Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

Oldingi
 tahrirga qarang.
199. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning farzandlari yashash joyi, shu jumladan
vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlari va o‘rta ta’lim muassasalari,
shuningdek vazirliklarning bolalar sog‘lomlashtirish lagerlariga navbatsiz qabul qilinadi.
(199-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)


200. Vazirliklar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari va tashkilotlar o‘z vakolatlari doirasida harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy xizmatdan
bo‘shatilgan fuqarolar va ularning oila a’zolariga qo‘shimcha imtiyoz, kafolat va kompensatsiyalarni
belgilash huquqiga ega.
201. Harbiy xizmatchilar xizmat safariga, harbiy xizmatni o‘tash uchun yangi joyga
o‘tkazilganligi munosabati bilan, yiliga bir marta asosiy (kanikulyar) ta’tilni, qo‘shimcha ta’tillarni
o‘tkazish joylariga, davolanishga borish va qaytishda, harbiy xizmatdan bo‘shaganda o‘zi tanlagan
yashash joyiga borishda temir yo‘l, havo, suv va avtomobil (taksidan tashqari) transportidan bepul
foydalanish huquqiga ega bo‘lib, bunda oddiy askarlar tarkibiga mansub muddatli harbiy
xizmatchilar, shuningdek oddiy askarlar va serjantlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy
xizmatchilar qo‘shimcha ravishda shahar ichi, shahar atrofi va mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi
jamoat transportining barcha turlaridan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega.
202. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar harbiy xizmatni o‘tashning yangi joyiga borishda va
harbiy xizmatdan bo‘shatilganda o‘n tonnagacha bo‘lgan shaxsiy mulkni konteynerlarda oldingi
turar joyidan yangisiga temir yo‘l transportida, temir yo‘l transporti bo‘lmagan joyda esa
transportning boshqa turlari (havo transporti bundan mustasno) bilan bepul tashish huquqiga
egalar. Shaxsiy mulkni alohida vagonda, bagaj qilib va kichik holda jo‘natilganda ularning haqiqiy
xarajatlari qoplanadi, biroq bu miqdor o‘n tonnali yukni konteynerda tashish qiymatidan oshmasligi
kerak.
203. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchining u bilan birga yashayotgan oila a’zolari harbiy
xizmatchilar uchun belgilangan asoslarda: harbiy xizmatni o‘tashning yangi joyiga o‘tkazilgani
munosabati bilan harbiy xizmatchining turar joyidan harbiy xizmat joyigacha; harbiy-tibbiy
komissiyaning xulosasiga ko‘ra davolash muassasalarida davolanishga borish va u erdan qaytish;
harbiy xizmatchi harbiy xizmatdan bo‘shatilganda, shuningdek harbiy xizmatchi halok bo‘lganda
(vafot etganda) tanlangan yashash joyiga borishda transportdan bepul foydalanish huquqiga ega.
204. Harbiy xizmatchining oila a’zolari harbiy xizmatchining halok bo‘lganligi (vafoti etganligi)
munosabati bilan tanlangan yashash joyiga ko‘chib borishda o‘n tonnagacha bo‘lgan shaxsiy
mulkni konteynerlarda temir yo‘l transportida, temir yo‘l transporti bo‘lmagan joyda esa
transportning boshqa turlari (havo transporti bundan mustasno) bilan bepul tashish huquqiga ega.
Shaxsiy mulkni alohida vagonda, bagaj qilib va kichik holda jo‘natilganda ularning haqiqiy xarajatlar
qoplanadi, biroq bu miqdor o‘n tonnali yukni konteynerda tashish qiymatidan oshmasligi kerak.
205. Harbiy yig‘inlarga chaqirilgan, harbiy xizmatni (harbiy yig‘inlarni) o‘tash vaqtida vafot
etgan yoki tinchlik davrida shikastlanish (jarohatlanish, travma olish, kontuziya), kasallik natijasida
vafot etgan harbiy xizmatchilarni, fuqarolarni, shuningdek harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan
yosh chegarasiga yetgani, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra, kontrakt muddatining tugagani yoki
tashkiliy-shtat tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan harbiy xizmatdan bo‘shatilgandan so‘ng vafot
etgan fuqarolarni dafn etish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
Harbiy xizmatchi halok bo‘lganda (vafot etganda) uning oila a’zolari u dafn etiladigan joyga
bepul borish va qaytish huquqiga ega. Halok bo‘lgan (vafot etgan) va O‘zbekiston Respublikasi
hududida dafn etilgan harbiy xizmatchining oila a’zolari bir yilda bir marta dafn etilgan joyga bepul
borish va qaytish huquqiga ega.
206. Harbiy xizmatdan bo‘shatilgan, harbiy xizmatining umumiy davomiyligi yigirma yil va
undan ortiq bo‘lgan ofitser va generallar harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasiga muvofiq statsionar
davolanishga yoki sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish muassasalariga borish va qaytishda (yiliga
bir marta) temir yo‘l, havo, suv va avtomobil (taksidan tashqari) transportidan bepul foydalanish
huquqiga ega. Ko‘rsatib o‘tilgan ofitserlar harbiy xizmatining umumiy davomiyligi yigirma besh yil
va undan ortiq bo‘lgan taqdirda ularning oila a’zolari ham transportdan foydalanishda shunday
huquqqa egadir.
207. Agar harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasiga ko‘ra davolash yoki sanatoriya-kurort
muassasasiga, kasalligi sababli ta’tilga, harbiy xizmatdan bo‘shaganda tanlangan yashash joyiga
ketayotgan harbiy xizmatchini kuzatib boruvchi shaxs zarur bo‘lsa, kuzatib boruvchi o‘zi kuzatib
borayotgan shaxs uchun belgilangan asoslarda transportdan bepul foydalanish huquqiga ega.


208. Muddatli harbiy xizmatchilar harbiy qismlar tomonidan jo‘natiladigan xatlarni
O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab bepul yuborish huquqiga egadirlar.
209. Favqulodda vaziyat sharoitlarida va jangovar harakatlar olib borilayotganda vazifalarini
bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchining oila a’zolariga (eri, xotini, farzandlari,
shuningdek uning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga) urush davrida halok bo‘lgan harbiy
xizmatchining oila a’zolariga nisbatan belgilangan imtiyoz, kafolat va kompensatsiyalar tatbiq
etiladi.
210. Rezervchilar harbiy yig‘inlarda qatnashish davrida quyidagi huquqlarga ega:
harbiy yig‘inlar o‘tkaziladigan joyga temir yo‘l va avtomobil transportida (taksidan tashqari)
bepul borish va qaytish;
harbiy qismlar tomonidan jo‘natiladigan xatlarni bepul yuborish;
harbiy-tibbiy muassasalarda bepul tibbiy xizmat bilan ta’minlanish.
Rezervchilar harbiy yig‘inlarda qatnashayotgan davrda O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga muvofiq ularning hayoti va sog‘lig‘i davlat tomonidan majburiy ravishda
sug‘urtalanadi.
211. Fuqarolarning haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lgan davri O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga muvofiq ularning umumiy ish staji va ixtisoslik bo‘yicha ish stajiga qo‘shib
hisoblanadi.
212. Harbiy xizmatchilar quyidagi huquqlarga ega emas:
harbiy qismning mulki va moliyaviy mablag‘lari, shuningdek davlatning boshqa mulkini
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda ishlatish;
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq chiqishlar (ommaviy axborot
vositalaridagi chiqishlar bundan mustasno) va nutqlar uchun gonorar olish;
boshqa haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanish, ilmiy, pedagogik va boshqa ijodiy faoliyat
olib borish bundan mustasno, agarda u harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qilmasa;
shaxsan o‘zi yoki vakolatli shaxslar orqali tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, shu
jumladan xususiy tijorat tashkilotlarini boshqarishda ishtirok etish, shuningdek xizmat mavqeyidan
foydalanib tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslarga yordam
ko‘rsatish;
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarganligi uchun jismoniy va yuridik shaxslardan mukofotlar
(sovg‘alar, pul mablag‘lari, ssudalar, xizmatlar, ko‘ngilochar, hordiq, transport xarajatlari uchun haq
to‘lash va boshqa mukofotlar) olish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumharbiy
nizomlariga muvofiq harbiy xizmatchilar taqdirlanadigan qimmatbaho (shu jumladan ismi
yozilgan) sovg‘alar va pul mablag‘lari bundan mustasno;
jismoniy va yuridik shaxslar hisobidan xorijiy xizmat safarlariga borish, xalqaro shartnomalarga
muvofiq yoki davlat hokimiyati organlarining xorijiy davlatlarning tegishli davlat hokimiyati
organlari yoki xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro kelishuvlari asosida amalga oshiriladigan xizmat
safarlari bundan mustasno;
siyosiy partiyalar hamda ijtimoiy, shu jumladan diniy birlashmalarning manfaatlarida,
shuningdek ularning g‘oyalarini targ‘ib qilishda o‘z xizmat mavqeyidan foydalanish.
213. Yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlik holatlari va yetkazilgan zarar uchun harbiy xizmatchilar
qonunchilikda belgilangan asoslar va tartibda intizomiy, ma’muriy, jinoiy, fuqarolik-huquqiy va
moddiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling