Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Download 467.11 Kb. Pdf ko'rish
|
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)
Harbiy unvonlar
Harbiy qism va qo‘shilmalarning ofitserlari uchun Harbiy okrug boshqarmalari, okrug bazalari va muassasalarining ofitserlari uchun leytenant harbiy unvonida 6 oy 1 yil katta leytenant harbiy unvonida 8 oy 1 yil 6 oy kapitan harbiy unvonida 8 oy 1 yil 6 oy mayor harbiy unvonida 1 yil 1 yil 6 oy podpolkovnik harbiy unvonida 1 yil 1 yil 6 oy Urush davrida harakatdagi harbiy qism va qo‘shilmalarda bo‘lmagan ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga va rezervdagi ofitserlarga navbatdagi harbiy unvonlarni berishda mazkur Nizom 8-bobining 3-paragrafida va 11-bobining 3-paragrafida belgilangan harbiy unvonlardagi xizmat muddatlari qo‘llaniladi. 351. Mansabdor shaxslarning urush davrida harbiy xizmatchilarni harbiy lavozimlarga tayinlash bo‘yicha huquqlari mazkur Nizom 6-bobining 1-paragrafiga muvofiq belgilanadi. 352. Urush davrida harbiy lavozimlarga tayinlash huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar vakant lavozimlarni o‘z vaqtida butlash maqsadida xizmat bo‘yicha yuqori lavozimga tayinlash uchun serjant va ofitserlar tarkibiga munosib nomzodlar rezerviga doim ega bo‘lishi shart. Urush davrida qo‘shinlarni boshqarish va ularning jangovar faoliyatini ta’minlashda yuksak kasbiy sifatlar hamda tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyon etgan, jangovar vazifalarni bajarishda tashabbuskorlik ko‘rsatgan harbiy xizmatchilar birinchi navbatda xizmat bo‘yicha yuqori lavozimlarga tayinlanishi lozim. Jangovar vazifalarni bajarayotgan harbiy qism, qo‘shilma hamda boshqaruv organlari birinchi navbatda va eng to‘liq butlanishi lozim. 353. Oliy harbiy ta’lim muassasalarini tamomlagan, rezerv va zaxiradan chaqirilgan, harbiy- davolash muassasalarida davolanishni tugatgan harbiy xizmatchilarni harbiy qismlarga yuborish va lavozimlarga tayinlash, shuningdek xizmat joyini o‘zgartirish tartibi vazirliklar rahbarlari tomonidan belgilanadi. 354. Zarur hollarda urush davrida qo‘shilma komandirlari, ularga tenglashtirilgan va yuqori turuvchi mansabdor shaxslar tomonidan harbiy xizmatchilarga o‘n sutkagacha bo‘lgan muddatga ta’til berilishi mumkin. Urush davrida qo‘shilmalar komandirlari, ularga tenglashtirilgan va yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga ta’tillar belgilangan tartibda vazirliklar rahbarlari tomonidan berilishi mumkin. 355. Harbiy xizmatchilarni davolash jarayoni davolash muassasasida yakuniga yetkazilishi lozim. Istisnoli holatlarda harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga asosan harbiy qism komandiri tomonidan (harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatlaridan chiqarilgan holda — harbiy-davolash muassasasi boshlig‘i tomonidan) o‘ttiz sutkagacha bo‘lgan muddatga kasalligi tufayli ta’til berilishi mumkin. Bu muddat o‘tgandan so‘ng harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga ko‘ra kasalligi tufayli beriladigan ta’til yana shuncha muddatga uzaytirilishi, tegishli tibbiy ko‘rsatkichlarda esa yana bir bor uzaytirilishi mumkin. Kasalligi tufayli beriladigan ta’tilning umumiy muddati uch oydan oshmasligi kerak. Kasalligi tufayli ta’til tugagandan keyin harbiy-tibbiy komissiya harbiy xizmatchining harbiy xizmatga yaroqliligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 356. Urush davrida harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan harbiy hisobdan o‘chirilgan holda harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan harbiy xizmatchilar iste’foga bo‘shatiladi. 357. Harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan harbiy xizmatga cheklangan yaroqli deb topilgan harbiy xizmatchilar safdan tashqari xizmat lavozimlariga tayinlanishi mumkin. 358. Urush davrida harbiy xizmatchilarni iste’foga chiqarish vazirlik rahbari yoki u tomonidan tayinlangan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Download 467.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling