Qarori maktabdan tashqari ta’lim tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. “Bolalar kutubxonalari”ning asosiy vazifalari va funksiyalari


Download 84.34 Kb.
bet14/20
Sana16.06.2023
Hajmi84.34 Kb.
#1502710
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
331 карор

2-bob. “Bolalar kutubxonalari”ning asosiy vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar “Bolalar kutubxonalari”ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
zamonaviy va yuqori samarali axborot texnologiyalaridan foydalangan holda axborotlar olishning manbai, shakl va metodlarini tanlash imkoniyatini ta’minlash orqali o‘quvchilarning intellektual, bilim, ma’naviy-axloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlarini, shakl va usullarini takomillashtirish, maxsus dasturlarni joriy etish, elektron axborot-ma’lumot xizmatlari yaratish, zamonaviy kompyuter vositalaridan va ma’lumotlar uzatish texnologiyalaridan foydalanish asosida kutubxonalar faoliyati jarayonlari avtomatlashtirilishini ta’minlash;
xorijiy ilmiy-ta’lim ma’lumotlar bazalariga ulangan holda yig‘ma elektron katalogini va kitob fondini shakllantirish va yuritish;
yig‘ma elektron katalogni shakllantirish va yuritish;
kutubxona fondini milliy va chet el nashrlari bilan tizimli to‘ldirib borish, nashrlarning bibliografik hisobini yuritish;
yurtimiz hamda jahon tajribalariga tayangan holda tizimdagi kutubxonalar uchun book reader milliy model standartlarini amaliyotga joriy qilish;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari kutubxonalari fondini tahlil qilish, yangi adabiyotlar bilan boyitish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
audio va audiovizual resurslar tayyorlash va tarqatish;
foydalanuvchilarga kataloglar, kartotekalar va bibliografik ma’lumot berishning boshqa shakllari orqali kutubxona fondi tarkibi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish;
o‘quvchilarning umumiy va yakka tartibda kitob o‘qish madaniyatini, ijodiy fikrlashini rivojlantirishga yordam beruvchi ommaviy kitobxonlikni tashkil etish;
ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish, tegishli muassasalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
kutubxonaning ma’lumot-qidiruv apparati (kataloglar, kartotekalar, ma’lumotlar bazalari) bilan ishlash bo‘yicha foydalanuvchilarga maslahatlar berish;
madaniy-ma’rifiy tadbirlar, jumladan, adabiyotlarning ochiq va mavzuli ko‘rgazmalari, turli ommaviy tadbirlar, kitobxonlik klublarini tashkil etish;
foydalanuvchilarga masofadan turib hujjatlarni elektron yetkazib berish (elektron pochta orqali);
maktab o‘quvchilarining axborot madaniyati va mediasavodxonligini shakllantirish.
11. “Bolalar kutubxonasi” o‘z asosiy vazifalarini amalga oshirishda quyidagi funksiyalarni bajaradi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablari kutubxonalarini o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari bilan boyitish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
“Bolalar kutubxonalari” rahbar va xodimlarini malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan rejalarini ishlab chiqadi;
axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshirish doirasida, shu jumladan axborotlarni almashish va o‘zaro foydalanish borasida samarali hamkorlikni ta’minlaydi;
o‘quvchilar o‘rtasida reading (o‘qish), writing (yozish), poetry (she’riyat) tanlov va aksiyalarini amalga oshiradi;
Internet jahon axborot tarmog‘ining milliy segmentida o‘quvchilarning qiziqishlari va axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish asosida o‘z veb-saytlarini yaratadi;
ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarini tashkil etadi, “Yilning eng yaxshi kitobi”, “Eng yaxshi kitobxon-targ‘ibotchi” tadbirlarini yo‘lga qo‘yadi;
axborot kunlari, yangi kelgan adabiyotlar taqdimotlarini o‘tkazadi;
axborot manbalarini qidirish va tanlashda maslahatlar beradi;
ma’lumot-bibliografik xizmat ko‘rsatadi (bibliografik ma’lumotnomalarni tayyorlaydi);
o‘quvchilar uchun taniqli yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etib boradi;
kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan turli tanlov, festival va tadbirlarni o‘tkazadi;
axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi xorijiy tajribani o‘rganish bo‘yicha stajirovkalarni tashkil etadi;
“Bolalar kutubxonalari”ni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlashni tashkil etadi;
tajribali kutubxonachilar faoliyatini ommalashtirib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
kutubxonachilarni sohaga oid yangi qonunchilik hujjatlari va boshqa turdagi yangiliklar bilan o‘z vaqtida tanishtirib borish bo‘yicha tuman (shahar)larda o‘quv-seminar, konferensiya va ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etadi;
(17-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kitobxonlarga qulaylik yaratish uchun qo‘shimcha xizmat turlari, shu jumladan pullik xizmatlar, shuningdek tarjima qilish, skanerlash, nashr etish kabi xizmatlar ko‘rsatadi, pullik xizmatlar ro‘yxati va narxnoma (preyskurant)larini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlatadi.
(17-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Download 84.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling