Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Harbiy xizmatchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

2-§. Harbiy xizmatchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
139. Barcha toifadagi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning xizmat o‘tashi va ularning
xizmat martabasi haqiqiy harbiy xizmatning butun muddati davomida uzluksiz ravishda tahsil olish
va malaka oshirish bilan kechishi lozim.
140. Birinchi xizmat yili tugashi bilan oliy harbiy ta’lim muassasa boshlig‘iga komandir va
boshliqlar tomonidan oliy harbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining barcha ta’lim predmetlari
bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga bahodan iborat taqrizlar taqdim etiladi.
3-§. Lavozim bo‘yicha majburiyatlarni vaqtincha bajarishni yuklash tartibi
141. Xizmat zaruriyati yuzasidan harbiy xizmatchiga quyidagilar yuklatilishi mumkin:
a) o‘zi egallamagan vakant lavozimni vaqtincha bajarish (lvb). Bu holda harbiy xizmatchi
oldingi egallagan lavozimidan ozod etiladi;
b) o‘zi egallamagan lavozim (uni egallagan harbiy xizmatchi vaqtincha yo‘q bo‘lsa yoki
lavozimdan chetlatilgan bo‘lsa) majburiyatlarini vaqtincha bajarish (lmvb). Bu holda harbiy
xizmatchi oldingi egallagan lavozimidan ozod etilmaydi.
142. Vakant lavozimni vaqtincha bajarishning (lvb) uzluksiz muddati olti oydan oshmasligi
kerak.
Ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan so‘ng lavozimni vaqtincha bajarib turgan harbiy xizmatchini
yoki boshqa harbiy xizmatchini ushbu lavozimga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilinishi lozim.
143. Harbiy xizmatchiga lavozimni (majburiyatni) vaqtincha bajarishni yuklatish va uni
egallagan lavozimni (majburiyatni) bajarishdan ozod etish vakolatli mansabdor shaxsning buyrug‘i
(farmoyishi) bilan amalga oshiriladi.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan lavozim
vazifalarini vaqtincha bajarishni harbiy xizmatchiga yuklatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


bilan kelishilgan holda vazirlik rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
144. Harbiy qism komandiri (boshlig‘i) o‘zi vaqtincha bo‘lmagan vaqtda lavozimi bo‘yicha
vazifalarni vaqtincha bajarishni o‘rinbosarlaridan biriga yuklaydi.
Boshqa hollarda harbiy xizmatchiga uning vazifalarini vaqtincha bajarish harbiy qism
komandiri yoki yuqori turuvchi, uning bevosita boshlig‘i bo‘lgan komandir (boshliq) tomonidan
yuklatiladi.

Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling