Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
-§. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni harbiy-kasbiy saralash tartibi
Download 467.11 Kb. Pdf ko'rish
|
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)
4-§. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni harbiy-kasbiy saralash tartibi
48. Saralash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) nomzodni dastlabki o‘rganish (hujjatlarni yig‘ish va o‘rganish, suhbat); b) tibbiy ko‘rik; v) psixologik o‘rganish (intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligi baholanadi); g) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash; d) nomzodning kasbiy nuqtai nazardan harbiy xizmat uchun muhim sifatlarini o‘rganish bo‘yicha vazirlik tomonidan belgilanuvchi boshqa turdagi sinov (tekshiruv) turlari. 49. Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan ofitserlar orasidan nomzodlarni saralash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) nomzodni o‘rganish (hujjatlarni yig‘ish va o‘rganish, suhbat); b) attestatsiya (malaka) komissiyasining majlisida ko‘rib chiqish. Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan ofitserlarni attestatsiya (malaka) komissiyalari majlisida ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha nomzodni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat talablariga mos kelishi haqida xulosa chiqariladi. 50. Saralash natijalari umumlashtirilib, uning yakunlariga ko‘ra nomzodni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga muvofiqligi haqida xulosa chiqariladi va bu to‘g‘risida saralash komissiyasining bayonnomasi tuziladi. 51. Saralash komissiyasining bayonnomasi tasdiqlangan vaqtidan boshlab kadrlar organlari tomonidan bir yil davomida amalga oshirish uchun haqiqiy hisoblanadi, tibbiy ko‘rik natijalari bundan mustasno. Saralash natijalari nomzodni saralashning o‘rnatilgan shakldagi kartasida aks ettiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 52. Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar garnizon (hududiy) harbiy-tibbiy komissiyalariga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun (saralash komissiyasi bayonnomasidan ko‘chirma, shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari (pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta, harbiy guvohnoma) narkologik, sil kasaliga qarshi kurash, teri-tanosil, psixonevrologik dispanserlar va OITSga qarshi kurash markazidan olingan ma’lumotnoma, so‘nggi besh yil ichidagi ambulator bemorning tibbiy kartasidan ko‘chirma, majburiy diagnostika tadqiqotlarining natijalari bilan birga) yuboriladi. (52-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son) 53. Saralash komissiyasi tomonidan nomzodning kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat talablariga mos emasligi haqida qaror qabul qilingan taqdirda nomzod ushbu qaror bilan imzo ostida xabardor qilinadi. 54. Vazirlikning hududiy vakolatli organi yoki harbiy qism komandirlari saralash komissiyasi bayonnomasidan ko‘chirmani (nusxani) olgach, nomzodni u bilan tanishtirishni amalga oshiradi. 55. Nomzod ma’lumoti va mutaxassisligi bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga ko‘ra saralashni o‘tkazgan vazirlikning talablariga javob berishi kerak. 56. Nomzod kasbiy tayyorgarlik darajasining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotganlar uchun belgilangan talablarga mosligini aniqlash saralashni o‘tkazgan vazirlik vakillari zimmasiga yuklanadi. 57. Nomzod vazirlik tomonidan belgilangan tartibda maxsus tekshiruv yoki muvofiqlashtirishdan o‘tadi (maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash uchun belgilangan shakldagi ruxsatnomaga ega nomzodlar bundan mustasno), zarurat tug‘ilganda esa — davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar bilan ishlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtiriladi. Davlat sirlari bilan ishlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtiriladigan harbiy xizmatchilar lavozimlarining ro‘yxati va maxsus tekshiruvni o‘tkazish tartibi vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi. 58. Nomzod quyidagi hollarda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kiruvchilar uchun belgilangan talablarga javob bermaydi deb hisoblanadi: a) u tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz yoki keyinchalik qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sharti bilan davolanishga muhtoj deb topilsa; b) saralash natijalariga ko‘ra harbiy xizmatni o‘tashga mos emas deb topilsa; v) agarda u vazirlikning maxsus talablariga noloyiq bo‘lsa. 59. Saralash natijalariga ko‘ra kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kiruvchilar uchun belgilangan talablarga muvofiq deb topilgan nomzodga shaxsiy yig‘majild rasmiylashtiriladi. Yig‘majildlarni rasmiylashtirish tartibi vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi. 60. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga saralash yakuniga ko‘ra eng yuqori natijalarga erishgan nomzodlar bo‘sh lavozimlar mavjud bo‘lgan taqdirda qabul qilinadi. 61. Saralashdan o‘tgan nomzodning shaxsiy hujjatlari yig‘majildi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash to‘g‘risida yakuniy qarorni qabul qilish uchun bo‘ysunuv bo‘yicha yuqori turuvchi kadr organlariga jo‘natiladi. 62. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash to‘g‘risida vazirlik rahbarlarining yoki harbiy xizmatga qabul qilish, lavozimga tayinlash, xizmat joyi va lavozimini o‘zgartirish hamda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatdan bo‘shatish tartibi va mansabdor shaxslarning vakolatlarini belgilovchi nomenklaturaga muvofiq boshqa mansabdor shaxsning buyrug‘i (shaxsiy tarkib bo‘yicha) chiqariladi. 63. Kadr organlarining mansabdor shaxslari buyruq imzolangandan keyingi besh ish kunidan kechikmasdan komandirlar (boshliqlar)ning buyruqlaridan ko‘chirmalar yoki yozma xabarnomalarni mudofaa ishlari organlari (vazirliklarning hududiy vakolatli organlari) va nomzodlar tayinlangan harbiy qismlarga yuboradi. 64. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi buyruqlardan ko‘chirmalar yoki yozma xabarnomalar asosida nomzodga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash joyiga jo‘nash uchun yo‘llanma va harbiy tashish hujjatlari (zarurat bo‘lganda) beriladi. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi buyruqdan (shaxsiy tarkib bo‘yicha) ko‘chirma asosida harbiy xizmatchi harbiy qismga kelgandan so‘ng, harbiy qism komandiri u bilan uch kunlik muddatda vazirlik nomidan dastlabki (yangi) kontraktni tuzadi va bu haqda harbiy qism komandirining buyrug‘i chiqariladi. 65. Kontraktning qonuniy kuchga kirgani to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma shaxsiy yig‘majildga qo‘shib qo‘yiladi. 66. Nomzodning shaxsiy yig‘majildi yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi yozma xabarnoma uni harbiy hisobdan chiqarish uchun mudofaa ishlari organlariga yuboriladi. Download 467.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling