Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
-§. Boshlang‘ich harbiy unvonni berish tartibi
Download 467.11 Kb. Pdf ko'rish
|
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)
2-§. Boshlang‘ich harbiy unvonni berish tartibi
219. Harbiy unvonlarni berish uchun taqdimnomalar, boshqa hujjat va buyruqlarning shakl va mazmuni, shuningdek ularni rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi (generallar tarkibi bundan mustasno) vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi. Navbatdagi harbiy unvonning berilishini asossiz ravishda kechiktirgan komandirlar (boshliqlar) belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortiladi. 220. Quyidagilar boshlang‘ich harbiy unvonlar hisoblanadi: a) boshqa harbiy unvoni bo‘lmagan muddatli harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar uchun — “oddiy askar (matros)”; b) serjantlar tarkibi uchun — “kichik serjant (starshina)”; v) ofitserlar tarkibi uchun — “leytenant”; g) generallar tarkibi uchun — “general-mayor”. 221. “Oddiy askar (matros)” harbiy unvoni muddatli harbiy xizmatga chaqirish yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish vaqtida harbiy unvoni bo‘lmagan fuqarolarga beriladi. 222. “Kichik serjant” harbiy unvoni quyidagilarga beriladi: a) vazirliklar tasarrufidagi ta’lim muassasalarining tegishli dasturlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash kurslarini tamomlagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga; b) vazirliklar tasarrufidagi ta’lim muassasalarining tegishli dasturlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash kurslarida tayyorgarlikdan o‘tishni talab qilmaydigan serjantlar tarkibi lavozimlaridagi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga, shuningdek intizomiy rag‘batlantirish tartibida; v) oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlariga — o‘qishdagi yuqori natijalar va namunali harbiy intizom uchun. 223. “Leytenant” harbiy unvoni quyidagilarga beriladi: a) harbiy xizmatchilarga — oliy harbiy ta’lim muassasasini tamomlab tegishli harbiy ixtisoslikni olgandan so‘ng; b) oliy harbiy ta’lim muassasalarida ular bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmaydigan tegishli harbiy-hisob ixtisosligiga mos keladigan oliy fuqarolik ma’lumotiga ega bo‘lgan hamda ofitserlar tarkibining lavozimiga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga tayinlangan harbiy xizmatchilarga — lavozimga tayinlanganidan so‘ng; v) oliy fuqarolik ma’lumotiga ega bo‘lgan hamda ofitserlar tarkibi lavozimiga tayinlangan oddiy askar va serjantlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga — oliy harbiy ta’lim muassasalari qoshidagi kurslarni tamomlaganidan so‘ng; g) oliy ta’lim muassasalarning o‘quv bo‘linmalari va harbiy yig‘inlarda harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan hamda belgilangan davlat imtihonlarini topshirgan fuqarolarga (zaxiradagi leytenant); d) tegishli harbiy hisob ixtisosligiga mos keladigan oliy fuqarolik ma’lumotiga ega bo‘lgan harbiy xizmatga majburlarga — oliy harbiy ta’lim muassasalari qoshidagi ofitserlar tarkibini tayyorlash kurslarini tamomlagach hamda rezerv ofitserlari tarkibiga kiritish uchun attestatsiyadan o‘tkazilgandan so‘ng. Download 467.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling