Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
-§. Navbatdagi harbiy unvonni berish tartibi
Download 467.11 Kb. Pdf ko'rish
|
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)
3-§. Navbatdagi harbiy unvonni berish tartibi
224. Navbatdagi harbiy unvonlar harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvon ular egallab turgan shtat lavozimi bo‘yicha ko‘zda tutilgan harbiy unvonga mos bo‘lsa va harbiy unvonda bo‘lishning belgilangan xizmat muddati tugagandan keyin beriladi. Yuqori turuvchi vakant lavozimni vaqtincha bajarish (lvb) yuklatilgan harbiy xizmatchilarga harbiy unvonlar avval egallab turgan lavozimiga muvofiq beriladi. 225. Harbiy xizmatchini navbatdagi harbiy unvonni berishga taqdim qilishda uning shaxsiy, kasbiy, ishchanlik, ma’naviy-ahloqiy fazilatlari, ma’lumoti darajasi, u mas’ul bo‘lgan uchastkadagi ishlar holati hisobga olinadi. 226. Harbiy xizmatchilar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddati quyidagicha belgilanadi: “oddiy askar” harbiy unvonida — belgilanmagan; “kichik serjant” harbiy unvonida — ikki yil; “III darajali serjant” harbiy unvonida — uch yil; “II darajali serjant” harbiy unvonida — to‘rt yil; “I darajali serjant” harbiy unvonida — besh yil; “katta serjant” harbiy unvonida – belgilanmagan; “leytenant” harbiy unvonida — ikki yil (o‘qish davomiyligi besh yil bo‘lgan oliy harbiy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari uchun — bir yil); “katta leytenant” harbiy unvonida — ikki yil; “kapitan” harbiy unvonida — uch yil; “mayor” harbiy unvonida — to‘rt yil; “podpolkovnik” harbiy unvonida — besh yil. 227. “Polkovnik” va undan yuqori bo‘lgan harbiy unvonlarda xizmat muddati belgilanmaydi. 228. Harbiy xizmatchilarning berilgan harbiy unvondagi xizmat muddati harbiy unvon berilgan (shaxsiy tarkib bo‘yicha buyruq chiqarilgan) kundan boshlab hisoblanadi. 229. Harbiy unvon berilgan xizmat muddatiga harbiy xizmatda bo‘lishning butun vaqti qo‘shiladi. Ko‘rsatilgan muddatga quyidagilar qo‘shib hisoblanadi: a) harbiy xizmatchi asossiz tarzda jinoiy javobgarlikka tortilgan, harbiy xizmatdan noqonuniy bo‘shatilgan va keyinchalik harbiy xizmatga tiklangan hollarda harbiy xizmatdagi uzilish vaqti; b) Qurolli Kuchlar rezervida (zaxirasida) bo‘lgan davri. 230. Berilgan harbiy unvonda bo‘lishning belgilangan xizmat muddatidan kamida ikkitasini o‘tagan ofitserga, xizmat yuzasidan ijobiy tavsiflar berilgan va uning harbiy-hisob ixtisosligi bo‘yicha vakant lavozim yo‘qligi sababli uni yuqori turuvchi lavozimga tayinlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, vazirlik rahbarining qaroriga binoan shtatga ko‘ra unga o‘zi egallab turgan harbiy lavozim uchun ko‘zda tutilgan harbiy unvondan bir pog‘ona yuqori turuvchi “polkovnik” harbiy unvonigacha bo‘lgan harbiy unvon beriladi. 231. “III darajali serjant”, “II darajali serjant”, “I darajali serjant” va “katta serjant” harbiy unvonlari oldingi harbiy unvonda bo‘lishning belgilangan xizmat muddatini o‘tagan, komandirlik va harbiy ish mutaxassisi, bo‘ysunuvidagilarni tayyorlash va tarbiyalash ishida murabbiylik sifatlari va malakalarini namoyon qilgan, jangovar va kasbiy tayyorgarlikda yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, shtat toifasiga ko‘ra ularni berish mumkin bo‘lgan lavozimni egallagan harbiy xizmatchilarga, faqatgina ular vazirliklar tasarrufidagi ta’lim muassasalarining mutaxassislarni tayyorlash kurslarini tamomlaganidan keyin beriladi. 232. Navbatdagi “polkovnik” harbiy unvoni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasining ikki yillik o‘quv dasturini, xorijiy davlatlarning harbiy akademiyalarini yoki magistrlik o‘quv dasturi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonlarga (tegishli yo‘nalish bo‘yicha), shuningdek chuqur kasbiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan ofitserlarga beriladi. 233. Oliy harbiy ta’lim muassasasidagi kurslarda o‘qiyotgan ofitserlarga navbatdagi harbiy unvon egallab turgan lavozimidagi shtat toifasini hisobga olgan holda ofitserni o‘qishga yuborgan komandirlarning (boshliqlarning) taqdimnomasiga asosan harbiy unvondagi xizmat muddati tugagandan so‘ng beriladi. 234. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida uzoq muddatli xizmat safarlarida bo‘lgan, shuningdek xorijiy mamlakatlar harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan harbiy xizmatchilar navbatdagi harbiy unvonlarni berishga vazirliklar kadr organlarining boshliqlari tomonidan taqdim qilinadilar. 235. Xizmat, harbiy burchni bajarishda alohida namuna ko‘rsatgan, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga, hududiy yaxlitligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda vazirliklar rahbarlari tomonidan navbatdagi harbiy unvonlar muddatidan avval berilishi mumkin. 236. Istisnoli holatlarda serjant va ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning harbiy unvonini bir pog‘onaga tushirish intizomiy jazo chorasi sifatida yoki attestatsiya komissiyasining qaroriga ko‘ra ushbu harbiy unvonni berish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi. 237. Harbiy burchni ado etishdagi jiddiy xatoliklar, hokimiyat vakolatlarini suiiste’mol qilgani, favqulodda vaziyatlarda qonunlar va Umumharbiy nizomlari bilan zimmasiga yuklangan talab va majburiyatlarni bajarmaganligi uchun generallar tarkibiga mansub shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan harbiy unvonlaridan pastlatilishi mumkin. Harbiy unvonlari pastlatilgan harbiy xizmatchilar pastlatilgan kundan boshlab kamida bir yil o‘tgach ijobiy tavsifnoma bo‘lgan taqdirda harbiy unvonni pasaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan boshliqlar, ularga tenglashtirilgan va yuqori turuvchi boshliqlarning buyruqlari bilan oldingi harbiy unvonga qayta tiklanishlari mumkin. Harbiy xizmatchini oldingi harbiy unvoniga tiklamay va navbatdagi harbiy unvon berilmay turib uni ikkinchi marta harbiy unvondan pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Harbiy unvoni pasaytirilgandagi xizmat muddati harbiy unvoni qayta tiklangandagi xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi. Oldingi tahrirga qarang. 238. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi, prokuratura, sud va adliya organlarining maxsus unvonlariga (martaba darajalariga) ega fuqarolarni harbiy xizmatga qabul qilishda vazirlik rahbari tomonidan belgilangan attestatsiyadan qayta o‘tish tartibida uning maxsus unvoniga mos keladigan harbiy unvon berilishi mumkin. Harbiy unvonda xizmat qilish muddatiga (martaba darajasidagi ish stajiga) maxsus unvonda xizmat qilish muddati ham qo‘shib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi, prokuratura, sud va adliya organlarining maxsus unvonlariga (martaba darajalariga) ega, harbiy xizmatga kirish paytida mavjud maxsus unvonga (martaba darajalariga) mos keladigan harbiy unvon berilmagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga maxsus unvonda xizmat qilish (martaba darajasida ishlash) davrlari keyinchalik attestatsiyadan qayta o‘tkazish tartibida navbatdagi harbiy unvonni berish uchun qo‘shib hisoblanishi mumkin. (238-bandning birinchi — uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19- maydagi PF-6230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2021-y., 06/21/6230/0473-son) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori, farmoyishi bilan generallar tarkibi lavozimlariga tayinlangan, harbiy yoki maxsus unvoni bo‘lmagan shaxslarga haqiqiy harbiy xizmatga qabul qilishda o‘rnatilgan tartibda “polkovnik” va ungacha bo‘lgan harbiy unvon berilishi mumkin. Alohida holatlarda ilmiy daraja, ilmiy unvon yoki faoliyatning tor ixtisoslik turlari bo‘yicha ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan va ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlangan fuqarolarga haqiqiy harbiy xizmatga qabul qilishda o‘rnatilgan tartibda “mayor” va ungacha bo‘lgan harbiy unvon berilishi mumkin. Download 467.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling