Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Harbiy xizmatchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

9-§. Harbiy xizmatchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi
166. Harbiy xizmatchilarni attestatsiyadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlarining samarali boshqaruv tizimini yaratish, qo‘mondonlik lavozimlariga Vataniga sodiq,
O‘zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligi va davlat suverenitetini himoya qilish, xavfsizligini
ta’minlash vazifalarini hal etishga qodir malakali yosh mutaxassislarni jalb etish hisobiga eng avvalo,
Qurolli Kuchlarning jangovar qobiliyati va jangovar shayligini oshirish, ularning harbiy san’atning
zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda qurilishini tashkillashtirish, nizomga oid tartib va
intizomni mustahkamlashga qaratilgan kadrlar bilan ishlashning tarkibiy va ajralmas qismi
hisoblanadi.
167. Harbiy xizmatchilarning attestatsiyasi xolisona tarzda quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:
ularning xizmat faoliyati va xizmatda erishgan natijalarini baholash;
harbiy xizmatchilarning egallab turgan lavozimiga muvofiqligini belgilash;
harbiy xizmatchilarning kasbiy va axloqiy-ishchanlik sifatlarini baholash.
Harbiy xizmatchilar attestatsiyasi yakunlariga ko‘ra attestatsiyaning maqsadlaridan kelib
chiqib tegishli qarorlar qabul qilinadi.
168. Harbiy xizmatchilarning attestatsiyasi haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lishning butun davri
mobaynida davriy ravishda amalga oshirilishi kerak.
169. Attestatsiya quyidagicha amalga oshiriladi:
ofitser, serjant va oddiy askar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar —
amaldagi kontrakt muddati tugashidan ikki oy oldin;
muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan ofitserlar — kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul
qilish vaqtida.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar yangi kontrakt tuzish, quyi lavozimga tayinlash, davlat
mukofoti bilan taqdirlash uchun taqdim etish, shuningdek tomonlardan birining tashabbusi bilan
kontraktni muddatidan oldin bekor qilish sababli bo‘shayotganda yoki harbiy xizmatchining nomini
obro‘sizlantiruvchi xatti-harakatni sodir etganda majburiy ravishda attestatsiyadan o‘tkaziladilar.
Harbiy prokuratura organlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarining attestatsiyasi
ushbu idora xodimlari uchun mo‘ljallangan tartibda amalga oshiriladi.
170. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan har qanday toifadagi harbiy
xizmatchilar muddatidan ilgari attestatsiyadan o‘tkazilishi mumkin.
171. Attestatsiya o‘tkazish uchun attestatsiya komissiyalari tuzilib, ularning tarkibi, faoliyati va
ish tartibi vazirliklar rahbarlari tomonidan belgilanadi.
Markaziy attestatsiya komissiyasi vazirlikning oliy attestatsiya organi hisoblanadi.
172. Attestatsiya attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiyadan o‘tayotgan shaxs
ishtirokida o‘tkaziladi. Attestatsiya komissiyasi raisining qaroriga binoan attestatsiya harbiy
xizmatchining ishtirokisiz o‘tkazilishi mumkin.
Attestatsiyadan o‘tayotgan shaxs uzrli sabablarsiz attestatsiya komissiyasi majlisiga bir necha
marta kelmagan taqdirda, komissiya attestatsiyani uning ishtirokisiz bevosita boshlig‘i (komandiri)
tomonidan taqdim etilgan materiallar asosida o‘tkazishi mumkin bo‘lib, bu haqidagi kelmaslik
sabablari ko‘rsatilgan holda bayonnomaga yozuv kiritib qo‘yiladi.
173. Attestatsiya oshkoralik, talabchanlik, prinsipiallik va xayrixohlik asosida o‘tkazilishi kerak.
174. Attestatsiya komissiyalari vazirliklarning belgilangan nomenklaturasiga muvofiq bir xil
tipdagi va ularga tenglashtirilgan lavozimlarni egallagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarni
attestatsiyadan o‘tkazadi.


175. Harbiy xizmatchini attestatsiyadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha attestatsiya komissiyasi
egallab turgan lavozimiga munosib yoki munosib emas degan qarorlardan birini chiqaradi,
shuningdek uni harbiy xizmatda keyinchalik qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarni beradi.
176. Attestatsiya komissiyasining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va tegishli
komandir (boshliq) tomonidan tasdiqlanadi. Agarda komandir attestatsiya komissiyasining
qaroridan norozi bo‘lsa, u noroziligining sabablarini ko‘rsatishi va attestatsiya komissiyasining
qarorini ko‘rib chiqish uchun yuqori turuvchi attestatsiya komissiyasiga yuborishi kerak.
177. Attestatsiya komissiyasining tasdiqlangan qarori, attestatsiya bayonnomasidan
ko‘chirmalar bo‘linmaga (harbiy qismga) kelib tushgandan so‘ng o‘n kun muddat ichida kadr
organlari (komandirlar, boshliqlar) tomonidan harbiy xizmatchilarga imzo ostida yetkaziladi. Xizmat
safarida, ta’tilda yoki davolanishda bo‘lgan harbiy xizmatchiga attestatsiya komissiyasining qarori u
xizmat joyiga qaytganida yetkaziladi.
178. Attestatsiyadan o‘tkazilayotgan shaxs attestatsiya komissiyasining qaroridan norozi
bo‘lgan taqdirda, harbiy xizmatchi qaror unga yetkazilgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida
yuqori turuvchi instansiyaga (komissiyaga) shikoyat bilan murojaat etish huquqiga ega.
179. Attestatsiyadan o‘tkazilayotgan shaxsning shikoyatini yuqori turuvchi instansiya
(komissiya) ko‘rib chiqishi davrida attestatsiyada aks ettirilgan qaror va tavsiyalarning ijrosi to‘xtatib
turiladi.
Yuqori turuvchi attestatsiya komissiyasining qarori va tavsiyalari komissiya majlisining
bayonnomasi tasdiqlangan kundan boshlab ijro qilinishi kerak.
Yuqori turuvchi attestatsiya komissiyasining qarori va tavsiyalari ustidan ularni sud tartibida
ko‘rib chiqishni so‘rab sudga shikoyat bilan murojaat qilingan hollarda qabul qilingan qaror va
tavsiyalarning ijrosi to‘xtatilmaydi.
180. Attestatsiya komissiyalarining qarorlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda
shikoyat bilan murojaat qilinishi mumkin.

Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling