Qarori maktabdan tashqari ta’lim tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. “Bolalar kutubxonalari” faoliyatini tashkil etish


Download 84.34 Kb.
bet15/20
Sana16.06.2023
Hajmi84.34 Kb.
#1502710
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
331 карор

3-bob. “Bolalar kutubxonalari” faoliyatini tashkil etish
12. “Bolalar kutubxonasi” bolalar uchun turli kitobxonlik ko‘rik-tanlov va tadbirlarni tashkil etadi, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kutubxonalariga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatadi.
13. “Bolalar kutubxonasi” har chorakda o‘quvchilarning qo‘shimcha adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishlarini o‘rganadi, ular uchun milliy va jahon adabiyoti durdonalariga kiradigan eng sara asarlar haqida ma’lumot berib boradi.
14. “Bolalar kutubxonasi” qardosh tillarda o‘qitiladigan umumta’lim muassasalarining kitob fondini o‘rganadi va badiiy adabiyotlar bilan boyitish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
15. “Bolalar kutubxonalari” bolalar uchun mo‘ljallangan ilmiy, ma’rifiy, ma’naviy adabiyotlar, ovozli, audiovizual va boshqa formatdagi elektron resurslarni yig‘adi va saqlaydi.
O‘quvchilar “Bolalar kutubxonasi”da o‘z yoshlariga mos badiiy adabiyotlar, san’atga doir kitoblar, notalar va boshqa mediaresurslarni o‘rganadi.
16. “Bolalar kutubxonasi” bolalarning o‘qishiga bevosita rahbarlik qiluvchi soha xodimlari, pedagoglar va kutubxona xodimlari uchun ilmiy-uslubiy nashrlar, audiovizual va elektron resurslar zaxirasini yaratadi hamda ular bilan muntazam ishlaydi.
17. “Bolalar kutubxonasi” kitob zaxirasini sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari talablari darajasida saqlaydi, muqovalash, ta’mirlash tadbirlarini reja asosida amalga oshiradi hamda audiovizual materiallar, elektron nashrlar va boshqa axborot tashuvchi manbalarni, mediaresurslarni saqlaydi.
18. “Bolalar kutubxonasi” elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi, yig‘ma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi, boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
19. “Bolalar kutubxonasi” umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari kutubxonalariga kutubxona xizmati ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar beradi, xizmat ko‘rsatish holatini tahlil qiladi va uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
20. “Bolalar kutubxonalari” kutubxonachilik sohasidagi ilg‘or xorijiy ish tajribalarini o‘rganadi va ommalashtiradi.
21. “Bolalar kutubxonalari” Vazirlik bilan kelishgan holda o‘z xodimlarini respublikadagi barcha hududlarga va xorijiy davlatlarga xizmat safariga yuboradi hamda amaliy yordam ko‘rsatadi.
22. “Bolalar kutubxonalari”da o‘quvchilarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, ularda notiqlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan notiqlik, boshlovchilik va teatr to‘garaklari, yosh kitobxonlar klublari tashkil etilishi mumkin.
23. “Bolalar kutubxonalari”da kitob do‘konlari va “Kitob kafelari” kabi turli pullik va ijtimoiy xizmat turlari yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Download 84.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling