Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Harbiy xizmatchilarning huquq va majburiyatlari


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

7-bob. Harbiy xizmatchilarning huquq va majburiyatlari
181. Harbiy xizmatchilar harbiy xizmat shartlarida belgilangan cheklovlarni hisobga olgan
holda O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi 
va qonunlarida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy hamda shaxsiy huquq va erkinliklardan to‘liq foydalanadilar, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolarining barcha majburiyatlarini bajaradilar.
Harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat shartlaridan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlari
qonunchilikda belgilanadi.
Harbiy xizmatchilarning xizmat vazifalarini vijdonan bajarishi va o‘zlariga topshirilgan
uchastkalarda ularning erishgan natijalari qo‘mondonlik tomonidan intizomiy va moddiy
rag‘batlantirish choralari bilan taqdirlanishi mumkin.
Harbiy burchni ado etishdagi mardligi va jasorati, jangovar-xizmat faoliyati, jangovar va
ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikdagi yuqori ko‘rsatkichlari, yangi, murakkab jangovar texnikani a’lo
darajada egallagani, qo‘shinlarga namunali rahbarlik qilgani hamda Vatan va O‘zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlari oldidagi boshqa mislsiz xizmatlari uchun harbiy xizmatchilar
O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlanishga taqdim qilinishlari mumkin.
182. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra bunday vakolatga ega bo‘lgan shaxslardan
tashqari hech kim harbiy xizmatchilarning xizmat faoliyatiga aralashish huquqiga ega emas.
183. Harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda qurolni
saqlash, olib yurish va qo‘llash huquqiga egadirlar.
184. Harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti mablag‘lari hisobidan
oziq-ovqat, pul, kiyim-kechak, uy-joy ta’minoti bilan ta’minlanadilar, O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligida belgilangan pensiya va tibbiy ta’minot hamda boshqa ijtimoiy kafolat va
imtiyozlardan foydalanadilar.
Oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga:
yil yakunlariga ko‘ra yanvar oyida qo‘shinlar jangovar shayligini saqlab turgani, xizmat
majburiyatlarini vijdonan bajargani uchun mukofot pulini to‘lash to‘g‘risidagi buyruq imzolangan


kunda belgilangan me’yorlarga ko‘ra ikkita pul ta’minoti okladiga teng miqdordagi bir marta
beriladigan pul mukofoti to‘lanadi;
bir yilda bir marta bitta pul ta’minoti okladiga teng miqdordagi moddiy yordam puli to‘lab
beriladi.
Bunda, lavozim okladlari amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan oshirishlarsiz hisobga
olinadi.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini sanatoriylardagi sanatoriy-
kurort davolanishi hamda dam olish uylarida (pansionatlarda) profilaktik dam olishini
tashkillashtirish tartibi vazirlik tomonidan belgilanadi.
Harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarni o‘tash davrida oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan
ta’minlanadilar, shuningdek harbiy-tibbiy bo‘linma, harbiy qism va muassasalarda bepul tibbiy
ta’minotdan, shu jumladan dori vositalari va boshqa tibbiy mulk bilan bepul ta’minlanish
huquqidan foydalanadilar.
185. Erkin harakatlanish huquqi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy
qismlarning jangovar shayligini saqlab turish va xizmat joyiga o‘z vaqtida kelishni ta’minlash
zaruratini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Harbiy xizmatchilarning harbiy qism tashqarisida harakatlanishi, ularning harbiy xizmatni
o‘tayotgan garnizon hududidan tashqariga chiqish qoidalari vazirlik tomonidan belgilanadi.
186. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning bir haftalik harbiy xizmat vaqtining umumiy
davomiyligi qonunchilikda belgilangan bir haftalik ish vaqtining normal davomiyligidan oshib
ketmasligi kerak, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va Qurolli Kuchlarning Umumharbiy
nizomlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
To‘liq sutkalik rejimda xizmatni o‘tash uch mahal ovqatlanish va kamida to‘rt soatgacha dam
olish uchun vaqt ajratgan holda yigirma to‘rt soat mobaynida amalga oshiriladi.
Xizmatni o‘tashning to‘liq sutkalik rejimida harbiy xizmatchilarga, ularning xohishiga ko‘ra
oziq-ovqat payogi uchun belgilangan me’yorlar bo‘yicha belgilangan tartibda qozon ta’minotiga
qo‘yish yo‘li bilan xizmatni o‘tash joyi bo‘yicha tekin uch mahal ovqat taqdim qilinishi mumkin.
187. Dam olish va bayram kunlari harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish uchun jalb etilgan
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga haftaning boshqa kunlari dam olish vaqti beriladi.
188. Muddatli harbiy xizmatchilar xizmat vaqtining davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlarining Umumharbiy nizomlari talablariga muvofiq ravishda harbiy qism kun tartibi
bilan belgilanadi.
189. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar va ular bilan birga yashovchi oila a’zolariga (eri,
xotini, farzandlari, shuningdek ularning qaramog‘idagi shaxslar) yangi harbiy xizmat joyida
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartib va me’yorlar bo‘yicha yashash uchun
turar joy beriladi.
Harbiy xizmatchilar va ular bilan birga yashovchi oila a’zolari (eri, xotini, farzandlari,
shuningdek ularning qaramog‘idagi shaxslar) turar joy bilan ta’minlanmagan taqdirda, ularga har
oyda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan miqdorda turar joyni ijaraga olganlik
(ijarada turganlik) uchun kompensatsiya puli to‘lanadi.

Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling