Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Haqiqiy harbiy xizmatning boshlanishi, muddati va tugashi


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

3-§. Haqiqiy harbiy xizmatning boshlanishi, muddati va tugashi
14. Haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lishning boshlanishi deb:
a) muddatli xizmatga chaqirilgan chaqiriluvchilar va zaxiradagi ofitserlar uchun — harbiy
qismga jo‘nash maqsadida mudofaa ishlari organida hozir bo‘lgan kun;
b) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirganlar harbiy xizmatchilar uchun — harbiy xizmatni
o‘tash to‘g‘risidagi kontrakt kuchga kirgan kun;
v) vazirliklarning oliy harbiy ta’lim muassasalariga kursant lavozimiga hamda o‘qish harbiy
xizmatga tenglashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga
majburlar uchun — tegishli ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan kun;
g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan harbiy lavozimga tayinlangan shaxslar
uchun — tegishli farmon, qaror yoki farmoyish imzolangan kun hisoblanadi.
15. Haqiqiy harbiy xizmat muddatlari kalendar hisobida:
a) muddatli harbiy xizmatni oddiy askarlar va ofitserlar lavozimlarida o‘tayotgan harbiy
xizmatchilar uchun — o‘n ikki oy;
b) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun — kontraktda
ko‘rsatilgan muddat;
v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan harbiy lavozimga tayinlangan shaxslar
uchun — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror yoki farmoyishiga muvofiq
vazifalarni bajarish davri etib belgilanadi.


Harbiy xizmat muddati haqiqiy harbiy xizmat boshlangan kundan hisoblanadi.
Rezervdagi harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olingan
fuqarolar harbiy yig‘inlar o‘tkazilayotgan davrda haqiqiy harbiy xizmatni o‘taydilar.
16. Fuqarolarga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga olinganidan so‘ng, shuningdek oliy harbiy
ta’lim muassasalari kursantlari va oliy ta’lim muassasalari harbiy tayyorgarlik kurslarida o‘qishni
tugatgan talabalarga oliy ta’lim muassasani bitirganidan so‘ng shaxsiy raqam, belgilangan
namunadagi jetonlar va shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar beriladi.
17. Harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik, davlat qo‘mitasi va idoralarining harbiy qismi,
qo‘shilma, harbiy boshqaruv organi, korxona, muassasa, tashkilot va harbiy tuzilmalari hamda
ularda ishlash yoki o‘qish harbiy xizmatga tenglashtirilgan tashkilot va muassasalarda (keyingi
o‘rinlarda — harbiy qism) harbiy xizmatchi rezervga bo‘shatilishi yoki iste’foga chiqarilishi
munosabati bilan harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan chiqarilgan kun uning uchun haqiqiy
harbiy xizmatning tugashi (oxirgi kuni) deb hisoblanadi.
18. Kalendar hisobida kamida o‘n yil xizmat qilgan ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt
bo‘yicha harbiy xizmatchilarga harbiy xizmatdan bo‘shatilayotganda haqiqiy harbiy xizmat
muddatiga quyidagilar qo‘shib hisoblanadi:
oliy ta’lim muassasasining kunduzgi bo‘limidagi bir oy o‘qish muddati bir oy xizmat muddati
hisobida;
oliy ta’lim muassasasini tamomlaganidan so‘ng ixtisosligiga mos keladigan lavozimlardagi bir
oylik ish staji bir oylik xizmat hisobida.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Harbiy xizmatchilarga xizmat yili uchun foizli ustamalarning miqdorlarini belgilashda hamda
pensiyani hisoblash vaqtida harbiy xizmatdan tashqari davlat xizmatlarining boshqa turlari nazarda
tutilgan vazirliklardagi xizmat davri (ish staji) maxsus unvon (martaba darajasi) berilgan kundan
boshlab harbiy xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati bilan
kelishilgan holda davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlariga harbiy xizmatga olishda ularning oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qish muddatlari va
oldingi ish joylaridagi mehnat staji haqiqiy harbiy xizmat muddatiga hamda pensiyani hisoblashda
o‘qishning (ishning) bir oyi xizmatning bir oyiga hisoblangan holda qo‘shiladi.
Oliy yuridik ma’lumotga ega harbiy prokuraturaning ofitserlar tarkibidagi harbiy
xizmatchilarning harbiy xizmat muddatiga ularning oliy ta’lim muassasasidagi o‘qish, ichki ishlar
vazirligi organlaridagi va Milliy gvardiya organlaridagi xizmat, shuningdek, sudlardagi, prokuratura
hamda adliya organlari va muassasalaridagi va boshqa davlat organlaridagi huquqni muhofaza
qilish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ish staji qo‘shib hisoblanadi.
(18-bandning to‘rtinchi — oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-
maydagi PF-6230-sonli 
Farmoni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2021-y.,
06/21/6230/0473-son)
19. Harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat muddatiga quyidagilar qo‘shib hisoblanmaydi
(ushbu Nizomning 
20-bandida 
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno):
a) harbiy xizmatchining intizomiy harbiy qismda bo‘lish davri;
b) sudning ayblov hukmi chiqqan harbiy xizmatchiga nisbatan jinoyatning oldini olish chorasi
sifatida qamoqda ushlab turilgan davri;
v) xizmat bo‘yicha cheklash ko‘rinishidagi jazo muddatini o‘tash davri, qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
g) harbiy qismni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketilgan muddat.
20. Intizomiy qismda jazoni o‘tab, belgilangan muddati tugagandan so‘ng yoki muddatidan
ilgari ozod etilgan, harbiy ixtisoslikka ega bo‘lgan harbiy xizmatchiga, shuningdek xizmat bo‘yicha
cheklash ko‘rinishidagi jazo muddatini o‘tagan, umumharbiy nizomlar talablarini qat’iy
bajarayotgan, xizmatni benuqson o‘tayotgan harbiy xizmatchiga uning intizomiy harbiy qismda


bo‘lgan yoki xizmat bo‘yicha cheklov davri O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan
tartibda harbiy xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanishi mumkin.
21. Harbiy xizmatning umumiy davomiyligi, harbiy xizmatchining ham chaqirilishi bo‘yicha va
ham kontrakt bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmatning jami vaqtini, shu jumladan haqiqiy harbiy
xizmatga qaytadan kirishni o‘z ichiga oladi.
Harbiy xizmatning umumiy davomiyligi kalendar va imtiyozli hisobdagi harbiy xizmatdan
iborat bo‘ladi.
Kalendar hisob — bu harbiy xizmatchining yil, oy va sutkalarda ifodalangan haqiqiy harbiy
xizmatda bo‘lgan rasmiy umumiy davridir.
Pensiya, ijtimoiy imtiyozlar tayinlash yoki to‘lash uchun imtiyozli hisob-kitob O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
22. Jangovar harakatlarda yoki terroristik tashkilotlarning qurollangan tuzilmalarini aniqlash
va yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiyalarni o‘tkazish davomida jangovar vazifalarni bajarishda
qatnashgan, shu jumladan, yuqorida ko‘rsatilgan harakatlarda qatnashish davrida yarador bo‘lgani,
shuningdek ozodlikdan mahrum etilishi ko‘rinishida jazoni o‘tash davri hamda keyinchalik
reabilitatsiya qilingan harbiy xizmatchilarga (jarohat va travma olgani, kontuziya bo‘lgani)
kasallangani sababli davolash muassasalarida bo‘lgan bir kuni imtiyozli ravishda xizmatning uch
kuniga teng hisoblanadi.

Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling