Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga saralash


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

4-bob. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga saralash
1-§. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan nomzodlarga qo‘yilgan talablar
30. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar Qurolli Kuchlarning professional asosini tashkil etadi
hamda qo‘shilma, harbiy qism va bo‘linmalarning jangovar shayligi va jangovar qobiliyatini belgilab
beradi.
31. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga quyidagi talablarga javob beradigan fuqarolar qabul
qilinadi:
a) oddiy askar va serjantlar tarkibi lavozimlariga — o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga
majburlar va ayollar hamda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilar;
b) oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga — muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy
xizmatni o‘tagan oddiy askar va serjantlar tarkibidagi qirq yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga
majburlar;
v) oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibi lavozimlariga — muddatli harbiy xizmatni yoki
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan va oliy ma’lumotga ega o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan
harbiy xizmatga majburlar;
g) oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari lavozimlariga — o‘n yetti yoshdan yigirma
uch yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n yetti yoshga to‘ladigan
fuqarolar, shuningdek o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga
qabul qilingan yili o‘n sakkiz yoshga to‘ladigan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan
harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar, shuningdek yigirma olti yoshgacha bo‘lgan va
oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim
muassasalarining talabalari;
d) ofitserlar tarkibi lavozimlariga — qirq yoshgacha bo‘lgan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan nomzodlarga qo‘yilgan maxsus antropometrik
parametrlar vazirliklar tomonidan belgilanadi.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar lavozimlarini butlash uchun yuksak kasbiy tayyorgarlik
va faoliyatida katta tajribaga ega bo‘lgan, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan
yosh chegarasiga yetmagan fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik
kengashi apparati bilan kelishilgan holda vazirlik rahbarining qaroriga ko‘ra harbiy xizmatga qabul
qilishga ruxsat etiladi.
32. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish uchun harbiy-kasbiy saralash (keyingi
o‘rinlarda — saralash) tashkillashtiriladi.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi nomzodlarini saralash tanlov asosida o‘tkaziladi va
vazirliklar zimmasiga yuklanadi.
Fan, madaniyat va sport arboblari orasidan nomzodlar vazirlik tomonidan belgilangan
tartibda saralashdan o‘tmasdan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinishi mumkin.
33. Nomzodlarni saralashni amalga oshirish uchun kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga
nomzodlarni saralash komissiyalari tuziladi. Saralash komissiyalarini tuzish bo‘yicha vazirlik
mansabdor shaxslarining vakolatlari va ularga bo‘ysunuvchi bo‘linmalarda saralashni o‘tkazish
tartibi vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.
34. Nomzod Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib,
uning natijalari bo‘yicha nomzodning harbiy xizmatga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.

Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling