-katta yer maydonlariga egalik 
qila boshladilar hamda ma’lum bir polis fuqarosi bo’lish ahamiyatsiz bo’lib qoldi. Bu 
davrda yunon polislarida davlat xo’jaligining mavjud emasligi davlat xazinasiga  
daromad tushmasligi bilan belgilandi. Davlat hokimiyati iqtisodiy-moliyaviy jihatdan 
hech qanday mablag’ga ega emas edi. Bundan tashqari polislarning moliyaviy 
qiyinchiliklari, uzluksiz urushlar, yollanma qo’shinlarni keng tarqalishi, harbiy 
ehtiyojlarga xarajatlarni muntazam ravishda o’sib borishi bilan chuqurlashdi. 
Demokratik polislarda  lavozimlarga haq to’lash, kambag’al fuqarolarga muntazam  
nafaqa berish tizimi  bu qiyinchiliklarni yanada chuqurlashtirdi.  Agarda ilgari Afina 
o’z xarajatlarini ittifoqchilar hisobidan qondirgan bo’lsa er. avv. IV asrda esa  
mulkdan olinadigan favqulodda soliq-eysfora  bilan qoplay boshladi. Tinchlik vaqtida 
Afina fuqarolari hech qanday soliq to’lamas edilar. Xalq yig’ini  eysfora to’g’risidagi 
qarorlarni kambag’al fuqarolar manfaatlariga  tekkani uchun  istamay qabul qilar edi. 
Afinani boy tabaqasiga soliq solishga urinish  boylarning noroziligiga olib keldi.  
 
Yer mulk munosabatlarida o’zgarishlar yuz berdi. Er. avv. V asr oxiridan 
boshlab yerning erkin oldi-sotdisi keng tarqaldi. Ko’pgina fuqarolar nochorlikdan o’z 
yerlarini sotishga majbur bo’ldilar, natijada bu yerlarni fuqaroligi bo’lmagan  kishilar 
ham sotib ola boshladilar. Xususiy va jamoa yerini ijaraga berish va garovga qo’yish 
keng tarqaldi. 

 140
 
Er. avv. V asr so’ngida  meteklar va chet elliklarga alohida xizmatlari uchun 
polis hududida  yer va uylarga egalik qilish hollari tarqaldi. Iatdan kelganlarga 
fuqarolik huquqi kamroq sovg’a qilindi.  
 
Polisni tushkunligi  yollanma askarlarni  tarqalishida ham ko’rindi. Yer 
mulkidan ajralgan, qarzga botib kambag’allashib qolgan fuqaro qurol-yarog’ olishga 
mablag’ topa olmas edi, ko’pincha begonalarni manfaati uchun jang qilishni 
xohlamas edi. To’xtovsiz urushlar harbiy texnikaning takomillashuvi yaxshi 
o’rgatilgan askarlarni talab qilar edi. O’z yeridan mahrum bo’lgan, jismoniy mehnat 
bilan shug’ullanishni istamaganlar o’z polislaridan quvilgan kishilar yollanma 
askarlar safini to’ldirdilar.   
 
Yunon polisining tushkunligi  quldorlik  tizimini tushkunligi emas edi, chunki 
qulchilik yanada rivojlandi, qullar mehmatidan foydalanish hajmi o’sdi. Afinada 
davlat qurilishida erkin fuqarolarning mehnati kamaydi, chunki ularning mehnatiga 
ham metek va qullarga ham baravar haq to’lanar edi. Qullarni qishloq xo’jaligi, 
hunaemandchilik, uy-ro’zg’or ishlarida ishlatish, boshqa kishilarga yollanma 
mehnatga berish  bilan birga quldor qulni  hunar va savdo bilan mustaqil 
shug’ullanishga ruxsat berar edi. Bunday qullar mulk  oilaga ega bo’lib alohida 
yashar edilar. Ular pul to’plab o’z ozodliklarini sotib olishlari mumkin edi. Er. avv. 
IV asrda ozod qo’yilgan qullarni soni  o’sdi, ularni yunon polislari iqtisodiy 
hayotidagi roli kuchaydi. Huquqiy jihatdan ular meteklarga tenglashtirilib, ijtimoiy 
jihatdan hunarmand va savdogarlar ommasiga qo’shildilar. Mehnat va hayot 
kechirishning o’xshashligi  fuqaro va fuqaroligi bo’lmagan kishilarni bir-biriga 
yaqinlashtirdi. 
 
Er. avv. IV asrda  polislarda  turli ijtimoiy tabaqalar o’rtasidagi ziddiyatlar 
kuchaydi. Boylar va kambag’allar o’rtasidagi  qarama-qarshiliklar davlat 
hokimiyatini  zaiflashuviga olib keldi.  
 
 Yunonistondagi  er. avv. IV asrning birinchi yarmida Spartaning mavqeini 
kuchaydi. Sparta polislarni ichki ishlariga qo’pol ravishda aralasha boshladi Bu  
ko’pchilik polislarni noroziligiga olib keldi. Oqibatda  Yunonistonda Spartaga qarshi 
harbiy harakatlar boshlandi va Spartaning Yunonistondagi yetakchiligi tugatildi. Fiva 
shahrini yunon dunyosiga  yetakchiligi ham vaqtinchalik bo’ldi, Afina ittifoqini qayta  
tiklashga urinish ham  natijasiz tugadi. Biror-bir yunon polisi  qandaydir mustahkam 
birlashuvni tashkil qilish va unga rahbarlik qilish  qobiliyatiga ega emas edi. Yunon  
polislari endilikda  o’zaro  kelishmovchiliklarni bartaraf qila olmay,  qudratli Eron 
davlatini vositachi sifatida taklif  qila boshladilar.  
 
Tayanch iboralar 
 Megara, 
Peloponnes 
urushlari, 
 Kleon, Pilos, Sifakteri, er. avv. 422-yil, Anfiopol 
shahri, Nikiy, Nikiy shartnomasi, Alkiviad, Sirakuza shahri, Dekeley urushi, er. avv. 
415-404-yillar. 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
 Karimov 
İ. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yuk. Toshkent 1998. 
 
Boynazarov  F. A. Kadimgi  dunё tarixi.  Toshkent 
2004. 
 
Andreev  V. N. Razmeri zemelnıx uchastkov v Attike IV v. do n. e.-   

 141
Vestnik   drevney istorii, 1959, № 2. 
Antichnaya Gretsiya. M., 1983,t.2, gl.1.   
Gluskina L. M   Problemı sotsialno-ekonomicheskoy istorii Afin   IV   
v. do n. e L., 1975. 
İstoriya drevnego mira/Pod red. İ. M. Dyakonova, V. D. Neronovoy, İ. S.   
Sventsitskoy.  M., 1983, t. II, lektsiya 12. 
Kazakevich E. L. Termin i ponyatie «rab» v Afinax   IV v. do n. e.-  
Vestnik   drevney istorii, 1956, № 3. 
Kazakevich E. L. Rabı  kak forma bogatstva v Afinax   IV v. do n. e.-  
Vestnik   drevney istorii, 1958, № 2. 
Marinovich L. P. Grecheskoe  naemnichestvo IV v. do n. e. i krizis polisa.  
M., 1975. 
Frolov E. D.  Grecheskie tiranı IV v. do n. e. L., 1972. 
 
 
 
4-mavzu. Qadimgi yunon  madaniyati 
Reja 
 
1. Falsafa 
2. Din 
3. Tarixshunoslik 
4. Adabiyot va teatr 
5. Notiqlik san’ati 
6. Me’morchilik, Haykaltaroshlik 
7.Tibbiyot va aniq fanlar 
1. Falsafa 
Ilk yunon falsafasi vakillari miletlik Fales, Anaksimandr, Kichik Osiyolik 
Anaksimon tabiatni, borliqni mohiyatini tushunishga harakat qildilar. Pifagor 
maktabining vakillari shuningdek Geraklit, Empedokl kabi “fiziklar” (fyuzis-tabiat 
demakdir) tabiatni o’rgandilar. Ular dunyoning asosini qidirdilar, tabiat mohiyatini 
turlicha izohladilar. Fales dunyoning asosi suv, Aniksimandr apeyron (boshlang’ich 
ibtido), Geraklit esa olov deb qaradilar. Demokrit (taxminan er. avv. 470-yilda 
tug’ilgan) borliq to’g’risida gapirib, borliq cheksiz bo’linma atomdan iborat degan 
fikrni aytdi. U dunyoning sababiy bog’lanishi haqida fikr yurutdi. Platon (er. avv.4 
27-347-yillar) borliq, abadiy, o’zgarmas, bo’linmas, uni aql bilan bilish mumkin deb 
hisoblardi. Platon akademiyasida 20 yil ta’lim olgan Arestotel “g’oyalar dunyosi 
to’g’risida”gi ustozini fikrini tanqid qildi. Borliq Arestotel fikricha jins va tur 
shaklida mavjut bo’ladi. 
 Suqrot (tax. er.avv.470-399 yillar) falsafada inson muammosiga jiddiy e’tibor 
berdi. U insonning o’zini, o’zligini anglashga jiddiy e’tibor beradi. U insonning 
falsafasining o’rganish ob’ektini tashkil etadi deb ta’kidladi. 
    Yunon madaniyati uch avlod muhim o’rin tutadi. Ularning birinchisi er.avv.VI asr 
oxirida kirib keldi va Afina madaniyatini gullab-yashnashi uchun poydevor qo’ydi. 

 142
Esxil va Frinix Attika komidiyasiga asos soldilar. Haykaltaroshlar Kritiy va Nesiot 
er.avv.476 yil Afina agrosini tiranlarga qarshi kurashdilar-Garmoniy va Aristogiton 
haykallar bilan bezadilar. Olimpda Zevs ibodatxonasini haykallar bilan jihozladilar. 
Tafakkur qilish xali an’anaviy shakllarda oddiylik (an’anaviy shakllarda) qat’iy 
o’smirlik klassikasi shaklida hukm surar edi. 
   Ikkinchi avlod Perikl davrida eng yaxshi yutuqlarga erishdi. Sofokl Tragediyalari, 
Geradot “Tarix”I , Parfinon va propileyning etuk klassik shakllari shu davrda 
yaratildi. 
   Uchinchi  avlod  Peloponnes  urushlari  davriga mansub bo’lib. Afinaliklarning bu 
vaqtda boshqa madaniy dunyolar bilan tanishuvi natijasida ularning siyosiy va diniy 
qarashlari ma’lum darajada o’zgardi. 
 
2. Din 
 Qadimgi 
yunon 
afsonalariga ko’ra dastlab Yer (Geya) va Xaos, hayotning 
boshlanishi (Eros) va yer osti dunyosi (Tartar) bo’lgan. Geya  yulduzli osmon Uranna 
tug’adi. Uran dunyoning birinchi hukmdori va Yer ma’budasi Geyani turmush 
o’rtog’i bo’ladi. Uran va Geyadan keyin xudolarning II avlodi titanlar boshlanadi. 
Uran o’z o’g’li, dehqonchilik xudosi titan Tironos tomonidan ag’dariladi. Kronosning 
bolalari Ait, Poseydon, Gestiya, Demetra, Zevs, Gera bo’ladi. Olimpning bosh xudosi 
Zevs osmon, chaqmoq hukmdori, Poseydon yer  va dengizni sug’oradigan namlik 
xudosi, Ait  (Pluton) yer osti dunyosi hukmdori bo’ldi. Zevsning rafiqasi Gera nikoh 
homiysi, Gestya  uy o’chog’i ma’budasi, Demetra dehqonchilik homiysi deb 
sig’inganlar. Zevs va Geradan o’smirlik ma’budasi Geba, urush xudosi Ares, temirchi 
va hunarmandlar homiysi Gefest tug’iladi. 
 
Zevsning avlodlaridan tabiatning ilk uyg’onish xudosi Apollon alohida turadi. U  
hamda san’at homiysi davolovchi xudo. Apollonning singles Artimida ovchilik 
ma’budasi va yoshlarning homiysi. Germes-moddiy mo’l-ko’lchilik xudosi, keyin 
savdo xudosi, aldamchi va o’g’rilar xudosi, keyinchalik esa notiqlar va sportchilar 
homiysi. Dionis (Vakxa) tabiat kuchlari, uzumchilik va vinochilik xudosi deb 
sig’inganlar. Jangovar Afina donolik ma’budasi sifatida shuhrat qozondi. 
 
Yunon diniy dunyo qarashi bo’yicha xudolar  odamlarga o’xshab azob 
chekishlari, insoniy his-tuyg’uga ega bo’lishlari mumkun edi. Yunonlarning fikri 
bo’yicha odamlar va xudolar dunyolari o’rtasida o’tib bo’lmaydigan chegara yo’q 
edi. Ularni bog’laydigan bo’g’in sifatida xudolar va yerdagi ayollarning aloqasi 
natijasida tug’ilgan qahramonlar (yarim xudolar) bo’lgan. Misol uchun o’z 
qahramonliklari uchun xudolar safiga kiritilgan Gerakl shunday dedi. 
  Alohida polislarning  homiylari hisoblangan xudolar va qahramonlarga 
bag’ishlab ibodatxonalar qurilgan va ko’p sonli qurbonliklar keltirilgan. Ba’zi 
ibodatxonalar oldida ibodat qilayotgan kohinlar xudolardan kelajak to’g’risida 
bashoratlarni so’rashlari mumkin edi. Ba’zi ibodatxonalar oldida bir necha yilda bir 
marta xudolar sharafiga gimnastik mashqlar, she’rlar o’qish, raqslar, notiqlik san’ati 
bo’yicha musobaqalar o’tkazilgan. Yunonistonda Zevs   sharafiga har 4 yilda bir 
marta g’arbiy Peloponnesdagi Olimpiya  Zevs ibodatxonasida o’tkaziladigan o’yinlar 
eng mashhur edi. Yunonlar bu 4 yillik muddatni olimpiada deb ataganlar. Er. avv. 
776-yildan olimpiya o’yinlariga butun Yunoniston va koloniyalardan ishtirokchi va 

 143
tomoshabinlar kelganlar. Olimpiya o’yinlari o’tkazilayotgan vaqtda urushayotgan 
yunon polislari o’rtasidagi harbiy harakatlar to’xtatilgan. Olimpiya musobaqalari 
g’oliblari  ibodatxona yonida o’sgan muqaddas lavr daraxti barglaridan oddiy 
gulchambar bilan mukofotlanganlar. G’olib sharafiga jez yoki marmar haykal 
qo’yilgan.  
 
Bu musobaqalar fuqarolarni jismoniy rivojlanishiga  imkoniyat yaratgan va 
yoshlarni harbiy jihatdan chiniqtirish uchun xizmat qilgan. Yunonlar bayramlar, 
o’yinlarni hamkorlikda tashkil qilish  va eng muqaddas ziyoratgohlarni himoya qilish 
uchun  alohida ittifoqlar-amfiktioniyalar tashkil qildilar. 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling