Qaror loyihasi


Angren shahar mahalliy budjetining 2023-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq va qo’shimcha manbalar hisobidan xarajatlar


Download 38.29 Kb.
bet3/3
Sana03.11.2023
Hajmi38.29 Kb.
#1743764
1   2   3
Bog'liq
Эркин қолдиқ мабл ишлатиш карор

Angren shahar mahalliy budjetining 2023-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq va qo’shimcha manbalar hisobidan xarajatlar

T/r

Xarajatlar

Yo‘naltirilgan mablag‘
(ming so‘mda)

Yo‘naltirilgan mablag‘
(foizda)

Mablag‘ yo‘naltirilishiga asos

Mablag‘ yo‘naltirilgan tashkilot nomi

2023-yil boshiga shakillangan erkin qoldiq mablag‘

4 459,5 mln.so‘m

x

x

x

1.

“Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”

1343,0 mln.so‘m

30,0 %

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-5072-sonli qarori (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil, 8-apreldagi KQ-331-lV-sonli Qaroriga tadbiq etilmaydi.)

Shahar hokomligi

2.

"Yoshlar daftari" jamg‘armasi

680,0 mln. so‘m

15,0 %

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 07-iyundagi 312-son Qarori

Shahar hokomligi

3.

"Ayollar daftari" jamg‘armasi

669,0 mln. so‘m

15,0 %

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son Qarori

Shahar hokomligi

4.

Kengash kotibiyatining 2023 yil 30 yanvardagi 1-sonli xati

20,0 mln. so‘m

x

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 126-moddasi

Kengash kotibiyati


QAROR LOYIHASI
Angren shahar mahalliy budjetining 2023-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq va qo’shimcha manbalaridan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O’zbekiston Respublikasining “2023-yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi hamda O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasi (Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish)ga muvofiq, Xalq deputatlari Kengashlarini mahalliy budjetlarni boshqarishda erkinliklar berilib, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha stavkalarini belgilash, mahalliy budjeti xarajatlarini hududiy budjet mablag‘lari taqsimlovchilar kesimida tasdiqlash va ularning Kengash oldidagi hisobdorligini belgilash bo‘yicha vakolatlari kengaytirildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil, 8-apreldagi KQ-331-IV-sonli Qarori va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.02 2022 yildagi PQ-128-son Qaror qabul qilingan. Mazkurr qarorda 1-ilova bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudgetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar byudgetining, tumanlar va shahrarlar budjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlangan bo‘lib, ushbu Nizomning 11-bandi, 2-qismida Kengashlarning qarorlari asosida Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar byudgetlarining qo‘shimcha manbalaridan mustaqil yoki umumiy tartibda foydalanishga berish qat’iyan taqiqlanishi belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi hamda Budjet kodeksning 126-moddasiga asosan 2023-yil uchun Angren shahar mahalliy budjetining 2023-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘ini taqsimlash hamda O’zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6, 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi
QAROR QILADI:

  1. 2023-yil 1-chorak daromadlar rejasidan ortiq bajarilgan miqdori 3 899 970,0 ming so’m qilib tasdiqlansin.

  2. Bildirilgan takliflarga asosan mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan: shahar bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ilovaga muvofiq tadbirlarni bosqichma-bosqich moliyalashtirishga.

3. Shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari (Y.Naraliyev), shahar hokimligi moliya b’olimi (A.Djabbarov) har oylik to‘lovlarni mahalliy budjetning yil boshiga aniqlangan erkin qoldiq va hisobot choraklari yakuniga ko‘ra shakllanadigan qo‘shimcha manbalari hisobidan doimiy ravishda ajratib borilishini ta’minlasin.
4. Shahar budjetining qo‘shimcha manbalaridan mablag‘ oluvchi mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlari ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek, ushbu mablag‘larni ajratilishi uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarning haqqoniyligiga shaxsan javobgar hisoblanishi belgilab qo‘yilsin hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi bo‘yicha Xalq deputatlari viloyat Kengashiga hisobot kiritib borsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Angren shahar Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi E.Ergashev hamda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Y.Naraliyev zimmalariga yuklansin.
ILOVA
Angren shahar mahalliy budjetining 2023-yil 1-chorak daromadlar rejasidan ortiq bajarilgan qismi hisobidan xarajatlar

T/r

Xarajatlar

Yo‘naltirilgan mablag‘
(ming so‘mda)

Yo‘naltirilgan mablag‘
(foizda)

Mablag‘ yo‘naltirilishiga asos

Mablag‘ yo‘naltirilgan tashkilot nomi

1.

Sektor ishida faol shtab a’zolari rag’batlantirish

37,5 mln.so‘m

x

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.01.2019 yildagi PQ-4102-son qarori 3-bandi

Shahar hokomligi

2.

5 nafar yoshlarni madaniyat va san’at sohasida oliy ta’limning sirtqi yo‘nalishida 2022/2023-o‘quv yilgi kontrakt to’lovlari uchun

41,9 mln. so‘m

x

O’zbekiston yoshlar forumining 100-son Bayoni (06.01.2021 y. 02-RA1-585)

Shahar hokomligi

Download 38.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling