Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
-§. Harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburlar bilan yangi kontrakt tuzish tartibi
Download 467.11 Kb. Pdf ko'rish
|
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)
3-§. Harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburlar bilan yangi kontrakt tuzish tartibi
97. Harbiy xizmatni davom ettirish istagini bildirgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi bilan quyidagi hollarda yangi kontrakt tuziladi: a) oldingi kontrakt muddati tugaganda; b) oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinganida (ofitserlar tarkibidan tashqari); v) oliy harbiy ta’lim muassasasini tugatgandan so‘ng xizmatni o‘tash joyiga kelganda (ofitserlar tarkibi lavozimlarida harbiy xizmatni o‘tayotganda); g) harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetganida va uni uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda. Harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga o‘qishga yuborilayotganda ular bilan o‘qish shartlari hisobga olingan va o‘qish tugagandan so‘ng belgilangan muddat mobaynida harbiy xizmatni o‘tash majburiyatlari aks ettirilgan 4-ilovaga muvofiq maxsus kontrakt tuziladi. 98. Muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish uchun belgilangan talablarga mos keladigan fuqarolar yangi kontrakt tuzadi. 99. Yangi kontrakt quyidagi muddatlarga tuziladi: a) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi (rezervdagi harbiy xizmatga majbur) bilan — besh yilga yoki agar harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetishiga besh yildan kam vaqt qolgan bo‘lsa undan kam muddatga; b) oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirayotgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi (harbiy xizmatga majbur) bilan — mazkur ta’lim muassasasida o‘qish vaqtiga va u tugagandan so‘ng besh yil mobaynida harbiy xizmatni o‘tash sharti bilan. 100. Vazirlik nomidan yangi kontraktni vazirlik rahbarining qarori bilan belgilangan mansabdor shaxslar quyidagi muddatlarda imzolaydi: a) amaldagi kontrakt muddati tugayotgan harbiy xizmatchi bilan — kontrakt muddati tugagan kunning ertasiga; b) avval kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan rezervdagi harbiy xizmatga majbur bilan — yo‘llanma bilan harbiy qismga kelgandan so‘ng uch kunlik muddatda. 101. Oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi yoki harbiy xizmatga majbur bilan kursant sifatida harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi kontrakt ushbu ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan kuni tuziladi. 102. Kontrakt muddati tugashiga olti oydan kam bo‘lmagan vaqt qolgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar bu haqda harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan ogohlantiriladi. Ular bilan harbiy xizmatchining Qurolli Kuchlar saflarida harbiy xizmatni davom ettirish masalalarini kelishish uchun suhbatlar o‘tkaziladi. 103. Yangi kontrakt tuzish istagini bildirgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi amaldagi kontraktning amal qilish muddati tugashidan kamida uch oy oldin o‘zining bevosita komandiri (boshlig‘i) nomiga yozma shaklda bildirgi topshiradi. Bildirgida kontrakt qaysi muddatga tuzilishi ko‘rsatiladi. Bildirgilarni o‘z vaqtida topshirish ustidan nazorat tegishli kadrlar organi tomonidan amalga oshiriladi. 104. Yangi kontraktni tuzish bo‘yicha hujjatlar bir oy mobaynida attestatsiya (malaka) komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi, u mazkur harbiy xizmatchi bilan kontrakt tuzishning maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qiladi. Attestatsiya (malaka) komissiyasining qarori vakolatli komandir (boshliq) tomonidan kontrakt tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun asos bo‘ladi. 105. Komandirning (boshliqning) qarori amaldagi kontrakt muddati tugashidan kamida ikki oy oldin yozma ravishda harbiy xizmatchiga yetkaziladi. 106. Yangi kontrakt tuzish bo‘yicha qaror qabul qilingan harbiy xizmatchi amaldagi kontrakt muddati tugagan kunning ertasiga kontrakt tuzish huquqiga ega bo‘lgan komandir (boshliq) huzuriga uni imzolash uchun taklif etiladi. 107. Yangi kontrakt tuzishni xohlamagan yoki yangi kontrakt tuzish rad etilgan harbiy xizmatchi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq harbiy xizmatdan bo‘shatishga taqdim etiladi. 108. Yangi kontrakt tuzish rad etilgan harbiy xizmatchi komandir (boshliq) qabul qilgan qaror ustidan yuqori turuvchi instansiya yoki sudga shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega. 109. Yangi kontrakt tuzish imkoniyatini istisno qiluvchi quyidagi obyektiv holatlarda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi oldingi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat o‘tashni davom ettiradi: homiladorlik, farzand tug‘ilishi va bola parvarishlash bo‘yicha ta’tilda bo‘lish; asir yoki garov tariqasida ushlangan holatda bo‘lish; xizmat safarida bo‘lganda yoki jangovar-xizmat vazifalarni bajarayotganda; statsionar davolanishda bo‘lish; qonunchilikda belgilangan va tomonlarning ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlar. Ko‘rsatib o‘tilgan holatlar tugagandan so‘ng u bir oy mobaynida yangi kontrakt tuzadi yoki harbiy xizmatdan bo‘shaydi. 110. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchiga o‘tagan xizmat muddatidan (kalendar hisobida) kelib chiqqan holda kontrakt bo‘yicha uzluksiz harbiy xizmati uchun birinchi uch yilga pul ta’minotining ikki oylik okladi miqdorida va uzluksiz xizmatning keyingi yillaridagi har ikki yili uchun xuddi shu miqdorda bir martalik pul mukofoti beriladi. Download 467.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling