Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/41
Sana23.10.2023
Hajmi0,59 Mb.
#1717219
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Bog'liq
592-сон 13.10.2022

Oldingi
 tahrirga qarang.
Ijtimoiy soliq faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiruvchi
oila a’zolarining doimiy yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining Iqtisodiyot va moliya vazirligining Yagona
g‘azna hisobvarag‘ida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga to‘lanadi.
(39-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
To‘langan ijtimoiy soliq hisobi soliq xizmati organida yuritiladi.
(39-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Ushbu Nizomning ushbu bandida, shuningdek, 
37-bandida 
nazarda tutilgan ish stajini hisoblash tartibi
Qonunga muvofiq pensiyalar tayinlashda qo‘llaniladi.
40. Diniy tashkilotlarda band bo‘lgan shaxslarning, shu jumladan, mehnat shartnomasi va/yoki fuqarolik-
huquqiy tusdagi shartnoma bo‘yicha ishlovchi shaxslarning ish stajiga:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblash sharti
bilan ularning ish davri qo‘shib hisoblanadi.
41. Chet elda ishlash davrlari:
mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ixtiyoriy ravishda
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badallari;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov;
2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — ijtimoiy soliqlar to‘langan davr ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi o‘zi uchun mavjud
imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanishning miqdoridan kelib chiqib ijtimoiy soliqni to‘lashni quyidagi
tartibda amalga oshirish huquqiga ega:
har oyda yoki har chorakda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
bir yo‘la — O‘zbekiston Respublikasiga kelgan kunidan boshlab uch yil mobaynida. Bunda shaxsning
O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelganlik fakti shaxsning pasporti va yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligining “Manzil” axborot tizimidan olingan ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
(41-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston
Respublikasi Soliq kodeksining 
408-moddasida 
belgilangan tartibda ijtimoiy soliq to‘langan davr pensiya
tayinlashda ish staji hisobida inobatga olinadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Chet elda bo‘lish davri mehnat daftarchasidagi yozuvlar, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni
qisqartirish va bandlik vazirligining “Labor-migration” dasturiy majmuasidagi ma’lumotlar, shaxsning
pasportdagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi yozuvlar (muhrlar,


shtamplar yoki belgilar) hamda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik
muassasalarining ko‘rsatib o‘tilgan shaxsning boshqa davlatda bo‘lgan vaqti va konsullik hisobiga qo‘yilganligi
ma’lumoti ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar asosida tasdiqlanadi.
(41-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling