Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
-§. Harbiy xizmatchini ta’tildan chaqirib olish tartibi
Download 467.11 Kb. Pdf ko'rish
|
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-bob. Harbiy xizmatchilarni haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish
7-§. Harbiy xizmatchini ta’tildan chaqirib olish tartibi
288. Harbiy xizmatchini ta’tildan chaqirib olishga faqatgina favqulodda xizmat zarurati yuzaga kelgan holatda vazirlik rahbarining qarori bilan yo‘l qo‘yiladi. Harbiy xizmatchini ta’tildan chaqirib olish tegishli buyruq bilan rasmiylashtiriladi. 289. Harbiy xizmatchi ta’tildan chaqirib olinganda uning foydalanilmagan qismi joriy yilda beriladi. 10-bob. Harbiy xizmatchilarni haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish 290. Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdan rezervga, harbiy hisobdan chiqarilgan taqdirda esa iste’foga bo‘shatiladi. Rezervda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgan yoki harbiy-tibbiy komissiya tomonidan sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan yoxud boshqa davlatning fuqaroligiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar iste’foga bo‘shatiladi. 291. Harbiy xizmatchini haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish quyidagi asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi: a) yosh bo‘yicha — u harbiy xizmatda bo‘lishining belgilangan yosh chegarasiga yetganda, shu jumladan ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda uzaytirilgan harbiy xizmat muddati tugashi bilan; b) muddatli harbiy xizmatning muddati tugashi bilan — chaqiruv bo‘yicha muddatli harbiy xizmatning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan muddati tugashi bilan (bo‘shatish uchun boshqa asoslar bo‘lmagan taqdirda); v) kontrakt muddati tugashi bilan — bo‘shatish uchun boshqa asoslar bo‘lmagan taqdirda, agar amaldagi kontraktning tugash vaqtida harbiy xizmatchi yoki vazirlik tomonidan yangi kontrakt tuzmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa; g) tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan, harbiy xizmatchidan xizmatda foydalanishning imkoni va uni bo‘shatishga boshqa asoslar bo‘lmagan taqdirda; d) sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra — u harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganligi munosabati bilan; e) tomonlardan birining (harbiy xizmatchi yoki vazirlik) tashabbusiga ko‘ra kontrakt muddatidan oldin bekor qilinganligi munosabati bilan; j) intizomsizligi sababli kursantlar oliy harbiy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi munosabati bilan, bo‘shatishga boshqa asoslar bo‘lmagan taqdirda; z) harbiy xizmatchi nomiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakat sodir etganda; i) davlat sirlari bilan ishlash ruxsatnomasidan mahrum qilingan taqdirda; k) ozodlikdan yoki harbiy unvondan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo choralarini nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirganda; l) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda yoxud boshqa davlatning fuqaroligi mavjud bo‘lganda. 292. Agar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchiga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo choralarini nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirgan yoki uning aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmasdan oldin jinoiy ish to‘xtatilgan yoxud tergovga qadar tekshiruv materiallari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish rad etilgan bo‘lsa, uni harbiy xizmatdan bo‘shatish yoki harbiy xizmatda qoldirish to‘g‘risidagi qaror attestatsiya komissiyasining qarorini hisobga olgan holda haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish huquqiga ega mansabdor shaxs tomonidan qabul qilinadi. Ko‘rsatilgan qaror qonuniy kuchga kirgan sud ajrimi yoki hukmi, tergov yoki dastlabki tergov organining qarori kelib tushgan kundan boshlab ikki oylik muddatda qabul qilinadi. 293. Sud hukmi bilan xizmat bo‘yicha cheklash jazosini olgan harbiy xizmatchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan asoslarda hukmda belgilangan jazo muddati tugagunga qadar harbiy xizmatdan bo‘shatilishi mumkin. Bunday holatda komandir (boshliq) jazo muddatining qolgan qismini boshqa jazoga almashtirish yoxud jazoni o‘tashdan ozod qilish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun sudga materiallarni taqdim etadi. 294. Agar sud hukmi bilan xizmat bo‘yicha cheklash jazosi tayinlangan harbiy xizmatchiga nisbatan hukm qonuniy kuchga kirguniga yoxud komandirning (boshliqning) hukm ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi buyrug‘i chiqquniga qadar jazoni o‘tashdan ozod etilgan holda amnistiya akti qo‘llanilgan bo‘lsa, harbiy xizmatchini bo‘shatish masalasi attestatsiya komissiyasining qarorini hisobga olgan holda qo‘mondonlik tomonidan hal etiladi. 295. Harbiy xizmatchiga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov olib borilayotgan yoki jinoyat ishi sudda ko‘rilayotgan davrda, agar bo‘shatishning sabablari jinoiy ta’qib bilan bog‘liq bo‘lmasa, u qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarda harbiy xizmatdan bo‘shatilishi mumkin. 296. Tinchlik davrida harbiy xizmatchilarni haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish ular xizmatni o‘tayotgan vazirliklar rahbarlari, shuningdek vazirliklar rahbarlari tayinlagan mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. 297. Harbiy xizmatchilarni haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar bu huquqdan faqat o‘zining bevosita bo‘ysunuvida bo‘lgan harbiy xizmatchilarga nisbatan foydalanishlari mumkin. 298. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchida harbiy xizmatdan bo‘shash uchun bir necha asoslar bo‘lsa (yosh bo‘yicha, kontrakt muddati tugashi bilan, tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan, harbiy-tibbiy komissiya tomonidan u harbiy xizmatga yaroqsiz deb topganligi, harbiy xizmatchining tashabbusiga ko‘ra kontrakt muddatidan oldin bekor qilinganligi munosabati bilan), u o‘zi tanlagan asosda xizmatdan bo‘shashi mumkin. 299. Huquqlarini buzmagan holda xizmatdan bo‘shatish imkoniyatini obyektiv istisno qiluvchi sharoitlarda (tibbiy muassasada statsionar davolanish, homiladorlik, tug‘ish va bolani parvarishlash ta’tilida, asirlikda, garovga olingan holatda yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa vaziyatlarda bo‘lish) bo‘lgan harbiy xizmatchilar mazkur holatlar bartaraf etilmagunga qadar haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilishi mumkin emas. 300. Sud O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda va yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda ayblanuvchi yoki sudlanuvchi harbiy xizmatchini lavozimidan chetlatish huquqiga ega. Sudning qaroriga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod etilgan harbiy xizmatchi ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha bo‘shatilmasa, ushbu muddat davomida tegishli komandirning (boshliqning) ixtiyoriga o‘tkaziladi. 301. Harbiy xizmatchini harbiy xizmatdan bo‘shatishga taqdim etish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi. 302. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchini harbiy xizmatdan bo‘shatishga taqdim qilishdan oldin u tomonidan harbiy xizmatni o‘talgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritiladi, zarur hollarda kalendar hisobida va alohida imtiyozli sharoitlardagi xizmat muddatiga kiritilishi uchun uning xizmat davrlari hujjatlar bilan tasdiqlanadi. Harbiy xizmatchiga u bo‘shatilgunga qadar hisoblab chiqilgan xizmat muddati to‘g‘risida ma’lum qilinadi. Xizmat muddatini hisoblash bo‘yicha harbiy xizmatchining e’tirozlari komandir (boshliq) tomonidan ko‘rib chiqiladi va harbiy xizmatchi harbiy xizmatdan bo‘shatishga taqdim etilgunga qadar u bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi. 303. Harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan va shu sababli bo‘shatilgan harbiy xizmatchini harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatlaridan chiqarish harbiy qism tomonidan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruq olingan kundan boshlab bir oydan (oddiy askarlar tarkibiga mansub muddatli harbiy xizmatchilarni — uch kundan) kechiktirmasdan amalga oshiriladi. 304. Oliy harbiy ta’lim muassasasini bitirgandan keyin o‘qishni tugatgandan so‘ng tuzilgan kontrakt bo‘yicha ko‘zda tutilgan muddat tugamasdan harbiy xizmatni o‘tashdan bosh tortgan, shuningdek kontrakt shartlarini bajarmaganligi, sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi sababli bo‘shatilayotgan yoki bunday kontraktni tuzishdan bosh tortgan harbiy xizmatchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq uni o‘qitish uchun sarflangan budjet mablag‘larini davlatga qoplab beradi. 305. Harbiy qismni yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketgan, shuningdek uzrli sabablarsiz uch sutkadan ko‘p vaqt davomida xizmatga kelmagan muddatli harbiy xizmatchi (kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi — o‘n sutka va undan ortiq vaqt davomida) barcha ta’minot turlaridan chiqariladi, biroq xizmatga kelmaslik sababi aniqlangunga qadar harbiy xizmatdan bo‘shatilmaydi va harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatlaridan chiqarilmaydi. 306. Harbiy xizmatdan bo‘shatilgan, biroq belgilangan tartibda ish va lavozimini topshirmagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi bo‘shatish to‘g‘risida buyruq yoki yozma ravishda xabarnoma olingan kundan boshlab bir oylik muddat o‘tgach shaxsiy tarkib ro‘yxatlaridan chiqariladi. Bunda hisob hujjatlari harbiy hisobga qo‘yish joyiga yuboriladi. Harbiy qismdan qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda uni undirish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 307. Havo desanti yoki maxsus harbiy qism va bo‘linmalarda xizmatni o‘tab, rezervga yoki iste’foga bo‘shatilgan harbiy xizmatga majburlar mudofaa ishlari organlaridagi maxsus hisobga qo‘yiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan toifadagi hisobda turgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mudofaa ishlari organlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmatining hududiy bo‘linmalariga yetkaziladi. 308. Muddatli harbiy xizmatchi chaqiruv bo‘yicha o‘rnatilgan harbiy xizmat muddati tugamay turib harbiy xizmatdan muddatidan avval bo‘shatilishi mumkin emas, ushbu Nizomning 291 , 293 — 295-bandlarida ko‘zda tutilgan asoslar, shuningdek harbiy xizmatni o‘tash davrida qonunga muvofiq harbiy xizmatchida (oddiy askarlar tarkibi) chaqiruvdan ozod qilish huquqining paydo bo‘lishi holatlari bundan mustasno. 309. Oliy harbiy ta’lim muassasasidan o‘qishdan chetlashtirilgan harbiy xizmatchini qonunda ko‘zda tutilgan asosda bo‘shatish oliy harbiy ta’lim muassasasi boshlig‘i yoki ushbu harbiy xizmatchini bo‘shatish huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi. 310. Kamida yigirma kalendar yili mobaynida harbiy xizmatni benuqson o‘tagan ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga harbiy xizmatdan bo‘shatilayotgan vaqtda tegishli buyruqlar bilan harbiy kiyim-kechak kiyish va farqlovchi nishonlarni taqish huquqi beriladi. Haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shayotgan harbiy xizmatchilar ko‘p yillik va vijdonan (benuqson) xizmat qilgani uchun shunday vakolatga ega boshliqlar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar yoki pul mukofotlari bilan taqdirlanishi mumkin. Ularni bo‘shatish va rag‘batlantirish choralari to‘g‘risidagi buyruqni e’lon qilish harbiy qism komandiri tomonidan tantanali ravishda amalga oshiriladi. 311. Fuqaroni haqiqiy harbiy xizmatga qayta tiklash harbiy xizmatdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruqni bekor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Harbiy xizmatdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruqni bekor qilish buyruqni chiqargan mansabdor shaxs yoki uning bevosita boshlig‘i tomonidan mustaqil ravishda yoxud sud qarori yoki prokuror protestiga asosan amalga oshiriladi. Download 467.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling