Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
592-сон 13.10.2022
tahrirga qarang.
132. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi nogironlik guruhi o‘zgarganligi munosabati bilan pensiya miqdorini qayta hisoblashni Inspeksiyaning axborot tizimidan olingan shaxsning nogironligi bo‘lgan shaxsligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (ma’lumot) asosida amalga oshiradi. (132-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) 133. Quyidagi hollarda pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risida ariza berish talab qilinmaydi: qonunchilikka muvofiq pensiyani hisoblash tartibi o‘zgarganda, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori o‘zgarganda; tayinlangan pensiya miqdori kamayishiga olib kelgan holatlar yuz berganda; oilaning 18 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan a’zolaridan biri ta’lim tashkilotlaridan berilgan uning o‘quvchi yoki talaba ekanligi haqidagi ma’lumot axborot tizimi orqali olinib boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi oila a’zolari soni o‘zgarganda; nogironlik guruhi o‘zgarganda; I guruh nogironligi belgilanganda. 134. Pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi ariza Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan besh kun muddatda ko‘rib chiqiladi. Oldingi tahrirga qarang. Amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan qayta hisoblangan pensiya miqdori, to‘lanib turgan pensiya miqdoridan kam miqdorda hisoblangan hollarda komissiya pensiya miqdorini qayta hisoblashni rad etish va amalda to‘lanib turgan pensiya to‘lovini davom ettirish bo‘yicha qaror qabul qiladi. (134-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) Pensiya miqdorini qayta hisoblash rad etilgan taqdirda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechikmay rad etish sabablarini, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibini ko‘rsatgan holda pensionerga rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomani berishi yoki yuborishi hamda ayni bir vaqtda taqdim etilgan hujjatlarni hujjatlar olinganligi to‘g‘risidagi tilxat bilan pensionerning qo‘liga qaytarishi va pensiionerning pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi arizasida ko‘rsatilgan mobil telefon raqamiga pensiya miqdorini qayta hisoblashni rad etish sabablari, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi ko‘rsatilgan “SMS” xabarnomani yuborishi shart. Komissiya tomonidan pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risida qaror qabul qilinganida, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensioner pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi arizasida ko‘rsatilgan mobil telefon raqamiga pensiya turi, pensiya miqdori qayta hisoblangan muddat, pensiya miqdori, ish staji davomiyligi, aniqlangan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori, pensiya to‘lov shakli va pensiya to‘lash sanasi to‘g‘risidagi “SMS” xabarnoma yuboradi. 135. Pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risida komissiya tomonidan qaror qabul qilingandan keyin pensiya miqdorini qayta hisoblash pensioner barcha zarur hujjatlar bilan birga tegishli ariza bilan murojaat qilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi. Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori o‘zgargan taqdirda, pensiya miqdorini qayta hisoblash ish haqining miqdori o‘zgarishi uchun asos bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatda ko‘rsatilgan sanadan boshlab amalga oshiriladi. Pensiya miqdori kamayishiga olib kelgan holatlar yuz berganda (boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi oila a’zolari soni o‘zgarishi, nogironlik guruhining o‘zgarishi va boshqa holatlar) qayta hisoblash ushbu holatlar boshlangan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi. 136. Pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildi turgan joy bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya miqdorini qayta hisoblash zarurligiga olib kelgan boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha ulushli pensiya oluvchi oila tarkibida yuz bergan barcha o‘zgarishlar to‘g‘risida boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha ulushli pensiya to‘laydigan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga xabar qilishga majbur. Bunday holatda komissiyaning tegishli qarori nusxasi ushbu pensiyaning ulushini to‘laydigan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboriladi. Oldingi tahrirga qarang. 137. Ish staji va pensiya tayinlangandan keyin ega bo‘lingan (olingan) ish haqi hisobga olingan holda pensiya miqdorini qayta hisoblash amalga oshirilmaydi. Bundan nogironlik pensiyasi mustasno. (137-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) 138. Umumiy belgilangan yosh kamaytirilgan holda yoshga doir pensiya tayinlangan shaxsga u umumiy belgilangan yoshga to‘lganligi munosabati bilan pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqilmaydi. Ilgari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan bolaga ikkinchi ota-onaning vafoti munosabati bilan pensiya miqdorini ikkinchi boquvchining pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatadigan ish staji va ish haqini hisobga olgan holda qayta hisoblab chiqish pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun murojaat qilingan vaqtda amalda bo‘lgan qonunchilikka muvofiq pensiyani hisoblash tartibi qo‘llangan holda amalga oshiriladi. Pensioner tomonidan pensiya tayinlangungacha ega bo‘lingan ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi qo‘shimcha hujjatlarning taqdim etilishi munosabati bilan pensiyani qayta hisoblab chiqishda qayta hisoblash vaqtida amalda bo‘lgan ish staji va ish haqini aniqlash tartibi qo‘llanadi, bunda pensiyani qayta hisoblash uchun o‘rtacha oylik ish haqi to‘lanadigan pensiyani tayinlashdan oldingi ishning oxirgi o‘n yilidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 139. Pensiya miqdorini qayta hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyenti qo‘llangan holda amalga oshiriladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling