Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Qo‘shimcha ta’tillarni berish tartibi


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

5-§. Qo‘shimcha ta’tillarni berish tartibi
Oldingi
 tahrirga qarang.


270. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga quyidagi qo‘shimcha ta’tillar beriladi: oliy ta’lim
muassasalariga, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga kirish imtihonlarini topshirish va ularda
tahsil olish vaqtida (biroq yiliga ko‘pi bilan bir marta); ijodiy; oilaviy sharoiti tufayli; jangovar
harakatlarda qatnashganligi uchun; rag‘batlantirish tariqasida.
(270-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli 
Farmoni
 tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
271. Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarini topshirishga ruxsat etilgan harbiy
xizmatchilarga imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni topshirish uchun o‘ttiz sutkagacha
bo‘lgan muddatga o‘quv ta’tili beriladi.
Doktoranturaga qabul qilinayotgan harbiy xizmatchilarga o‘quv ta’tili berilmaydi.
Harbiy xizmatchining kirish imtihonlarini topshirishiga ruxsat etilgani to‘g‘risidagi ta’lim
muassasasi boshlig‘i tomonidan imzolangan xabarnoma o‘quv ta’tili berish uchun asos hisoblanadi.
272. O‘quv ta’tilining muddati ta’lim muassasasi joylashgan joyga borish va qaytish vaqtiga
uzaytiriladi.
273. Falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil
izlanuvchi bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchiga dam olish va bayram kunlaridan tashqari
haftada bitta bo‘sh kun beriladi. Beriladigan bo‘sh kunlar harbiy qism komandirining (boshliqning)
buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish bo‘yicha mustaqil izlanuvchilarga malakaviy
imtihonlarni topshirish uchun xizmat joyidan ta’lim muassasasi yoki ilmiy tashkilot joylashgan
joygacha borish va qaytish vaqtini hisobga olmagan holda o‘ttiz sutka beriladi.
(273-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-
3-sonli 
Farmoni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
274. Falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil
izlanuvchi bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchiga harbiy xizmatni ilmiy ish bilan
muvaffaqiyatli ravishda birga qo‘shib olib borish sharti bilan, u ilmiy daraja izlanuvchisi bo‘lgan
ta’lim muassasasi yoki ilmiy tashkilot ilmiy kengashining tavsiyasiga binoan komandir (boshliq)
tomonidan vazirlik rahbari belgilagan tartibda quyidagi muddatlarga ijodiy ta’tillar beriladi:
(274-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-
3-sonli 
Farmoni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
a) fan doktori (DSc) ilmiy darajasi bo‘yicha izlanuvchi uchun — dissertatsiyani tugatish uchun
olti oygacha;
b) falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi bo‘yicha izlanuvchi uchun — dissertatsiyani tugatish
uchun uch oygacha.
275. Uchuvchilar tarkibi va ayrim boshqa mutaxassislar orasidan bo‘lgan kontrakt bo‘yicha
harbiy xizmatchilarning alohida toifalari uchun, ular tomonidan inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir
ko‘rsatuvchi vazifalar (ish, mashqlar) bajarilgandan so‘ng tibbiy reabilitatsiya olib boriladi, ular
xizmatni o‘tayotgan vazirliklarning sanatoriylari, dam olish uylari va bazalarida profilaktik dam olish
tashkillashtiriladi.
Bunday sog‘lomlashtirish tadbirlarining zaruriyati tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha harbiy-tibbiy
xizmatlar tomonidan berilgan tavsiyalar asosida belgilanadi.
Harbiy xizmatchilarga tibbiy reabilitatsiya doirasida profilaktik dam olish uchun qo‘shimcha
sutkalarni berish tartibi vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.
276. Quyidagi hollarda harbiy xizmatchiga o‘n sutkagacha, safarbarlik chaqiruvi rezervi
xizmatchisiga yig‘inlar davomida uch sutkagacha bo‘lgan muddatga, ta’tilni o‘tkazish joyiga borish
va qaytib kelishga ketadigan vaqtni hisobga olmagan holda, oilaviy sharoiti munosabati bilan ta’til
beriladi:
a) yaqin qarindoshi sog‘lig‘i holatining og‘irlashgani yoki vafot etishi (halok bo‘lishi);
b) harbiy xizmatchining oilasi yoki yaqin qarindoshining boshiga tushgan yong‘in yoxud
boshqa tabiiy ofatlar sodir bo‘lishi;


v) harbiy xizmatchi oilasining yonida bo‘lishi zarur bo‘lgan boshqa favqulodda holatlarda —
harbiy qism komandirining qarori bilan.
Bunday ta’til berilishiga sabab bo‘lgan sharoitlar hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
277. Jangovar harakatlarda qatnashgan, qurollangan noqonuniy tuzilmalarini aniqlash va yo‘q
qilish bo‘yicha maxsus operatsiyalarni o‘tkazish mobaynidagi jangovar vazifalarni bajargan,
favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan harbiy xizmatchilarga
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qo‘shimcha ta’tillar beriladi.
278. Muddatli harbiy xizmatchilarga rag‘batlantirish tariqasida ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va
qaytib kelish uchun zarur vaqtni hisobga olmagan holda o‘n sutkagacha bo‘lgan muddatga bitta
ta’til berilishi mumkin.
279. Qo‘shimcha ta’tillar navbatdagi ta’tillar hisobiga qo‘shilmaydi.

Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling