Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida


 160-bandning  ikkinchi xatboshidagi  “ruhiy kasallar” so‘zlari “ruhiy holati buzilgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin. 8


Download 171.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana18.03.2023
Hajmi171.7 Kb.
#1281694
1   2   3   4   5
Bog'liq
145-сон 12.03.2020. Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida

7. 160-bandning 
ikkinchi xatboshidagi
 “ruhiy kasallar” so‘zlari “ruhiy holati buzilgan shaxslar” so‘zlari bilan
almashtirilsin.
8. 
168-bandda
:
a) 
birinchi xatboshidagi
“ruhiy bemorlar” so‘zlari “ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun” so‘zlari bilan
almashtirilsin;
b) 
ikkinchi xatboshidagi 
“ruhiy bemorlar” so‘zlari “ruhiy holati buzilgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. 
170-band
quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“170. Pensiya oluvchi shaxs O‘zbekiston Respublikasi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman
(shahar)ga ko‘chgan taqdirda, manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotganda yoki manzil-koloniyadan ozod
etilganda, pensiya hujjatlar yig‘majildi pochta orqali pensionerning yangi yashash joyi yoki manzil-koloniya
joylashgan yerdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboriladi yoxud pensionerning qo‘liga beriladi.
Pensiya oluvchi shaxs bir tuman (shahar) hududida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududi
doirasida boshqa tuman (shahar)ga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganda pensiya avvalgi yashash joyi
bo‘yicha shaxs ro‘yxatdan chiqarilgan oyning oxirigacha to‘lanadi.
Ushbu holatda pensiyani to‘lash pensiya hujjatlar yig‘majildi olingandan keyin pensiya oluvchi shaxsning
yangi yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan davom ettiriladi. Bunda pensiyani to‘lash
uning oldingi yashash joyi bo‘yicha pensiyani to‘lash to‘xtatilgan vaqtdan boshlab, biroq u hisobga qo‘yish
maqsadida murojaat etganidan oldingi o‘n ikki oydan oshmagan davr uchun davom ettiriladi”.
10. 
172-bandda
:
1
2
1
2

5
1
2
3
4
5


a) 
to‘rtinchi xatboshiga
“(manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan shaxslar bundan mustasno)” so‘zlari
qo‘shilsin;
b) 
beshinchi xatboshidagi
“ruhiy bemorlar” so‘zlari “ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun” so‘zlari bilan
almashtirilsin;
v) 
o‘n ikkinchi xatboshiga
“ozodlikdan mahrum etish joylarida” so‘zlaridan keyin “(manzil-koloniyalardan
tashqari)” so‘zlari qo‘shilsin;
g) quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Pensiya to‘lashni tiklash komissiya qaroriga asosan amalga oshiriladi”.
11. Quyidagi mazmundagi 192 — 192 -bandlar qo‘shilsin:
“192 . Qaydnomalar yuborish, shuningdek, yuridik shaxslardan pensiya va nafaqalar to‘lovlariga Pensiya
jamg‘armasidan mablag‘lar olish bo‘yicha talabnomalar qabul qilish yakunlangandan so‘ng mablag‘larga
ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti sektori (bosh buxgalter) tomonidan ushbu Nizomga 18 va 19-
ilovalarga muvofiq shakl bo‘yicha joriy to‘lov oyiga talabnomalar tuziladi hamda Pensiya jamg‘armasi bo‘limining
pensiya va nafaqa to‘lovi uchun qaydnomalar va talabnomalarni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhiga (keyingi
o‘rinlarda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi ishchi guruhi deb ataladi) ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi ishchi guruhi quyidagi tarkibda tuziladi:
bo‘lim boshlig‘i — ishchi guruh rahbari;
bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, bosh buxgalter, monitoring guruhi hamda pensiya va nafaqalarni tayinlash
guruhi rahbarlari — ishchi guruh a’zolari.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shtat jadvalida mazkur lavozimlar bo‘lmagan yoki vakant lavozim mavjud
bo‘lgan taqdirda, ishchi guruhi tarkibiga ushbu lavozim bo‘yicha tegishli vazifalarni bajarish yuklangan xodim
kiritiladi.
Bunda joriy to‘lov oyi uchun talabnomaga dafn marosimi uchun nafaqa va O‘zbekiston Respublikasidan
tashqariga ko‘chib ketgunga qadar oldindan beriladigan 6 oylik pensiya to‘lovlariga rejalashtirilayotgan, ammo
ular bo‘yicha oldingi to‘lov oyida haqiqatda to‘langan mablag‘lardan kam bo‘lmagan summa kiritiladi.
192 . Talabnomalar joriy oyning 13-sanasidan kechiktirilmay Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i (uning
vazifasini bajaruvchi) tomonidan axborot tizimida tasdiqlanadi.
192 . Pensiya va nafaqa to‘loviga tuzilgan talabnomalar Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasi ishchi
guruhi tomonidan o‘rganiladi (keyingi o‘rinlarda Pensiya jamg‘armasi boshqarmasi ishchi guruhi deb yuritiladi).
Ishchi guruh quyidagi tarkibda tuziladi:
boshqarma boshlig‘i — ishchi guruh rahbari;
boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, mablag‘larni boshqarish va pensiya va nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘limi
boshlig‘i, bosh buxgalter — ishchi guruh a’zolari.
Ko‘rsatib o‘tilgan lavozimlar vakant bo‘lgan taqdirda, ishchi guruh tarkibiga tegishli vazifalarni bajarish
yuklangan xodim kiritiladi.
Jamlanma talabnomalar to‘lov oyining 15-sanasidan kechiktirmasdan Pensiya jamg‘armasi boshqarmasi
boshlig‘i (uning vazifasini bajaruvchi) tomonidan axborot tizimida tasdiqlanadi.
192 . Pensiya jamg‘armasining axborot tizimida tasdiqlangan talabnomalar Pensiya jamg‘armasining ijro
etuvchi apparati, hududiy boshqarmasi va tuman (shahar) bo‘limi tomonidan moliyalashtirish uchun asos
hisoblanadi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tuzilgan qaydnomalardagi summalarga mos mablag‘larni pensiyani yetkazib
berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banklari filiallarining tegishli hisobvaraqlariga moliyalashtiradi.
192 . Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan joriy oyning 15-sanasiga qadar Pensiya jamg‘armasining
hududiy boshqarmalariga talabnomalarni moliyalashtirish uchun pensionyerlar va nafaqa oluvchilarning vafoti,
ko‘chib ketganligi, vaqtincha yo‘qligi va boshqa sabablarga ko‘ra to‘lanmasdan qaytarilgan pensiya va nafaqalar
summalari to‘g‘risida tezkor ma’lumotni ushbu Nizomga 20-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etadilar.
Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalari to‘lov oyining 18-sanasiga qadar talabnomalarni
moliyalashtirish uchun pensionyerlar va nafaqa oluvchilarning vafoti, ko‘chib ketganligi, vaqtincha yo‘qligi va
boshqa sabablarga ko‘ra to‘lanmasdan qaytarilgan pensiya va nafaqalar summalari to‘g‘risida jamlanma tezkor
ma’lumotni ushbu Nizomga 20-ilovaga muvofiq shaklda tuzadilar va Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi
apparatiga taqdim etadilar.
192 . Pensiya jamg‘armasi bo‘limida hisobda turgan pensionyerlarning monitoringi har oyda tanlov asosida
ushbu Nizomning 192 -bandida nazarda tutilgan tartibda tasdiqlangan grafik asosida o‘tkaziladi.
192 . Har oyning boshida Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i (uning vazifasini bajaruvchi)ning buyrug‘i
bilan monitoring o‘tkazish grafigi tasdiqlanadi. Ushbu buyruqda Pensiya jamg‘armasi bo‘limining mas’ul
xodimlarini ko‘cha va uchastkalar bo‘yicha biriktirish, ish rejasi (ish kuni tartibini hisobga olib, har xafta kamida 2
kun mobaynida monitoring o‘tkazilishi) va o‘rganish grafigi hamda monitoring o‘tkaziladigan kunda 10 — 30
nafar pensionyerlarni qamrab olgan holda monitoringdan o‘tkazish talablari nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.
192 . Monitoring uchun mas’ul har bir pensioner bilan suhbat o‘tkazadi, natijasi bo‘yicha ushbu Nizomga 21-
ilovaga muvofiq shakldagi monitoring natijalari bo‘yicha anketani to‘ldiradi.
192 . Monitoring davomida monitoring uchun mas’ul quyidagi holatlarni aniqlaydi:
pensionerning tirik ekanligi;
yashash joyi o‘zgarganligi yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga doimiy yashash uchun ko‘chib
ketganligi;
jazoni ijro etish muassasasida ekanligi;
keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning internat uylarida (pansionatlarida) yashayotganligi;
ishonchnoma orqali pensiya to‘lovi to‘g‘ri to‘lanayotganligi;
1
12
1
2
3
4
5
6
7
7
8
9


pensiya qaydnomada ko‘rsatilgan pensionerga shaxsan to‘lanayotganligi.
192 . Monitoring o‘tkazish davomida aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha monitoring uchun
mas’ul xodim tomonidan shaxs yoki tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakili ishtirokida
dalolatnoma rasmiylashtiradi.
192 . Pensiya jamg‘armasi bo‘limi monitoring natijasida aniqlangan faktlar yuzasidan tegishli pensiyani
yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banklari filiallariga kamchiliklarni bartaraf etish,
shuningdek, mablag‘larni tiklashga oid zarur chora-tadbirlarni ko‘rish uchun xat (murojaat) yuboradi. Pensiyani
yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banki filiali kamchiliklarni bartaraf etish va
o‘zlashtirilgan mablag‘larning yoki noqonuniy to‘langan pensiya summalarining tiklanishi bo‘yicha belgilangan
tartibda zarur chora-tadbirlar ko‘radi.
192 . Pensiya jamg‘armasi bo‘limi hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar g‘aznachilik bo‘linmalari
bilan birgalikda ushbu Nizomga 22-ilovaga muvofiq shakldagi pensiya va nafaqalar to‘lovi uchun yo‘naltirilgan
maqsadli subvensiyalar va xarajatlar to‘g‘risida solishtirma dalolatnomalarni tuzadi hamda Pensiya jamg‘armasi
hududiy boshqarmasiga taqdim etadi.
Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasi:
Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari va g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan tasdiqlangan pensiya va nafaqalar
to‘lovi uchun yo‘naltirilgan maqsadli subvensiyalar va xarajatlar to‘g‘risida solishtirma dalolatnomalarning
to‘g‘riligini tekshiradi;
G‘aznachilikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari bilan
birgalikda mazkur Nizomga 23-ilovaga muvofiq shakldagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limlariga pensiya va nafaqalar
to‘lovi uchun yo‘naltirilgan maqsadli subvensiyalar va xarajatlar to‘g‘risida Jamlanma solishtirma
dalolatnomalarini tuzadi va joriy oyning 7-sanasidan kechiktirmay Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatiga
taqdim etadi”.

Download 171.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling