Qaror qabul qilish


Boshqaruv qarorlari quyidagi unsurlardan tashkil topadi


Download 236.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana13.10.2023
Hajmi236.66 Kb.
#1701449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-мавзу

Boshqaruv qarorlari quyidagi unsurlardan tashkil topadi: 
 
 
Boshqaruv qarorlari 
unsurlari 
Vazifa 
Vosita 
Javobgarlik
Muddat 
 
1-chizma. Boshqaruv qarorlari unsurlari 
 
Bu muammoning echimi quyidagi savollarga javob berishni talab qiladi: 

Nima qilish kerak ( masalan, iste'molchilarning yana qanday yangi 
talablarini qondirish kerak yoki mahsulotning qanday sifat ko‘rsatkichlarini 
yaxshilash lozim)? 

qaysi vositalarni (qanday texnologiyani) qo‘llash lozim? 

Ishlab chiqarish xarajatlari qay darajada, qanday miqdorda bo‘lishi kerak? 

Kim javobgar bo‘lishi kerak? 

Kimga va qaysi baxoda sotish lozim? 

Bu ishlab chiqarish yoki xizmat investorga va jamiyatga nima beradi? 

Qaysi muddatlarda bajarilishi kerak? 

Qaror qabul qilishda rahbarning vakolati va javobgarligi ham muhim 
ahamiyatga egadir. 
2. Boshqaruv qarorlarini tasnifi 
Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil 
mohiyatga va mazmunga ega bo‘lgan minglab qarorlar qabul qilinadi. Ularni 
quyidagi belgilar bo‘yicha guruhlarga bo‘lish mumkin (10-jadval). 
Strategik qaror maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega. U yuqori 
boshqaruv organlari tomonidan tub va istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish 
maqsadlarida qabul qilinadi. Bunday dasturlarga: 

Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish. 

Raqobat muhitini shakllantirish. 

Chuqur tarkibiy o‘zgarishlarga erishish. 

Kichik va xususiy biznesni rivojlantirish kabi dasturlar misol bo‘la oladi. 
Taktik qarorlar maqsadga erishishning vosita va usullari xususidagi joriy
tezkor qarorlardir. Masalan: 
- Korxona, firmaning joriy rejalarini tuzish va joriy qilish. 
- Kadrlar masalasini hal qilish va hk. 
Mazkur qarorlar yuqori va o‘rta bo‘g‘in rahbarlari tomonidan uzog‘i bilan 
ikki yilgacha bo‘lgan muddatga qabul qilinadi. 

Download 236.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling