Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
592-сон 13.10.2022
Oldingi
tahrirga qarang. O‘gay o‘g‘il va o‘gay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan bo‘lsalar, haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga egadirlar. O‘gay ota (ona) agar vafot etgan o‘gay o‘g‘il (qiz)ni 18 yoshga to‘lgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki boqqan bo‘lsalar, haqiqiy otasi yoki onasi singari pensiya olish huquqiga egadirlar. Bunda o‘gay ota (ona)ning vafot etgan o‘gay o‘g‘il (qiz)ni 5 yil tarbiyalaganligi yoki boqqanligi O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq o‘gay ota (ona)ning o‘gay o‘g‘il (qiz)ni haqiqiy onasi (otasi) bilan nikoh tuzilganligi qayd etilgan sanadan boshlab aniqlanadi. (112-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qaroriga asosan yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi (shu jumladan, boquvchisining vafotidan keyin tug‘ilgan bolaga) ushbu pensiyaga huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab, pensiya tayinlash uchun birinchi marta murojaat qilinganda boquvchi vafot etgan kundan boshlab 6 oydan kechikmay tayinlanadi. Qolgan holatlarda pensiya murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi Misol. Boquvchi vafot etgandan (2010-yil 10-iyun) keyin tug‘ilgan bolaning (2010-yil 6-avgust) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasiga huquqi tug‘ilgan kunidan boshlab paydo bo‘ladi. Tegishli ravishda, boquvchining vafotidan keyin tug‘ilgan bolaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashni so‘rab 2010-yil 10-dekabrga (murojaat qilishning oxirgi kuni 2010-yil 9-dekabr) qadar murojaat etilganda pensiya 2010-yil 6-avgustdan tayinlanadi. 113. Agar oilaning alohida yashaydigan a’zosining pensiyaga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar oilaning boshqa a’zolariga pensiya tayinlash to‘g‘risida qaror chiqarilganidan keyin tushsa, u holda alohida yashaydigan oila a’zosiga pensiya ulushi ajratilgan holda oilaning barcha a’zolariga pensiya tayinlash to‘g‘risida yangidan qaror qabul qilinadi. Oilaning ko‘rsatib o‘tilgan a’zosining tushgan hujjatlari amaldagi pensiya ishiga qo‘shib qo‘yiladi, pensiya ulushini ajratish to‘g‘risidagi qaror nusxasi esa uning yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboriladi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya ulushini ajratish uchun asos bo‘lgan barcha zarur hujjatlarning nusxalari bilan birga pensiya ulushini oluvchiga mustaqil pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildini rasmiylashtirishi kerak. 114. Ulushli pensiyani to‘laydigan Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya ulushini ajratgan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga pensiya miqdorini qayta ko‘rib chiqish yoki uni to‘lashni to‘xtatish zarurligiga olib kelgan boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha ulushli pensiya oluvchi oilaning tarkibida yuz bergan barcha o‘zgarishlar to‘g‘risida xabar qilishi shart. Pensiya ulushini to‘lash to‘xtatilgan taqdirda, hujjatlar pensiya to‘lash davom etayotgan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboriladi. 115. Shaxslarning ayrim toifalari Qonunga muvofiq imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya olish huquqiga ega. Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga qonunchilikda nazarda tutilgan ishlarni bajarish bilan band bo‘lgan xodimlar ega bo‘ladilar. Oldingi tahrirga qarang. Imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashda hisobga o‘tadigan ishlar ayni shunday yoki nisbatan imtiyozliroq shartlarda pensiya olish huquqini bergan taqdirda, Qonunning 9-moddasida nazarda tutilgan 1, 2 va 3-sonli ro‘yxatlardagi ish davrlari o‘zaro hisobga olinadi. (115-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) 116. Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ish hajmining qisqarishi yoxud korxona tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga yoshga doir muddatidan oldin beriladigan pensiya Qonunning 47-moddasida nazarda tutilgan muddatlarga muvofiq tayinlanadi. 117. To‘liq bo‘lmagan ish staji sharoitida pensiya: a) yoshga doir pensiya — ushbu Nizomning 27-bandi “a” , “b” , “v” va “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lganda pensiya tayinlash uchun yetarli ish stajiga ega bo‘lmagan shaxsga; b) nogironlik pensiyasi — pensiya tayinlash uchun yetarli ish stajiga ega bo‘lmagan umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruhlar nogironligi bo‘lgan shaxslariga (shu jumladan, nogironligi bo‘lgan bolalarga); v) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi — umumiy kasallik oqibatida vafot etgan va nogironlik pensiyasini tayinlash uchun yetarli ish stajiga ega bo‘lmagan boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolariga tayinlanadi. Staj to‘liq bo‘lmagandagi pensiya miqdori qonunchilikda belgilangan miqdorlardan past bo‘lishi mumkin emas. Staj to‘liq bo‘lmagan holda pensiya olgan vafot etgan pensionerning oila a’zolariga pensiya vafot etgan boquvchiga pensiya undan kelib chiqib tayinlangan ish stajiga mutanosib ravishda tayinlanadi. 118. To‘liq bo‘lmagan ish staji holatida pensiya quyidagi tarzda mavjud stajga mutanosib ravishda hisoblab chiqiladi: dastlab tegishli to‘liq pensiya aniqlanadi; ushbu pensiya talab etiladigan ish staji oylari soniga bo‘linadi, olingan summa amaldagi ish staji oylari soniga ko‘paytiriladi. 119. Pensionerga rasmiy hujjat hisoblanadigan pensiya guvohnomasi beriladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling