Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari orasidan kontrakt bo‘yicha xizmatga


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

3-§. Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari orasidan kontrakt bo‘yicha xizmatga
nomzodlarni ko‘rib chiqish tartibi
41. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash istagini bildirgan muddatli harbiy xizmatchi
muddatli harbiy xizmatning kalendar hisobi bo‘yicha muddati tugashidan kamida uch oy oldin
bevosita komandiri (boshlig‘i) nomiga bildirgi bilan murojaat qiladi.
42. Harbiy qismlar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash istagini bildirgan muddatli harbiy
xizmatchilarning bildirgilarini ko‘rib chiqish uchun qabul qiladilar.
43. Bildirgisi ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan muddatli harbiy xizmatchi kontrakt bo‘yicha
harbiy xizmatga kirish uchun nomzod deb hisoblanadi.
44. Muddatli harbiy xizmatchilar orasidan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini
bildirgan nomzodga o‘rganish va saralash o‘tkazilishining istalgan bosqichida kontrakt bo‘yicha
harbiy xizmatga kirishga quyidagi holatlarda rad javobi berilishi mumkin:
a) unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, dastlabki tergov ishlari olib borilayotgan, jinoiy ish
sudda ko‘rilayotgan bo‘lsa, jinoiy ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinganiga qadar;
b) jazo chorasidan va amnistiya qo‘llanilganidan qat’iy nazar sodir etgan jinoyati uchun ayblov
hukmi bo‘lsa;
v) harbiy xizmatchini keyingi saralash tadbirlariga taqdim etish maqsadga muvofiq emasligi
haqida harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan qaror qabul qilingan bo‘lsa;


g) vazirlikning maxsus talablariga javob bermasa.
45. Harbiy qismning kadr organi qabul qilingan bildirgini belgilangan muddatda ko‘rib
chiqadi va nomzodlarni o‘rganish ishlarini tashkillashtiradi.
46. Harbiy xizmatchining keyingi saralash tadbirlarida qatnashishi maqsadga muvofiqligi
to‘g‘risidagi qaror harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan bir oy muddatda qabul qilinadi.
47. Harbiy qismning kadr organi harbiy qism qo‘mondonligining qaroriga asosan muddatli
harbiy xizmatchiga oid materiallarini tegishli saralash komissiyalariga taqdim etadi.

Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling