Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

Oldingi
 tahrirga qarang.
190. Vazirlik tomonidan uy-joy bilan ta’minlanmagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga
ularning arizasiga binoan taqdim qilinayotgan uy-joyning hisoblangan qiymatining 25 foizi
miqdoridagi dastlabki badal pulini Davlat budjeti mablag‘lari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan
boshqa manbalar hisobidan to‘lash yo‘li bilan uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti berish tizimi
bo‘yicha turarjoylar berilishi mumkin.
(190-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-avgustdagi PQ-362-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2022-y., 07/22/362/0779-son)
191. “Polkovnik”, unga tenglashtirilgan yoxud undan yuqori harbiy unvondagi harbiy xizmatni
o‘tayotgan yoki harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgani, sog‘lig‘ining
holatiga ko‘ra yoki tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan harbiy xizmatdan bo‘shatilgan
ofitserlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlari, ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga


ega bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar belgilangan normadan ortiq bir xona yoki
umumiy maydonning kamida o‘n olti kvadrat metr miqdorida qo‘shimcha turar joy maydoni olish
huquqiga ega.
192. Harbiy xizmatchilarning oila a’zolari (eri, xotini, farzandlari, shuningdek qaramog‘ida
bo‘lgan shaxslar) boquvchisini yo‘qotgan taqdirda ularga boshqa qulay va shinam turar joy bepul
ajratilgunga qadar egallab turgan turar joydan majburan ko‘chirib yuborilishi mumkin emas. Harbiy
xizmatchi halok bo‘lgandan (vafot etgandan) so‘ng ularda qonunchilikka muvofiq turar joy
sharoitlarini yaxshilash huquqi saqlanib qoladi.
193. Harbiy xizmatchilar harbiy-tibbiy bo‘linma, harbiy qism va muassasalarda bepul tibbiy
yordam olish, shu jumladan tish protezlarini yasatish va ta’mirlatish (qimmatbaho metall va boshqa
qimmat turuvchi materiallardan tayyorlangan protezlar bundan mustasno), dori vositalari, boshqa
tibbiy mulk bilan bepul ta’minlanish huquqiga ega. Harbiy xizmatchilarning harbiy xizmatni o‘tash,
yashash joylarida harbiy-tibbiy muassasalar yoki ularda tegishli bo‘limlar yoxud maxsus tibbiy asbob
uskunalar bo‘lmagan hollarda, shuningdek kechiktirib bo‘lmaydigan (shoshilinch) holatlarda tibbiy
yordam mulkchilik shaklidan qat’i nazar tibbiy muassasalarda ko‘rsatiladi. Harbiy xizmatchilar va
harbiy yig‘inlarga chaqirilgan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mazkur sog‘liqni
saqlash muassasalariga sarflangan xarajatlar vazirliklar tomonidan qoplanadi.
Xarajatlarni qoplash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda
vazirliklar tomonidan belgilanadi.
194. Quyidagi hollarda harbiy-tibbiy muassasalardagi bepul tibbiy ta’minot huquqidan sobiq
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar ham foydalanadilar:
a) katta ofitserlar tarkibi va generallar harbiy xizmatning umumiy davomiyligi yigirma yil va
undan ortiq bo‘lganda, umumiy davomiyligi yigirma besh yil va undan ortiq bo‘lganda esa bu
huquq ularning turmush o‘rtoqlariga ham tatbiq etiladi;
b) kichik ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibi harbiy xizmatning umumiy davomiyligi
yigirma yil va undan ortiq bo‘lganda;
v) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida shikastlanish (jarohatlanish, travma olish,
kontuziya), kasallanish oqibatida nogiron bo‘lib qolganlar.
195. Muddatli harbiy xizmatchilar va oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari harbiy-
tibbiy komissiya xulosasiga ko‘ra sanatoriya-kurort muassasalarida bepul davolanish bilan
ta’minlanadilar.
196. Katta ofitserlarning oila a’zolari (eri, xotini, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasidan oldin nogiron
bo‘lib qolgan o‘n sakkiz yoshdan oshgan farzandlari, ta’lim muassasalarida ta’limning kunduzgi
shaklida tahsil olayotgan yigirma uch yoshgacha bo‘lgan farzandlari) harbiy-tibbiy muassasalarda
bepul tibbiy yordam olish huquqiga egalar.
197. Harbiy xizmatni o‘tash davrida halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilar,
shuningdek harbiy xizmatdan (harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgani,
sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yoki tashkiliy-shtat tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan)
bo‘shatilgandan so‘ng halok bo‘lgan (vafot etgan) hamda harbiy xizmatning umumiy davomiyligi
yigirma yil va undan ortiq bo‘lgan ofitser va generallarning boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolarida
harbiy xizmatchining hayotligida bo‘lganidek tibbiy yordam ko‘rsatish, sanatoriya-kurortlarda
davolanish, ushbu davolanish joyiga borish va qaytishda transportdan imtiyozli foydalanish
huquqlari saqlanib qoladi.
198. Harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy
xizmatchilarning ota-onalari, turmush o‘rtoqlari va farzandlariga (yigirma uch yoshgacha) harbiy-
tibbiy muassasalarda bepul tibbiy yordam olish huquqi beriladi.

Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling