Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Muddatli harbiy xizmatga chaqirish tartibi


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

3-bob. Muddatli harbiy xizmatga chaqirish tartibi
23. Muddatli harbiy xizmatga o‘n sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan fuqarolar,
shuningdek muqaddam haqiqiy harbiy xizmatni o‘tamagan ofitserlar chaqiriladi.
Fuqarolarni chaqirish, yig‘ish va ularni muddatli harbiy xizmatga jo‘natish va harbiy qismlarda
qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.
24. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish yoki undan ozod etilish
huquqiga ega bo‘lmagan chaqiriluvchilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va
urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga (keyingi o‘rinlarda — Tibbiy ko‘rikdan
o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom) muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Chaqiriluvchining tibbiy ko‘rik natijalariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi muddatli harbiy
xizmatga chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-
4630-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2020-y., 07/20/4630/0266-
son)
25. Muddatli harbiy xizmatni, safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatni yoki kontrakt bo‘yicha
harbiy xizmatni o‘tamagan hamda “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi
Qonunga
muvofiq ularga chaqirish muddatini kechiktirish taqdim qilinishi uchun asoslarga ega
bo‘lmagan qirq yoshgacha bo‘lgan zaxiradagi ofitserlar tinchlik davrida O‘zbekiston Respublikasi
mudofaa vazirining buyrug‘iga binoan ofitserlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatni
o‘tash uchun chaqirilishi mumkin.
26. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish yoki chaqirilishdan ozod
etilish huquqiga ega bo‘lmagan zaxiradagi ofitserlar tibbiy ko‘rik to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq
tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan
nomzodlarga shaxsiy yig‘majildlar va boshqa zarur hujjatlar mudofaa ishlari organlari tomonidan
rasmiylashtiriladi.
27. Zaxiradagi ofitserni haqiqiy xizmatga chaqirish to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirmaga
asosan mudofaa ishlari organi ofitserga harbiy qism va unga kelish muddatlari ko‘rsatilgan
yo‘llanmani, zarurat tug‘ilganda harbiy tashish hujjatlarini taqdim etadi.
28. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan zaxiradagi ofitser yo‘llanmaga muvofiq harbiy
qismga keladi, yetib kelgan kuni harbiy qism komandirining buyrug‘iga binoan shaxsiy tarkib
ro‘yxatiga kiritiladi va barcha ta’minot turlariga qo‘yiladi.


29. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan zaxiradagi ofitserlar uni o‘tayotganlarida ushbu
Nizomda nazarda tutilgan o‘ziga xos jihatlarni hisobga olgan holda kontrakt bo‘yicha harbiy
xizmatchilar bilan teng ravishda majburiyatlarni bajaradilar va barcha huquq, imtiyoz va ta’minot
turlaridan foydalanadilar.

Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling