Qaroqalpoq davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/28
Sana25.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1259
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28

Tayanch iboralar 
300 urug’, 3000 familiya,  Forum Romanum,  “To’rt kvartalli” shahar,  Serviy 
Tulliy,  Kapitoliy,  Aventin,  ”Populyus Romanus”,  saylov,  “pater families”,  
patrisiy,  plebey,  “Vikus tuskuss”,  Vervaktor, Vedator,  Obarator,  Saterkuliniy,  
Saturin,  Semon,  Segitiya, Lara,  Penat,  Yanus, avgurlar,  kohin-folbin, Diana. 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
 Karimov 
İ. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yuk. Toshkent 1998. 

 177
 
Boynazarov  F. A. Kadimgi  dunё tarixi.  Toshkent 
2004. 
Elnitskiy L. A. Vozniknovenie  i razvitie rabstva v Rime v VIII-III vv.  
do n. e. M., 1964. 
Zalesskiy N. N.  Etruski v Severnoy İtalii. L., 1959. 
İlinskaya L. S. Naxodki v drevnem  Latsii i ix mesto v ponimanii  
traditsii ob Enee na Zapade.- Vestnik   drevney istorii, 1983, № 3. 
Mayak İ. L. Rim pervıx tsarey. M., 1983. 
Nemirovskiy A. İ. İstoriya rannego Rima i İtaliya. Voronej, 1964. 
Nemirovskiy A. İ. Etruski. Ot mifa k istorii. M., 1983. 
Nemirovskiy A. İ. Religiozno-mifologicheskaya kartina mira etruskov.  
Novosibirsk, 1980. 
 
   
 
 9-mavzuRim ilk respublika davrida 
Reja 
1.  Ilk respublika davrida davlat qurilishi 
2.   Er. avv. VI-III asrlarda Italiyaning iqtisodiyoti  
3.   Er. avv. VI-III asrlarda Rim jamiyatining toifaviy-sinfiy tuzilishi 
4. Rimni Italiyani bosib olishi 
 
1. Ilk respublika davrida davlat qurilishi 
Rim tarixchilari respublika boshlanishini er. avv. 509 yilni kelib chiqishi etrusk 
bo’lgan so’ngi Rim podshosi Tarkviniy Mag’rurning Rimdan haydalishi bilan 
belgilaydilar. Respublika tuzumi o’rnatilishi bilan oliy hokimiyat bir yil muddatga 
saylanadigan ikki konsul qo’liga o’tdi. Dastlab ular pretor (oldinda yuruvchilar) deb 
atalar edilar. Konsullarni senturiy yig’inlarda patritsiylar ichidan saylar edilar. 
Konsullar roziligisiz senat komisiyalari to’plana olmas edi. O’zlari esa o’z majburiyat 
vazifalarini bajarish davrida har qanday sud javobgarligidan ozod edilar. Konsullar 
hokimiyati faqat biri ikkinchisini qaroriga veto (ta’qiq) qo’yishi bilangina cheklangan 
edi. Amaliy hayotda esa konsullar patritsiylar va ularning oliy organi senatning 
siyosiy manfaatlari bilan hisoblashishga majbur edilar. Dastlabki kunlardanoq 
konsullardan tashqari shahar ishlarida kvestorlar muhim o’rin tutdilar. Ular sudda 
ishtirok etar, xazinani boshqarishda qatnashar edilar. Ilk davrda ular konsullarning 
yordamchilari edi. Er. avv. V asr o’rtalaridan boshlab kvestorlarni komisiyalarda 
saylaydigan bo’ldilar. Shu vaqtdan boshlab kvestorlar mustaqil bo’ldilar. Ular 
davlatning moliyaviy ishlari bilan shug’ullanar edilar. Kvestorlar arxivni 
boshqardilar, harbiy yurishlar davrida konsullarga hamroxlik qilib qo’shin xazinasini 
boshqarar edilar.  
Er.avv. 507 yilda Rim tarixida ilk bor favqulodda vakolatlar berilgan mansabdor 
shaxs – diktator sayladilar. Diktatorni rimliklar favqulodda xavf tug’ilib qolgan 
paytda yoki o’ta xavfli vaziyat tug’ilgan paytda yagona boshliqqa ehtiyoj 
tug’ilgandagina saylar edilar. Diktatorni rasman konsullar amalda esa senat saylar 
edi. Diktator hokimiyati cheklanmagan edi. Unga konsullar kabi 12 liktor emas balki 
24 liktor hamrohlik qilar edi.  

 178
Rim respublikasi aristokratik xarakterda edi. Qonunchilik tashabbusiga ega 
bo’lmagan tsenturiy yig’ilishlarini, jamiyatni patritsiy qatlamlarini vakili bo’lgan 
konsul chaqirishi mumkin edi. Bu komisiyalarni biror bir qarorini “patres” – senat 
tomonidan tasdiqlanmasa kuchga kirmas edi. Er.avv. 471 yildan kuriya va tsenturiya 
yig’inlari namunasidagi plebey yig’inlari chaqirila boshlandi. Plebey yig’inlarida 
qabul qilingan qarorlar “plebitsit” faqat plebeylar uchun majburiy edi.  
Er. avv. VI asrda etrusk istilolari urug’ jamoasini yemirilish jarayonini,  sinfiy 
jamiyat va Rim davlatchiligi shakllanishini tezlashtirdi. Etrusklar Rimda ilk yunon 
tiraniyasiga o’xshash monarxiya rejimini tashkil etdilar, uning o’rniga er. avv. 509-
yilda ilk respublika keldi. 
Rim respublikasida oliy davlat organi xalq yig’ini hisoblangan. Xalq yig’ini 
qonunlarni qabul qilish va bekor qilish, urush e’lon qilish va sulh tuzish, oliy 
mansabdor shaxslar  magistratlarni saylar edi. Shu bilan birga u oliy sud tashkiloti 
edi. 
Rimda  xalq yig’inlarini yoki komisiyalarni uch ko’rinishi mavjud edi. Serviy 
Tulliy islohotlarigacha kuriya komisiyalari mavjud edi. Serviy Tulliy qurolli xalq 
yig’ini-senturiy komisiyalarini kiritdi. Tezda ular kuriya komisiyalarini  siqib 
chiqardi. Senturiy komisiyalari konsullar tomonidan Rim shahridan tashqaridagi 
Mars maydonida chaqirilar edi. Barcha rim fuqarolari 193 senturiy, eng boy birinchi 
toifa  98, yarmidan ko’p senturiy qo’yar edi. Ovoz berish senturiylar bo’yicha 
o’tkazilib, har biri bir ovozga ega edi. Ovoz berish qat’iy qabul qilingan tartibda  
dastlab birinchi toifa senturiylari, keyin 2-, 3- va h. k. ovoz berilar edi. Agar taklif 
qilinayotgan masala bo’yicha senturiylar ovozining 50% idan ko’proq ovoz berilsa
ovoz berish to’xtatilib, taklif qonun  kuchiga kirar edi. Bunday ovoz berish tartibi 
bo’yicha barcha masalalarni rim fuqarolarini boy qismi bo’lgan I toifaning 98 
senturiyalari hal qilar edi.  Bu komisiyalarda pretorlar, konsullar va senzorlar 
saylanar edi. Ovoz berishning mulk senziga asoslanishi demokratik saylov tizimi 
tarafdorlarining noroziligiga uchradi. Er. avv. 241-yilda senturiy komisiyalari islohoti 
o’tkazildi. Endilikda har  besh toifadan-70 senturiy  qo’yiladigan bo’ldi; ularga  
suvoriylarning 18 senturiylari, hunarmandlarning-4, va  proletarlarning-1 senturiysi 
qo’shiladigan bo’ldi  jami 370 senturiy (avvalgi 193 o’rniga). Patritsiylar va 
plebeylarning kurashi jarayonida plebeylarning hududiy okrug-triblar bo’yicha tribut 
komisiyalari muhim ahamiyatga ega bo’ldi (Rim huquqi hududiy okrug-trib 4 shahar 
va 31 qishloq tribiga bo’lingan edi). Tribut komisiyalarida edillar, kvestorlar va 
plebey tribunlari saylanar edi.  
Rim xalq yig’inlarini  demokratik mohiyati va ularning keng vakolatiga qaramay 
eng demokratik tribut komisiyalari ham aristokratiya qo’lida qurol bo’ldi. Xalq 
yig’ini faqat senatda muhokama qilingan magistratlar kiritgan masalalarnigina 
muhokama qilar edi.   Komisiyalar qonunchilik tashabbusi huquqiga ega emas edi. 
Rim davlat hayotida 300 a’zodan tashkil topgan senat muhim o’rinnni egallagan 
edi. U hukumat vazifasini amalga oshirdi. Er. avv. 287-yilgacha  har qanday qonun 
loyihasi  senatda muhokama qilinganidan keyingina xalq yig’ini muhokamasiga olib 
chiqilar edi. Xalq yig’inida qabul qilingan qonun faqat senat tasdiqlaganidan 
keyingina qonun kuchiga kirar edi. Shunday qilib senat o’ziga kerakli yo’nalishda 
xalq yig’ini faoliyatiga rahbarlik va nazorat qilar edi. Senat tashqi siyosatga rahbarlik 

 179
qilib, davlat moliyasini egasi edi. Mansabga saylangan magistratlar o’z faoliyati 
uchun  senat oldida hisobot berar edilar, shu bilan senatning irodasiga tobe edilar. Er. 
avv. IV asrdan vakolatlari muddati tugagan oliy mansabdor magistratlar senat 
tarkibiga  kirar edilar. Senatorlar ro’yxatini senzorlar tuzganlar. Ularni rahbari eng 
keksa va obro’li senator-princeps senatus (U munozara paytida  birinchi bo’lib so’zlar 
edi) edi. Senat ro’yxatida birinchi bo’lib senzorlar, keyin konsullar, pretorlar turar 
edi. Senat majlisini chaqirish huquqiga oliy magistratlar: dictator, konsullar, pretorlar 
haqli edilar. Senatning qarori senatus konsulp (senatus konsultum) yoki dekret 
(dekretum)  deyilar edi. Senat rim oligarxiyasining tayanchi edi. 
Rimda amaldorlar apparati yo’q edi, barcha ijroiya hokimiyat  saylanadigan 
lavozimli shaxslarga-magistratlarga tegishli edi. Ular o’z mehnatlari uchun hech 
qanday  ish haqi olmas edilar, lavozimlar “faxriy” (honor) vazifa deb baholanar edi. 
Barcha magistraturalar kollegial bo’lib odatda  bir yil  ijro etilgan (faqat senzorlar bir 
yarim yil, diktatorlar yarim yil). Konsullar, pretorlar,kvestor va edillar lavozimga 
birinchi martda (er. avv. 153-yilgacha., keyin-birinchi yanvardan) plebey tribunlari 
esa 10-dekabrdan lavozimga kirishar edilar.  
Rim respublikasi magistraturasi birdaniga emas, asta-sekin shakllandi. 
Farazlarga ko’ra respublikaning birinchi yillarida ijroiya hoklimiyatni boshida bir 
oliy magistrat-pretor (oldinda yuruvchi) bo’lib, unga o’rinbosari- kvestor yordam 
bergan. Plebeylarning Muqaddas toqqa birinchi chiqib ketishlaridan keyin xalq 
tribunlari va plebey edillari, ularning yordamchilari lavozimlari joriy qilindi. Ammo 
ijroiya hokimiyatni pretorning yagona  rahbarligi  u tomonidan hokimiyatni bosib 
olinish imkoniyati mavjudligi xavfi tug’ildi. Shuning uchun er. avv. V asr o’rtalarida 
bir oily magistrat o’rniga ikkitasi saylanadigan bo’ldi, ular bir xil hokimiyatdan 
foydalandilar va birgalikda boshqardilar. Ular bir-birlari bilan maslahatlashuvlari 
lozim edi, shuning uchun konsullar (maslahatlashaman consulo so’zidan olingan) deb 
ataldilar. Oliy magistratlar konsullar, tsenzorlar va pretorlar edi.  
Konsullar odatda urush vaqtida qo’shin qo’mondoni,  senat va komisiyalarni 
chaqirar edilar, qonunchilik tashabbusiga ega edilar. Sud hokimiyati ikki pretorga 
tegishli edi, intendant qismi va harbiy o’ljani to’rt kvestor (er. avv. 267-yildan sakkiz 
kvestor), shahar obodonchiligi, ta’minoti,  tartibni saqlash, jamoat bayramlarini 
tashkil etish to’rt edilga tegishli edi. Plebeylarning manfaatini 10 plebey tribunlari 
himoya qilar edi (lekin ularni hokimiyati Rim shahri bilan chegaralangan edi).  
Keyinchalik yangi senzorlar lavozimi joriy qilinib 5 yilda bir marta 18 oy muddatga 
saylanar edi. Senzorlar sobiq konsullardan saylangan. Ular rim fuqarolarini  mulk 
toifalariga kiritib, senatorlar tarkibini tekshirib, uni yangi ro’yxatinbi tuzishlari lozim 
edi. Rim magistratura tizimining tugallangan shakli er. avv. IV asr II yarmida yuzaga 
keldi.  
Rim konstitutsiyasi bo’yicha magistraturalar kollegial bo’lib (2 konsul,  2 ta 
pretor, 4 edil, 10 xalq tribuni, 2 tsenzor, 4 kvestor) har yili qayta saylanar va haq 
to’lanmas edi. Magistrat lavozimlarini bajarish ish emas, faxriy (honor) bo’lib shu 
sababli beg’araz edi. Mansablarga haq to’lanmasligi oddiy rim fuqarolarini 
magistratura lavozimlarini egallashga imkoniyat bermadi. Aksincha davlat 
vazifalariga saylanish va uni bajarish uchun fuqaroning o’zini katta miqdorda 
mablag’iga ega bo’lishi shart edi. Chunki lavozimni bajarish uchun kotiblar, 

 180
choparlar, qo’riqchilar, quyi tabaqa xizmatchilarni yollab, ularga ish haqi berishi 
kerak edi.    Shu sababli boy kishigina magistrant bo’lishi mumkin edi. Vakolatlarini 
topshirgandan keyingina sobiq magistratni sudga tortish mumkin edi. 
Ilk respublika davrida favqulodda hokimiyat tuzilmasi mavjud edi: oraliqdagi 
podsho, dictator o’z o’rinbosari, otliqlar qism boshlig’i bilan birgalikda senatda 
favqulodda vaziyatlarda yarim yil muddatga senatda saylanar edi; dictator hokimiyati 
podsho hokimiyatiga o’xshash edi, uning hokimiyatini  belgisi 24 liktordan tuzilgan 
faxriy qo’riqchi bo’lgan. 
Rim respublikasi komisiyalari tuzilmasida demokratik an’analar kuchaygan 
bo’lishiga qaramasdan boshqaruvdagi hal qiluvchi rolni senat va magistratlar 
o’ynadilar. Bu Rim respublikasini aristrokratik  mazmunining ifodasi edi. 
 
2. Er. avv. VI-III asrlarda Italiyaning iqtisodiyoti 
Er. avv.  VI – III  asrlarda  Italiya   hududlarini  iqtisodiy – ijtimoiy  taraqqiyoti 
notekis   bordi.  Etruriya  va Kampaniya  viloyatlari,  janubiy  Italiyadagi  yunon  
koloniyalarini  iqtisodiyoti  yaxshi  rivojlandi. Latsiya  viloyati  qo`shni  etrusk 
shaharlari va   yunon  koloniyalaridan  qoloq edi. Italiyaning tog’li hududlaridagi  
qabilalar ibtidoiy-urug’ jamoa sharoitida yashar edilar. To’qimachilik zaif rivojlangan 
edi. Qul mehnatidan faqat konchilikda, tosh qazib chiqarishda keng foydalanilar edi. 
 Italiyada eng ommaviy hunarmandchilik sohalaridan biri kulolchilik edi: turli 
xil idish tovoqlar, suv quvurlari, cherepitsa, xom g’isht, chiroqlar  etrusk qora rangli 
“bukkero”  bo’rtma bezakli idishlari mashhur edi. Kulolchilikning eng katta 
markazlari Kluziya, Arretsiya va Kalax edi. Er. avv VI-V asrlarda etrusk shaharlarida 
savdo-hunarmandchilik gullab yashnadi. Ayniqsa metallurgiya va metallga ishlov 
berishda, kulolchilikda etrusklar katta yutuqlarga erishdilar. Etrusk va kampan jez 
idishlariga Bolqon Yunonistonida ehtiyoj katta edi. Er. avv. VI-III asrlarda asosiy 
savdo-hunarmandchilik markazlari Sirakuza, Tarent, Dikearxiya (Puteola), 
Populoniya, Adriya va Spina edi. Rimni savdo ahamiyati o’sdi. Har yili katta diniy 
bayramlar vaqtida Etruriyaning markazi Vol’siniyada va  Latsiyaning 4 viloyat bilan 
tutashgan chegarasida savdo yarmarkalari uyushtirilar edi.  
Er. avv. VI-III asrlarda   tashqi savdo yuksaldi. Savdo asosan suv yo’li bilan 
amalga oshirildi.  Er. avv. VI asrda dengiz savdosiga Rim ham tortildi. Tibr daryosi  
boshlanishida rimning Ostiya portiga asos solindi. O’sha vaqtning eng katta dengiz 
davlati Karfagen bilan Rim er. avv. 509, 348 va 280-yilllarda uch marta savdo 
shartnomalarini tuzdi.  
Etrusklar va janubiy Italiya  yunonlari gallar, Bolqon Yunonistoni, Kichik Osiyo 
bilan savdo aloqalarini o’rnatdilar. Il’va va Populoniyada qazib olingan temir 
Kampaniya va etrusk shaharlariga yetkazib berilar edi.  
Italiyaning ko’pgina hududlari xo`jaligini  yetakchi sohasi dehqonchilik  edi.  
Etruriyada unumdor tuproq, yumshoq iqlim, yuqori agronomiya  madaniyati  va  
agrotexnika  taraqqiyoti  yuqori  hosil olishni  taminlar  edi.Bu yerda bug`doy, arpa, 
tariq, polba Kampaniya va janubiy Italiyada  uzumchilik, zaytun keng tarqalgan edi. 
Etruriya g’allasi Rim va latin shhaharlarini, buyuk Yunonistondan zaytun yog’i, 
Latsiya va Etruriyani ta’minlar edi.  

 181
Er. avv.  VI-III asrlarda  jamoa yer egaligini  yemirilishi bilan birga yerga 
xususiy mulkchilik  rivojlanib bordi. Urug’ning yerlari kichik bo’laklarga bo’linib 
yerga ishlov berish uchun qarindoshlar, kliyent va qullarga  berilgan. Plebeylar 
xususiy mulk sifatida o’zlariga tegishli yer maydonida  ishlov berar edilar (ular 
davlatdan 2 dan yuger-0,5 gektargacha yer olganlar).  Xususiy va jamoa yerlaridan  
tashqari davlat  yer fondi (ager publikis) mavjud edi.  Rim fuqarosi davlat  yerini  
katta bo’lmagan ijara  to’lovi bilan  okkupatsiya (latincha egallash) qilish huquqiga 
ega edilar.  Patritsiylar bu huquqdan unumli foydalandilar. Plebeylar ham yuz yillik 
kurashlar natijasida “ager publikis”dan foydalanish huquqiga ega bo’ldilar. Ilk 
respublika davrida Rim iqtisodiyotining asosi qishloq xo’jaligi edi. Mayda va o’rta er 
egaligi yetakchi rol o’ynar edi. Er.  avv. IV asrdan boshlab patritsiylar  jamoa 
yerlarini (“ager publikus”) bosib ola boshladilar. Natijada yirik xo’jalik (imeniye)lar 
paydo bo’lib,  qullar mehnatidan ko’proq foydalanila boshlandi. 
Boshda qadimgi Italiyaga  ayirboshlashning keng tarqalgan  vositasi bo’lib, 
chorva hayvoni (pecus, shundan pulni latincha nomi-pecunta)  xizmat qildi.  Eng 
qadimgi davrdan boshlab rimda  er. avv. III asrgacha pul sifatida og’irligi 2-2,5 
kg.gacha bo’lgan   ishlov berilmagan mis parchasi (aez rude) yurar edi. Ularni er. 
avv. V asrdan og’irligi 1000-1830 gramm xudo va hayvonlar tasviri   bo’lgan quyma 
jez parchalari siqib chiqara boshladi. Er. avv. IV-III asrlarning II yarmidan 327,45 
gramm og’irlikdagi jezdan quyilgan (aes grave) tangalar keng tarqaldi. Er. avv. IV 
asrning II yarmidan boshlab natural xo’jalik o’rniga pul tovar xo’jaligi keldi. Rim pul 
birligi mis ass paydo bo’ldi. Dastlab bu tangalar Yunon Moneta ibodatxonasida zarb 
qilina boshlandi. Shundan “moneta” so’zi kelib chiqdi.  
Er. avv. III asr oxiridan ass 10 marta yengillashib 173 grammga keldi. Jez 
tanganing tressis,  dupondiy, semis kabi turlari mavjud edi. Er. avv. III asrdan Rimda 
kumush tangalar jumladan denariy (4,55 gramm) va sestersiy (1,13 gramm) zarb 
qilina boshlandi. 
 
3. Er. avv. VI-III asrlarda Rim jamiyatining toifaviy-sinfiy tuzilishi 
 Er. avv. VI-IV asrlarda Rimning ijtimoiy tuzilmasi murakkab va oloquroq edi. 
Rim jamiyatida  patritsiy, klientlar, plebeylar va qullar sinfiy-toifaviy guruh sifatida 
chiqdilar. Bu guruhlarning har biri jamiyat va ishlab chiqarishda o’z huquq-
majburiyatlari bilan alohida o’rinni egalladilar. Patritsiylar o’z nomlarini pater (ota) 
so’zidan oldilar. Pater-ota, ko’p sonli oilani unga kiradigan boshqa qaram kishilar va 
qullarni xo’jayini edi. Qadimgi Rimda otalar deb yana oliy boshqaruv organi senat 
a’zolarini ham aytar edilar. Patritsiylar ilk Rimni imtiyozli hukmron sinf-toifasi 
edilar. Ular barcha  fuqarolik huquqlaridan foydalanar edilar. Kuriya komisiyalarida 
ovoz berib, senatga saylandilar, og’ir qurollangan piyoda qo’shinda,  imtiyozli otliq 
qo’shinlarda xizmat qilar edilar. Har bir patritsiy katta oila jamoasi ko’p sonli 
familiya (familias)ning boshlig’i bo’lib, bu jamoani ta’minlash uchun jamoa yer 
jamg’armasidan katta ulushlarni olish va foydalanish huquqiga ega edilar. Er. avv. IV 
asr o’rtalarigacha asosiy magistrate lavozimlari patritsiylar bilan to’ldirilar edi. 
Patritsiylar uzoq ibtidoiy jamoa davri, urug’chilik jamoalariga borib taqaladigan 
urug’ guruhlari (gentes)ga bo’lingan edilar. Yer egalarining imtiyozli hukmron sinf 
qatlami bo’lgan holda urug’chilik aloqalari muhim o’rin egallagan bu tuzilmada Rim 

 182
patritsiylari jamiyatning konservativ unsurlari edilar. Ular yangi ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlar, xususiy mulkchilik, qulchilik taraqqiyotiga to’siq edilar.  
Ilk Rimning asosiy sinf-toifalardan biri plebeylar edi. Plebeylarni bir qismi 
qaram klientlar sifatida patritsiy urug’lariga qabul qilingan edi.   Lekin plepsning 
ko’pchiligi tub joy fuqaro patritsiylar ijtimoiy tashkilotidan tashqarida bo’lib, 
huquqiy jihatdan erkin bo’lsalarda fuqarolik huquqlaridan mahrum edilar. 
Plebeylarning asosiy qismi o’zining avvalgi vatani bilan va Rimdan tashqarida 
bo’lgan urug’ tashkiloti bilan aloqasini uzgan kelgindi kishilar edi.  
Plebeylar  kichik yer maydonlarida dehqonchilik qilib savdo-hunarmandchilik 
bilan shug’ullanar edilar.  Ularning ko’pchiligi asosan   Rim atrofidagi qishloqlarda 
yashab, o’z jamoa tashkilotlari, o’zaro yordam tizimiga ega edilar. Plebeylar rim 
jamiyatini shakllanayotgan jamoa-dehqon tarkibini asosiy qismini tashkil qilar edilar. 
Plebeylar orasida tez orada ijtimoiy tabaqalanish yuz berib, boy qatlam ajralib chiqdi. 
Plebeylarning asosiy ommasi yer olish va qarzi uchun qullikni bekor qilinishini talab 
qilgan bo’lsalar, o’ziga to’q va boy plebeylar birinchi navbatda patritsiylar bilan 
siyosiy teng huquqlik uchun kurashdilar.  
Serviy Tulliy islohotlari natijasida plebeylar Rim ko’ngillilari tarkibiga kiritildi, 
lekin qo’shindagi barcha boshliq lavozimlari patritsiylar qo’lida edi. Bundan  tashqari 
plebeylar patritsiylar ozod etilgan harbiy soliq (tribut)  to’lar edilar.   Shu davrda Rim 
shahrini o’zida plebeylar va patritsiylar o’rtasida yer uchun keskin kurash boshlandi. 
To’xtovsiz urushlar natijasida xonavayron bo’lgan, qarzlarga botib qolgan Rim plebsi 
bosib olingan erlarni taqsimlashda o’z hissasini talab qildi. Shuningdek 
patritsiylarning zo’ravonligidan qonuniy himoya va o’z siyosiy huquqlarini 
kengaytirishni talab qilib chiqdilar. Bu kurash er. avv. 494 yilda o’ta keskinlashdi. 
Og’ir qarz majburiyatlari qarz beruvchining zulmi plebeylarni ekvlar bilan urushga 
ishtirok etishdan bosh tortdilar. Ijtimoiy adolatsizlikka qarshi norozilik belgisi 
sifatida, 494-yilda  Rimdan 4,5 km. shimoldagi   “muqaddas toqqa” chiqib ketishga 
(setsessiya) majbur bo’ldilar. 
Setsessiya va harbiy xavf patritsiylarni yon berishga majbur qildi. Natijada 
plebey yig’inlarida har yili ikki yoki to’rt xalq tribuni saylash huquqi olindi. 
Keyinchalik xalq tribunlari soni o’ntaga etdi. Tribunlar mansabdor shaxslar bo’lmay 
plebs vakillari sifatida chiqib, uning manfaatlari himoyachisi bo’ldilar. Xalq 
tribunlari shahar hokimiyatining faoliyatiga aralashishlari, mansabdor shaxslar va 
senatning qarorlarini bajarilishini to’xtatishlari mumkin edi, Komisiyalarda qabul 
qilingan qarorlarga plebeylar veto (taqiq)  qo’ysa bu qaror yana ovozga qo’yilishi 
mumkin emas edi. Tribunlarning o’zlari hali faqat plebeylar uchun majburiy bo’lgan 
qarorlar qabul qilishlari mumkin edi. Tribunlar faqat plebeylar orasidan saylanib 
daxlsizlik huquqidan foydalanar edilar. Xalq tribuniga qo’l ko’targan kishi qonundan 
tashqari deb e’lon qilinar edi. Bunday jinoyat qilgan kishini har kim jazosiz o’ldirishi 
mumkin edi.  
Yarim asr o’tgach er. avv. V asr o’rtalarida plebeylar tazyiqi ostida 
patritsiylardan tuzilgan detsemverlar (“o’n erkak”) komissiyasi mavjud qonunlarni 
kodifikatsiya qildilar. Komissiya mis taxtachalarga yozilgan XII jadval qonunlarini 
Rim forumiga, bozor va Rim koloniyalariga osib qo’ydilar. XII jadval qonunlari 

 183
birinchi va yagona Rim huquqi kodeksi edi. XII jadval qonunlari Rimda ijtimoiy 
munosabatlarni klassik quldorlik jamiyatiga o’tish davrini aks ettirdi. 
Ilk rim jamiyatida kambag’al  va siyosiy huquqsiz kishilarning ko’p sonli 
qatlami-klientlarni tashkil qildi. Ozod qo’yilgan qullar yoki Rimga ko’chib kelgan 
boshqa urug’ vakillari patritsiylarda himoya va homiylik qidirishga majbur bo’lib, 
ularga klient bo’lishlari mumkin edi. Klientlar patritsiylarning  urug’iga qaram a’zo 
sifatida kirib, o’z homiylari urug’I nomini oldilar. Ularga patron yerlarida ishlash 
vazifasi , patronni yurishda, shaharga chiqishida hamrohlik qilish majburiyatlari 
yuklandi . Klient vasiyat qoldirmagan bo’lsa o’limidan keyin uni mulki patronga 
meros qolar edi. Agarda  klient patronga bo’ysunmasa  sud orqali u qulda 
aylantirilishi mumkin edi.  O’z navbatida patron klientni boshqalarni tazyiqidan 
himoya qilishga majbur bo’lib, sudda uning manfaatalrini himoya qilar edi.  Er. avv. 
III asrga borib yangi ijtimoiy munosabatlar rivojlanishi bilan klientlarning katta qismi 
o’z patronlaridan ozod bo’lib, davlatdan yer oldilar va erkin dehqonlarga aylandilar. 
Er. avv.V asrgacha qulchilik xonaki (patriarxal) edi. Er. avv. V asr4dan boshlab 
qul mehnati xo’jalikning turli sohalariga kirib bordi. Rimda qarzi uchun qul qilish  er. 
qvv. 326-yildagi qonun bilan bekor qilindi. Natijada, qullar qatlami asosan urushlarda 
olingan asirlar hisobidan to’ldirila boshlandi.  Qulga buyum sifatida qaralmadi, inson 
shaxsi huquqlari kam darajada bo’lsada saqlanib qoldi. Bu davrda erkin kishi va 
qullar o’rtasidagi farq unchalik keskin emas edi.  
Qonunlarda mulk huquqi kuchli himoya qilingan edi.  Mulkka daxl qilish og’ir 
jinoyat hisoblanib,  qiynoq bilan o’lim jazosi berilar edi. Qullar uchun jazo erkin 
tug’ilganlarga nisbatan og’ir edi. O’g’rilik qilgan erkin fuqaro kaltaklanar edi, qullar 
esa savalanganidan so’ng qoyadan tashlanar edi. Sudxo’r qarzdorni qul qilish bilan 
cheklanmay balki uning hayotiga egalik qilishi ham mumkin edi.  
Plebeylarning siyosiy tenglik uchun kurashi davom etdi. Er.avv. 447 yildan 2 
konsul bilan birgalikda senat qarori bilan 3 tadan 8 tagacha konsul hokimiyati  
vakolati bilan tribunlar saylana boshlandi. Plebeylarga er. avv. 445 yildagina tribun 
Kanuley qonuni asosida patritsiylar bilan nikohdan o’tishga ruxsat berildi.  Yangi 
tsenzor mansabi joriy qilinib ularning vazifasi fuqarolarning mulk tsenzi 
majburiyatini bajarishini nazorat qilish, keyinchalik senarorlar ro’yxatini tuzish edi. 
Tsenzor hukmi bekor qilinmas edi. U qat’iy edi. Bundan tashqari ular daromad-
xarajatlar to’lovini nazorat qilar, katta  jamoa ishlarini tashkil qilar edilar.  
Er. avv.  367 yilda konsul Sekst Lateran 3 ta muhim qonunni qabul qilinishiga 
erishdi. Birinchi qonun; qarz foizlarini tartibga soldi, ikkinchi qonun; barcha rim 
fuqarolari patritsiylar va plebeylarining jamoa erlaridan foydalanishni teng huquqini 
berdi; uchinchi qonun bo’yicha konsullik lavozimini plebeylar  ham egllashi mumkin 
edi. Keyinchalik ikki konsuldan biri plebeylardan saylanishi odat tusiga kirdi. Bir 
vaqtning o’zida konsullardan sud ishlari yangi mansabdor shaxs pretorlarga olib 
borildi. Pretorlar konsullar kabi tsenturiat komisiyalarida saylanar edi. Er. avv. 356 
yil ilk bor plebeylardan diktator saylandi. Besh yildan so’ng birinchi plebey tsenzor, 
er.avv. 332 yildan tsenzorlardan biri muntazam plebey vakillaridan saylanadigan 
bo’ldi. Shundan yana o’ttiz yil o’tgach plebeylardan rimning oliy kohini pontifik 
saylanadigan bo’ladi. Plebeylarni patritsiylarga qarshi  to’la qonli teng huquq uchun  
so’ngi kurashi er. avv. 287 yilgi Gortenziy qonunini qabul qilish bilan yakunlandi. 

 184
Shu davrdan plebey yig’inlarining qarorlari rimning barcha fuqarolari uchun plebey  
senatning tasdig’isiz majburiy qonun bo’ladi.  
Rimda patritsiy va  plebeylarning  ikki yuz yillik ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlari  er. 
avv. III asr so’ngida  nihoyasiga etdi. Er. avv. IV asr oxirida eng boy yangi patritsiy 
va plebey zodagonlaridan iborat  yangi nobillar qatlami vujudga keldi. Nobillar yirik 
yer-mulkka egalik qiladigan  va davlatni boshqaruvchi oliy toifaga aylandi. Nobillar 
hokimiyatining amaldagi tayanchi senat bo’lib, u yerda patritsiy urug’lari bilan bir 
qatorda Litsiniy va Liviy kabi boy plebey urug’i muhim rol o’ynadilar. 
Nobillar senatorlar toifasining oliy guruhi bo’lib, yirik va o’rta quldor yer 
egalari, savdogar va moliyachilardan tashkil topgan suvoriylar toifasi bilan birga 
hukmron qatlam tarkibiga kirdi. Qolgan fuqarolar kichik mulkdorlar, erkin dehqonlar, 
hunarmandlar va savdogarlardan tashkil topgan plepbsni tashkil etdi. Imtiyozli 
toifalar va plepisga qarama-qarshi hech qanday huquqqa ega bo’lmagan ko’p sonli 
qullar qatlami turar edi.  
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling