Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Harbiy xizmatchilarni davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga xizmat safariga yuborish


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

8-§. Harbiy xizmatchilarni davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga xizmat safariga yuborish
tartibi, ular tomonidan harbiy xizmatni o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlari
159. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar harbiy xizmatda qoldirilgan holda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanishi, shuningdek tegishli organlar va
tashkilotlar rahbarlarining so‘rovnomalariga asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari,
boshqa tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda — organlar va tashkilotlar) xizmat safariga yuborilishi
mumkin.
160. Harbiy xizmatchilarni tegishli organlar va tashkilotlar rahbarlarining so‘rovnomalari
asosida xizmat safariga yuborish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi
apparati bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Bunda organlar va tashkilotlarga xizmat safariga
yuborilgan harbiy xizmatchilarda xizmat safarigacha egallab turgan lavozimiga mos
(tenglashtirilgan) harbiy lavozimlar uchun belgilangan ta’minotning barcha turlari bilan
ta’minlanishi, kafolatlari va imtiyozlari saqlanadi.
161. Xizmat safariga yuborilgan harbiy xizmatchi bilan oldin tuzilgan harbiy xizmat uchun
kontraktning amal qilish muddati butun xizmat safari davrida to‘xtatib turiladi.
162. Organlar va tashkilotlarga xizmat safariga yuborilgan kontrakt bo‘yicha harbiy
xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar berilishi, oldin egallagan lavozimidan qat’i nazar, ularni
yuborgan vazirliklar rahbarlari tomonidan o‘z vaqtida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Harbiy unvonlarni berish va taqdirlash ular xizmat safariga yuborilgan organlar va
tashkilotlarning taqdimnomalari bo‘yicha umumiy asosda amalga oshiriladi.
163. Organlar va tashkilotlarga yuborilgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga ta’tillar
harbiy xizmatchilar uchun belgilangan tartibda beriladi.
164. Organlar va tashkilotlarga ilgari yuborilgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar
ko‘rsatilgan lavozimlardan ozod etilganidan so‘ng harbiy xizmatni davom ettirish uchun ularni
xizmat safariga yuborgan vazirliklarga qaytariladi.
Bunda kontrakt muddati tugagan yoki harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh
chegarasiga yetgan va harbiy xizmatni davom ettirishni istamagan ushbu harbiy xizmatchilar
xizmat safari davrida ular ta’minotda bo‘lgan oxirgi lavozimidan rezervga yoki iste’foga
bo‘shatiladilar.


Ushbu harbiy xizmatchilarning harbiy xizmati tugagan kun ularning vazirlik shaxsiy tarkibi
ro‘yxatidan chiqarilgan kun hisoblanadi.
165. Harbiy xizmatchilarni vazirliklarga xizmat safariga yuborish va ular tomonidan harbiy
xizmatni o‘tashning boshqa o‘ziga xos xususiyatlari ular harbiy xizmatni o‘tayotgan vazirliklar
tomonidan belgilanadi.

Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling