Qaroqalpoq davlat universiteti


Janubiy-sharqiy  Osiyo mamlakatlari qadimda


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/28
Sana25.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1259
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28

3. Janubiy-sharqiy  Osiyo mamlakatlari qadimda 
Botqoqli vodiylar, kichik tog` daryolari, tropik  o’rmonlar bilan qoplangan  
baland tog`lar janubiy-Sharqiy Osiyo uchun xarakterli  hol.  Bu yerda  eramizdan 
avvalgi VIII  ming  yilikdayoq mezolit davrida o’troq manzilgohlar  paydo bo’lgan. 
Neolit davrida esa sholikorlik xo’jaligi qadimgi janubiy-sharqiy Osiyoda keng 
tarqalgan. 
Janubiy-sharqiy Osiyoning kontinental qismida yashagan qadimgi xalqlar 
austroosiyoliklar (monlar, kxmerlar va boshqalar)  orollarda  austroneyziylar 
(malayalar, yavalilar va boshqalar), etnograflar ularning barchasini qo’shib  austri 
xalqlari deb  ataydilar. 
 Qadimda eng rivojlangani austroosiyo viloyatlaridan janubiy  hindi-xitoy 
tekisliklaridir. Bu yerda eramizdan avvalgi  III  ming  yillikda  aholi dastlab  mis  
keyinchalik  jez davriga  mustaqil  o’tadilar. Er. avv. II  ming  yillikda  janubiy-
sharqiy Osiyo taraqqiyotda qo’shni  viloyatlardan  orqada  qola boshlaydi. 
Daryolarning murakkab tizimi  xo`jalikning  bosh yo`nalishi bo’lgan sholikorlik zarur 
bo’lgan  sun'iy sug`orish  tizimini barpo qilishni qiyinlashtirgan.   Uzoq vaqt 
jamiyatning  asosiy bo`g`ini bo’lib,  sholikorlik bilan shug`ullanadigan kichikroq 
qishloq  jamoalari   qolavergan.  
Faqat so’nggi jez  asrida  er. avv. I  ming yillikda Dongshon sivilizatsiyasi 
vaqtida (Dongshon qishlog`i yonida bu madaniyatning  birinchi qabri topilgan) 
janubi-sharqiy Osiyoning katta va o’rta daryolari  vodiylarida katta-katta 
 
dehqonchilik  manzilgohlari  paydo bo’ladi. Bu davrda omoch  dehqonchiligi paydo 
bo’ladi, jamiyat ijtimoiy  tuzilmasi murakkablashadi. 
Yaqinda topilgan juda kam sonli o’ziga xos  iyerogliflarga o`xshash 
yozuvlardagi  qadimiy  yozma manbalar mavjud.  Janubi-sharqiy Osiyoning qadimgi  
tarixini  qayta tiklashda ilk  o’rta asr (vyet, mon va boshqalar) xronikalari hamda 
qadimgi Xitoy, qadimgi hind, antik mualliflar asarlari va manbalari muhim rol  
o`ynaydi.  Ilk sinfiy jamiyatlar  qadimgi austroosiyo va ularga qarindosh  qadimgi 
vyetlarda paydo bo’lib Garbiy Hindixitoyda hozirgi   shimoliy  Vetnam orqali Yanszi 
quyi oqimigacha  cho`zilib ketgan. Ularning orasida  davlatlarning to’rt guruhini  
ko’rsatish mumkin: shimoli-sharqiy Hindixitoy va janubiy Xitoy dengiz  qirg`og`i: 
janubiy Hindixitoy davlatlari; Malakka yarim oroli va arxipelagida  qadimgi 
Indoneziya davlatlari; shimoliy  Hindixitoyning markaziy  qismi va tay tilli, birma 
tilli xalqlar joylashgan qo’shni hududlar  davlatlari. 
 
4. Qadimgi Vyet davlatlari va ularning qo’shnilari 
Shimoliy Vetnamdagi va Janubiy dengizning shimoliy qismidagi davlatlardan 
shimolroqdagi qadimgi Xitoy an'analariga ko’ra birinchi  navbatda «varvar» (Xitoy 
an'anasi nuqtai-nazaridan) Eyu (Vyet)  podsholigi tarixda yaxshiroq ma'lum. 
Yue podsholigi er. avv. VII  asrda Yanszi daryosining quyi oqimida  paydo 
bo’lgan. Uning ijtimoiy tuzilishi qadimgi Xitoy podsholiklariga qaraganda soddaroq 
bo’lgan. Aholining asosiy mashg`uloti sug`orma sholikorlikdir. Er. avv. IV-III  

 113
asrlarda Yanszi daryosining  yuqori qismida  besh davlat: Xanchxa, quyi qismida 
Vanglang (keyin Aulak),  sharqda   Teyau, Namvyet  va boshqalar mavjud bo’lgan. 
Ular yuqori ijtimoiy  taraqqiyot darajasida bo’lganlar. Janubiy podsholiklarda xan 
madaniyatini qabul qilish shimolga qaraganda  ancha yuqori bo’ladi.  
Er. avv. III asrda hududdagi eng rivojlangan davlatlardan  Xongxa daryosining 
quyi qismi va unga qo’shni hududlarda Siszyan pastida  vetnamliklarning ajdodlari 
lakvyetlar joylashgan davlat Namvyet edi. Aulakda aholining asosiy qismini 
jamoachilardan iborat mayda  ishlab  chiqaruvchilar tashkil qilgan. Turli manbalar 
Namvyet jamiyatida qullar  mavjudligini  ko’rsatadi. Hukmron sinflar  jamiyatda 
katta yer-mulk egalari hukmron tabaqa bo’lib, ular bilan bog`langan  xizmat 
zodagonlari, qullar va mayda ishlab chiqaruvchilar bo’lgan. Davlat tepasida  
hukmdor turgan. Qadimgi vyetlar madaniyati o’ziga xos  edi. Ayniqsa, ajdodlarga 
e'tiqod, yer ruhiga, timsoh-ajdar va suvda suzuvchi qushlarga  sig`inish keng 
tarqalgan. 
 Er. avv. 221-214-yillarda Aulak, Teyau va Namvyet davlatlari Sin imperiyasi 
bilan o’z  mustaqilliklari uchun  urush olib boradilar. Urushlar  jarayonida Aulak o’z 
mustaqilligini   saqlab qoladi va Teyauning bir qismini o’ziga qo’shib oladi. Namvyet 
bir necha  yil Sin  qo’shinlari tomonidan bosib olingan.   Er. avv. 207 yilda Namvyet 
va Aulak davlatlari birlashadi. Bu davlat er. avv.  II  asrda   janubiy –sharqiy  
Osiyoda eng kuchli  davlat bo’lib, faqat Xan imperiyasidan kuchsizroq bo’lgan. 
Eramizdan avvalgi II  asr boshlarida Namvyet  Vo'ongi (hokimi) o’zini Xan  
imperatoriga teng deb e'lon qiladi. Mamlakat iqtisodiyotini asosini sholikor hududlar 
tashkil qiladi. Bu davlatda yirik  shaharlar,  rivojlangan ichki va tashqi  savdo, 
hunarmandchilik mavjud edi.  
Er. avv. II  asr boshlarida Namvyet-Aulak hukmdorlari   urushlar va diplomatik  
yo`l bilan qo’shni  davlatlarni qo’shib olishga harakat   qiladilar, ammo er. avv. III   
asrda mamlakat Xan imperatori U-di  tomonidan bosib olinadi. Xan  imperiyasi 
mamlakat ichki ishlariga aralashmaydi. Imperiya «varvarlarni varvaralar boshqaradi» 
siyosatini olib boradi.  
Er. avv. III-II  asrlarda  Janubiy-Sharqiy Osiyoni tog`li  hududlarida qadimgi 
Tay Diyen  va Yelan davlatlari alohida  guruhni  tashkil etadi. Bu yerda  dehqonchilik 
zaif bo’lib, chorvachilik yetakchi o’rin egallagan.  Shu bilan birga bu yerda qandaydir 
birma tilli guruhlar va Markaziy Osiyo chorvador aholisi bilan birgalikda ilk sinfiy 
jamiyatlar shakllantirilgan.Qullarning safi mahalliy etnik  birliklarni qaram qilish 
hisobidan to`ldirildi.  
Er. avv. I  asr boshlarida Xan ma'muriyati hozirgi  Shimoliy Vetnamdagi 
lanvyetlarni ommaviy  assimilyatsiya qilish  siyosatini  olib borgan. Bu siyosat kuchli 
qarshilikka uchraydi va zodagonlar  boshchiligida  qo’zg`olonlar ko`tariladi. 40-50 
yillarda Lanvyetlar «ikki  opa-singil» boshchiligida  qo’zg`olon ko`tarib Xan 
hokimiyatini  ag`darib tashlaydilar va o’z mustaqilliklarini qayta tiklaydilar. Xan 
imperiyasi uzoq  urushlardan so’ng,  mamlakatda o’z nazoratini  qayta tiklaydi, lekin 
mahalliy aholini assimilyatsiya qilish siyosatidan voz kechishga majbur bo’ladi.  
Eramizning I-V asrlarida Vetnamga Hindistondan buddizm, Xitoydan xitoy 
madaniyati kirib keladi. Buddaviylik XII va  XIII asrlargacha  hukmron  dinga 
aylanadi. 

 114
5. Mon-Kxmer va Indoneziyaliklarning davlat birlashmalari 
Eramizning boshlarida  Hindixitoy va Indoneziya  yirik daryo  vodiylarida 
sinfiy  jamiyat va davlatlar shakllanadi. So’nggi jez davrida  xo’jalikning yuqori 
taraqqiyoti, temir qurollaridan keng foydalanishga o`tish, davlatni shakllanishiga olib 
keladi.  
Janubiy Hindistonning dravid xalqlari  orqali shimoliy Hindiston, Yaqin 
Sharq va o’rtayer dengizi bilan  doimiy aloqalar o`rnatiladi. Tekislikda  vyetlarda 
bo’lgani kabi yetakchi ijtimoiy  birlik  kichik  qishloq jamoasi edi. Vodiylarda yuqori 
darajada rivojlangan dehqonchilik, tog`li   viloyatlarda  ovchi-termachilik xo’jaligi 
mavjud bo’lgan.   
Mahalliy jamiyatlarning o’ziga xosligi bir etnolingivistik guruh ichida 
tekislikda yuqori taraqqiyot darajasiga erishgan dehqonlar bilan qo’shni tog`lik 
vohadagi ovchi-terimchilarning birgalikda yashashi edi. Ana shunday ijtimoiy-
iqtisodiy har xillik sinfiy jamiyat va davlatni ibtidoiy jamoa munosabatlari hukm 
surgan viloyatlar bilan ajratilishiga sabab bo’ldi. 
Aulak, Bapnom (Funan), Shrikistra (Tarekittara), Suvannabxumi (Janubiy 
Birma) dagi va Tyao Praye (Menam), Malakk yarimorolidagi va arxipelagidagi 
Malay, ilk Yava davlatlari ma'lum bir siyosiy-iqtisodiy yadro-aholi zich joylashgan 
sholikor voha va uning poytaxti atrofida joylashgan edilar. 
Hukmdor barcha yer zahirasini oliy egasi edi. Bir qism yer zodagonlarning 
merosiy yeri, ibodatxona va koxinlarning «abadiy» yerlari bo’lgan. Aholining asosiy 
qismi erkin jamoatchilardan iborat bo’lib, koxinlar, zodagonlar qatlami mavjud 
bo’lgan. Qullar kam sonli bo’lgan.  
Ko’pgina Mon va Kxmer davlatlari eramizning I asrlari atrofida paydo 
bo’ladi. Ular bir-birlari bilan yaqin aloqada bog`langanlar. Bu davlatlar ichida eng 
kattasi Bapnom (Funan) imperiyasi bo’lib, u o’zining gullab yashnagan davrida 
Janubiy Hindixitoyning butun mon va kxmer tekisligini egallagan. 
Bapnom davlati yangi eraning birinchi asrlarida vujudga keldi. Eramizning II-
III asrlarida mamlakatni birlashtirilish tugagach qadimgi kxmer hukmdorlari 
istilochilik urushlarini olib boradilar. Kxmer hukmdorlaridan eng mashhuri 
Fanishman bo’lgan. U kuchli flot quradi va qator qo’shni viloyatlarni bosib oladi. 
Bapnomning harbiy, dengiz va savdo qudrati er. avv  IV asrgacha o’sib boradi. 
Irrigasiya va ibodatxonalar qurilishi keng miqyosda olib boriladi, mamlakatda 
xinduizm va budda e'tiqodlari tarqaladi va hukmdor hokimiyati kuchayadi. 
V-IV   asr boshlarigacha qadimgi kxmer jamiyatida shimoliy guruhlar 
kuchaydi. Ular ilgari savdoda ishtirok  etmagan edilar. Sekin-asta ular dengiz bo`yi 
hududlarini bo’ysundiradilar. Bapnom imperiyasi zaiflashib  inqirozga  yuz tutadi.   
Mon-Kxmer xalqlari janubiy Hindiston madaniyatining ayrim unsurlarini 
jumladan  yozuv, diniy til, ayrim diniy tasavvurlarni, monlar asosan buddizmni, 
kxmerlar hinduizmni qabul qilganlar.  
 
6. Indoneziya xalqlarining qadimgi davlatlari 
I-IV  asrlarda orollarda davlatlarning g`arbiy (malaya), sharqiy (yava) 
guruhlari paydo bo’ladi. Garbiy guruh Sumatra davlatlarini tashkil qildi, ularning 
ichida ayniqsa markaziy Sumatraning tekislik qismida  Malakka yarim orolining 

 115
kichik davlatlari boshchiligida markazlashuv jarayoni tez  boradi. Bu davlatlar 
hayotida  tashqi savdo, tranzit savdo (ko’pgina ziravorlar, Molukka orollari bilan 
savdo qilingan) yetakchi o’rin tutadi. Janubiy–sharqiy Osiyoning bu  asrlardagi 
dengizchilari Mon-kxmer va indoneziyaliklar edi. Shalmaladvipi (Malakka orolining 
qadimgi nomi) davlatlaridan eng  mashhuri (II  asrdan) Kataxa va Tambralinga edi. 
Ular nisbatan kuchli qo’shinga ega  bo’lgan boy davlatlar bo’lgan. Bu davlatlarda 
madaniy taraqqiyot  darajasi yuqori bo’lib, shahar aholisi orasida sanskrit adabiyoti, 
yozuv va tili, hinduizm va budda diniy ta'limoti keng tarqalgan.  
Yava va Kalimantandagi Malaya va Yava davlatlari agrar mamlakatlar edi. 
Garbiy Yavadagi Taruma va Mulavarman davlatlari (IV-V  asrlar) sun'iy sug`orish 
inshootlarini qurishni  amalga oshiradilar.  Qullar, chorva va yer-mulkni xususiy 
mulkligini induizm koxinlari qo’llab-quvvatlaydilar.  
Hindixitoy yarim  orollarining sharqiy qirgogida indoneziya tillari oilasiga 
mansub xalklar yashaydigan Tyampa boshdan kuchli dengiz flotiga ega bo’lgan, yirik 
savdo davlati bo’lgan. Tyampa hokimlari qirg`oq bo’yidagi qo’shnilarini talash bilan 
shug`ullanar, dengizdagi o’z qudratini  muntazam  namoyish  qilar edilar. 
Madaniyatda  Tyampa Indoneziya dunyosiga tegishli bo’lib, ko’p hollarda  ularga 
kxmerning ta'siri kuchli bo’lgan. Xan Xitoyi bilan urushlar, doimiy diplomatik va 
savdo aloqalari bilan almashinib turilgan.  
 
                    Tayanch  iboralar  
 
Koreya,  Manjuriya, Lyaodoun,  Choson, Yaponiya, Kogure davlati, Kyusyu, 
Silla, Pekche, Xonsyu,  protoyapon,  Vey-chji  asari,  “xaniva”, Yamato, «Kurgonlar» 
davri,  lanyetlar,  mon-kxmer,  Malaya va Yava davlatlari, “pastki hovlilar”, Tuatra.   
 
             Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
Karimov  . A. Tarixiy xotirasiz kelajak yuk. T.1998 yil. 
Lad nin  . A. i dr.  storiya drevnego mira: Vostok, Gretsiya, Rim. 
 
«Slovo»,  «EksmoE-M. 2004. 
Èñòîðèÿ äðåâíåãî ìèðà. Ì. 1988 ã. 
Àðõåîëîãèÿ çàðóáåæíîé Àçèè. Ì. 1985 ã.  
Èîôàí Í.À. Êóëòóðà Äðåâíåé ßïîíèè. Ì. 1974 ã. 
 
                           
 
 
 
 
 
 
 

 116
2 - qism.  Qadimgi Yunoniston va Rim tarixi 
 
 
1-mavzu. Eng qadimgi Yunoniston  
Reja 
1.  Geografik o’rni, tabiiy sharoiti va aholisi, manbalari. 
2.   Egey madaniyati, Gomer davri Yunonistoni 
     3. Krit madaniyati 
     4. Miken madaniyati 
     5. Gomer davri Yunonistoni 
     6. Kiklada madaniyati 
 
1. Geografik o’rni, tabiiy sharoiti va aholisi, manbalari. 
 
Yunoniston geografik jihatdan  3 qismga bo’linadi: Fessaliya va Epir, shimolda 
Moli va Pagasey ko’rfazlari, janubdan Korinf va Saronika bilan cheklangan, 
markaziy qismi Peloponnes yarim orolidan iborat janubga bo’linadi. Shimoliy 
qismida Fessaliyani Epirdan Pind tog’lari zanjiri ajratib turadi. Qadimda bu ikki 
viloyat yunon madaniyati shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu 
yerda ilk bor shimoldan janubga tomon yunon qabilalari siljib kelgan. 
 
Fessaliyada qadimgi yunon afsonalari paydo bo’ldi. Uning janubidagi Sperxa 
daryosi vodiysidagi axey Ftiotidasi  axil va mirmidonlar vatani. Fessaliyadan 
afsonaviy Yason uzoq Kolxidaga oltin mo’yna uchun jo’nab ketgan. Dodonda Sella 
kohinlari muqaddas dub daraxtining barglarini shitirlashiga qarab fol ochganlar. Epir 
yunon madaniyatiga aloqasi bo’lmagan yovvoyi o’lka bo’lib, uni markaziy 
Yunoniston bilan faqat xaon, tesprot, moloss va oresta kabi epir qabilalari joylashgan 
Axeloy daryosi bog’lab turgan.  
 
Fessaliya barcha tomondan tog’lar bilan o’ralgan bo’lib, bu yerda ikki 
tekislikni Fessaliyalik bosqinchilar ishg’ol qilganlar. Ular mahalliy aholini qaram 
penestlarga aylantirganlar. Qisman ularni vodiydan tog’larga siqib chiqarganlar. 
Fessaliya g’arbiy qismida g’alla va chorvachilik rivojlangan. U yerda qulay qirg’oq 
va qo’ltiqlar yo’q. Shimoliy Yunonistonni markaziy Yunonistondan dengiz va Oyta 
tog’lari orasida yotgan Fermopil daryosi ajratib turadi. 
 
Markaziy Yunonistonda kam sonli tog’lik qabilalar joylashgan. Egey dengizi 
qirg’og’ida Evbey oroli qarshisida Opunt lokrlari joylashgan. Er. avv. V asrda 
afinaliklar uchun lokrlar qoloqlikning namunasi bo’lgan.  
 
Parnas (2450 m) va Kifris tog’larida joylashgan vakiy qabilalari yanada qoloq 
bo’lgan. Markaziy Yunoniston yo’lidagi eng muhim joy bu Elateya shahri bo’lgan. 
Delfa qadimgi Elladaning diniy markazi vazifasini o’tagan. Parnasdan shimolda 
Yunonistonning eng kichik viloyati – Dorida (185 kv.km) bo’lgan, aftidan doriylar 
shu yerdan kelib chiqqanlar.  
 
Fokidadan g’arbga Agra, evitan nomidagi illiriya qabilalari yashagan  tog’li va 
ozroq unumdor vodiyga ega bo’lgan Etoliya viloyati joylashgan. 
 
Shimolda Epir  bilan tutashgan Abrakiy qo’ltig’igacha bo’lgan hudud 
Akarnaniyada illiriya qabilalari yashagan. Janubda 3000 kv. km. hududni egallagan 

 117
Beotiya viloyati birdaniga 3 dengiz bilan tutashgan. Poytaxti Fiva bo’lgan Beotiyada 
g’allachilik, chorvachilik va baliqchilik kuchli rivojlangan. 
 
Beotiyani janubdan Kiferon va Parnas tog’lari o’rab turadi. yunonistonnig 
markazida tuprog’i dehqonchilikka noqulay bo’lgan Attika viloyati joylashgan. 
Qadimgi Attikada suv tanqis bo’lsa-da, ammo marmar, loy, kumush va zaytun 
daraxtlariga boy bo’lgan. 
 
Afinaning dengiz yo’lini Salamin oroli to’sib turadi. Salamin uchun Afina 
Megara va Egina  bilan uzoq urush olib borgan, faqat Eginaning bo’ysundirilishi 
Afinaning dengiz savdosiga yo’l ochdi. Korinf va Saronik qo’ltiqlari orasidagi tog’lik 
hududda Megara shahri joylashgan. Korinf qo’ltig’idan so’ng Peleponnes yarim 
oroliga o’tish mumkin. Uning markazida Arkadiya balandligi turadi.  
 
Lakoniya va Messeniya viloyatlari yarimorol g’arbida joylashgan. Bu 
viloyatlarda g’alla ekilgan. Messeniyadan shimolda Elida viloyati joylashgan bo’lib, 
Alfey va Kladey daryolari qo’shilish joyida har 4 yilda bir marta Olimpiya o’yinlari 
o’tkaziladigan olimpiada joylashgan. Ellidadan shimolda Axeya viloyati turadi. 
 
Yunonistonning iqlimi yumshoq, harorati 16 c ni tashkil etadi. Landshafti 
qadimda hozirgidan farq qilgan. Qalin o’rmonlar ko’p bo’lib, tuproq hozirgidek 
toshloq bo’lgan. Faqat ozgina yer unumdor bo’lgan. Er. avv. VI asrgacha faqat 
bug’doy va tariq ekilgan. Keyin esa uzum va zaytun bu ekinlarni siqib chiqargan. 
 Yunonistonda 
oltin 
yo’q. 
Mis juda ko’p. Xalqida shahrining nomi ham “mis” 
degan ma’noni bildiradi. Bu yerdan mis qazib chiqarilgan. Beotiya va Lakoniyada 
sifati past temir, Tasos va Sifnos orollaridan er. avv. VIII-VI asrlardan kumush qazib 
olingan. 
 
Er. avv.VI asrdan Lavrion kumush koni ochilgan. Bu konlardan olingan 
daromad er. avv V asrda Afinani qudratli flot qurishga va Yunonistonda yetakchilik 
rolini o’ynashga imkon berdi. 
 
Afinada tog’-konchilik sohasida ulkan yutuqlarga erishildi. Konlarning 
chuqurligi 100 m. ga yetgan. Qimmatli metallarni qidirib topish san’ati yuqori 
darajada bo’lgan. Kulolchilikda yunonlar haqiqiy san’atkor bo’lganlar. Tosh juda 
yuqori baholangan. Hamma joyda tosh mo’l-ko’l bo’lgan. Marmarning vatani 
Pentelikon Afinadan bor-yo’g’i 10 km masofada joylashgan. Mashhur Parfenon va 
Propiley  pentelikon marmaridan bunyod etilgan. 
 
Qadimgi Yunoniston tarixiga oid manbalar ko’pligi va yaxshi saqlanib 
qolganligi bilan boshqa hududlar tarixidan farq qiladi. Yunoniston tarixi 
manbashunosligida qadimgi tarixchilarning asarlari muhim o’rin tutadi. Er. avv. VI-V 
asrlarda tarix fani gullab yashnagan davridir. Bu davr tarixchiligini g’arb olimlari 
“Aholida polislar tarixi” deb atashadi. Bu davrdagi ko’zga ko’ringan tarixchilardan: 
Gerodot, Fukidid va Ksenofontni olish mumkin.  
 
Makedoniyalik Aleksandrning sharqqa yurishlaridan so’ng Yunoniston tarixida 
yangi tarix maktabi – Arastu maktabi shakllandi. Bu davrning eng ko’zga ko’ringan 
asari Arastuning “Politiya” asaridir. Bu asar Arastu va uning shogirdlari tomonidan 
yozilgan bo’lib, yunon polislari, O’rta Yer dengizi qirg’oqlaridagi yunon koloniyalari 
haqida muhim ma’lumot beradi. Asar juda ko’p bo’limlardan iborat bo’lsa-da, uning 
faqat bizgacha “Afina politsiyasi” qismi yetib kelgan.  

 118
 
Ellin davriga kelib yunon jamiyatidagi keskin o’zgarishlar, katta davlatlarning 
vujudga kelishi bilan umumiy tarixga asos solindi. Bu davrning eng ko’zga ko’ringan 
tarixchilaridan biri Timey bo’lib, u o’zining asarida Bolqon Yunonistoni, g’arbiy 
yunon mustamlakalari haqida muhim ma’lumotlar beradi.  
 
Qadimgi yunon tarixi bo’yicha eng muhim manbalardan biri arxeologik 
topilmalar hisoblanadi. Arxeologlar Bolqon Yunonistoni va Egey dengizi orollaridagi 
qadimgi ibodatxonalar, saroylar, mudofaa inshootlarini qazib ochdilar. Ayniqsa, Krit 
orolida ingliz arxeologi E. Evans 40 yildan ko’proq vaqt Knoss saroyini qazib ochdi. 
Kichik Osiyoda nemis arxeologi G. Shlimanning Troya xarobalarini qazib ochishi 
qimmatli ma’lumotlarni berdi.    
 
ME’MUAR ASARLAR. Polislarning yemirilishigacha yunonlar tarix va 
adabiyotga oid asarlarni me’muar shaklda yozishgan. Er. avv. IV asrdagi eng yirik 
me’muar asar Ksenofontga tegishli. U asosan harbiy sohaga oid ma’lumotlarni 
beradi. 
 
Ellinizm davrida me’muar va avtobiografik asarlar yozish odat tusiga kirdi. 
Ellin davri siyosatchilaridan Pirra va Arata eng yirik tarixiy asarlar mualliflari 
hisoblanadilar. Ular “Axey ittifoqi”  haqida keng  ma’lumotlarni yozib qoldirishgan. 
 
XATLAR. Antik jamiyatda xatlar muhim o’rin tutgan. Ular ikki xil shaklda 
ochiq va yopiq shaklda yozilgan.  Platon, Isokrat va Sallyustiylar yozgan ochiq 
xatlarida falsafiy muammolar haqida fikr yuritilgan. Yopiq xatlar davlat ahamiyatiga 
molik xatlar bo’lib, maxsus kishilar nomidan yozilgan. Ularda asosan siyosiy va 
mahfiy ma’lumotlar yozilgan. 
 
SHOIRLAR VA ULARNING ASARLARI. Yunon she’riy adabiyotining 
shakllanishi er. avv. IX–VIII asarlarga tegishli bo’lib, bu davrni “Gomer davri 
she’riyati” deyishadi. Gomer, Gesiod va dramaturglar Esxil, Sofoklning asarlari juda 
yaxshi saqlangan. Gesiod o’zining “Mehnat va kunlar”  asarida yunon jamiyatidagi 
ijtimoiy ziddiyatlar haqida yozadi. 
 
SHAHARLAR. Yunon tarixiy manbashunosligiga shahar qoldiqlari muhim 
o’rin tutadi. Shaharlardagi saroylar, ibodatxonalar yaxshi saqlangan. Krit-Miken 
davri saroylari, inshootlari juda ko’plab topilgan. Yunon me’morchigining asosiy  
yodgorliklaridan bu Palestlar va Gimnasiylardir. Palestlar – bu sport inshootlari 
jumlasiga kirib, u yerda asosan yosh bolalar muntazam sport bilan shug’ullanishgan. 
Gimnasiy – sport inshooti bo’lib, bu yerda asosan kattalar sport va fan bilan 
shug’ullanganlar. Bizgacha Afinaning  ikki katta  gimnasiyasi saqlanib qolgan. 
Ulardan biri qahramon Akadem bog’ida joylashgan, ikkinchisi likeylik Appolon dala 
hovlisida joylashgan.  
 
Yunonistondagi madaniyat markazlaridan yana biri bu muqaddas joylar va 
ulardagi haykal va inshootlardir. Shaharlar tarixini o’rganishda qadimgi yo’llar ham 
muhim ahamiyat kasb etadi. Eng yirik yo’llar xarobasi Afina va Pirey portidagi yo’l 
bo’lib, dengiz ortidan keltirilgan mahsulotlar Pirey portiga tushirilib, shu yo’l orqali 
Afinaga keltirilgan. Bu mashhur yo’l Peloponnes urushi davrida Sparta va uning 
ittifoqchilari tomonidan buzib tashlangan. Hozirgi kunda faqat uning xarobalarigina 
saqlanib qolgan. Pireydan tashqari Yunonistonning ikki yirik porti Samos va 
Iskandariya ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. 

 119
 
MUDOFAA DEVORLARI. Yunon mudofaa va harbiy tarixida himoya 
devorlari va boshqa fortifikatsiya  inshootlari muhim o’rin tutadi. Yunon tarixini 
qadimgi davriga oid mudofaa inshootlari Troya, Mikena, Tirinf va Afinada yaxshi 
saqlangan. Undan tashqari Xersones, Eley, Metapont, Akrogant shaharlari devorlari 
asl holicha saqlanib qolgan. 
 
YOZUVLAR. Yunon tarixini o’rganishda yozuvlar muhim ahamiyat kasb 
etadi. Asosan XIX asrning 70-yillaridan papirus topilmalarni o’rganish natijasida 
yangi “papirologiya” faniga asos solindi. Yunon jamiyatiga papirusning kirib kelishi 
Misr tarixi bilan uzviy bog’liqdir. Qadimgi mashhur yunon – lirik shoirlari Alkey, 
Sapfo, Korin, Pindara, Vakximida va mashhur fojeanavislar Sofokl va Evripid hamda 
mashhur hajviy asarlar muallifi Menandrlar o’z asarlarini papiruslarga yozishgan. 
Papirusga ko’chirilgan eng yirik asar Arastuning “Afina politiyasi” asaridir. 
Keyinchalik qog’ozning kashf etilishi bilan papiruslar o’z ahamiyatini yo’qotgan, 
ularni faqat hukmdor saroyidagi arxivlardan topish mumkin. 
 TANGALAR. 
Yunoniston 
iqtisodiy 
tarixini o’rganishda tangalar muhim o’rin 
tutadi. XVIII asrda Venada o’tkazilgan qadimgi yunon tangalari ko’rgazmasida 
70000 dona yunon tangalari kolleksiyasi namoyish etilgan. Qadimgi yunon tangalari 
iqtisod va savdo sohasidagi eng muhim ashyoviy dalildir. 
 
Arxaik davr yunon tangalari kumushdan bo’lib, uning teskari qismida shahar 
ramzi yoki shahar nomining birinchi harfi tushirilgan. Ellin davri tangashunosligi 
arxaik davr tangashunosligidan farq qiladi. Ularda asosan hukmdorning surati va 
teskari tomonida esa yozuv va ramzlar tushirilgan. Tangalardan tashqari tesserlar, 
ya’ni hozirgi kundagi chipta shaklidagi hujjatlar yaxshi saqlangan. Ular asosan sopol 
va metalldan tayyorlangan. Tesserlar ikki xil vaziyatda ishlatilgan: harbiy sohalarda 
kiyimlarga taqilgan bo’lsa, kundalik hayotda teatr va dam olish joylariga kirish uchun 
ruxsatnoma vazifasini o’tagan. Bizgacha yetib kelgan tesserlardan eng  mashhuri 
Dionis teatriga kirish uchun ko’rsatilgan tesserlardir. Ularda asosan yunon harflari 
yozilgan, har bir tesserda  bitta harf uchraydi.  
 
OSTRAKONLAR. Ular sopol parchalari bo’lib, Afina demokratiyasiga xavf 
soladigan siyosiy arbob, taniqli shaxslarga qarshi ovoz berishda ishlatilgan. Ular er. 
avv. V asrga oid. Bizgacha yetib kelganlaridan biri Femistoklga qarshi yozilgan. 
 Qadimgi 
Yunoniston 
tarixini 
o’rganishda logograflarning asarlari ham muhim 
o’rin tutadi. Logograflar o’sha davr voqea-hodisalarini hech qanday izoh bermay 
tasvirlaganlar. Ular er. avv. VI-V asrlarda yashaganlar. Ular tarixni afsonalar bilan 
aralashtirganlar. Afsonalarga tarixiy voqealar deb qarab unga ishonganlar. 
 
Er. avv. VI asrning ikkinchi yarmida yashagan logograf Miletlik Gekatey 
o’zining asarida Yunonistonning jug’rofik xaritasini chizadi. Uning asarlaridan 
bizgacha ayrim parchalar yetib kelgan. 
 Yunon 
tarixi Qadimgi dunyo tarixining bir qismi hisoblanadi. Qadimgi  yunon 
tarixi doirasida  Bolqon yarim oroli, Egey dengizi havzasi, janubiy Italiya, Sitsiliya 
oroli va shimoliy Qora dengiz bo’yi, Kichik Osiyoning g’arbiy qirg’og’idagi qadimgi 
jamiyatlarning shakllanishi, gullab-yashnashi va tushkunlik davrini o’rganadi. Yunon 
sivilizatsiyasi tarixi uch bosqichga bo’linadi: birinchisi - bu er. avv. II ming yillikda 
Krit va Mikenada ilk sinfiy  jamiyatlar va davlat birlashmalarining paydo bo’lishi va 
halokati. Ikkinchi bosqich - bu Krit-Miken sivilizatsiyasining  halokatidan keyin antik 

 120
Yunonistonning er. avv. XII asrdan er. avv. IV asrning so’ngi choragigacha bo’lgan 
taraqqiyot davrini o’z ichiga oladi. Qadimgi Yunon jamiyati taraqqiyotining eng 
yuqori cho’qqisi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy davlat  tuzilmasi bo’lgan yunon 
polislarining tug’ilishi, yuksalishi va  tushkunligi bosqichi bo’ldi. 
 
Er. avv. IV asrning so’ngi choragida  yunon-makedonlar tomonidan 
Ahamoniylar Eroni davlatining bosib olinishidan yunon tarixining uchinchi so’ngi 
bosqichi boshlanadi. Bu bosqich qariyb uch yuz yilni o’z ichiga olib, sharq va g’arb 
madaniyati unsurlarini o’z ichiga olgan Ellin  davlatlarining tashkil topishi, ellin 
madaniyatining rivojlanishi davridir. Bu bosqich er. avv.  I asr so’ngida ellin 
davlatlarining g’arbdan Rim, sharqdan Parfiya tomonidan bosib olinishi bilan 
tugaydi.    
 
Bolqon Yunonistonida davlatchilik taraqqiyotining yangi davri taxminan er. 
avv. XI asrdan boshlanadi. Bu davrdan antik Yunoniston taraqqiyotining polis davri 
boshlanadi. U o’z ichiga uch davrni oladi: 
 
1. Er. avv. XI-IX asrlar - Gomer yoki polis arafasi (“Qorong’i asrlar”). Bu 
bosqichda  Bolqon Yunonistoni hududida  urug’-qabila munosabatlari hukmron 
bo’ladi. 
          2.    Arxaika  davri  (er.  avv.  VIII-VI asrlar) - polis-davlatlarning shakllanishi, 
Buyuk Yunon kolonizatsiyasi va ilk Yunon tiraniyalari davri. 
  
3. Klassik Yunoniston (er. avv. V-IV asrlar.) - Qadimgi yunon polislari, 
ularning iqtisodiyoti va yunon madaniyatining gullab-yashnagan davri. 
 Makedoniyalik 
Iskandarning 
Sharq yurishlaridan keyin ellin davlatlarining 
tashkil topishi bilan qadimgi yunon tarixida yangi ellin davri (er. avv. IV asrning 
so’ngi choragi - er. avv. 30-yillar) boshlanadi. Er. avv. 30-yilda so’ngi ellin 
davlatlaridan biri ptolomeylar Misri mustaqilligini yo’qotib Rimga tobe bo’ladi. Shu 
bilan antik Yunoniston tarixi tugallanadi. 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling