Qaroqalpoq davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/28
Sana25.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1259
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28

 

 166
 
7-mavzu. Rim tarixiga kirish. Italiya va uning qadimgi aholisi 
Reja 
1. Apennin yarim oroli va uning aholisi 
2. Qadimgi Rim tarixi manbalari 
3. Rim tarixini davrlashtirish 
4. Apennin yarim orolining qadimgi aholisi 
 
1. Apennin yarim oroli va uning aholisi 
Qadimgi Italiya  (yunoncha “buzoqlar  mamlakati”)  deb  dastlab  o’zining      
sero’t yaylov-o’tloqlari bilan ma’lum bo’lgan Apennin yarim oroli janubi aytilgan. 
Apennin yarim oroli o’rtayerdengizi dunyosining eng markazida joylashgan bo’lib, 
qadimda qulay geografik va iqlim shart-sharoitlariga ega edi. Italiyani sharqdan, 
janub va g’arbdan Ligur, Tirren, Ioniya va  Adriatika dengizlari o’rab, uni 
O’rtayerdengizining barcha mamlakatlari bilan bog’lagan edi. Er. avv. I ming yillikda 
Italiyaning shimoliy hududlari mo’tadil iqlim zonasida bo’lib, Apennin yarim 
orolning  qolgan hududlari iqlimi iliq va yumshoq edi. Shimolda  uning tabiiy 
chegaralari Alp tog’lari, janubda Messin qo’ltig’I uni Sitsiliyadan ajratib turar edi. 
Italiyaning g’arbiy qirg’og’i qulay buxtalarga boy bo’lkib, dengizchilik va savdoni 
rivojlanishiga turtki berdi. 
Italiyaning ko’pgina qismini tog’lar egallaydi, faqatgina 20% hududi 
tekisliklardan iborat. Etruriya, Kampaniya va Apuliyaning unumdor yerlari Latsiya 
tekisligi va Po vodiysi dehqonchilik uchun qulay bo’lganligi uchun bu yerda tariq, 
bug’doy, polba ekilgan, bog’dorchilik zaytun daraxtlari va uzumchilik bilan 
shug’ullanganlar. Qadimgi Italiya suv va o’rmonlarga boy edi. Qadimda foydali 
qazilmalar ko’p emas edi: temir, mis, qo’rg’oshin, oltin, kumush, qurilish toshi, 
marmar, loy, tuz.  
Qadimgi Italiyani 3 qismga bo’lish qabul qilingan: Shimoliy (Liguriya, Alp orti 
galliyasi va Venetsiya), o’rta (Etruriya, Latsiya. Kampaniya, Umbriya, Pitsen va 
Samniy) va janubiy (Apuliya, Kalabriya, Lukaniya va Bruttiya). 
Apennin tog’lari janubiy sharqqa cho’zilib borib Arelin tumanida Adriatik 
dengizigacha yetib boradi, yarim orolning shimoliy qismi markaziy va janubiy 
qismidan ajratib turadi. Uning shimoliy iqlimi o’rta Evropa iqlimiga yaqinroq. Yarim 
orolning bu qismi juda hosildor bo’lib keyinchalik Italiya deb atala boshlandi. 
Dastlab bu nom yunonlar Italiya deb atagan aholi yashagan Kalabriyaning janubiy 
tumanlariga nisbatan aytilgan. Er. avv. V asrda Po vodiysiga gallar ko’chib kelib, u 
erdan etrusklarni siqib chiqardilar. Shu sababli bu o’lka Rimda “Tsizlal’p galliyasi” 
deb nom oldi. U sispadan Galliyasi Poning o’ng qirg’og’i va tarnspadan Galliyasi 
(daryodan shimol tomondagi viloyat) ni o’z ichiga oladi. Italiyani o’zi Apennin 
janubidan boshlanadi. Markaziy Italiyani G’arbiy qismi madaniyat tarixida o’z er 
tuzilishiga ko’ra muxim rol’ o’ynadi. Bu erda etrusk (hozirgi Florentsiya), latin 
markazi Rim, Kampaniya (Kapuya va Neapol bilan) kabi uch tekislik etadi. Bu erdan 
kemachilik uchun qirg’oqlari qulay tabiiy portlari bo’lgan Tibr daryosi oqib o’tadi. 
Latin tekisligining markazida Tibr daryosi va shimoliy sharqdan sabin, sharqdan 
Alban, janubdan Vol’sk tog’lari  bilan o’rab turishi yarim orol tarixida latin xalqlarini 

 167
yuksalishiga sabab bo’ladi. Italiyani sharqiy qismi tog’lik bo’lib, janubga tomon 
mars, piligin, marrusen, vistenlar vatani yovvoyi sabin tog’lari cho’zilib ketadi. 
Undan so’ng Samnit tepaliklari etadi. 
Janubiy Italiyaning g’arbiy qismida samnitlarga qarindosh tog’li qabilalar 
joylashgan tog’lik Lukaniya va Bruttiya yotadi. Sharqiy qismida suvsiz Apuliya va 
Kalabriya viloyatlari bo’lib bu erda Tarent qo’ltig’i orqali Yunonistondan kolonistlar 
kelgan. Bu erda Tarent, Regey, Kroton, Metapont, Posidoniya, Eleya kabi ko’p sonli 
yunon koloniyalari barpo etilib buyuk Yunoniston deb atalgan. 
Qadimgi Rim tarixida Sitsiliya oroli madaniyati muhim o’rin tutadi. Orolni 
sharqiy va janubiy hududlarini yunonlar egalladilar. Bu erga ilgariroq finikiyaliklar 
kelib Panorm (hozirgi Palermo) va Lilibey (hozirgi Marsala) shaharlariga asos 
soldilar. Qadimdan Italiyada apelsin va limon daraxtlari o’stirilgan. Italiyaga xurmo 
va anorni karfagenliklar olib keldilar. Yunonistonga qaraganda Italiyada hosildor 
yerlar ko’proq. Ayniqsa Po vodiysi, Kampaniya, viloyati tsikurn va falern navli  
vinolari bilan mashhur edi. Italiyada dehqonchilik uchun juda ko’p botqoq yerlar 
quritilib, sun’iy sug’orish ishlari amalga oshirildi. Bu ishning moxir ustasi etrusklar 
edi. Mamlakatda metal juda kam bo’lgani uchun u chetdan olib kelingan. Faqat 
Etruriyadan mis va qo’rg’oshin, El’ba orolida temir qazib olingan. Metalga ishlov 
berishda etrusklar katta yutuqlarga erishdilar. 
 
2. Qadimgi Rim tarixi manbalari 
 
Qadimgi Rim tarixini an’anaviy xronologik chegarasi Rim shahrini barpo 
qilinishi 754 – 753 yillardan boshlanib, G’arbiy Rim imperiyasining qulashi 476 yil 
bilan tugallanadi. Rim tarixini o’rganishda turli xil manbalar: Rim va Yunon 
tarixchilarining asarlari, tabiiy, ilmiy va badiiy adabiyot, huquqiy yodgorliklar, 
arxeologiya, epigrafika, numizmatika va papirologiya ma’lumotlaridan foydalaniladi.  
 
Qadimgi Rim tarixi bo’yicha moddiy manbalar xilma-xil bo’lib, Italiyaning 
paleolit va neolit davridan dalolat beradigan tosh qurollar, sopol idishlar, qoyatosh 
tasvirlari mavjud. Shimoliy va o’rta Italiyada etrusk madaniyatiga tegishli bo’lgan  
sog’onalar, uy-joy ibodatxona qoldiqlari topilgan. Rim shahrining o’zida palatin, 
eskvilin va boshqa tepaliklarda hamda forumda ko’p sonli qabrlar, ibodatxona 
poydevorlari, ona bo’rining jez haykali, Serviy tulliy davridagi shahar devori 
qoldiqlari qazib ochilgan. Italiyaning  boshqa shaharlarida ko’p sonli  arxeologik  
yodgorliklar mavjud. Jumladan eramizning 79-yilida  vulqon otilishi natijasida kul 
ostiga qolib ketgan Pompeya va Gerkulanum shaharlari arxeologlar tomonidan to’la 
qazib ochilgan. Bu shaharlardagi ko’chalar, uylar, ibodatxonalar to’laligicha saqlanib 
qolgan va eramizdan avvalgi birinchi ming yillikdan  eramizning II asrigacha mavjud 
bo’lgan  shahar me’morchiligi to’g’risida boy ma’lumotlar beradi. 
 Moddiy 
madaniyat 
yodgorliklarida ba’zida  yozuvlar ko’p bo’lgan. Qazib 
ochilgan inshootlardan etrusk, latin, yunon  yozuvlari topilgan. Bu yozuvlar bino 
devorlari, sopol idishlarda va toshlarga bitilgan.  Rim tarixi bo’yicha eng qimmatli 
manbalardan biri bu yozma adabiyotdir.   Er. avv. III asrdan boshlanib Rim xalqaro 
siyosatda yetakchi rol o’ynashi bilan uning tarixi to’g’risida boy ma’lumotlar 
to’plana boshlandi.   

 168
 
Er. avv. II asrda Polibiy kabi yunon yozuvchilarining asarlari Rim tarixini 
o’rganishda  katta ahamiyatga ega bo’ldi. Rimdagi fuqarolar urushi davri Gay 
Sallyustiy Krispning tarixiy monografiyalarida aks etdi. Rim respublikasini so’ngi 
davridagi yirik siyosiy arboblar Tsitseron va Tsezarning asarlari, ilk imperiya davrida 
Tit Liviyning Rim tarixi, eramizning I asrida Velley Patirkulning ham shu nomdagi 
asarlari yaratildi. Liviy tarixida Rimning ichki va tashqi siyosati, diniy hayoti 
to’g’risida boy ma’lumotlar berilgan. Velley Patirkulning ikki jildli asarida Rim 
butun dunyo tarixi markazi sifatida tasvirlangan.  
 
Er. avv. I asr so’ngida Rimda yashagan yunon galikarnaslik Dionisiyning “Rim 
qadimiyatlari ” nomli 20 kitobida Rimning ilk etnik, ijtimoiy-siyosiy, madaniy tarixi 
batafsil tasvirlanadi. Bu kitoblardan 9 tasi to’la saqlanib qolgan bo’lib, er. avv. 442-
yilgacha bo’lgan  voqealar bayon qilinadi.  
 
Rim tarixshunosligining eng yirik vakili Tatsit (eramizning I asrining 2-yarmi, 
I asrning boshlari) asarlarida eramizning I asridagi voqealar  va Rim tarixiga oid 
german qabilalari to’g’risida qimmatli ma’lumotlar berilgan. 
 
II-III asrlar tarixiga oid asarlar to’la saqlanmagan. Ularni ichida IV asrda 
tuzilgan “Avgustlar tarixi yozuvchilari”, “imperatorlar tarjimai hollari” kabi 
to’plamlarni ko’rsatish mumkin. So’nggi imperiyaning yirik tarixchisi Ammian 
Martsellin asarlarida tarixiy voqealar eramizning 378 yiligacha bayon qilingan. 
Qadimgi Rim tarixi bo’yicha muhim ma’lumotlar yunon mualliflari: Plutarx, 
Appian(II asr), Dion Kassiy (III asr) asarlarida mavjud.  
Bundan tashqari tarixiy voqealarni borishini tiklash uchun Askoniy Pidian  
(eramizning I asri),  Lutsiy Anney Flor (II asr) Evtropiy (IV asr) kabi imperiya davri 
yozuvchilarining yirik asarlari, har xil kompendiyalar, yozuvchilarning yirik asarlari, 
xronografiyalar va obzorlarni ko’rsatish mumkin.  
Rim shahrining arxeologik yodgorliklari alohida ahamiyatga ega. Bu yerdan 
topilgan qabrlar, uy – joylar, jamoat binolari, mudofaa devorlari, Rim forumi, suv 
quvurlari muhim arxeologik manba bo’lib xizmat qildi. Italiyalik arxeologlar hozirgi 
kungacha bu yodgorliklarni tarixiy-madaniy jihatdan to’la tadqiq qilib, Rim tarixini 
qayta tiklashda ilmiy jihatdan qimmatli bo’lgan 100 ga yaqin tadqiqotlarni e’lon 
qildilar. 
Rimning etrusklar davri, respublika imperiya davrlari, diniy hayoti bo’yicha 
qimmatli ma’lumotlar qadimgi kohinlar kollegiya jadvallari, qabrtosh yozuvlari, 
nasroniy dini kitoblari, nasroniy tarixchilarning asarlari orqali bilish olish mumkin.  
Rim davlatiga oid davlat aktlari, senat qarorlari, va sud hujjatlari Rim kalendari 
kabi tarixiy hujjatlar mavjud. Rim mifologiyasi, falsafa, adabiyot, komediya kabi 
yozma yodgorliklari bizgacha juda katta miqyosda  yetib kelgan. Shu bilan birga Rim 
imperiyasi qaramog’ida bo’lgan Italiyadan tashqari Yevropaning boshqa hududlarida, 
Osiyo, Afrikada ko’p miqdorda memoriy inshootlar: saroy-ibodatxona, mudofaa 
inshootlari qoldiqlari, ko’priklar, portlar saqlanib qolgan. 
 
3. Rim tarixini davrlashtirish 
 
Rivoyatlarga ko’ra Rim shahriga er. avv. 753-yil 21-aprelda asos  solingan. 
“Qadimgi Rim" tushunchasi  o’n ikki asrdan ortiqroq tarixni o’z ichiga olgan (er. avv. 
753-yil 21-apreldan boshlanib, eramizning 476-yil 23-avgustida G’arbiy Rim 

 169
imperiyasining halokati bilan tugallandi) davlat jamiyat va sivilizatsiyani o’z ichiga 
oladi.  Boshida uncha katta polis bo’lmagan Rim er. avv. 265-yilga kelib, butun 
Italiyani o’ziga bo’ysundirdi, er. avv. II asr o’rtalarida eng qudratli  o’rtayerdengizi 
davlatiga aylandi. Eramizning I-II asrlariga kelib, O’rta yer dengizi qadimgi 
sivilizatsiyalarini ulkan madaniy merosini o’zlashtirgan bepoyon imperiya bo’ldi. 
Jahon tarixida antik madaniyatning buyuk yutuqlarini qabul qilgan, o’zlashtirgan va 
keyingi avlodlarga yetkazgan davlat va jamiyat sifatida Qadimgi Rimning muhim 
o’rni belgilanadi. Qadimgi Rim davlati va jamiyati tarixi  uzluksiz  taraqqiyot 
jarayonida bo’lgan iqtisodiy-siyosiy, madaniy va ijtimoiy voqelikdir. 
 
Rim tarixi uning taraqqiyotini belgilovchi tarixiy jarayonlarga ko’ra olti davrga 
bo’linadi:  
Podsho Rimi (er. avv. VIII-VI asrlar). Bu vaqtda  urug’ qabila munosabatlari, 
tuzilmalari yemiriladi, ilk sinfiy jamiyat  paydo bo’ladi va Rimning 
bo’lajak siyosiy,ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida asos bo’lib xizmat 
qilgan ilk davlat muassasalari  shakllanadi; 
Ilk respublika davri (er. avv. V-III asrlar). U Italiyada quldorlik jamiyati va 
davlatining intensiv taraqqiyoti bilan belgilanadi; 
So’ngi respublika davri (er. avv. II-I asrlar). Bu vaqtda klassik qulchilik  
shakllanadigan   Rim o’rtayerdengizi davlati tashkil topadi; 
Ilk imperiya yoki printsipat (eramizning I-II asrlari). Bu davr Rim 
imperiyasining oltin davri, O’rta-  yer   dengizi antic 
sivilizatsiyasining gullab-yashnashi, iqdisodiyot va  madaniyatning 
o’sishi bilan belgilanadi; 
Umumiy tushkunlik  Rim imperiyasining yemirilish xavfi (eramizning III asri).  
Bu davrda Rim jamiyatining barcha tuzilmalarida kuchli  tushkunlik 
belgilari yaqqol ko’rinadi va Rim davlatchiligining  halokati xavfi 
tug’iladi; 
So’ngi Rim imperiyasi yoki Dominat (eramizning IV-V asrlari). Bu davr 
quldorlik jamiyatining yemirilishi, uning bag’rida feodalizmning ilk 
belgilarini shakllanishi va  g’arbiy Rim imperiyasini qulashi bilan 
belgilanadi. 
 
4. Apennin yarim orolining qadimgi aholisi 
Arxeologik qazishmalar Italiyada odamlar paleolit davrida joylashganini 
tasdiqlaydi. Ular dastlab g’orlarda yashaganlar va ovchilik bilan shug’ullanganlar.  
Er. avv. 1800 yillar atrofida Apennin yarim orollariga shimoldan yangi qabilalar kelib 
o’rnashdilar. Ular bilan Terra – Marra (italyancha-“qora unumdor yer”) dehqonchilik 
madaniyatini olib keldilar. Bu qabilalar suvdan ko’tarilgan  ustunlarda qurilgan yoki 
uylarda yashaganlar to’g’ridan – to’g’ri qirg’oqda qurilgan. Keyinchalik bu 
madaniyatning vakillari latin, samnit, umbrlar qabilalariga bo’linib ketdilar.  
Er. avv. 1000 yilliklar atrofida qabilalarning yangi to’lqini Villan madaniyatini 
(Bolqoniya yaqinidagi joy nomi bo’yicha) olib keldilar. Bu madaniyat vakillari o’lik 
mayitlarni gulxanda  yoqib, kulini maxsus idishlarda saqlar edilar.  
Er. avv. VIII asrda Italiyada ikki til  guruhida so’zlaydigan  latin – sikull, sabin-
umbrlar tashkil qildilar. Latinlar dastlab qadimgi Latsiya hududida yashadilar. 

 170
Umbrlar Tibrning yuqori qismida samnitlar togli Samnit viloyatida, shimoliy 
Kampaniya, Apuliya, Lukaniya va Bruttiyada yashadilar. Volsklar tili  umbrlar va 
sabin qabilalariga yaqin bo’lgan Volsk hududida  latinlardan janubda yashadilar.   
 
Aterna daryosining so’l qirg’og’ida vestin va marusin qabilalari joylashdilar. 
Ularning ijtimoiy munosabatlari mutlaqo ibtidoiy edi. Italiyaliklar kelishigacha 
mamlakatni shimoli-g’arbidagi ligurlar italiyaliklar kelishigacha eng qadimgi tub joy 
aholisi edi. Jez davri boshlarida kelgindi  hind-yevropa qabilalari ligurlarni 
Italiyaning shimoliy g’arbiga siqib chiqardilar. Italiyada joylashgan sikan va sikunlar 
ham ibtidoiy hayot kechirar edilar. Ular dastlab Sitsiliyada yashar edilar. Keyinchalik 
ularni Finikiya va yunon kolonistlari orol ichkarisiga siqib chiqardilar. Bu davrda 
Italiya hududida finikiyaliklar va etrusklar qaram kishilar mehnatidan foydalanib 
jamiyat taraqqiyotida yuqori darajaga erishganlar.  Er. avv. I ming yillikda yarim 
orolning aholisini asosiy qismini hind-yevropa qabilalari bo’lgan italiklar, 
illiriyaliklar va yunonlar tashkil qildi.  
Yunonlar ilk bor Italiyaga er. avv. II ming yillikda paydo bo’ldilar. Er. avv. VIII 
asrda Janubiy Italiya va Sitsiliyada ko’plab yunon koloniyalari barpo qilina 
boshlandi. Janubiy Italiyada shunday koloniyalardan Lokri, Sibaris, Tarent va 
Kroton, Sitsiliyada esa Sirakuza, Gela va Akragant koloniyalariga asos solindi. 
Yunonlar dehqonchilik, chorvachilik va vositachi savdo bilan shug’ullandilar. Yunon 
koloniyalarida savdo-hunarmandchilik, dehqonchilik gullab yashnadi. Bu koloniyalar 
o’z ona  vatanlari Bolqon Yunonistoni, Kichik Osiyo va boshqa hududlar bilan faol 
savdo aloqalarini yo’lga qo’ydilar.  Vaqt o’tishi bilan bu hudud buyuk Yunoniston 
nomini oldi. Yunon koloniyalarida ijtimoiy-siyosiy hayot keskin ziddiyatli edi. 
Yunonlarning ilg’or ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari, polis tuzumi, madaniy turmush 
tarzi mahalliy qabilalarni tarixiy taraqqiyot jarayoniga ta’sir qilib, ularda ilk sinfiy 
jamiyat va davlat tashkilotini shakllanish jarayonini tezlashtirdi.  Tarentlik Liviy 
Andronik  Rim adabiyotining asoschilaridan biri hisoblanadi.  
Er. avv. I ming yillik o’rtalarida Po vodiysida kel`t qabilalri o’rnashdilar. Ular 
bosh kiyimlarini xo’roz patlari bilan bezar edilar, shu sababli Rimliklar ularni gall 
(latincha gallus-“xo’roz”) deb atadilar. Er. avv. VI asrdan boshlab  Sitsiliya va 
Italiyaga finikiyaliklar kela boshladilar.  
 
Er. avv. III asrda Italiya hududi Rim istilolari natijasida yagona davlatga 
birlashdi. Natijada bu yerda yashagan turli qabila va xalqlar bir-biri bilan yaqinlashib 
romanlashish jarayonini boshdan kechirdi. Er. avv. I asrga kelib latin tilida 
so’zlashadigan yagona italiyan xalqi shakllandi. Shu davrdan boshlab mamlakat 
Italiya deb atala boshlandi. 
 
Tayanch iboralar 
 
“Buzoqlar mamlakati”, Apennin yarim oroli, Latin tekisligi, sabin, Vol’sk, 
samnit,  apelsin,  limon,  Rim,  754 – 753 yillar,  palatin, eskvilin,  Pompeya,  
Gerkulanum,  latin,,  Gay Sallyustiy Krisp,  Tit Liviy,  Velley Patirkul,  Dionisiyning 
“Rim qadimiyatlari ” nomli 20 kitobi,  Tatsit,  Terra – Marra,  Villan madaniyati,  
Umbr,  hind-yevropa qabilalari, gall. 
 
 

 171
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
 Karimov 
İ. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yuk. Toshkent 1998. 
 
Boynazarov  F. A. Kadimgi  dunё tarixi.  Toshkent 
2004. 
Xrestomatiya po istorii Drevnego  Rima/Pod red. S. L. Utchenko. M.,  
1962. 
Velley Paterkul. Rimskaya istoriya/Per. A. İ. Nemirovskogo i M. F.  
Dashkovoy.-Vestnik drevney istorii, 1983, № 4; 1984, № 1-4. 
Lutsiy Anney Flor. Epitomı.-V kn.: Nemirovskiy A. İ., Dashkova M. F.  
Lutsiy Anney Flor – istorik Drevnego Rima. Voronej, 1977, s. 41–162. 
 
 
 
 
8-mavzu. Etrusklar. Rim podsholik davrida 
Reja 
1. Etrusklar 
2. Rim podsholik davrida 
 
1. Etrusklar 
Er. avv. I ming yillik boshlarida Italiyaga Kichik Osiyodan etrusk   qabilalari 
kelib o’rnashdi. Latinlar ularni  etrusklar yoki tusklar, yunonlar tirrenlar yoki 
tersenlar  deb atadilar. 
Etrusklar  tarixi  bo`yicha  sog’ona, dafn toshlari,  qo’rg’oshin taxta, ko’za, 
muxrlarda  mavjud bo’lgan 11 ming etrusk  yozuvlari  mavjud. Ularning  ko`pchiligi 
bag’ishlov, in’om mazmunida  bo’lib qisqa yozilgan. 
Etrusklar to’g’risidagi  ilk aniq ma’lumotlar er. avv. VIII asrga  tegishli. Etrusk  
madaniyatining asosiy yodgorliklari O’rta Italiyada Tibr va Arnus  daryolari 
oralig’ida Rimliklar Etruriya  (hozirgi Toskana)  deb atagan viloyatda  to’plangan. 
Etrusklar  dehqonchilik va hunarmandchilik  bilan mashg’ul bo’lganlar. Temir va 
misdan ajoyib buyumlar yasalgan. Ular vositachilik savdosi bilan ham 
 
shug’ullanganlar.  Etrusk shaharlarini  qadimdan rasman  podsholar boshqardilar, er. 
avv. VI asrda  ularni o’rnini magistratlar  egalladilar. Amalda  hokimiyat zodagonlar 
(harbiy-kohin zodagonlar-luqumonlar) qo’lida edi. Etrusklar janubiy Italiya, Korsika 
va  Sardiniyada o’z koloniyalarini barpo qildilar. Er. avv. VII-VI asrlarda  Etruriyada 
markazi Volsiniya  shahri (Bu shaharda etrusklarning oily xudosi kertumnani  
ziyoratgohi  bor edi.)bo`lgan, etrukslarning  12 shahar konfederatsiyasi mavjud edi.  
Konfederatsiya  siyosatiga 12 luqumon kengashi rahbarlik qilgan. 
Aholisi  ko`p  sonli  va boy Veyi, Populoniya, Kluziy, Belsiniya, Peruziya, 
Tarkviniya, Vulchi, Tsere kabi etrusk shaharlari bo’lgan, Etrusk me’morchiligi 
yuqori darajada shakllangan bo’lib keng ko’chalar (kengligi 10-15 metr), maydon, 
kvartal, mudofaa devorlari, tosh kuprin, suvquvurlari   va kanalizatsiyalarni  
mavjudligi buning dalilidir. Etrusklar  kuchli harbiy flotga ega bo’lib Misr, Fnikiya 
va Sharqning  boshqa mamlakatlari bilan savdo qilganlar va dengiz  qaroqchiligi 
bilkan shug’ullanganlar.  

 172
Janubiy Italiyadagi yunon shaharlari etrusklar  bilan raqobat qildilar. Er. avv. 
535-yilda  Etrusklar  Alaliya yonidagi jangda  (Korsikada  yaqinida )  yunonlarni tor-
mor qiladilar. Korsikani  etrusklar qo’lga oldi.  Shu vaqtda etrusklar  Latsiya, 
Kampaniya va shimoliy  Italiyani  bir qismi  Etrusklar qo’lida edi. Er. avv. VI asrning 
birinchi yarmi Etruriyani  iqtisodiy-siyosiy hayotini yuksalish davri edi. 
Er. avv. VI asrning  ikkinchi yarmidan etrusklar  zaiflasha boshladi. Ular 
birdaniga  yunon, rimliklar va  gallarni siquvi ostida  qoldi. Er. avv. 524-yilda  
yunonlar Kampaniyada etrusklarni  tor-mor qildilar. Er. avv. 509-yilda rimliklar 
so’ngi etrusk podshosi Tarkviniy mag’rurni shahardan  haydab  yuboradilar. Er. avv. 
265-yilda  Voliniyani  qulashi  bilan rimliklar       Etruriyani   to’la istilosini 
tugalladilar. Yangi era boshida  Etrusklar romanlashtirish jarayonida  o’z ona tillarini  
unutdilar va rimliklar bilan  qo’shilib ketdilar. 
Etrusk san’ati tarixi to’rt davrga bo’linadi: Birinchi davr er. avv. VIII-VII 
asrlar, arxaik er. avv. VI asr, klassik er. avv. V-IV asrlar va ellin er. avv. III-I asrlar. 
Etrusk shaharlarida qal’a inshootlari qoldiqlari, ibodatxona xarobalari, ularni  
barchasi odatda tuf va travertindan qurilgan. Etrusklar qobiliyatli injenerlar bo’lib  
pishiq ko’priklar va yo’llarni quruvchilar edilar. Jahon san’at tarixiga mansub 
mashhur  etrusk maqbaralari Kvyuzi, Cherveteri Vulchi Volterra va   Mantanoli 
burtma  naqshlar, jez va loydan yasalgan haykallar bilan bezatilgan, luqumonlarning 
naqshin sog’onalari, dafn ko’zalari jezdan yasalgan  diniy va kundalik, zargarlik 
nafis, yuksak san’at asarlaridir.  Bizgacha Tarkveniy Mag’rur oldida ishlagan  
haykaltarosh afsonaviy Vulku ma’lum.  Shuningdek etrusklarni jezdan bunyod 
qilingan noyob haykallari “Kapitoliy ona bo’risi”  va “Ximere”  (er. avv. V asr) butun 
dunyoga tanilgan  haykallar hisoblanadi.  
Etrusklarning dini asosida  odamlarni qurbonlik keltirish bilan  o’liklarga, 
ruhlar va devlarga  e’tiqod qilish  yotar edi. Oliy xudo Vertumn hisoblangan.  Uning 
orqasida triada:  Tiniya, uni va  Menerva (rimliklarda-Yupiter, Yunona va Minerva).  
Qolgan xudolar fufluns  keyin u rimliklar tomonidan Vakx-Dionis bilan, Maris-Mars 
bilan, Aplu-Apollon bilan, Turms-Germes  bilan  tenglashtirilgan edi.  
Etrusk madaniyatini  shakllanishiga Sharqning qadimgi   sivilizatsiyalari, 
yunon dunyosi ijobiy ta’sir qildi.  O’z navbatida etrusk sivilizatsiyasi  rim 
madaniyatini rivojlanishida jiddiy ta’sir ko’rsatdi. 
 
2. Rim podsholik davrida (Er. avv. 753-510 yillar) 
Latsiyani qadimgi shaharlaridan biri bo’lgan Rim  Tibr daryosi  o’rta oqimida  
Etruriyadan  janubda joylashgan edi. Boshqa latin shaharlari kabi  Rim bir necha 
kichik  urug’ qo’rg’onlarini birlashuvi bilan paydo bo’ldi. 
Er. avv. VIII asrda eng qadimgi shaharlari Lavrent, Lanuviy va Laviniy 
bo’lgan   30 shahar Alba-Longa shahri boshchiligida  Latin federatsiyasini tashkil 
qildilar.  Rivoyatlarga ko’ra  Al’ba-Longani  asoschisi Askaniy  Yul troya qahramoni  
Eneyning o’g’li edi.  Alba-Longaning o’n to’rtinchi podshosi Numitorning nevaralari 
aka-uka Romul va Rem rivoyatga ko’ra Tibr qirg’og’idagi  Palatin tepaligida yangi 
shahar Rimga asos soladilar. Romul janjalda ukasini o’ldirib qo’yadi va Rimning 
yetti podshosidan birinchisi (er. avv. 753-715 yillar) bo’ladi. Rimning ilk aholisini  
sabin-umbr qabilalari tashkil etadi.  Romul Rim aholisini 30 kuriyaga bo’ladi, 300 

 173
kishilik  podsho gvardiyasini tuzib Veya shahrini bosib oldi.  Romuldan keyin Numa 
Pompiliy (er. avv. 715-673 yillar), Tull Gostiliy (673-641 yillar), Ank Martsiy (641-
616 yillar), Luqiy Tarkviniy qadimgi (616-578 yillar), Serviy Gulliy (578-534 yillar), 
Lutsiy Tarkviniy mag’rur(534-510 yillar) hukmronlik qilganlar. 
Dastlab Rim aholisi 3 urug’-qabila (Titsiy, Ramn  va Lutsern) tribi, 30 kuriya 
va 300 urug’, 3000 familiya (oila)ga  bo’lingan. Triblar etnik farqlanmagan qabilalar 
birlashmasi  bo’lishi mumkin. Kuriya erkak jangchilarni diniy, harbiy va 
shakklanayotga siyosiy  tashkilotning asosi bo’lgan ibtidoiy birlashmasi, gent  
podsholik davrida yemirilayotgan  urug’ jamoasi, familiya-katta patriarxal oila edi. 
Latinlarning bir necha o’nlab mustahkamlangan markazlari ittifoqqa 
birlashtirilgan  bo’lib, uning boshida Alba-Longa shahri turar edi. Har yili latin 
jamoalari vakillari hamma uchun umumiy bo’lgan lotin bayramlarini nishonlash 
uchun Alban tog’i tepaligida to’planar edilar. Barcha latinlar uchun umumiy xudo 
ma’buda Diana edi. Arxeologik qazilmalarga ko’ra eramizdan avvalgi X asrda 
latinlarni kichik guruhi Palatin tepaligining g’arbiy tomonida Tibr daryosi bo’yida 
kelib joylashdilar. Bu erda mudofaa devori bilan o’ralgan to’rtburchak shakldagi 
qishloqlar paydo bo’ldi.  
Palatinda yashagan odamlar mayitlarni dafn qilmasdan gulxanda yoqar edilar. 
Bu odat Alba-Longadagi dafn marosimiga o’xshar edi. Bu Rimning ilk aholisini kelib 
chiqishi Alba shahridan ekanligini tasdiqlaydi. Bir necha o’n yildan so’ng ular 
qo’shni tepaliklar Seliy va Eskvilinni egalladilar. Er. avv. VII-VI asrlarda 285 gektar 
erni egallagan Palatin, Tseliy, Eskvilin  tepaliklaridan boshqa Kvirinal va Viminal 
tepaliklarini ham qo’shib olindi. Bu tepaliklar va Palatin o’rtasidagi bo’shliq shahar 
markaziga aylandi. Shu erda uzoq yuz yilliklar davomida Rim davlat hayoti 
to’plangan Forum Romanum paydo bo’ladi. 
“To’rt kvartalli” shaharni paydo  bo’lishida etrusklarni roli katta edi. Ular 
shaharga Roma (Rim) nomini bergan bo’lishlari mumkin. So’nggi Rim 
 
tarixchilarining aytishicha, Rimning eng birinchi  podsholaridan biri Serviy 
Tulliyning kelib chiqishi etrusklardan bo’lib, Serviy Tulliy davrida shahar yanada 
kengaydi. Kapitoliy va Aventin tepaliklari qo’shib olinib, mustahkam devorlar bilan 
o’rab olingan. Endilikda Rim eng qudratli latin shahriga aylandi va tezda Latsiy 
viloyatida Alba Longadan etakchilikni tortib oldi. 
Ilk Rim jamiyatining asosi bu- urug’ edi. Urug’ a’zolari umumiy mulkka ega 
bo’lib, diniy marosimlarni birgalikda bajarar edilar. Bu qadimgi urug’ jamoat 
tuzilmasining izlari Rim ismlarida ko’rinadi. Rim ismlari uch qismdan tuzilgan: 
shaxsiy ism, urug’ni nomi va laqab, misol uchun Gay Yuliy Sezar. Bu keyinchalik 
merosiy bo’lib o’tgan. Vaqt o’tishi bilan urug’chilik aloqalari zaiflashdi, oiulaviy 
aloqalar kuchaydi. Bu aloqalar nafaqat oila a’zolarini, balki xonaki qullarni  ham 
qamrab oldi. Podsholik davrida qullar xali ham kam sonli edi. Ana shunday patriarxal 
oila tepasida barcha oila a’zolarining hayoti va o’limi ustidan cheklanmagan 
hokimiyatga ega bo’lgan “pater familius” (oila otasi) turar edi. O’sha vaqtda rimning 
to’la huquqli fuqarolari ”Populyus Romanus” (Rim xalqi) shahardagi uch etnik unsur 
lotin, sabin va etrusklarni aks ettirgan uch tribga bo’lingan edilar.  
3 Tribni har biri  o’ziga un kuriyani, kuriya esa o’n urug’ni o’z ichiga olgan edi. 
Shunday qilib Rim tarixchilarining ma’lumotiga ko’ra Rimning erkin aholisi dastlab 

 174
300 urug’dan iborat bo’lgan. Podshoning chaqirig’iga ko’ra ular kurial yig’inlari- 
komisiyalariga to’planar edilar. Saylov Kuriyalar bo’yicha o’tkazilar edi Kuriya 
yig’inlarida urushlar, tinchlik, diniy e’tiqodga oid qarorlar qabul qilinar edi. Boshqa 
lotin shaharlari kabi Rimda ham jamoalar tepasida Kuriya komisiyalarida (xalq 
yig’ini) saylanadigan podsho turar edi. Podsho oldida uning xokimiyati ramzini 
ko’targan 12 liktorlar borar edi. Davlatni podsho bilan dastlab 100 keyinchalik 300 
a’zodan iborat bo’lgan oqsoqollar kengashi- senat boshqagan. Senat komisiyalar 
qabul qilgan barcha qarorlarni tasdiqlar edi. Podsho vafot etgan taqdirda senat yangi 
podsho saylaguncha o’z ichidan har besh kunda bir kishini vaqtinchalik podsho 
(“interreks”)ni tayinlar edi. Bu odat keyingi vaqtlarda ham saqlanib qoldi. Rimda oily 
mansabdor shaxs konsul vafot etganda ham bu odat qullanilar edi. 
Podsho oliy harbiy boshliq, kohin va sudya bo’lib, zaruriyat bo’lganda bir 
qancha yordamchilar-kvestorlarga tayanar edi. Kvestorlar odam o’ldirish ishlari 
bo’yicha sudni amalga oshirar edilar. Podsho mutlaq hukmdor bo’lmasada etrusklar 
davrida uning hokimiyati juda kuchli bo’lib, Rim oilasi “pater families” hokimiyatini 
eslatar edi. 
An’ana bo’yicha Rim tarixchilari shahar tarixida yettita podshoni aytib o’tadilar. 
Ular: Romul (er. avv. 753-715-yillar), Numa Pompiliy (er. avv. 715-673-yillar), Tull 
Gostiliy (er;. avv. 673-641-yillar), Ank Marsiy (er. avv. 641-616-yillar), Tarkviniy 
Qadimgi (er. avv. 616-578-yillar), Serviy Tulliy (er. avv. 578-534-yillar) va 
Tarkviniy Mag’rur (er. avv. 534-509-yillar). Bulardan kelib chiqishi etrusk bo’lgan 
oxirgi uch podshoni tarixiy deb aytish mumkin. 
Urug’ tashkilotlari a’zolari rim xalqini  (Romanus papulus) tashkil qildi. Boshda 
ko’vhib kelganlar hisobidan to’ldiriladigan  Rim  fuqarolik jamoasi kuriyalar 
bo’yicha  taqsimlangan edi. Ank Martsiy davrida  jamoa yer fondi (ager publucus)  
zahiralari tugadi.  Chetdan ko’chib keladiganlar endilikda qabul  qilinmadi va yopiq 
jamoa hosil bo’ldi. Natijada qadimgi Rimning ikki sinfiy   toifalari imtiyozli 
patritsiylar (patricius-“zodagon otani o’g’li”), patrisiylar  jamoa yer fondidan  
foydalanish, kuriya komisiyalarida  ishtirok etish huquqlariga ega edilar. Ko’p sonli 
plebeylar esa o’z urug’larini saqlab qolib,  rim urug’chilik tashkilotidan tashqarida 
bo’lib hech qanday huquqlarga ega emas edilar. 
Shu sababli patritsiy va plebeylar o’rtasidagi qarama-qarshiliklar yuz yillab 
davom etdi. 
Ijtimoiy tabaqalanish jarayonida bir qism plebs boyib ketdi, kambag’allashib 
qolgan plebeylar, xonavayron bo’lgan fuqarolar hamda ozod qo’yilgan qullar qudratli 
patritsiylar homiyligiga o’tib  ularga kliyenni (clients-“qaram kishilar”) bo’ldilar. 
Klient o’z patrani urug’ini a’zosi bo’lib unga bo’ysunar edi. 
So’ngi rim podsholari o’z shaxsiy hokimiyatini mustahkamlashga qaratilgan  
siyosat olib bordilar.  Ular patritsiylarga qarshi kurashda  plebeylardan siyosiy qurol 
sifatida  foydalandilar. Podsho Serviy Tulliyning  islohotlari rim jamiyatini   urug’ 
jamoasidan davlatga o’tishda muhim  o’rin tutadi.  U harbiy islohot va unga bog’liq 
tsenz (mulk) islohotlarini o’tkazdi. 
Bu o’zgarishlar natijasida kuriyalar bo’yicha yig’inlarni ikkinchi darajali qilib 
qo’ygan tsentsuriy  komisiyalari yetakchi o’ringa chiqib oldi.  Podsholik  davri 
so’ngida mulkchilikning antic shakli bilan  rim polisi yoki  civitas  fuqarolik 

 175
jamoasini shakllanishi tugadi. Serviy Tulliy o’tkazgan siyosiy islohotlar bu qarama-
qarshiliklarni ma’lum darajada yumshatdi. Serviy Tulliy islohoti urug’chilik tuzumi 
asoslarini yemirdi. 
Serviy Tulliy Rimning barcha erkak aholisini  (patritsiy va plebeylarni) olti 
mulkiy toifaga bo’ldi. Birinchi toifa  100 000 mis assga  teng mulkka ega bo’lgan, II-
75 000 ass, III-50 000 ass, IV-25 000  assga,  V-11 500  ass qiymatli mulkka ega 
bo’lishi  kerak edi.  Barcha kambag’allar butun boyligi bolalari bo’lgan  VI-toifaga  
proletariy (latincha proles-“avlod”)larni tashkil etdi. Har bir toifa   qo’shinga 
belgilangan miqdorda  tsenturiy (yuzlik) berishi shart edi: I toifa-og’ir qurollangan   
piyodalar 80 tsenturiy, suvoriylar 18 tsenturiy, jami 98 tsenturiy; II-22 tsenturiy, III-
20 tsenturiy, IV-22 tsenturiy, V-30 tsenturiy yengil qurollangan piyodalarni, VI toifa-
1 tsenturiy, jami olti toifa 193 tsenturiy (yuzlik) berishi shart edi. 
Serviy Tulliy xalq  yig’inini yangi ko’rinishi tsenturiya komisiyalarni joriy qildi. 
Ularda patritsiylar bilan plebeylar ham qatnashdilar. Tsenturiylarda  odamlarning 
soni bir necha o’ndan ( 1 toifa)  bir necha yuzgacha (proletar tsenturiylari)  
tebransada har bir tsenturiy ovoz berishda faqat bir ovozga ega edi. I mulk tsenzi 
toifasi  193 ovozdan 98 ovozga egalik qilar edi.  Shundan xulosa qilgan holda 
tsenturiy komisiyalarida hal qiluvchi ovozga mulkdor fuqarolar egalik qildilar. 
Mulkiy tsenzdan tashqari yosh tsenzi ham belgilandi: yoshlarni tsenturiylari (17 
yoshdan 46 yoshgacha)  harbiy dala xizmatini o’tadilar; keksalar tsenturiylari (46 
yoshdan katta)  garnizonlarda xizmat qilar edilar. Qo’shinlar podsho qo’mondonligi 
ostidagi 4 legiondan tashkil topgan edi. 
Serviy Tulliy yana ma’muriy-hududiy islohot o’tkazdi, Rim davlati hududi 21 
okrugga (er. avv. 241-yildan ularni 35 taga yetdi) bo’lindi.  Bu okruglar trib deb 
(ulardan 4 tasi shahar, qolgan 10 tasi qishloq tribi) ataldi. 
Patrisiylar va plebeylar o’rtasida boshdanoq kuchli ijtimoiy-siyosiy qarama –
qarshiliklar mavjud edi. U Rim erkin aholisini mulkiy belgisiga qarab ajratdi. Rim 
xalqi “populyus romanus” tarkibiga patrisiylardan tashqari plebeylar ham kiritildi. Bu 
fuqarolarning barchasi siyosiy huquqlarga ega bo’ldi. Aholi ro’yxati asosida u yoki 
bu kishini mulk, ishlov beriladigan yerni miqdoriga qarab Rim aholisi 6 mulkiy 
toifaga bo’lindi. Birinchi mulkiy toifa 100 ming ass (pul birligi) mulkka ega bo’lgan 
fuqorolar kiritildi. Eng avvalo mulkiy belgisiga qarab harbiy majburiyat taqsimlandi. 
Birinchi toifa og’ir qurollangan piyodalardan 80 senturiy va 18 senturiy suvoriylar; 
qolgan toifalar hammasi bo’lib engil qurolli piyoda yordamchi qismlar 95 senturiy 
berish kerak edi. Hammasi bo’lib senturiy komisiyalarga to’planadigan 193 senturiy 
paydo bo’ldi. Senturiy komisiyalariga kuriya komissiyalarining muhim vakolatlari 
qonunlarni qabul qilish , mansabdor shaxslarni saylash, urush e’lon qilish va tinchlik 
bitimi tuzish kabi o’tdi. 
Amaldagi hokimiyat eski patrisiy  urug’lari qo’lida saqlanib qoldi. Chunki ular 
erning eng ko’p miqdoriga ega bo’lib, birinchi tabaqani tashkil qilib sentual 
komisiyalarda ko’pchilikni 95 qarshi 98 tashkil qiladi. 
Qadimgi Rim jamiyati dehqonlar va cho’ponlar jamiyati edi. Rimliklar 
etrusklardan yerga ishlov berishning samarali usullari va uzumchilikni o’zlashtirib 
oldilar. Etrusklarni tajribasidan foydalanib rimliklar forum atrofida eng katta  yer osti 
kanalini qurdilar. Ular yana etrusklardan markaziy zalga ega  tomida tuynugi bo’lgan 

 176
uyning maxsus tipi-atriyni o’zlashtirib oldilar. Etrusklarning Rimda hukmronligi 
davrida mahalliy hunarmandchilik va savdo aloqalari rivojlandi. Savdoning 
rivojlanishi uchun  shaharning geografik jihatdan qulay joylashganligi, serqatnov suv 
yo’li –Tibrda joylashganligi muhim ahamiyat kasb etdi. Bir necha asrlar davomida 
rimliklar savdo aloqalarini pul muomulasisiz pekus (hayvon) ayirboshlash yordamida 
amalga oshirdilar. Dastlab Rim savdo aloqalarini janubiy Italiyadagi yirik shaharlar 
bilan olib bordi. Podsholik davrining oxirida esa Attika va Karfagen bilan savdo 
aloqalarini olib bordilar. Eng birinchi savdo shartnomasi Karfagen bilan tuzildi. 
Savdo va hunarmandchilik bilan birinchi navbatda plebeylar shug’ullandilar. Bu 
yerda Rimdagi Kapitoliy va Palatin o’rtasida etrusk kvartali “Vikus tuskuss” muhim 
rol o’ynadi. 
Dastlabki Rim dini animistic ko’rinishda va unda totemizmning bir qancha 
qoldiqlari saqlanib qolgan edi. Bunga misol qilib Rim shahrini asoschilari Romul va 
Remni emizgan ona bo’ri to’g’risidagi afsonani aytish mumkin. 
Podsholik davrida Rim yovuzlik va ezgulik ruhlari bilan to’la edi. Ularni 
sehrgarlik, qurbonlik va duolar o’qish bilan yumshatish mumkin edi. Rimliklar 
asosan qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanganliklari uchun, tabiat hodisalari va dehqon 
hamda cho’ponni  barcha ishlariga homiylik qiladigan ko’pgina xudolarga sig’inar 
edilar. 
Vervaktor, Vedator va Obarator deb atalgan uch xudo qo’riq erni xaydashda  
odamlarga yordam ko’rsatgan. Yerlarni o’g’itlashda xudo Saterkuliniyga qurbonlik 
keltirilgan. Ekishga Saturin va Semonga, ilk maysalar chiqqanda ma’buda Siga, 
g’alla unib chiqqanda ma’buda Segitiyaga murojaat qilar edilar. Begona o’tlardan 
ekinlarni Runsinator, g’allani chirishidan esa  Robig himoya qilgan. Boshoqni 
yetilishi xudo Laturnaning, gullashi ma’buda Floraning vazifasi, o’rimni xudo Messis 
boshqargan. 
Uy-joyni Lara va Penat, eshiklarni Yanus, uy o’chog’ini ma’buda Vesta himoya 
qilgan. Har bir oila o’zining homiy  xudosiga ega edi. 
Rim e’tiqodi eng avvalo barcha diniy urf-odatlarga qat’iy rioya qilish edi. Shu 
sababli ko’p sonli kohinlar mavjud bo’lib, ular barcha xudolarni nomlari va 
vazifalarini yaxshi bilar edilar. Kohinlar duolarni rasmiy tasdiqlagan to’plamlarini 
tuzar edilar. Ular kalendarni ham joriy qildilar. Qaysi kunda qaysi diniy marosimlarni 
bajarish baxtli va baxtsiz kunlarni aniqlaydigan kohinlar avgurlar deb atalgan. 
Avgurlarning maxsus kollegiyasi mavjud edi. Kohin-folbin paruspiklar qurbonlik 
hayvonlarni ichki a’zolariga qarab fol ochar edilar. Kohinlar rimda saylab 
qo’yiladigan mansabdor shaxslar edilar, lekin alohida toifani tashkil qilmas edilar. 
                  
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling