Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Rezerv va zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar orasidan kontrakt bo‘yicha harbiy


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

2-§. Rezerv va zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar orasidan kontrakt bo‘yicha harbiy
xizmatga nomzodlarni ko‘rib chiqish tartibi
35. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqaro o‘zi yashab turgan
joyidagi vazirlikning hududiy vakolatli organiga yoki unga bo‘ysunuvchi harbiy qismga ariza bilan
murojaat qiladi.


36. Muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan fuqaro o‘z arizasida kontrakt
bo‘yicha harbiy xizmatdan bo‘shaganligining sababi va holatlarini ko‘rsatib o‘tadi. Bunda
vazirlikning kadrlar organi tomonidan kontrakt bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shash
sabablariga aniqlik kiritilganidan so‘ng nomzodga saralash tadbirlarida qatnashishga ruxsat berish
haqida qaror qabul qilinadi.
37. Vazirlikning hududiy vakolatli organi yoki harbiy qism kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga
kirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi.
38. Arizasi ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan fuqaro kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish
uchun nomzod hisoblanadi (keyingi o‘rinlarda — nomzod).
Vazirliklar boshqaruv organlarining rasmiy so‘rovnomasi (yozma ko‘rsatmasi)ga binoan
nomzodlarning zarur bo‘lgan hujjatlari mudofaa ishlari organlari tomonidan vazirliklarning tegishli
bo‘linmalariga yuboriladi.
39. Nomzodga o‘rganish va saralash o‘tkazilishining istalgan bosqichida kontrakt bo‘yicha
harbiy xizmatga kirishga quyidagi holatlarda rad javobi berilishi mumkin:
a) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bo‘lmagan, shuningdek boshqa davlatning fuqaroligi
mavjud bo‘lganda;
b) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish imkonini beruvchi qonunda belgilangan yosh
chegarasidan o‘tganda;
v) agarda erkak fuqaro harbiy xizmatga majbur bo‘lmasa;
g) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq kontrakt tuzish huquqi bo‘lmasa;
d) fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, unga nisbatan dastlabki tergov yoki surishtiruv
olib borilayotgan, jinoiy ish sudda ko‘rilayotgan bo‘lsa (bu holatlarda nomzodni qayta ko‘rib chiqish
jinoiy ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinganidan so‘ng amalga oshiriladi);
e) jazo chorasidan va amnistiya qo‘llanilganidan qat’iy nazar sodir etgan jinoyati uchun ayblov
hukmi mavjud bo‘lsa;
j) agar fuqaro muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy xizmatchining
nomiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakatni sodir etgani yoki xizmat vazifasiga noloyiq bo‘lib qolganligi
sababli bo‘shatilgan bo‘lsa;
z) vazirliklarning maxsus talablariga javob bermasa;
i) sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilsa.
40. Vazirlikning hududiy vakolatli organi yoki harbiy qism belgilangan muddatlarda
nomzodlarni o‘rganish va saralash ishlarini tashkillashtiradi.

Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling