Qarori maktabdan tashqari ta’lim tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. “Bolalar kutubxonalari”ni moliyalashtirish


Download 84.34 Kb.
bet18/20
Sana16.06.2023
Hajmi84.34 Kb.
#1502710
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
331 карор

6-bob. “Bolalar kutubxonalari”ni moliyalashtirish
33. Muassis yoki vakolatli davlat organi “Bolalar kutubxonalari”ga mol-mulkni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi.
“Bolalar kutubxonalari” o‘ziga biriktirilgan mol-mulkni hamda daromadlar va xarajatlar smetasi bo‘yicha o‘ziga ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
“Bolalar kutubxonalari” faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari hamda boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
34. Quyidagilar “Bolalar kutubxonalari”ning faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
o‘quvchilarga xizmat ko‘rsatishdan tashqari paytda bo‘sh binolar, inshootlar, asbob-uskunalarni ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar;
xo‘jalik faoliyatidan, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan shartnoma asosida pulli xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, mahalliy va xalqaro tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
35. Qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan faoliyatdan olingan daromad hisobiga sotib olingan mol-mulk “Bolalar kutubxonalari”ning mol-mulki tarkibiga kiritiladi.
36. “Bolalar kutubxonalari” xodimlarini mukofotlash belgilangan tartibda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
“Bolalar kutubxonalari”ning budjetdan tashqari jamg‘armalarning oylik, choraklik yoki yillik tushgan mablag‘lari bo‘yicha (maqsadli homiylik xayriyalaridan tashqari) jami summasidan o‘n foizgacha bo‘lgan miqdori mazkur kutubxona rahbarini moddiy rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
37. “Bolalar kutubxonalari” qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kutubxonachilik bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkin.
Ularning xalqaro hamkorligi shartnomalar asosida xorijiy tashkilotlar bilan pedagogik axborot va tajriba almashish, mutaxassislarning malaka oshirishi hamda stajirovka o‘tashi shaklida amalga oshirilishi mumkin.
38. “Bolalar kutubxonalari” qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
“Bolalar kutubxonalari” tugatilgan taqdirda uning mablag‘lari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash bo‘yicha to‘lovlar chegirilgan holda, qonunchilik hujjatlariga hamda “Bolalar kutubxonalari” ustaviga muvofiq foydalaniladi.
39. Ushbu Nizom yuzasidan kelib chiqadigan nizoli masalalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
40. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-son qaroriga
8-ILOVA

Download 84.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling