Qarori maktabdan tashqari ta’lim tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. “Bolalar kutubxonalari”ning huquq va majburiyatlari


Download 84.34 Kb.
bet16/20
Sana16.06.2023
Hajmi84.34 Kb.
#1502710
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
331 карор

4-bob. “Bolalar kutubxonalari”ning huquq va majburiyatlari
24. “Bolalar kutubxonalari” quyidagi huquqlarga ega:
respublika axborot-kutubxona muassasalaridan ularning axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida zarur materiallarni so‘rash va olish;
axborot-kutubxona muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan axborot-kutubxona muassasalarining ilmiy-metodik va ilmiy-tadqiqot masalalari bo‘yicha ishlab chiqiladigan qoidalar, nizomlar, yo‘riqnomalar, o‘quv dasturlari va boshqa hujjatlarni kelishish;
tasdiqlangan xizmatlar ro‘yxati va narxlar preyskurantlariga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida pulli kutubxona xizmatlari ko‘rsatish;
adabiyotlarga va axborot manbalarining boshqa turlariga kutubxonachilik uslubida qayta texnik va ilmiy ishlov berishni amalga oshirish;
g‘oyaviy, mazmunan eskirgan va ma’naviy jihatdan eskirib, yaroqsiz holga kelib qolgan adabiyotlarni o‘rnatilgan tartibda hisobdan chiqarish;
o‘z kutubxona fondlaridan, ularning to‘liqligi va butligiga zarar yetkazmasdan kutubxona resurslarining ortiqcha soni va nusxalarini hisobdan chiqarish, shuningdek ularni hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq sotish;
kitobxonlarga kutubxona va uning o‘quv zallarida, abonementda, ko‘chma kutubxonada, sirtqi abonement va kutubxonalararo abonement orqali xizmat ko‘rsatish;
o‘quvchilar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish yuzasidan ommaviy kitobxonlik tadbirlari, kitoblar ko‘rgazmalari, festivallarini tashkil etish;
xodimlarni zamonaviy axborot texnologiyalaridan professional foydalanishi, chet tilni bilishi, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishning samarali shakllarini joriy etganligi uchun moddiy rag‘batlantirish;
axborot mahsulotini yaratish, axborotlarga tahliliy qayta ishlov berishni amalga oshirish, ma’lumotnoma-bibliografiya apparatini tashkil etish va yuritish, shu jumladan:
elektron kataloglar (alfavit va tizimli tartibdagi) yaratish;
elektron kartotekalar — maqolalarning mazmun jihatdan va tizimli kartotekalarini yaratish;
tavsiyaviy bibliografik qo‘llanmalar (adabiyotlar ro‘yxatlari, bibliografik ko‘rsatkichlar, bibliografik sharhlar) ishlab chiqish;
foydalanuvchilarni axborot mahsulotidan xabardor etishni ta’minlash;
foydalanuvchilarning axborot olish ehtiyojlarini o‘rganish asosida turli tashuvchilardagi axborot-resurslarini taqdim etish;
axborot olish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, tanqidiy tafakkurni o‘stirishga, mediamakonni o‘zlashtirishga yordam beradigan tadbirlarni tashkil etish;
innovatsion texnologiyalar asosida axborot olish ehtiyojlarini aniqlash va so‘rovlarni qanoatlantirish;
o‘quv fanlari, bo‘limlar, mavzular bo‘yicha axborot to‘plash va tizimga solish, axborot banklarini vujudga keltirish.
25. “Bolalar kutubxonalari” quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
kitob fondini moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqib, o‘zbek va jahon bolalar adabiyoti, ensiklopediyalar, pedagogikaga oid adabiyotlar, iqtisodiy sohaga doir xorijiy tillardagi (axborot) adabiyotlar va lug‘atlar bilan to‘ldirish;
ortiqcha (takror) adabiyotlarni almashtirish, zaxira fondi orqali ularni boshqa kutubxonalarga o‘tkazish hamda kam foydalaniladigan adabiyotlarni tanlash ishlarini amalga oshirish va depozitlarda saqlash uchun topshirish;
chop etilgan nashrlarning umumiy va yakka hisobini olib borish;
kitoblar fondi tarkibini boyitish ishini ta’minlash.

Download 84.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling