Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
-§. Harbiy lavozimdan ozod etish tartibi
Download 467.11 Kb. Pdf ko'rish
|
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-§. Rejalashtirilgan almashtirish tartibida boshqa joyga o‘tkazish
- 7-§. Harbiy xizmatchilarni bir vazirlikdan boshqa vazirlikka o‘tkazish tartibi
5-§. Harbiy lavozimdan ozod etish tartibi
150. Harbiy xizmatchi yangi lavozimga (shu jumladan tinglovchi va kursant lavozimiga) tayinlanganda, boshqa lavozimga o‘tkazilganda, boshqa joyga yuborilganda, harbiy xizmatdan bo‘shatilganda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa holatlarda egallab turgan lavozimidan ozod etiladi. 151. Harbiy xizmatchini lavozimga tayinlash vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs yoki yuqori turuvchi komandir (boshliq) ushbu Nizomning 118 , 119 va 120-bandlariga muvofiq uni egallab turgan lavozimidan ozod etish huquqiga ega. 6-§. Rejalashtirilgan almashtirish tartibida boshqa joyga o‘tkazish 152. Iqlim sharoitlari noqulay joylarda harbiy xizmatni o‘tayotgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar reja asosida boshqa joyga o‘tkaziladi. Ko‘rsatilgan joylarda harbiy xizmatni o‘tash muddati O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadi (ushbu muddat vakolat muddatlari qonunchilik bilan belgilanadigan mansabdor shaxslar uchun — ularning vakolat muddatiga teng). Xizmat zaruriyati va o‘zining roziligi bilan harbiy xizmatchi ko‘rsatib o‘tilgan joyda harbiy xizmatini davom ettirishi mumkin. 153. Harbiy xizmatchilarni reja asosida boshqa joyga o‘tkazishni tashkillashtirish va o‘tkazish tartibi vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi. 7-§. Harbiy xizmatchilarni bir vazirlikdan boshqa vazirlikka o‘tkazish tartibi 154. Qurolli Kuchlarda tashkiliy-shtat tadbirlarini o‘tkazishda harbiy xizmatchilar harbiy qism (bo‘linma) tarkibida harbiy xizmatni davom ettirish uchun bir vazirlikdan boshqa vazirlikka o‘tkazilishi mumkin. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarni bir vazirlikdan boshqa vazirlikka o‘tkazish faqat ularning yozma roziligi asosida amalga oshiriladi. 155. Lavozimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatining nomenklaturasiga kirmaydigan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarni bir vazirlikdan boshqa vazirlikka o‘tkazish manfaatdor vazirliklarning rahbarlari bilan kelishilgan holda yakka tartibda amalga oshiriladi. 156. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi o‘tkazishga rozilik bermagan taqdirda, u vaqtincha, bir oygacha bo‘lgan muddatga harbiy qism (bo‘linma) tarkibida bo‘linmaga rahbarlik qilish, ish va lavozimini topshirish uchun boshqa vazirlikka xizmat safariga yuborilishi mumkin. Bunda harbiy xizmatchi bilan tuzilgan oldingi kontrakt davom ettiriladi, ammo harbiy xizmatchi u bajarayotgan lavozim uchun belgilangan me’yorlar bo‘yicha xizmat safariga yuborilgan vazirlik tomonidan ta’minotning barcha turlari bilan ta’minlanadi. Xizmat safari muddati tugagandan so‘ng harbiy xizmatchi xizmatni davom ettirish uchun xizmat safariga yuborgan vazirlikka qaytib keladi. Ushbu harbiy xizmatchi xizmat safariga yuborilgan vaqtgacha egallab turgan lavozimidan past bo‘lmagan lavozimga o‘rnatilgan tartibda tayinlanishi lozim. Tegishli lavozimga tayinlash imkoniyati mavjud bo‘lmaganda harbiy xizmatchi quyi yoki yuqori harbiy lavozimga tayinlanishi yoxud tashkiliy-shtat tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan (boshqa asoslar bo‘lmagan taqdirda) Qurolli Kuchlar safidan bo‘shatilishi mumkin. 157. Harbiy xizmatchilar bir vazirlikdan boshqa vazirlikka o‘tkazilganlarida oldingi xizmat joyining shaxsiy tarkib ro‘yxatidan chiqariladi va o‘tkazilgan vazirlikning shaxsiy tarkibi ro‘yxatiga kiritiladilar. Harbiy xizmatchi o‘tkazilgan vazirlik bilan yangi kontrakt tuzilmaydi. 158. Shu bilan birga, ushbu harbiy xizmatchilar yangi xizmat joyi shaxsiy tarkibi ro‘yxatiga kiritilgan kunga qadar o‘zi ketayotgan vazirlikda harbiy xizmatni o‘tayotgan bo‘lib hisoblanadilar. Download 467.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling