Prezidentning energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga oid qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra:
- xususiy xonadonlarda quyosh fotoelektrik stansiyalari (oʻrtacha 2 kVt) va quyosh suv isitkichlari (oʻrtacha 200 litr) oʻrnatiladi;
- nostandart gaz-gorelkali qurilmalari energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarga almashtiriladi.
2020-yil 1-yanvardan:
jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:
- quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun 3 million soʻm;
- quyosh suv isitkichlar uchun 1,5 million soʻm;
- gaz-gorelkali qurilmalar uchun 200 ming soʻmdan oshmaydigan miqdorda kompensatsiyalar taqdim etiladi.
Qaror bilan 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab ilgari foydalanilgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi D toifadagi energiya sarflovchi uskunalarni respublika hududiga olib kirish taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |