Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
-bob. Pensiyani qayta hisoblab chiqish tartibi
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
592-сон 13.10.2022
7-bob. Pensiyani qayta hisoblab chiqish tartibi
125. Pensioner pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos paydo bo‘lgan taqdirda pensiyaning tayinlangan turi miqdorini qayta hisoblab chiqish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin. 126. Quyidagi holatlar tayinlangan pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi: a) pensioner tomonidan pensiya hujjatlar yig‘majildida mavjud bo‘lmagan va pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatadigan qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi (ushbu Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan ish staji va pensiya tayinlangunga qadar ish haqi to‘g‘risida); b) nogironlik guruhining o‘zgarishi; v) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi oila a’zolari sonining o‘zgarishi; g) ushbu Nizomning 101-bandida nazarda tutilgan ustama haq olish huquqining paydo bo‘lishi; d) qonunchilikka muvofiq pensiyani hisoblash tartibi o‘zgarganda, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining va pensiya ishini tekshirish (o‘rganish) natijasida pensiya miqdorining oshishi yoki kamayishi; e) daromadlarning indeksatsiya qilinishi; Oldingi tahrirga qarang. j) I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun ariza bergan sanadagi Qonunning 17-moddasida belgilangan yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. (126-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son) 127. Ish haqiga mintaqaviy koeffitsiyentlar belgilangan tumanlarda (shaharlarda) ishlagan shaxsga pensiyalarni qayta hisoblashda mintaqaviy koeffitsiyent hisobga olingan holda hisoblab chiqilgan amaldagi ish haqi hisobga olinadi. 128. Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun qayta hisoblab chiqish huquqi paydo bo‘lgandan keyin istalgan vaqtda murojaat qilishlari mumkin. 129. Pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi ariza pensioner yashaydigan joy bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi. Oilaning voyaga yetmagan a’zosi (boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi) yoki belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz deb e’tirof etilgan shaxsning nomidan pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi ariza uning qonuniy vakili yashaydigan joy bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga berilishi mumkin. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi masalani shaxs tegishli ariza bilan murojaat qilganda ko‘rib chiqadi. Shaxsning arizasi Pensiya jamg‘armasining axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan ariza beruvchiga ariza qabul qilingan sana ko‘rsatilgan tilxat, shuningdek, olingan va yetishmaydigan hujjatlar ro‘yxati beriladi. 130. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan barcha zarur hujjatlar bilan birga pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan sana pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilingan sana hisoblanadi. 131. Pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan pensionerning arizasiga ushbu Nizomning 126-bandi “a” , “v” va “g” kichik bandlari asosida mazkur Nizomning 12 — 14 va 16-bandlarida ko‘rsatilganlaridan zarur hujjatlar ilova qilinishi kerak (bundan pensiyani qayta hisoblash uchun asos bo‘ladigan hujjatlar va ma’lumotlar axborot tizimida mavjud bo‘lgan holatlar mustasno). Oldingi Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling