Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/41
Sana23.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1717219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
592-сон 13.10.2022

Oldingi
 tahrirga qarang.
k) O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tuman (shahar) Aholi bandligiga
ko‘maklashish markazining shaxsni ishsiz deb e’tirof etish to‘g‘risidagi taqdimnomasi;
(12-bandning “k” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
l) o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasining asli yoki dublikati.
Mazkur bandda nazarda tutilgan ma’lumotlar “YaMMT” IDAKda mavjud bo‘lgan hollarda ma’lumotnomalar
ilova qilinmaydi.
13. Nogironlik pensiyasini tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxsning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova
qilinishi kerak:
ish stajini, shu jumladan, maxsus ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;
ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
Bundan tashqari, zarur hollarda ushbu Nizomning 12-bandi
“a” — “i”
va 
“l” kichik bandlarida 
ko‘rsatilgan
hujjatlar taqdim etiladi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan ma’lumotlar “YaMMT” IDAKda mavjud bo‘lgan hollarda ma’lumotnomalar
ilova qilinmaydi.
14. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxsning arizasiga quyidagi
hujjatlar ilova qilinishi kerak:
oila a’zosining vafot etgan boquvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (sud organlari
yoki xorijiy davlatlar mansabdor shaxslarining ma’lumotnomasi);
boquvchining bedarak yo‘qolganligi to‘g‘risida sudning qarori nusxasi;


vafot etgan boquvchining ish stajini, shu jumladan, maxsus ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;
vafot etgan boquvchining ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:
vafot etgan boquvchining 18 — 23 yoshdagi mehnatga layoqatsiz oila a’zosi O‘zbekiston Respublikasining
tashqarisidagi ta’lim tashkilotining o‘quvchisi yoki talabasi hisoblanishi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
baxtsiz hodisa va sog‘liqning ishlab chiqarishda boshqa shikastlanishi to‘g‘risidagi hujjat yoki agar
boquvchining vafoti mehnatda mayiblanish oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lsa — boshqa rasmiy hujjat;
ushbu Nizomning 12-bandi 
“a” — “i”
va 
“l” kichik bandlarida 
ko‘rsatilgan, vafot etgan boquvchining nomiga
rasmiylashtirilgan (yozilgan) hujjatlar.
Boquvchi-pensioner vafot etgan taqdirda, ushbu bandda ko‘rsatilgan zarur hujjatlar taqdim etilishi kerak,
vafot etganning pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildida mavjud bo‘lgan hujjatlar bundan mustasno.
Shaxsni vafot etganligi to‘g‘risidagi, pensiya tayinlanayotgan shaxsni vafot etgan boquvchi bilan
qarindoshlik munosabatlari to‘g‘risidagi (nikohda ekanligi, nikoh bekor qilinganligi), pensiya tayinlanayotgan
shaxsning yoshi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligining “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimidan elektron so‘rov yuborish orqali olinadi va
pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsdan ushbu faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar yoki ma’lumotnomalar
qabul qilinmaydi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) “YaMMT” IDAKda hamda vafot etgan
boquvchi pensionerning pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildida mavjud bo‘lgan hollarda pensiya tayinlash uchun
murojaat qilgan shaxsning arizasiga ilova qilinmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Vafot etgan boquvchining 18 — 23 yoshdagi oila a’zosi O‘zbekiston Respublikasi hududida ta’lim
tashkilotining o‘quvchisi yoki talabasi ekanligi Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimidan olingan elektron so‘rovi orqali aniqlanadi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling