Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Download 467.11 Kb. Pdf ko'rish
|
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bob. Harbiy xizmatni o‘tash
harbiy-kasbiy saralash — fuqarolarni (nomzodlarni) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga
qo‘yilgan talablarga mos kelishini aniqlashga qaratilgan tadbirlar kompleksi (intellektual rivojlanganlik va psixoemotsional barqarorlik darajasini psixologik o‘rganish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, jismoniy imkoniyatlarni baholash, shuningdek harbiy xizmat uchun kasbiy jihatdan muhim bo‘lgan boshqa sifatlar); attestatsiya — harbiy xizmatchining kasbiy malakasini (tayyorgarligini) tizimli asosda aniqlash jarayoni (usuli); tashkiliy-shtat tadbirlari — shtat birligi, harbiy unvon, egallab turgan lavozimi bo‘yicha harbiy hisobdagi ixtisoslik, tarif razryadining o‘zgarishi, bo‘linmani tugatish, yangi shtatga o‘tish, shuningdek davlat boshqaruvi organlarining qarori bo‘yicha shaxsning boshqa ishga o‘tishini nazarda tutuvchi tadbirlar kompleksi; harbiy xizmatchi nomiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakat — xizmatda va turmushda harbiy xizmatchilar xulqining ma’naviy-axloqiy normalarini, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy nizomlari va idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar hamda idoraviy ichki hujjatlarda belgilangan qoidalarni qo‘pol ravishda buzuvchi, harbiy intizom talablariga zid, harbiy xizmatchining or-nomusi va qadr-qimmatini, harbiy bo‘linma yoki butun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining nufuzini obro‘sizlantiruvchi qasddan sodir etilgan qilmish (harakat yoki harakatsizlik). 2-bob. Harbiy xizmatni o‘tash 1-§. Harbiy xizmatni o‘tash mazmun-mohiyati va harbiy xizmatchilarga qo‘yilgan talablar 3. Harbiy xizmatni o‘tash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: muddatli harbiy xizmatga chaqirish yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish; safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish; harbiy lavozimga tayinlash va uni bajarish; harbiy unvon berish; haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish; rezervdagi xizmatga olish; harbiy xizmatga majburlarni iste’foga chiqarish; O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va mazkur Nizomga, shuningdek mazkur sohadagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq harbiy xizmatchilarning xizmat va ijtimoiy-huquqiy mavqeyini belgilab beruvchi boshqa holatlar (vaziyatlar). 4. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga quyidagi talablar qo‘yiladi: muddatli harbiy xizmatchilar egallab turgan lavozimi bo‘yicha harbiy ixtisoslikni sifatli o‘zlashtirishi, ishonib topshirilgan qurol va harbiy texnikani ishlata bilish ko‘nikmalarini egallashi, mustahkam hayotiy pozitsiya, vatanparvarona dunyoqarash, yuksak ma’naviy-axloqiy va jismoniy sifatlarga ega bo‘lishi, harbiy burchni bajarishga tayyor turishi zarur; oddiy askarlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar muddatli harbiy xizmatchilarga taalluqli bo‘lgan sifatlarni egallash bilan bir qatorda, harbiy kasbni chuqur o‘zlashtirishi, o‘zaro bog‘liq mutaxassisliklarni o‘rganishi, vaziyatning turli sharoitlarida jangovar va xizmat vazifalarini bajarish vaqtida ishonib topshirilgan qurol va harbiy texnikani qo‘llashning mustahkam ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim; serjantlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar ma’nan yetuk, harbiy burchni bajarishga ruhan tayyor bo‘lishi, harbiy kasbni mukammal bilishi, qurol-aslaha va harbiy texnikani mohirona qo‘llay olishi hamda uni saqlash va undan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishi kerak. Ularga bo‘linmalarda yuksak jangovar ruh, sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit yaratish, bo‘ysunuvchilarda Vatanga sodiqlik va vatanparvarlik hislarini doimiy ravishda tarbiyalab borish, ularni harbiy ixtisosliklar va zaruriy ko‘nikmalarni hosil qilish vazifalari yuklatiladi; ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar professional tayyorgarlikka ega komandir (rahbar), harbiy bo‘linmalarga komandirlik (rahbarlik) qilish, murakkab vaziyatlarda tezkor moslashish va mustaqil harakat qilish, nostandart qarorlarni qabul qilish hamda shaxsiy namunasi bilan bo‘ysunuvchilarni jangovar va xizmat vazifalarini hal etishga yo‘naltira olishga qodir, harbiy ishga oid chuqur bilimlar, yuksak ma’naviy-ruhiy sifatlar, keng dunyoqarash, intellekt, yaxshi tashkilotchilik qobiliyatiga ega, ishonib topshirilgan qurol-aslaha va harbiy texnikadan to‘g‘ri foydalanish va uni saqlashni biladigan mutaxassis bo‘lishlari zarur. Yuqorida sanab o‘tilgan sifatlar o‘zini harbiy xizmatga, Vatanga xizmat qilishga bag‘ishlagan har bir fuqaro uchun hayotiy maqsad bo‘lib qolishi va mashaqqatli mehnat asosida shakllana borishi, nafaqat ekstremal sharoitlarda, balki tinchlik davrida kundalik xizmat davomida ham singdirilib, namoyish etilib borilishi lozim. Ishlar tajribasi vorisiyligini ta’minlash, yosh harbiy xizmatchilarning harbiy xizmatga moslashuvi, kasbiy shakllanish va yuklatilgan xizmat vazifalarini mustaqil bajarish qobiliyatini rivojlantirish jarayoni tezlashishini ta’minlash maqsadida harbiy xizmatchilarga yuqori darajali kasbiy sifatlarga ega bo‘lgan, tayyorgarligi eng yaxshi harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar faxriylari orasidan murabbiylar biriktiriladi. Murabbiylik tartibi vazirliklarning idoraviy ichki hujjatlari bilan belgilanadi. 5. Qurolli Kuchlardagi harbiy xizmatga vatanparvarona dunyoqarash, yuqori ma’naviy-axloqiy sifatlar, zaruriy intellektual saviya, bilim doirasi keng, shuningdek jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kiradi. 6. Qurolli Kuchlarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar bilan butlash nomzodlarni harbiy- kasbiy saralash yo‘li bilan amalga oshiriladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan shaxslar bundan mustasno. 7. Qurolli Kuchlarni butlash territorial va eksterritorial tamoyillari asosida amalga oshirilishi mumkin. Territorial (eksterritorial) tamoyil bo‘yicha butlanadigan bo‘linmalar va/yoki mutaxassisliklar ro‘yxati vazirliklar rahbarlari tomonidan belgilanadi. Download 467.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling