Qaroqalpoq davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/28
Sana25.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1259
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28

3. Tarixshunoslik 
  
Er. avv.V asrda  jamiyat taraqqiyotiga bag’ishlangan alohida ilmiy bilimlar 
sohasi tarix fani paydo bo’ldi.  Uzoq   vaqt  turli o’lkalarda bo’lgan Gerodot (er. avv. 
485-425-yillar atrofida kichik Osiyodagi Galikarnas shahrida tug’ilgan) ilk bor 
ko’rgan va eshitgan voqealarini ma’lum bir tizimga solib hikoya qilishga kirishdi.  U 
o’zining 9 jildli odatda “Tarix” (yunoncha Istoriya-“Tasvir” ma’nosini bildiradi.) 
yoki “Muzalar”  deb ataladigan tarixiy asarini asosan yunon-fors urushlariga 
bag’ishladi, lekin bayon qilish davomida muallif Misr, Eron, skiflar tarixiga ham 
murojaat qiladi. “Tarix otasi” ning mushohadasi to’la an’anaviy bo’lib, tarixda 
ezgulikni taqdirlovchi, yovuzlikni jazolovchi ilohiy adolatni qurdi. Gerodot insonlar 
faoliyatida xudolarning ishtirokiga shubha qilmadi. 
 
Agar Gerodot “Tarix otasi” deb hisoblansa uning kichik zamondoshi afinalik 
Fukidid haqiqiy tarixshunoslik fanini asoschisidir. Uning “Peloponnes urushlari 
tarixi” asari  afsonaviy va haqiqiy voqealarni quruq bayon qilishdek Gerodotga xos 
bo’lgan bayon qilishni aksi bo’lgan   haqiqiy tarixiy tadqiqot edi. Fukidid tarixchilar 
ichida birinchi bo’lib, tarixiy voqealarni, ularni harakatga keltiruvchi kuchlari, 
taraqqiyot yo’llari bilan o’zaro aloqada ko’rishga harakat qildi. Voqealarning 
sabablarini o’rganish uchun siyosiy voqelikni ilmiy tahlil qilish usullarini qo’lladi. 
Fukidid xudolarni tarix doirasidan chiqardi. U tarixni xudolar emas, balki kishilar o’z 
faoliyatlari bilan yaratadilar deb hisoblar edi. Kishilarning “tabiati” hamma vaqt 
qonun va shartnomalardan kuchliroq bo’ladi. Kishilarning qiyofasi va uning 
ko’rinishlari Fukidid uchun shu davr jamiyatini voqeligini tushinish uchun yetarli edi.
 
Gerodot va Fukidid yunon polislarining  fuqarolarini o’z ozodligini himoya 
qilishi, vatanparvarlik va o’zini qurbon qilishdek qahramonlik kurashiga murojaat 
qiladilar.   Tarixshunoslikda  Fukidid an’analarini tarixchi Ksenofont(er. avv. IV 
asr) davom ettirdi. Uning “Anabasis”, “Lakedemon politiyasi”, “Kiropediya”, 
“Agesilay”, “Daromadlar to’g’risida” asarlarida o’sha davr yunon dunyosining 
siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayoti aks etadi. 
 
Er. avv. V asrda yunon dunyosida yuz bergan kuchli siyosiy jarayonlarni tahlil 
qilgan, shu davrning  siyosiy arboblari Femistokl va Perikl kabi afinalik demokratiya 
yo’lboshchilarini ayovsiz tanqid ostiga olgan siyosiy adabiyotlar yuzaga keldi. 
Shunday adabiyotlardan biri er. avv. 430-yillar atrofida  “Afinani boshqaruvi 
to’g’risida” risolasi paydo bo’ldi. Kritiyning “Lakedemeon politiyasi”da Sparta 
jamiyati qurilishi ko’klarga ko’tarildi, Afina demokratiyasiga salbiy nazar bilan 
qaraldi. 

 144
 
4. Adabiyot va teatr 
 
Qadimgi Yunonistonning eng noyob adabiy yodgorligi Gomerning “Iliada” va 
“Odisseya” dostonlaridir. Gomerning bu asarlari paydo bo’lgunga qadar yunon xalq 
og’zaki ijodidan ajoyib namunalari qo’shiqlar, ertaklar, rivoyatlar va masallar  yunon 
adabiyotining haqiqiy poydevorlari edi. Gomerning qahramonlik dostonlari u 
yashagan  (tahminan VII asr) davrdan oldingi  er. avv. XI-IX asrlar  voqealarini 
adabiy tasviridir. 
       Er.  avv.  VIII-VI  asrlarda  yunon madaniyati taraqqiyotida Qadimgi Sharq 
madaniyatining ta’siri kuchli bo’ldi. Yunonlar o’zlarining Kichik Osiyodagi 
shaharlari orqali qadimgi Sharqning boy madaniyati bilan tanishdilar. Bu davrning 
asosiy madaniy o’choqlari Milet, Lesbos, Samos edi.  
 
Er. avv. VII asrda yashab, ijod qilgan Gisiotning didaktik asarlarida o’zi 
yashagan davrning ijtimoiy hayoti va ziddiyatlari aks ettiriladi (“Mehnat va kunlar”).   
 
Badiiy adabiyot eng avvalo poeziya janrida rivojlandi. Poeziya siyosat bilan 
bog’liq edi. Mashhur shoirlar Feognit, Solon, qisman Arxieloy siyosat bilan faol 
shug’ullangan edilar. Hatto Alkey va Safo kabi lirik shoirlar ham siyosatga tan 
berdilar. Shu davrdagi Ezop masallari adabiyotda demokratik yo’nalishni aks ettirib, 
ijtimoiy adolatsizlikni qoralaydi. 
 
Arxaik davrda lirika keng tarqalgan bo’lsa, er. avv. V asrda Afina adabiyoti va 
poetik ijodiyotning markazi bo’lgan birlashma. Attika tragediyasi bilan mashhur 
bo’lib ketdi. Tragediya (“Echkilar qo’shig’i”) vinochilik xudosi Dionisning echki 
terisi kiygan quvnoq, doimiy hamrohlarini ifodalovchi satirlarning aytadigan xor 
qo’shiqlaridan kelib chiqdi. Er.avv. VII asrdayoq butun Yunonistonda shunday 
“Echkilar xori” yoki satirlar keng tarqalgan edi. Attika Tragediyasining tug’ilishida 
Afina tirani Pisistratning umumdavlat bayrami sifatida Buyuk Dionisiy bayramlarini 
ta’sis etish bo’ldi. Shoir Fespid xorga aktyorni qo’shdi. Aktyor xorga “javob” berib 
xor bilan diolog olib borar edi. Shu sababli tragediya dramatik ko’rinishga aylandi, 
tragediyada boshqa ko’rinish qatnashchilari Dionis to’g’risidagi afsona – miflardan 
sahna ko’rinishlari o’ynardilar, keyinchalik boshqa afsonalarga navbat keldi. Er. avv. 
V asr birinchi yarmida Esxil tomoshabin oldiga ikkinchi aktyorni, Sofokl uchinchi 
aktyorni qo’shdi va natijada qadimgi “Echkilar xori” to’la dramaga aylandi. 
    Attika teatri dionis sharafiga o’tkazilgan bayram vaqtida faqat uch kun tomosha 
ko’rsatilgan. Birdaniga uch tragediya qo’yilib, keyin “Satirik dramasi”, yana bir 
mifologiyadan engil quvnoq sahnalashtirilgan parcha berilgan. Teatr ko’rinishi ochiq 
havoda dumaloq maydoncha- orxestrada berilgan. Tomoshabinlar uchun o’tirgichlar 
Akropolning toshloq qiyaligida yunilgan, yana shu tomosha teatron deb atalgan. 
Ochiq va katta teatrda aktyorlar mimikasi va kiyimlarini aniq ko’rib bo’lmas edi. Shu 
boisdan aktiyorlar sahnaga uzun tantanali kiyim va niqoblarda va aktiyor gavdasini 
baland qilish uchun baland poshnali oyoq kiyim-koturnada chiqar edilar. Teart 
tomoshalari mart oxiri aprel boshlarida ko’rsatilar edi.  
 
Attika tragediyasining shon-shuhrati er. avv. V asrning buyuk shoirlari- Esxil 
(er. avv. 525-456-yillar), Sofokl (er, avv. 496-406-yillar) va Yevripid (er. avv. 480-
406-yillar) ijodiyoti bilan bog’liq edi. Esxil 80 ga yaqin tragediya yozdi, undan 
bizgacha faqat 7 tasi yetib kelgan. Afinani gullab-yashnagan davrida yashagan Sofokl 

 145
aytishlariga ko’ra 120 tragediya yozgan, undan bizgacha faqat 7 tasi yetib kelgan. 
Uchinchi buyuk tragik bo’lgan Yevripid 90 tra tragediya yozgan bo’lib, undan 18 tasi 
saqlanib qolgan.  Esxilning “Forslar”, “Orestiya”, “Zanjirband Prometey”, sofoklning 
“Antigona”, “Shoh Edip”, “Elektra”, Yevripidning “Medeya”, “Ippollit’, 
“Vakxankalar”, “Tavridadagi Iffegeniya”,  “Fedra”, “Troyalik ayollar” kabi 
tragediyalari chuqur falsafiy- ahloqiy mazmunga ega bo’lib, yunon fuqarolarining 
tarbiyasiga va dunyoqarashiga jiddiy ta’sir ko’rsatgan. 
 
Attika teatrida tragediyadan tashqari komediya janri ham keng tarqalgan edi. 
Bizgacha etib kelgan komediyalarning ko’pchiligi Aristofan qalamiga mansubdir. 
Aristofonning  “Tinchlik”, “Axaryalilar”, “Lisistrat”, “Suvoriylar”, “Qurbaqalar” va 
“Bulutlar” komediyalarida er. avv. V asr yunon dunyosining siyosiy ziddiyatlari xajv 
qilinadi. 
5. Notiqlik san’ati 
 
Yunon shahar-davlatlarida demokratik tartib qoidalarini o’rnatilishi, fuqorolarni 
xalq yig’ini, sud ishlarida faol ishtiroki notiqlik san’atini rivojlanishiga sabab bo’ldi. 
Sudda so’zlanadigan nutqlar keng qiziqish uyg’otdi. Qadimgi mifologiya 
qahramonlari hikoyasiga yoki maqtoviga bag’ishlab tuzilgan namunaviy nutqlar keng 
tarqalgan. Er. avv. V-IV asr boshlarida taniqli afinalik sud notig’i Lisiy shuhrat 
qozondi. Ikkinchi bir mashhur notiq Isokrat edi. Er. avv. 391 yilda Isokrat notiqlik 
san’ati maktabini ochdi. Isokratning bu maktabida mashhur notiqlik Demosfen, 
Giperin, Esxin, Likurg va tarixchilar Feopomp, Efor, Filistlar etishib chiqdilar. 
Isokrat kuchli ovozga ega bo’lmaganligi sababli omma oldida kam nutq so’zlar edi. U 
siyosiy targ’ibot olib bordi. Afina Periklgacha bo’lgan aristokrat tuzumini maktab, 
publisistik to’plamlarni tarqatdi U o’tmishni maktab, yunonlarni Filip Makedonskiy 
atrofida jipslashib sharq eski dushman-Eron ustiga yurishga chaqirdi. Ehtimol u 
Makedoniyning kuchayishiYunonistonga qanday xavf tug’dirishini bilmagan edi. 
Afsonaga ko’ra yunonlarning Xeroniya yonida mag’lubiyatdan so’ng er. avv. 337-yil 
Isokrat o’zini ochlikdan o’ldiradi. 
  
Isokratning eng yaxshi o’quvchilaridan biri Demosfen Afinadagi antimakedon 
guruhning murosasiz rahbari edi. Demosfen boshidayoq Makedoniyaning kuchayishi 
Afina demokratiyasi va mustaqilligi uchun xalokatli ekanligini ko’ra bilgan edi. 
 
6. Me’morchilik, Haykaltaroshlik 
 
Yunon –fors urushlaridan so’ng Afrika juda katta miqdorda moliyaviy 
mablag’larga ega bo’ldi. Attika Pentelikonida marmar qazish boshlandi va bu 
me’morchilik san’atining ravnaqiga yo’l ochdi. Afinadan tashqari Yunonistonning 
boshqa viloyatlarida Janubiy Italiya va Sitsiliyada (Agrigentdagi Zevs ibodatxonasi, 
Pestdagi  olti ustunlik Poseydon ibodatxonasi) er.avv. V asrning ikkinchi yarmida 
ajoyib me’morchilik inshoatlari bino qilindi. 
 
Ayniqsa Perikl davrida Afinada  yigirma yil ichida ulug’vor inshootlar barpo 
qilindi. Parfenon, Propiley, G’olib Afina va keyinroq Erexteyon kabi ioniy, korinf va 
doriy uslublarida qurilgan  inshootlar  me’morchilik san’atining mo’jizalari edi. 
Parfenonning quruvchilari Iktin va Kallikrat nafislik va ulug’vorlikni 
uyg’unlashtirishga erishdilar. Akropol darvozalari qurishda Mnesiklet (er. avv. 438-

 146
432 yillar) ioniy va doriy ustunlarini yonma-yon qo’lladi. Peloponnes urushlari 
davrida ioniy an’analariga asoslangan Erex  Teyon quriladi. 
 
Er. avv. V asrning 70 yillaridan boshlab haykaltaroshlik san’ati gullab-yashnadi. 
Buyuk haykaltarosh Fidiy Afina va Zevs haykallarini yaratdi. Ma’buda Afinaning 12 
metrli haykalini yasashda fil suyagi va oltindan foydalanildi. Ma’buda Afina 
Akropolning eng baland joyiga qo’yilgan bo’lib, uning  quyoshda yaraqlagan nayzasi 
uzoqdan ko’rinib kemalar uchun mayoq bo’lib xizmat qilgan. Fidiyning mashhur 
asarlaridan biri Olimpiyalik Zevsning ulkan haykali Olimpiyadagi Zevs 
ibodatxonasiga qo’yilgan edi. Mashhur haykaltarosh Miron   “Diskobol” haykali 
bilan o’zini nomini abadiylashtirdi. Klassik yunon haykaltaroshligining  yorqin 
vakillaridan biri argoslik Poliklet edi. Uning Diodumen asari noyob san’at namunasi 
edi. Yunon haykaltaroshlari inson gavdasini uyg’unligi nuqtasini qidirar edilar. 
Poliklet bu nuqtani izlar edilar. Poliklet qonuniga ko’ra haykal tovonining uzunligi 
gavdaning 1/6 qismini, boshining uzunligi 1/8 qismini tashkil qilishi kerak edi. Bu va 
boshqa nisbatlar “Dorifor” haykalida  qat’iy rioya qilingan. Poliklet qonuni yuz yil 
davomida haykaltaroshlik san’atida qonun sifatida amal qilib keldi.  
 
Er. avv. V asrda Praksitelning “Germeys chaqaloq Dionis bilan”, “Knidlik 
Afrodita”,”Kaltakesakni o’ldirayotgan Apollon” haykallarida nafislik, go’zallik 
yaqqol aks etadi. Er. avv. IV asrda polis tizimining tushkunligi davrida 
haykaltaroshlikda qahramonlik mavzusidan uzoqlashib, insonni ichki  ruhiy 
dunyosini ko’rsatish asosiy yo’nalish bo’ldi. Shu davrning mashhur 
haykaltaroshlaridan Skopas, Praksitil va Lisipp (Makedoniyalik Iskandarning saroy 
haykaltaroshi)larni aytish mumkin.  Er. avv. IV asrda yashagan haykaltarosh Lisipp  
Makedoniyalik Iskandarning byustini yaratdi. Lisipp haykaltaroshlik san’atida 
Poliklet qonunini o’rniga yangi qonunni tadbiq qildi. 
 
Tasviriy san’at taraqqiyotini vazalar tasviri orqali yaqqol tasavvur qilish 
mumkin. Bu san’at janrda sikion maktabi, afina maktabi shakllangan edi.  Kundalik 
hayotda mifologiyadan olingan tasvirlar ko’plab uchraydi. Birinchi mashhur yunon 
rassomi Tasoslik Poliklet faqat to’rt rang oq, qora, qizil va sariqni ishlatgan. 
 
Klassik davrda  yunon tasviriy san’atining eng mashhur namoyondalaridan biri 
Polignot  ulkan ko’p figurali kompozitsiyalar ustasi edi. Afinalik Apollodor  tasviriy 
san’atda  yorug’lik soyasini kashf qildi. U  bo’yoq  bilan chizgan ko’pgina vazalar 
bizgacha yetib kelgan. Bu davrdagi Zevksid  va Parrasiy, Apellis (Iskandarning saroy 
rassomi), Nikiylar tasviriy san’at janrida yorqin iz qoldirdilar. 
                
7.Tibbiyot va aniq fanlar 
 
Er. avv. V asr ikkinchi yarmidan koxinlar tibbiyoti o’rniga, aniq kuzatishlarga 
asoslangan vrachlarning tibbiyoti vujudga keldi. Bu davrda mashhur yunon vrachi 
Gippokratning tibbiyot maktabi paydo bo’ldi. Gippokrat “Tibbiyotning otasi” sifatida 
shuhrat qozondi. Uning maktabida tabiblar tajriba, kuzatish usuliga tayanib, tez va 
to’g’ri tashxiz qo’yishga harakat qildilar va davolashda dieta, gigiena kabi usullarni 
keng qo’lladilar. 
 
Apolloniyalik Diogen qon aylanish tizimini yaxshi o’rgandi. Krotonlik Alkmeon 
kasalliklarning manbai inson organizmidagi suyaklarning mutanosibligining buzilishi 

 147
deb ko’rsatdi.O’sha davr tibbiy bilimlari to’g’risida 53 traktatdan iborat “Gippokrat 
korpusi” deb ataladigan tibbiy to’plamlar orqali ma’lumot olish mumkin. 
 
Aniq fanlar to’g’risida ma’lumotlar juda kam. Afinalik astronom  matematik 
Meton quyosh soatini yasagani, taqvimni isloh qilgani to’g’risidagi ma’lumotlar 
bizgacha yetib kelgan.  
 
Tayanch iboralar 
 
Gippokrat “Tibbiyotning otasi”, appoloniyalik Diogen, “Gippokrat korpusi”, 
Meton quyosh soati, lirika, Tragediya (“Echkilar qo’shig’i”), Dionis,  buyuk Dionisiy 
bayramlari, aktyor, Attika teatri, “Satirik dramasi”, Sofokl, Yevripid,  Esxil, 
“Orestiya”, Aritofaon, Agrigentdagi Zevs ibodatxonasi, Parfenon, Propiley, G’olib 
Afina, Erexteyon, Iktin, Kallikrat, Mnesiklet, Fidiy,  ma’buda Afinaning 12 metrli 
haykali, Poliklet, “Dorifor”, rassom Appolodor, Fukidid, Ksenofond, “Anabasis”, 
“Lakedemon politi”, “Kropediya”, “Daromadlar to’g’risida”, Giperin, Esxin, Likurg, 
Feopomp, Efor, Filist, Isokrat, antimakedon guruh, Demosfen, Praksitelning “Germes 
chaqaloq Dionis bilan”, “Knidlik atrofida”, “Kaltakesakni o’ldirayotgan Appolon” 
haykallari, axeyya ittifoqi. 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
 Karimov 
İ. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yuk. Toshkent 1998. 
 
Boynazarov  F. A. Kadimgi  dunё tarixi.  Toshkent 
2004. 
N.N.Pikus, Yu.S.Krushkol “Qadimgi dunyo tarixi” 2 tom Toshkent 1978 yil. 
Antichnaya drama. M., 1970. 
Antologiya mirovoy filosofii. M., 1969, t. I, ch. I. 
Vits B. B. Demokrit. M., 1979. 
İstoriya drevnego mira/Pod red. İ. M. Dyakonova, V. D. Neronovoy, İ.  S.    
Sventsitskoy.  M., 1983, t. II, lektsiya 14. 
Kallistov D. P. Ocherki istorii antichnogo teatra.M., 1969. 
Lure S.Ya. Demokrit. L., 1970.  
Nersesyants V. S. Sokrat. M., 1977. 
Rivkin B. İ. V doline Alfeya. Olimpiyskie igrı v iskusstve Drevney 
Gretsii.M.,1969   
Rojanskiy İ.D. Razvitie estestvoznaniya v epoxu antichnosti. M., 1979. 
Frolov E. D.   Fakel Prometeya. L., 1981. 
Yarxo V. N. U istokov evropeyskoy  komedii. M., 1979. 
Kolpinskiy Yu. D. Skulptura drevney Elladı. M., 1963. 
 
 
 
 

 148
5-mavzu.  Makedoniya.      
Reja 
1. Makedoniyaning yuksalishi. Yunonistonda makedon hukmronligining 
o’rnatilishi 
2. Iskandarning sharqqa yurishlari 
3. Iskandar  davlatini parchalanishi. Diadoxlar urushi 
 
1. Makedoniyaning yuksalishi. Yunonistonda makedon hukmronligining 
o’rnatilishi 
 
Makedoniya yunon shahar davlatlaridan ko’ra qoloq edi. U dengizga chiqadigan 
yo’lga ega emas edi, shu sababli  dengiz savdosi va koloniyalar  barpo etishga 
ishtirok eta olmadi. Makedoniya  dehqonchilik maqmlakati edi. 
 
Peloponnes urushlaridan  so’ng Makedoniya yunon  sivilizatsiyasini tez 
o’zlashtira boshladi. Ayniqsa yunon harbiy san’ati va  harbiy texnikasi yaxshi 
o’zlashtirildi. 
 
Makedon podshosi Filipp II (er. avv. 359-336-yillar) harbiy islohot o’tkazib  
makedon falangasini tuzdi. Og’ir qurollangan piyodalar (goplitlar) 16-29 qator 
saflanadigan janhchilar 5 metrgacha uzunlikdagi sarissa (nayza) bilan qurollanib, 
orqa  safdagilar sarissalarini  oldingi qatordagilar yelkasiga qo’yar edilar. Og’ir 
qurollangan jangchilar katta qaldonlar bilan himoyalanib sarissalarni tikandek  
chiqarib dahshatli kuchni tashkil qilar edilar. Makedon qo’shinining faxri 
zodagonlardan tuzilgan og’ir qurolli  suvoriy getarylar (“podshoni o’rtoqlari”) edi. 
Bundan tashqari  turli qamal qurollari bo’lgan injener qismlari mavjud edi. 
 
Er. avv. IV asr o’rtalarida Makedoniya kuchli qo’shin bilan  Epir va Frakiyani 
egalladi. Shu vaqtdan u yunon davlatlarining  ishlariga faol aralasha boshladi.  Er. 
avv. 355-yilda Makedoniya Fiva va Fokida o’rtasidagi urushga aralashib, Fokidani 
tor-mor qildi. Natijada Makedoniya butun shimoliy Yunonistonga  egalik qildi.  Tez 
orada Fessaliya  Xaldika yarim  orolini bir qismi, Frakiyani janubiy  qirg’og’i, 
Bosforgacha Makedoniyaga qaram bo’ldi. Makedoniya endi dengiz davlatiga aylandi, 
yunonlarni Qora dengizga chiqish yo’li  Makedoniya qo’liga o’tdi. 
 
Yunon davlatlaridan faqat Afina Filipp II ga qarshi tura olishhi mumkin edi. 
Lekin Afinada  makedon va antimakedon  partiyasi mavjud edi. Makedon partiasi 
yunonlar Filipp II boshchiligida  Eronga qarshi yurish qilib katta o’lja  olish mumkin, 
yunonlar ichidagi o’zaro kelishmovchiliklarga  chek qo’yiladi deb hisoblar edilar.  
Demosfen boshchigida Antimakedon partiyasi  Makedoniya bilan  ittifoq yunon 
davlatlarini ozodligini yo’qotishga, qaramlikga, demokatiyani yo’qotishga  olib 
keladi deb hisobladilar. Demosfen Afina, Fiva, Korinf va boshqa yunon shaharlari 
birlashgan kuchli antimakedon guruhini tuzdi. 
 
Er. avv. 337-yil avgust oyida Beotiyada (Xeroneya) hal qiluvchi jang bo’ldi. 
Makedon qo’shinlari yunonlarni tor-mor qildi. Shundan so’ng er. avv. 337-yilda  
Filipp II Korinf shahrida umumyunon kongressini chaqirdi. Kongressda muhim 
qarorlar qabul qilindi.  Yunon shaharlarining ittifoqi tuzildi, o’zaro urushlar 
taqiqlandi, yunon davlatlari makedon podshosi bilan abadiy mudofaa va hujum 
ittifoqi tuzdi, Eron bilan  urush boshlashga qaror qilindi. Faqat Sparta bu kongressga 
qatnashmadi. 

 149
 
 
2. Iskandarning sharqqa yurishlari 
 
Filipp II Eron bilan urushga jiddiy tayyorgarlik ko’ra boshladi, ammo Sharqqa 
yurish g’oyasini amalga oshirish Filipp  II ga nasib etmadi. Bu g’oyani uning o’g’li 
Iskandar amalga oshirdi. Iskandar  taxt vorisi  va oqsuyak  oilaning farzandiga 
munosib bo’lgan ta’lim-tarbiyani oldi. O’sha davrda  hali mashhur bo’lmagan 
faylasuf Aristotel (Arastu) uning  o’qituvchi va tarbiyachilaridan biri bo’ldi. Filipp II  
o’g’lini  davlat boshqaruv ishlariga asta-sekin torta boshladi. Iskandar er. avv. 340-
yilda shimoliy Yunoniston tog’li hududlaridagi qabilalardan birining qo’zg’olonini 
bostirib birinchi bor o’zini kuchli  sarkarda ekanligini ko’rsatdi. 
 
Er. avv. 336-yil yozida Filipp II  qizining to’yida o’z qo’riqchisi tomonidan 
o’ldirildi. 20 yoshli Iskandar podsho bo’ldi.  Filipp II ning o’limidan foydalangan  
yunon shaharlari Fiva shahri boshchiligida Makedoniyaga qarshi qo’zg’olon 
ko’tardilar. Yunonlar uchun kutilmagan holda Iskandar bu qo’zg’olonni shafqatsiz 
bostirdi. Fiva shahri  buzib tashlandi, uning tirik qolgan qo’zg’olonchi aholisi qul 
qilib sotib yuborildi.  
 
Ikki yildan keyin er. avv. 334-yilda nihoyatda puxta tayyogarlikdan keyin yunon 
shaharlari piyodalari bilan kuchaytirilgan makedon qo’shinlari  Gellespont 
bo’g’ozidan o’tib Osiyo hududiga kirdilar. Urush e’lon qilish uchun bahona bo’lib, 
er. avv. V asr o’rtalarida  yunon-fors urushlari davrida yunon ibodatxonalarining 
forslar tomonidan oyoq-osti qilioshi bo’ldi. Bu mafkuraviy shiordan Iskandar yunon-
makedon kuchlarini birlashtirishda foydalandi. 
 
Forslar bilan birinchi jang Kichik Osiyodagi Granik daryosi bo’yida  bo’ldi. Bu 
jangda yunon-makedonlar  Eronning kichik Osiyo satraplari va yunon yollanma 
askarlari qo’shinlari bilan jang qildilar. Eron podshosi Doro III va uning muntazam 
qo’shini granik jangida ishtirok etmadilar. Bu jangdan keyin Iskandar kichik Osiyo 
qirg’og’idagi yunon shaharlarini forslardan ozod qildi, kichik Osiyoning katta 
qismini bo’ysundirdi, Sard va Gordiy shaharlarini ishg’ol qildi.  
 
Kichik Osiyoni bosib olishni tugallab, Iskandar Kilikiya orqali shimoliy 
Suriyaga o’tdi.  Er. avv. 333-yil kuzida Issa shahri yonida ytunon-makedonlar Doro 
III qo’shinlari bilan to’qnashdilar. Har ikki tomon uchun bu jang og’ir bo’lib, katta 
qurbonliklar berildi. Fors qo’shinlari son jihatdan  yunon-makedonlarga ko’ra ko’p 
edi. Iskandar juda katta qiyinchilik bilan g’alaba qildi. Doro III zo’rg’a qochib 
qutildi. Bu jang Suriya va Falastin qirg’og’ini bosib olish uchun yo’l ochdi.  
  Damashq shahrida Doro IIIning xazinasi bosib olindi, bu Iskandar 
qo’shinlarining moddiy ta’minotini ancha yaxshiladi. Tir va G’azo shaharlari  
bosqinchilarga qattiq qarshilik ko’rsatdilar. G’azoni bosib olinishi  yunon-
makedonlarga Misrga yo’l ochdi. Doro III yordamidan mahrum bo’lgan fors satrapi 
g’oliblarga  taslim bo’ldi. Misrliklar Iskandarni  fors  zulmidan xaloskor sifatida kutib 
oldilar.  
 
O’rtayerdengizi qirg’og’ida Nil daryosida er. avv. 331-yilda Iskandariya 
shahriga asos solindi. Bu shahar Misrda yangi hokimiyatni markazi, muhim savdo 
porti bo’lib xizmat qildi. Misr hududiga bu shaharga asos solinishi Sharqda  shaharlar 

 150
qurilishi siyosatini boshlanishi edi. Iskandar  Memfis  shahrida toj kiydi va bu bilan  
Misrda o’z hokimiyati qonuniyligini ta’kidladi.  
 
Er. avv. 331-yil bahoridan Sharqqa yurishning ikkinchi bosqichi boshlandi. 
Dajla daryosidan uzoqqa bo’lmagan Gavgamela qishlog’i yaqinida Iskandar  1-
oktyabr kuni  fors qo’shini bilan  hal qiluvchi jang bo’ldi. Bu og’ir jangda Iskandar 
g’olib chiqib, uning raqibi Doro III jang maydonini tashlab Midiyaga chekindi. 
Iskandar  qo’shinlari hech qanday  qarshiliksiz jadallik bilan butun Mesopotamiyani 
bosib o’tib, Suza shahri va  axmoniylar davlatining markaziy hududlariga kirib 
bordilar. Bobil  va boy Suza shahri Eronnig muqaddas markazi Persepol jangsiz bosib 
olindi. Suzada  bosqinchilar Eron davlati xazinasini bosib oldilar, er. avv. 330-yil 
Persepol saroyini yondirish bilan Iskandar  fors davlati ustidan g’alabasini ramziy 
belgiladi. Bu vaqtda  Baqtriya satrapligiga chekingan Doro III o’z yaqinlari 
tomonidan o’ldirildi.  
 
Iskandar forslarni o’zlari egallab turgan  yuqori lavozimlarda qoldirdi, bu 
makedon qo’shinida norozilik tug’dirdi.  Doro IIIning halokati urushni tugashini 
bildirar edi. Girkaniyaning markazi Gekatompl shahrida ittifoqchi yunon 
polislarining qo’shinlari rasmiy tarqatildi. Shu bilan birga yunonlarga Iskandarni 
yollanma askarlari sifatida  yurishni davom ettirish taklif qilindi. Iskandar o’zini fors 
podsholarining  qonuniy vorisi sifatida  urushni davom ettirishga ahd qildi.  Iskandar 
qiyinxchilik bilan yurishni davom ettirishni istamagan qo’shin qarshiligini yengib, 
yana oldinga siljidi. Parfiya bosqinchilarga hech qanday qarshilik ko’rsatmay, satrapi 
o’z obro’ini saqlab qoldi. 
  
Iskandar er. avv. 329-yilda Amudaryodan o’tib O’rta osiyoga kirdi, bu yerda u 
mahalliy aholining qattiq qarshiligiga uchradi.  Spitamen boshchigida sak 
massagetlar uch yil davomida  Iskandar qo’shinlariga qarshi turdilar. Noiloj qolgan 
Iskandar mahalliy zodagonlarni sovg’a-salom bilan o’zi tomoniga og’dirib olishga 
urindi, u So’g’d hokimi Oksiartni qizi Roksanaga uylandi. Rivoyatlarga ko’ra 
Iskandar O’rta Osiyoda o’z tayanch nuqtasi sifatida 12 shahar quradi. Tarixda 
ma’lum  bo’lgani hozirgi X’ojand shahri yaqinida Iskandariya Esxota (Uzoqdagi 
Iskandariya) shahri, Afg’onistonda  Hirot shahri yaqinida  Iskandariya Ariya shahri. 
 
Er. avv. 327-yilda Iskandar Hindukush tog’lari orqali Hindistonga o’tdi. 
shimoliy Hindistondagi Gidas daryosi bo’yida   Iskandar qo’shinlari Panjob 
hukmdori Por qo’shinlari bilan to’qnashib, o’zining oxirgi g’alabasiga erishdi (Er. 
avv. 326-yil).  
 
To’satdan Iskandarning qo’shini  yurishni davom ettirishni istamay  bo’ysunmay 
qo’ydi. Ikki kunlik muzokaralardan so’ng Iskandar yon berishgfa majbur bo’ldi. 
Vatanga qaytish to’g’risida buyruq berildi. Iskandar qo’shinlarini qaytishi ikki yilga 
cho’zildi, bir qism qo’shin dengiz orqali, bir qismi quruqlik yo’li bilan qaytdi. 
Qo’shinning har ikkala qismi er. avv. 324-yil Bobilda uchrashdi.  
 
Yurishning tugallanayotgan bosqichida Suza shahrida Iskandar makedon va 
forslarni murosaga keltirish belgisi sifatida o’zining 10 ming askarlarini mahalliy 
qizlar bilan nikoh to’yini katta tanatana bilan o’tkazdi. O’z qo’shini tarkibiga 30 ming 
fors yigitlarini qabul qildi. U bosib olingan hududlarda  o’nlab koloniya va harbiy 
qo’rg’onlarni  o’z hokimiyatini tayanch nuqtasi sifatida barpo qildi. 

 151
 
Makedoniyani qadimgi poytaxti Pellaga qaytishni istamagan Iskandar o’z 
davlatining  poytaxti qilib qadimgi shahar Bobilni tanladi. U   Kaspiy dengizini 
o’rganish uchun tekshiruvchi ekspeditsiya tashkil qildi, Arabiston yarim oroli 
qirg’oqlarini tekshirishga buyruq berdi.   
  Iskandar yurishlari natijasida g’arbda Adriatika dengizidan Sharqqa 
Hindistongacha,  Shimolda Kavkaz tog’laridan janubda Nil daryosi o’rta oqimigacha 
cho’zilgan hududni qamrab olgan ulkan davlat vujudga keldi. Bu davlat  hududiy-
etnik, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari bilan avvalgi ahamoniylar davlatini eslatar 
edi. Iskandar  o’zining ulkan davlatini uzoq  boshqara olmadi. U er. avv. 323-yilda 32 
yoshda Bobil shahrida  vafot etdi.  Iskandarning o’limidan so’ng uning ulkan davlati 
parchalana boshladi. Oxir-oqibatda u bosib olgan hududlarda  Ellin davlatlari tizimi 
shakllandi.  
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling