Qaroqalpoq davlat universiteti


Arxaik davri hayotining umumiy manzarasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/28
Sana25.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1259
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28

 
3. Arxaik davri hayotining umumiy manzarasi 
 
Taxminlarga ko’ra arxaik davrda yunon uy-joyi oddiy va bir qavatli edi. Epik 
matnlariga ko’ra erkaklar qisqa ko’ylak (xiton) kiyib, ko’chaga chiqayotganda 
ustlariga keng yoping’ich xlamida tashlaganlar. Ayollar xiton ustidan hashamatli 
keng kiyim, kamar bilan tortilgan kamzol (peplum) kiyganlar. Sharqdan erkaklar 
uchun uzun, yubka kanopdan to’qilgan, tumshuqqacha boradigan xiton o’zlashtirib 
olingan, sochga tilla to’g’nog’ich qistirilgan. Ijtimoiy tabaqalanish kiyinishga ta’sir 
qilgan. Zodagon yoshlar otliq yurganda, oval plash – xlamida bilan o’ranganlar, 
hunarmandlar esa chap elka orqali tashlangan kamtar jun yoping’ich (eksomida) bilan 
cheklanib qolganlar.  
 
Arxaik davrda oila – nikoh munosabatlari ham o’zgardi. Gomer davrida kuyov 
kelinni ota – onalariga qimmatbaho sovg’alar berib sotib olar edi. Arxaik davrida esa 
kelinga sep berish odatga aylandi. Nikohga asos bo’lib yoshlarning ota – onasi 
o’rtasida tuzilgan kelishuv shartnomasi xizmat qilar edi. Tegishli qurbonliklar 
qilingach kelinni otasining uyida to’y tantanalari va ziyofat boshlanar edi. Quyosh 
botishi bilan kelin  kuyovning uyiga kuzatib qo’yilgan. 
 
Dafn marosimlari o’zgardi. Arxaik davrida ko’kragiga urib yig’laydigan 
go’yandalar paydo bo’ldi. Yig’i – sig’idan so’ng marhum jasadi yuvib-taralib 
xushbo’y yog’lar surtilgan. Keyingi kun dafn qilish marosimi yig’i bilan mayit shahar 
tashqarisidagi qabristonga chiqarilgan. O’likning og’ziga er osti Aid podsholigida 
o’liklarni tashuvchi Xarondga to’lov sifatida tanga qo’yganlar. Ehtimol krematsiya 
ham bo’lgan, bu haqda Gomer poemalarida eslatiladi. Marhum o’zining qimmatli 
buyumlari bilan katta gulxanda yoqilgan, olovga vino, sut va asal sepish rasmi bilan 
marosim tugagan. 
 
4.  Er. avv. VII-VI asrlarda Attikada  quldorlik demokratiyasining 
shakllanishi 
  
 
O’rta  Yunonistonning janubiy-sharqiy viloyatlaridan biri   markazi Afina 
bo’lgan Attika  misolida  yunon polisini shakllanishini atroflicha ko’rish mumkin. 
Barcha  tomonlari dengiz bilan o’ralgan, tog’lar bilan o’ralgan Attika dehqonchilik 
uchun noqulay edi. Kumush konlari, marmarning mo’l-ko’lligi, savdo-
hunarmandchilikni ilk taraqqiyotiga yordam berdi. Qulay dengiz gavanlari 
dengizchilikni rivojlanishiga sabab bo’ldi. Dastlab Attika aholisi kichik qishloqlarda 
yashagan edi, keyinbchalkik esa ular qoyatosh bag’rida joylashgan Afina akropoli  
markaz bo’lgan bir shahar atrofida birlashdilar. 
 
Attikaning qadimgi aholisi Ioniylar, pelastlarga doriylarning ko’chishi ta’sir 
qilmadi. Bu yerda yunon tilining  ioniy shevasida so’zlashadigan qabilalar guruhi 
to’rt urug’ yoki qabila (fil)ga bo’lingan edi. Har bir fil bir necha o’nlab urug’lardan 
iborat bo’lgan uch firatriyaga bo’lingan edi.  

 130
 
Gomer davrida Attika aholisini basileylar boshqardilar. Basileylar oliy hukmdor, 
sudya, kohin, harbiy boshliq edilar. Boshqa yunon polislariga bo’lganidek basileylar 
huzurida  Afinada areopag deb ataladigan oqsoqollar kengashi bor edi. Afsonalarga 
ko’ra Afina aholisini  birlashtirgan afsonaviy Tersziy aholini uch guruhga bo’ladi: 
Yer egalari-yevpatridlar,  dehqonlar-geomorlar, hunarmandlar-demiurglar.  
 
Er. avv. VIII asr davomida xo’jalik va xususiy mulkchilikni rivojlanishi  
natijasida yevpatridlar basileylarning huquqini  asta-sekin cheklay boshladilar. Ular 
o’zlarining ichidan  arxontlar (oqsoqollar)ni saylay boshlaydilar,  basileylarning  
boshqaruv vakolatlari harbiy  arxont(boshliq, sudya)ga o’ta boshladi. Natijada 
basileylarga faqat kohinlik vazifasi qoldi va u saylana boshlandi. Shunday qilib 
Afinada  hokimiyatni yevpatridlar orasidan har yili saylanadigan 9 arxont boshqara 
boshladi. Ularning o’rtasida ijroiya, harbiy va sud hokimiyati taqsimlangan edi.  
 
Yil davomida arxont vazifasini bajargan yevpatridlar o’z o’rinlarini yangi 
saylanganlarga bo’shatib berib, o’zlari areopagning  umrbod a’zolari bo’lib qolar  
edilar.  Areopag  er. avv. VIII-VII asrlarda  eng obro’li hokimiyat organi edi.  
 
Yevpatridlar  kolonizatsiya va dengiz savdosiga faol qatnashdilar.  Tovar ishlab 
chiqarish, savdo hunarmandchilik tez rivojlandi. Attikada dehqonlarni qarzga botish 
jarayoni kuchayib ketdi va natijada qarzi uchun qul qilish odatdagi holga aylanib 
qoldi. Er. avv. VII asrning ikkinchi yarmida Attikada ijtimoiy-siyosiy vaziyat 
keskinlashib ketdi. Er. avv. VII asrning 30-yillarida zodagon Kilon tomonidan 
hokimiyatni bosib olishga urunib ko’rdi. Arxont Drakon tomonidan  622-yilda 
og’zaki qonunchilikni yozma to’plamga keltirilishi urug’ zodagonlarini hokimiyatini 
bo’shashtirdi. Drakon qonunlari bilan urug’chilikning qoldig’i bo’lgan o’ch olish 
taqiqlandi, jazolash funksiyasi aeropagga berildi. Drakon qonunlari shafqatsiz edi, 
mehnat qilmagan fuqarolar jazolanar edi. O’g’rilik jinoyati uchun o’lim jazosi 
belgilanadi.  
 
Afinada yevpatridlar bilan aholining kambag’al qismi bo’lgan  oddiy demos 
o’rtasida ijtimoiyt ziddiyatlar kuchaydi. Drakon qonunlari Attika aholisini eng katta  
muammolaridan biri qarz masalasini hal qilmadi.  Er. avv. 594-yilda arxont 
vazifasiga saylangan kambag’allashgan yevpatrid, shoir Solon  islohotlar o’tkardi. 
Solon islohotlari  Afinadagi vaziyatni tubdan o’zgartirdi. Qarzi uchun dehqonlarni 
qul qilish bekor qilindi, ilgari qarzi  uchun qul qilinganlar ozod qilindi hamda chetga 
qul qilib sotib yuborilganlar jamoa hisobidan pul to’lanib Afinaga qaytarildi. 
 
Xo’jalik faoliyatini rag’batlantiradigan qator islohotlar o’tkazildi. Pul islohoti 
uzunlik va og’irlik o’lchov birliklarini takomillashtirish savdo, hunarmandchilikni 
rag’batlantirdi, natijada Attikadan chetga  tovar sotish  kuchaydi. Solon Attikadan 
g’lla chiqarishni taqiiqladi, bu  zaytun moyi va vinoni eksport qilish uchun  qulay 
shart-sharoit yaratdi. Bu chora tadbirlar Afina bozorida chayqovchilikni tugatib,  
dehqonchilikni rag’batlantirdi. 
 
Vasiyatlar erkinligi to’g’risidagi qonun urug’chilik aloqalarini zaiflashtirdi, 
alohida oilalarni iqtisodiy kuchayishiga shart-sharoit yaratdi. Yerga egalik qilish 
me’yori belgilandi. 
 
Ijtimoiy-siyosiy sohada qator islohotlar amalga oshirildi. Solon Attikani barcha 
erkin aholisini daromad hajmiga qarab to’rt toifaga bo’ldi. Fuqarolarning huquq va 
majburiyatlari shunday taqsimlandiki boy fuqarolar avvalgidek to’la hokimiyatga ega 

 131
bo’ldilar, shu bilan birga fuqarolik jamoasida ularga katta majburiyatlar yuklandi. 
Yangi yuqori tabaqaga mansub bo’lish yer uchastkasidan yillik olinadigan daromadga 
bog’liq bo’ldi. Bu yer egasini yerga yaxshi ishlab ko’p hosil olish imkoniyatini 
qidirishga majbur qilar edi. Endilikda u yoki bu oqsuyak uruqqa mansublik,  emas 
balki aynan daromad, miqdori yerga mehnat qilish fuqaroni jamiyatdagi obro’ini 
o’lchov mezoni bo’ldi. 
 
Eramizdan avvalgi VII asr oxiri VI asr boshlarida Afina demosi shoir, savdogar 
Solonni arxont qilib sayladi va unga islohot o’tkazish uchun cheklanmagan vakolatlar 
berdi. Solon eng avvalo “seysaxteyya” (qarzlarni olib tashlash) Afina aholisini 
qarzlaridan voz kechishni amalga oshirdi. Qarzi uchun qul qilish abadiy taqiqlandi. 
Katta er egaligi cheklandi, er uchastkasini belgilangan miqdordan ortiqcha olish man 
qilindi. 
 
Sud tizimi isloh qilindi. 30 yoshga etgan erkin Afina fuqarolaridan sud 
maslahatchilari gemey joriy qilindi. Gemey fuqarolar ishi bo’yicha oliy appelyatsiya 
huquqiga ega bo’ldi. Faqat u jinoiy ishlar bo’yicha hukm chiqara olar edi. Odam 
o’ldirish bo’yicha sud ishi sobiq arxontlar kengashi areopag qo’lida qoldi. 
 
Siyosiy huquq mulkiy tsenz asosida taqsimlandi. Afina jamiyati to’rt toifaga 
ajratildi. Birinchi toifaga pentakosiomedimnlar bir yilda besh yuz medimn g’alla yoki 
besh yuz metret (bir metret-39 litr) zaytun yog’i oladigan fuqarolar kirdi. Ikkinchi 
toifaga suvoriylar – gippeylar, uchinchi toifaga ikkita eshak aravaga ega bo’lgan og’ir 
qurolli piyodalar – zevgitlar, to’rtinchisiga hunarmand – fetlar kirdi. Faqat birinchi 
uch toifa amalda davlat lavozimlarini egallashi mumkin edi. Oliy arxont mansabiga 
faqat pentakosiomednlar da’vo qilishilari mumkin edi. Fetlar polisni bevosita 
boshqaruvdan chetlashtirildilar.  
 
Xalq yig’ini – eklessiyada oddiy fuqarolar davlatning umumiy siyosatini 
belgilashda, mansabdor shaxslarni saylashga ta’sir ko’rsatish, gelieini – 
maslahatchilar sudiga ishtirok etib mansabdor shaxslarni suiste’molini yo’q qilishlari 
mumkin edi.  
 
Solon islohotlari bo’lg’usi Afina demokratiyasining kurtagi edi. Arxont, are 
opagning roli o’zgarmadi, Polisning urug’, fillarga bo’linishi saqlanib qoldi. 
Islohotlar fillarda urug’ huquqini yemirilishiga olib keldi. Endilikda Afina fuqarosi 
o’z mulkini erkin vasiyat qilish huquqini oldi. Otasi hunar o’rgatmagan o’g’il 
keksaygan otasiga g’amxo’rlik qilish majburiyatidan ozod qilindi. Er. avv. VI asr 
boshlaridagi isloxotlar barcha ijtimoiy muammolarni echa olmadi. Tez orada kuchli 
ijtimoiy ziddiyatlar Afinada Pisistrat tiraniyasini o’rnatilishiga olib keldi.  
 
Pisistrat va uning o’g’illari tiraniyasidan so’ng Afinada turli ijtimoiy qatlamlar 
o’rtasida kurash kuchayib ketdi. 
 Klisfen 
boshchiligida 
savdo hunarmandchilik tabaqalari urug’ zodagonlari 
hokimiyatini yo’qotishga urindilar. Klisfen ma’muriy – hududiy isloxot o’tkazdi. Har 
bir fil o’z ichiga olgan jami o’n fil bo’lib har bir dem oily ma’muriy organ 500 lar 
kengashiga birdan 25 kishigacha a’zo saylagan. Yana bir siyosiy yangilik tiraniyani 
o’rnatilishiga qarshi qo’yilgan ostrakizm tamoyili bo’ldi. Ostrakizmga ko’ra Afina 
davlat tuzumiga qarshi jiddiy xavf tug’dirgan shaxs, siyosiy arbob ovoz berish yo’li 
bilan Afinadan quvg’in qilingan. Bu tamoyil siyosiy hayotda eramizdan avvalgi 487 

 132
yildan 417 yilgacha qo’llanib shu davrda tiraniyaning uch tarafdori Afinadan xaydab 
yuborilgan. 
 Eramizdan 
avvalgi 
VI-asrda Afinada demosning zodagonlarga qarshi uzoq 
kurashi natijasida demokratik tartib qoidalar g’alaba qildi.Natijada  Afina ko’ngilli 
qo’shinlari tarkibi ham o’zgardi. Uning asosiy qismini og’ir qurollangan jangchi 
goplitlar  tashkil etdi, ular ko’p sonli uchinchi qism zevgitlardan to’ldirilgan. Fetlar 
yengil qurollangan jangchilarni va harbiy flot matroslarini tashkil etdilar. 
 
Afina siyosiy  ustqurmasida zodagonlar taynchi areopagga qarshi turgan to’rt 
yuzlar kengashi(Bule) tashkil etildi.Kengash a’zolari to’rt fildan yuztadan fuqaro  
saylanadigan muntazam faoliyat ko’rsatadigan organ bo’ldi, to’rt yuzlar kengashi 
xalq yig’inida ko’riladigan va tasdiqlanadigan masalalarni  tayyorlar edi. Xalq yig’ini 
(ekklesiya) to’la qonli barcha vakolatlarga ega bo’lgan boshqaruv organi bo’lib 
fuqarolarni barcha qatlamlari ovoz berish va uni ishiga qatnashish huquqiga ega 
bo’ldilar. Xalq yig’i muntazam yig’iladigan bo’ldi (Er. avv. V asrda yilida 40 marta 
yoki 9 kunda 1 marta). 
 
Solon davrida davlat tuzilmasining yana bir yangi organi maslahatchilar sudi 
(gelieya) joriy qilindi. Sudyalar barcha fuqarolardan saylangan. Solon islohotlari 
polis boshqaruvini demokratik shakllari asosini yaratdi, lekin izchil bo’lmaganligi 
sababli zodagonlar hokimiyatini to’la tugata olmadi. 
 
Er. avv. 560-yil atrofida  hokimiyatni  zodagonlardan biri Pisistrat qattiq kurash 
natijasida bosib oldi va o’zini tiraniya shaklidagi shaxsiy hokimiyatini o’rnatdi. U 
dastlab eng  muhtoj kichik yer egalariga davlat xazinasidan yordam ko’rsatdi. 
Qishloq kambag’allari uchun soliqlar majburiyatini kamaytirdi, qishloq jamoalari 
huquqini kamaytirdi. Yer egalarini Afinaga sudga qatnashishidan qutqarib, qishloq 
joylarida sudyalarni tayinladi. U fuqarolardan qurollarini tortib olib, o’z  hokimiyatini 
mustahkamladi, fuqarolar daromadiga soliq joriy qildi, bu o’rta hol dehqonlarni og’ir 
ahvolga solib qo’ydi.  
 
Pisistrat dengiz savdosining rivojlanishiga shart-aharoit yaratdi. U Kichik 
Osiyoda Dardanel bo’g’oziga chiqadigan muhim nuqtani bosib olib, Afinani Qora 
dengizga boradigan dengiz yo’llari ustidan nazoratini o’rnatdi.  Afinada savdo 
hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida bir qancha jamoat inshootlarni qurilishini 
amalga oshirdi, Akropolni bezadi, shoirlar, rassomlarga homiylik qildi. Uning 
farmoyishi bilan Afinada xalq qo’shiqchilari to’planib, ularning so’zlaridan 
Gomerning mashhur poemalari “Iliada” va Odessiya”lari yozib olindi.  
 
Pisistratning tadbirlari eski urug’ zodagonlarining mavqeiga putur yetkazdi, 
ularning ko’p vakillari Afinadan quvg’in qilindi.  Er. avv. 527-yilda  Pisistratninbg 
vafotidan keyin o’g’illari Gippey va Gipparx Afina hokimlari bo’ldilar. Bu vaqtda 
kuchli fors davlati Kichik Osiyoni bosib olib, Egey dengizidan Qora dengizga 
boradigan yo’llarni egallab oldi.  Afina dengiz savdosiga katta putur yetdi, natijada  
Afinaga chetdan g’alla olib kelish vaqtinchalik uzilib qolib, oziq-ovqat mahsulotlari 
qimmatlashdi. Tabiiyki bu aholini noroziligini keltirib chiqardi. Aholi  Pisistratning 
o’g’illari hokimiyatini ag’darib tashladi. 
 
Pisistrat  va uning o’g’illari tiraniyasi ag’darilganidan so’ng, yevpatridlarni  o’z 
hukmronliklarini tiklashga urinishlari afinaliklarni ko’pchiligining keskin qarshiligiga 
uchradi. Shunday bir sharoitda demos qo’llab- quvvatlagan Klisfen yangi islohotlarni  

 133
o’tkardi (Er. avv. 509-507-yillar). U mamuriy hududiy islohotni amalga oshirdi. 
Attika urug’chilik tashkiloti  o’rniga 10 ta yangi hududiy filga ajratildi. Bu 
urug’chilik aloqalarini  uzilishi va aholini aralashib ketishiga olib keldi, endilikda 
Attika aholisi yashash joyiga qarab hududiy aloqalar bo’yicha birlashdi, urug’ fillari 
to’la tugatildi. 
 
To’rt yuzlar kengashi endilikda 500 fuqaroni o’z tarkibiga kiritdi. Har yangi 10 
hududiy fildan 50 kishi  bu kengashga saylandi, shu bilan birga yangi besh yuzlar 
Kengashi tarkibi (Bule) har yili to’la yangilandi. Kengash a’zolari qura tashlash yo’li 
bilan saylandi, ikki martadan ortiq saylanish mumkin emas edi. Klisfen tub joy aholi 
huquqiga kelgindi aholi  huquqini tenglashtirdi, endi fuqarolik qadimgi urug’ filiga 
mansublik bilan emas balki eng kichik hududiy birlik  demga mansublik bilan 
belgilandi.  Endilikda har bir fuqaro o’z ismiga  otasining  avlodi ismi emas o’z 
demini nomini qo’shdi, bu fuqarolik jamoasini barqarorligiga olib keldi.  
 
Klisfen Afina demokratiyasiga tahdid solishi mumkin bo’lgan obro’li boy 
fuqaroni aniqlaydigan ostraktizm tamoyilini joriy qildi. Afinada  o’z shaxsiy 
hokimiyatini o’rnatishga  gumon qilingan  fuqarodan sud qarori bo’yicha ovoz berish 
yo’li bilan Afinadan  quvg’in qilinadigan bo’ldi. 
  Klisfen islohotining ahamiyati shundaki, bu islohotlar urug’chilik 
munosabatlarini urug’ zodagonlarining hokimiyati qoldiqlarni to’la tugatdi.  Afina 
davlat qurilishiga  demokratiyani    to’la hukmronligini o’rnatdi. Barcha Afina 
fuqarolari (Afinada yashayotgan chet elliklar qullar bundan mustasno) polisning 
siyosiy hayotida faol qatnashdilar. Ular  har qanday davlat lavozimlariga 
saylanishlari, o’z fuqarolik jamoalari siyosiy hayotini eng muhim muammolarini 
yechishda ishtirok etishlari mumkin edi.  Afina demokratiyasi  barcha yunon polislari 
orasida eng ilg’or va rivojlangan  demokratik davlat qurilishiga ega edi.  
 
Tayanch iboralar 
 
Attika, akropol, Ioniy, fil, Fratriya,  areopak,  Ferziy,   yevpatridlar,  geomor,  
demiurk,   arxont,  Kilon,  Drakon,   Solon,  pentakosimedimn,  medimn,  suvoriylar,  
zevgit,  fet’,   goplit,  Bule,   gelieya  Pisistrat,  Tiraniya,  Gomer,  Demos,  Klisfen,  
Gippey,   Gipparx. 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
 Karimov 
İ. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yuk. Toshkent 1998. 
 
Boynazarov  F. A. Kadimgi  dunё tarixi.  Toshkent 
2004. 
 Gomer. 
İliada  (lyuboe izd.). 
Gomer. Odisseya  (lyuboe izd.). 
Andreev Yu. V. Rannegrecheskiy polis. L., 1976. 
İstoriya drevnego mira/Pod red. İ. M. Dyakonova, V. D. Neronovoy, İ. S. 
Sventsitskoy.  M., 1983, t. I, lektsiya 16. 
 
 
 
1. 
 

 134
3-mavzu. Yunon-Eron urushlari
Reja 
 
1.  Afina dengiz ittifoqi 
2. Yunon-fors urushlaridan so’ng Afina 
3. Er. avv. IV asr Yunoniston. Polis tizimini tushkunligi 
 
1. Afina dengiz ittifoqi 
 
Er. avv. V asrda yunon dunyosining siyosiy va madaniy hayotining markazi 
Kichik Osiyo va Egey orollaridan Bolqon Yunonistoniga ko’chdi. Yunon viloyatlari 
ichida Attika viloyatining roli oshdi. 
 
Arxaik davridan so’ng Yunonistonda siyosiy jihatdan kuchli o’zgarishlar yuz 
berdi. Er.avv. VI asr oxirida Sharqda qudratli Ahamoniylar davlati shakllandi va 
Yunon dunyosiga o’zining madaniy siyosiy ta’sirini otkaza boshladi. Er.avv. V asr 
oxirida forslar Kichik Osiyodagi barcha yunon chaharlari va Lidiya podsholigini 
bosib oldilar. Forslar Yunonistonni ham o’z ta’sir doirasiga olishga harakat qildilar. 
Fors qo’shinlari bir necha bor continental Yunonistonga bostirib kirdilar (er.avv. 495, 
490 y) Yunon polislari forslarga nisbatan turli munosabatda bo’ldilar. Fessaliya va 
Beotiya forslarga do’stona munosabatda bo’ldilar. Sparta va Afina esa forslarga 
qarshi yunon shaharlari ittifoqini tashkil qildilar. Er. avv. 481 yil yunon shahar 
davlatlari Ellin ittifoqini tuzdilar. Dastlab ittifoqda Sparta etakchi rol o’ynaydi. Sparta 
vakili uning ishiga rahbarlik qildi. Lekin forslarga qarshi harbiy harakatlarda asosan 
flot   hal qiluvchi o’rin egallar edi. Sparta o’zining flotiga ega bo’lmaganligi sababli, 
ittifoqda etakchi o’ringa da’vo qila olmas edi. Spartaliklardan rahbarlikni olish uchun 
Ioniya orollarining Afinaga yordam so’rab murojaat qilishi bahona bo’ldi. Afina 
atrofida bir necha yunon shaharlari birlashib, yangi siyosiy kuch birinchi Afina 
ittifoqini vujudga keltirdilar. Shu vaqtdan boshlab Sparta va Afina ittifoqchilari 
o’rtasidagi raqobat er. avv. V asrda Yunonistondagi voqealar rivojiga hal qiluvchi 
ta’sir o’tkazdi. 
 
Afina ittifoqi tez orada mustahkam, uyushgan kuchli tashkilotga aylandi. 
Ittifoqning barcha qatnashchilari to’la huquqli bo’lib,uning xazina Delos orolidaagi 
Apollon ibodatxonasida joylashgan edi. Ittifoqchilar kengashiga har bir azo  davlat 
bittadan vakil yubordilar. Afina Arxesy ittifoqi mablag`i 480 talant hajmida deb 
belgilanib,har bir ittifoqchi davlat umumiy xazinaga a’zolik to’lovi (foros)ni amalga 
oshirar edilar. Ittifoq ichida Afinaning harbiy-siyosiy va savdo mavqei kuchayib 
ketdi. Barcha ittifoqchi yunon shaharlari o’zlarida Afina tosh- tarozisi va o’lchov 
birliklarini joriy qildilar, umumiy xazina Delosdan Afinaga ko’chirildi.  
 Afinaliklar 
ittifoqchilarning to’lov badali hisobiga Afinada mashxur Propiley 
va Parfenonni qurdilar. Afinaning bunday suistemolligi ittifoqchilarning norozilik 
chiqishlariga sabab bo’ldi. Ittifoqchilarning chiqishlari Afinaliklar tomonidan qattiq 
jazolandi. Masalan,jazolangan Tasos Afinaga o’zining barcha kemalarini berishga, 
devorlarini buzishga, tovon to’lash va eski a’zolik badalini to’lashni davom ettirishga 
majbur bo’ldi. Plutarxning yozishicha “Ittifoqchilar xiroj to’lovchilar va qullarga 
aylandilar”. Afina o’z ta’sir doirasini yunon dunyosida muntazam ravishda 
kengaytirishda Spartani qarshiligiga uchradi. Forslar bilan umumiy g’alabadan keyin 

 135
har ikki davlat o’rtasidagi raqobat keskinlashdi.  Forslar Egey dengizidan siqib 
chiqarildi, u yana “Yunon Quli” bo’lib qoldi. “Kalliy” sulx shartnomasi (er.avv.447 
y) dan so’ng forslarning dengiz floti Egey dengiziga kirishdan maxrum bo’ldi. Eron 
quruqlikdagi qo’shinlarini Kichik Osiyo qirg’og’idan uzoqda saqlab turish 
majburiyatini oldi. 
 
 Yunon-fors urushlaridan so’ng Afinadagi  keskin siyosiy kurash natijasida 
radikal – demokratik kuchlar Perikl boshchiligida g’olib chiqdilar. Periklgacha Efial’t 
isloxot o’tkazib, zodagonlar areopagining siyosiy mavqeini yo’qga chiqardi. Areopag 
ixtiyorida faqat qasddan odam o’ldirish va diniy an’analarga qarshi jinoyatlarni 
ko’rib sud qilish vazifalarigina qoldi xolos. Areopagning siyosiy funksiyalari Klisfen 
joriy qilgan 500 lar kengashi va gelieyaga berildi. 
 
Xalqaro savdodan manfaatdor bo’lgan Afina savdogar hunarmandlari va 
dengizchilari Afinani Yunon shaharlari ustidan etakchiligini mustahkamlashni talab 
qildilar. Ular ittifoqchilarga nisbatan qat’iy qattiq siyosatni, Afinaning yunon 
dunyosiga boshchilik qilishiga qarshi turadigan har qanday kuchlarga qarshi keskin 
kurash olib borishni talab qildilar. Afinada Kaeon tiraniyasi tugatilgandan so’ng 
demokratik harakat Afina siyosiy hayotida etakchi o’ringa chiqdi. 500 lar 
kengashining tasiri  kuchaydi. Bu kengashda axolining kambag’al tabaqalarining 
ishtiroki uchun imkoniyatlar yaratildi. Gelieda sudyalik vazifasini bajarish uchun 
yoki 500 lar kengashiga a’zolik uchun ish haqi to’lashni joriy qilinishi hatto 
kambag’allarga ham qura tashlash yo’li bilan saylanadigan 5 ming sudyadan biri 
bo’lishi imkoniyatini berdi. Shahar axolisining o’rta qatlami zevgitlarga arxont 
vazifasini bajarishga ruxsat berildi. Tashqi siyosatda Afina yunon dunyosiga 
hukmronlik qilish uchun faol harakat qildi Afinaning qo’shni viloyatlarga taziyqi 
kuchayib Sparta bilan urush harakatlari olib borildi. Er. avv. 445 yil Sparta bilan 30 
yil muddatga tinchlik shartnomasi imzolandi. Ammo tinchlik 14 yil davom etib keyin 
uzoqqa cho’zilgan urush barcha yunon  shaharlarini zaiflashtirgan Peloponnes urushi 
boshlanib ketdi. Urush 27 yil davom etib ko’pgina shaharlar vayron bo’ldi. 10 
minglab kishilar qurbon bo’ldilar. Urf odatlar, qonunlar paymol qilindi. Yunon 
dunyosi shundan so’ng tushkunlikka yuz tutdi. 
                      
2. Yunon-fors urushlaridan so’ng Afina 
    Yunon-fors urushlaridan  so’ng  Afina  tez tiklandi. Pirey porti qayta qurilib, o’sha 
davrdagi O’rtayer dengizidagi eng yirik port hisoblangan. Karfagen portiga 
tenglashdi. Dengiz ittifoqiga etakchilik qigan Afina yunon dunyosi dengiz savdosida 
ham birinchi o’rinni egalladi. Afina eksporti Shimoliy Qora dengiz, Sitsiliya, 
Apuliya, Etruriyani qamrab oldi. Egina, Korinf Kerkira va boshqa shaharlar savdoda 
Afinani birinchiligini e’tirof etishga majbur bo’ldilar. Afina ijtimoiy qatlamlarida 
ham tegishli o’zgarishlar yuz berdi. Jamiyatda etakchi o’rinni savdo – hunarmandlar 
tabaqalari egalladilar. Davlatni ichki va tashqi siyosatini ana shu tabaqalar belgilar 
edi. Attika dehqonlari poytaxtni g’alla bilan ta’minlay olmas edilar, g’allani Qora 
dengiz bo’yidan yoki Italiyadan olib kelish arzonga tushar edi. Qishloq aholisi ish 
topishi uchun ko’plab shaharlarga kelib o’rnasha boshladilar. 
 
Er.avv. V asr o’rtalaridan boshlab Afinada hunarmandchilik va dehqonchilkida 
foydalaniladigan qullarni soni ko’payib ketdi. Afina olib borgan ko’plab urushlar 

 136
natijasida Kichik Osiyo, Frakiyava Illiriyadan qullar olib kelib sotiladigan Xios 
orolidagi qul bozori iqtisodiyotining ishchi kuchiga bo’lgan doimiy ehtiyojini 
qondirdi. Qullarni soni keskin oshib ketdi. Malakasiz qul arzon bo’lib, hunarga 
o’rgatilgan qul qimmati 100-150 draxma baholanar edi. Perikl davri Afinasida 
qullarni aniq soni noma’lum. Taxminlarga ko’ra ular 400 mingtaga etmagan. 
 
Shahardagi eng boy odamlarning biri Nikiyning Lavrion kumush konlarida 
ming quli, boy Gipponikning 600 quli bo’lgan. Oddiy hunarmandlarning 
ustaxonalarida 5 tadan 10 tagacha qul ishlagan. Qalqon yasovchi usta Lisiyning 
ustaxonasida 120 qul bo’lgan. Boy shaharliklar xo’jaligida 10-20 qul mehnat qilgan. 
Hunarmandchilik korxonalari, konlar, poliz, uzumzor va zaytunzorlarda  qullar 
mehnat qilganlar. Afina shahar politsiyachilari asosan qullardan iborat bo’lgan, 
qullarga “gapiruvchi qurol” deb qarashgan, ularning hech qanday ijtimoiy huquqi 
bo’lmagan. Ishlab chiqarishda qullarning ko’payib borishi bilan erkin fuqarolar 
orasida jismoniy mehnat qilish past ish qo’lga xos mehnat degan tushuncha keng 
tarqala boshladi. Arxaik davridayoq zodagonlar ish haqi uchun kundalik og’ir ishga 
nafratlanib qaradilar. Er.avv.V asrga kelib bunday qarash axolining 
erkinqatlamlarining ichida uchratish mumkin edi. 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling