Qaror loyihasi
Download 38.29 Kb.
|
Эркин қолдиқ мабл ишлатиш карор
QAROR QILADI:
2023-yil 1-yanvar xolatiga shahar mahalliy budjeti shaxsiy g’azna hisobvaraqda 5 848 280,77 ming so’m, joriy yil mahalliy budjeti shaxsiy g’azna hisobvaraqda turgan budjet mablag’ining yo’l qo’yiladigan eng kam miqdori 1 388 681,0 ming so’m hamda joriy yil shahar mahalliy budjeti erkin qoldiq mablag’i 4 459 599,77 ming so’m qilib tasdiqlansin. Bildirilgan takliflarga asosan mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan: shahar bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ilovaga muvofiq tadbirlarni bosqichma-bosqich moliyalashtirishga; Shahar hokimligi apparat xodimlari, xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati xodimlari, shahar hokimligi moliya b’olimi, g’aznachilik xizmati bo’limi va iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi xodimlari va ularning oila a’zolarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida shahar mahalliy budjetning yil boshiga aniqlangan erkin qoldiq va hisobot choraklari yakuniga ko‘ra shakllanadigan qo‘shimcha manbalari hisobidan shahar hokimining 2022-yil 28-iyundagi 187-10-148-Q/22-son Qarorining Nizomiga asosan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab har oylik maoshlarining bir baravaridan ikki baravarigacha bo‘lgan miqdorlarda rag‘batlantirib borishga rozilik berilsin. 3. Shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari (Y.Naraliyev), shahar hokimligi moliya b’olimi (A.Djabbarov) har oylik to‘lovlarni mahalliy budjetning yil boshiga aniqlangan erkin qoldiq va hisobot choraklari yakuniga ko‘ra shakllanadigan qo‘shimcha manbalari hisobidan doimiy ravishda ajratib borilishini ta’minlasin. 4. Shahar budjetining qo‘shimcha manbalaridan mablag‘ oluvchi mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlari ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek, ushbu mablag‘larni ajratilishi uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarning haqqoniyligiga shaxsan javobgar hisoblanishi belgilab qo‘yilsin hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi bo‘yicha Xalq deputatlari viloyat Kengashiga hisobot kiritib borsin. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Angren shahar Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi E.Ergashev hamda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Y.Naraliyev zimmalariga yuklansin. ILOVA Download 38.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling