O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING HARBIY XIZMATNI O‘TASH TARTIBI
TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida
”gi,
“
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida
”gi qonunlariga muvofiq va
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini Vataniga sodiq, harbiy xizmatga har tomonlama tayyor
bo‘lgan
fuqarolar bilan butlash, ular tomonidan harbiy xizmatni o‘tash tartibi va sharoitlarini,
qo‘shinlarning davlatning xavfsizligi va hududiy yaxlitligini himoya
qilishga doimiy jangovar
shayligini ta’minlash, shuningdek, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini
ijtimoiy himoya
qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi
yangilangan nizom
1-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Favqulodda
vaziyatlar vazirligi,
Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizligi
xizmati Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda:
uch oy muddatda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va
qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
ikki oy muddatda qabul qilingan normativ-huquqiy
hujjatlarni mazkur qarorga
muvofiqlashtirsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari
2-ilovaga
muvofiq o‘z
kuchini
yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.
Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov
zimmasiga yuklansin.