4-§. Harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgan harbiy xizmatchi bilan
yangi kontrakt tuzish
111. Harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi quyidagicha belgilanadi:
a) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askarlar (matroslar), serjantlar
(starshinalar) uchun — 45 yosh;
b) kichik ofitserlar uchun — 45 yosh;
v) katta ofitserlar uchun — 50 yosh, polkovniklar (I darajadagi kapitanlar) uchun — 55 yosh;
g) “general-mayor”, “general-leytenant” va “general-polkovnik” harbiy unvonidagi ofitserlar
uchun — 60 yosh;
“Armiya generali” harbiy unvonidagi ofitserlar uchun harbiy xizmatda bo‘lish yoshining
chegarasi o‘rnatilmaydi.
112. Harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgan, egallab turgan
lavozimida yuksak kasbiy tayyorgarlik va katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan, salomatligiga ko‘ra
harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli deb topilgan harbiy xizmatchi bilan, uning komandirlari
(boshliqlari) tomonidan yozilgan iltimosnoma asosida vazirlik rahbari yoki shunday vakolatlar
berilgan mansabdor shaxsning qaroriga ko‘ra yoshining chegarasidan tashqari harbiy xizmatda
bo‘lish muddatini besh yilgacha bo‘lgan muddatga uzaytirish to‘g‘risida kontrakt tuzilishi mumkin.
113. Harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgan harbiy xizmatchi yangi
kontrakt tuzish uchun o‘rnatilgan tartibda amaldagi kontrakt muddati tugashidan kamida to‘rt oy
oldin bildirgi bilan murojaat qiladi.
114. Harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgan harbiy xizmatchi
harbiy-tibbiy komissiya tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yuborilishi kerak. Harbiy-tibbiy
komissiya xulosasi ushbu harbiy xizmatchining harbiy xizmat muddati tugamasdan kamida uch oy
oldin harbiy qismga kelib tushishi zarur.
115. Harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgan harbiy xizmatchi bilan
kontrakt tuzish, yangi kontrakt muddati yoki kontrakt tuzishni rad etish to‘g‘risidagi qaror amaldagi
kontrakt muddati tugashidan kamida ikki oy oldin qabul qilinishi, bu to‘g‘rida harbiy xizmatchi
yozma ravishda xabardor qilinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |